ru
Feedback
Sitora Barliboyeva

Sitora Barliboyeva

Открыть в Telegram

Phd (filologiya), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Raqamli targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i

Больше
Страна не указанаКатегория не указана
205
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
Najmiddin Turon — Qoʻrboshilar qoʻshigʻi
“Yaldo kechasi” taqdimotidan
Taqdimotning toʻligʻini “Soʻz”ning YouTube kanalida koʻrishingiz mumkin 👇👇 https://youtu.be/XkdXhfgC-6E?si=fn6toW6sYo7YQHVz

Madina Norchayeva — “Ota, azon chaqir”
“Yaldo kechasi” taqdimotidan
Taqdimotning toʻligʻini “Soʻz”ning YouTube kanalida koʻrishingiz mumkin 👇👇 https://youtu.be/XkdXhfgC-6E?si=fn6toW6sYo7YQHVz

Do‘stlar, “Vatan pleylisti” loyihasi doirasida yana bir qo‘shiqni taqdim etmoqdamiz. Ozarbayjonlik Akif Bag‘irning “O‘zbek kelayotir” she’ri sun’iy intellekt asosida qo‘shiq qilindi. Tarix o‘zbekning o‘ziga bekligini, kuragi yerga tegmasligini, boshi doim ko‘kda, qalbi ona yerda ekanini ko‘p ko‘rgan. Bu isbot talab qilmas haqiqatga aylangan ham. Orada bir davr bo‘ldi, qul qilamiz, millatingni yo‘q, qilamiz deyishdi. Shunda ham qilichi qo‘lida, qalami siyohdan bosh ko‘tarmay kurashgan ajdodlarimiz bo‘ldi. Hozir ham jasorat, kurash har kuni kerak. “O‘zbek” degan nomni asrash, tom ma’noda haqiqiy millat sifatida yashab qolish uchun ham har birimiz bel bog‘lab maydonga chiqishimiz, bir-birimizga yelka tutmog‘imiz shart. Zotan, “O‘zbek kelayotir” deb jahon yo‘l bo‘shatsin doim! Huddi ajdodlarimiz nomini eshitsa titragandek! Qo‘shiqni bu yerda tinglash, ulashish va har kuni eshitib yurish mumkin) https://youtu.be/Omsapx-IOrk?si=UIlnpM1TiKmTumRv

"Sof til" loyihasini boshlaganimizga ko‘p bo‘lmadi. Loyihaga "Til qoidasini buzganga hushtak chalamiz!", degan shiorni tanlaganmiz. Anglab turganingizdek, bu Abdulla Qahhorning mashhur gaplaridan olingan. Hozir daraxtlarning kesilgani, yo‘l harakati qoidasi buzilgani haqida xabar berganlar mukofotlanmoqda. O‘zligimizning bir ildizi bo‘lgan o‘zbek tiliga e’tibor ham mukofotlanishi shart. Shu bois loyiha doirasida har oyda tilimizga befarq bo‘lmagan murojaatchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Xatoliklarni tuzatish ba’zan mayda ishdek ko‘rinadi. Aslida tilga hurmat so‘zda emas, unda savodli yozish, gapirish kabi amalimiz bilan ko‘rsatilishi kerak. Mazkur rolik orqali botdan foydalanish tartibi tushuntirilgan. Siz ham loyihada ishtirok etib, savodxonlikni oshirishda hissangizni qo‘shing. Yaqinlaringizni ham safimizga taklif qiling. @SitoraBarliboyeva

Binafsha Cho’lpon so’zi @SitoraBarliboyeva

Dilorom Karimova — O‘zbekiston xalq artisti. Bunday yuksak unvonli san’atkorlarimiz ko‘p, lekin opa o‘zining jasorati, ma’rifati, uyg‘oq qalbi bilan chin ma’noda ziyoli. “Ziyolilar” loyihasida Dilorom opa otashin yurak bilan gapirgan, kuyunchaklik bilan hammani ogohlikka chaqirgan, “maddohlar” umriga achinish bilan qaragan. Ehh, bugun o‘zbek uchun, millat uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar judaaa ko‘p. Lekin hech bo‘lmasa, bugun olim, shoir, san’atkor — millat oydinlari aytayotganlariga quloq tutaylik, jismimizga singdiraylik, bugunimizni anglab, ertamiz haqida qayg‘uraylik. Batafsil: https://youtu.be/KK3UzfILWDA

#Kino_fikr “Platforma”ni ko‘pchilik ko‘rgan. Kino ramzlarga to‘la. Ramzlar bizga: jamiyatga, atrofimizdagilarga, hayotimizga
+3
#Kino_fikr “Platforma”ni ko‘pchilik ko‘rgan. Kino ramzlarga to‘la. Ramzlar bizga: jamiyatga, atrofimizdagilarga, hayotimizga ishora qiladi. Vertikal qamoqxona orqali odamlar o‘rtasidagi tafovut, ochko‘zlik orqali resurslarning adolatsiz taqsimoti juda keskin ko‘rsatib beriladi. Voqealar reallikdan yiroq ekaniga ishonganimiz holda,har bir harakat, har bir qahramon bizga nimalarnidir eslatib yuboradi. Insonlar turli darajalarda yashaydi, naqd 200 ta daraja. Eng yuqoridan pastga qarab har kun yegulik tushadi. Tepadagilar to‘yib yeydi, pastdagilarga esa qoldiq ham yetmaydi. Eng qo‘rqinchlisi — odamlar tizimni o‘zgartirish, o‘zinikini olish va boshqalarni o‘ylash o‘rniga, unga moslashib ketadi. Adolatsizlikka, razolatga, qotilliklarga… Eng pastdagilar doim tepa darajadagilarni ayblaydi, lekin ularning o‘rnini egallaganda o‘zlari ham huddi ulardek harakat qiladi. Achinarli… Qahramon o’zgarish o’z o’zidan sodir bo’lmasligini biladi, avvalo o‘zini o‘zgartirib, hamma kabi harakat qilishdan to‘xtaydi. Yaxshi ramz topilgan, bu qahramon qamoqxonaga kitob bilan keladi. Har kimga bitta narsa olish huquqi berilgan edi, kimdir pichoqni, kimdir uy hayvoni bilan kiradi. Biz doim kurash yo‘lini va usulini o‘zimiz tanlaymiz. Kitob bu barcha o‘zgarishlar ilmga borib taqalishiga ishoradir. Hech narsa o‘zgarmaydi, deb harakatsizlik qilish, moslashish juda qo‘rqinchli narsa. Kichik harakat va katta ishonch ba’zan barchasini o‘zgartira oladi. Xullas, ko‘radigan va o‘ylantiradigan film. 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Siyosatdagi mashhur “jest”lar #siyosat #manipulyatsiya #psixologiya #filologiya 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

AQSH, Isroil va Eron faqat raketalar bilan emas, so‘zlar orqali ham urushmoqda. #siyosat #manipulyatsiya #psixologiya #filologiya 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Bu urushdagi taktika, biroq bu xabarlarning tarqatilishi kommunikativ taktika. Nima deb o‘ylaysiz, bundan maqsad nima? #siyosat #manipulyatsiya #psixologiya #filologiya 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Braziliya davlat rahbari uchun tayyorlangan to‘rt barmoqli qo‘lqoplar! #siyosat #manipulyatsiya #psixologiya #filologiya 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Malika Diananing shov-shuvli surati haqida eshitganmisiz? 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

“Fil taktikasi” haqida bilasiz-mi? 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Sizningcha kim aslida obro‘li? 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Yaponiya tarixida ilk bor ayol Bosh vazir bo‘lgan Sanae Takaichi siyosiy nutqida nimalarga ahamiyat beradi? 🌐 Telegram/| 🌐Instagram

Siyosiy nutq faqat rasmiy uslubda bo‘lmaydi! Telegram/