Mehriddin_Nuriddinov
Открыть в Telegram
Tizimli biznes qurish, xodimlarni tizimli boshqarish, marketing va sotuv bo'yicha tajribadan kelib chiqqan xulosa va biznesda o'qiganlarim bo'yicha instrumentlarni berib boraman. Konsultatsiya uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1
БольшеСтрана не указанаКатегория не указана
1 140
Подписчики
-624 часа
-247 дней
-2130 дней
Архив постов
1 135
Eng qizigʻi shu ishni men oʻzim shundan keyin 14 kun ichida yaratdim. Shu ishlarni qilishi uchun bonus sifatida jami 200$ oyligiga qoʻshimcha beraman deganman. Bajara olmagan.
Exxx...
1 135
Bundan ikki yil oldin kompaniyamga noto'g'ri HR olib bir oy ichida qilgan xatolarini yozib o'ziga jo'natib bo'shatib yuborgan xatga ko'zim tushib qoldi.
Men uchun bu juda katta krizis davri bo'lgan, sababi uning orqasidan butun boshli 12 kishilik jamoani bitta qoldirmay bo'shatib yuborishimga sabab bo'lgan! ayrimlari o'zi ketgan ishdan.
Shundan keyin bir haftada o'zimni 0 dan tiklay oladigan darajaga yetdim.
Eslasam yuragim orqaga tortib ketadi.
1. 10 marta vaqtida kelinmagan ishga ya’ni kechikkansiz
2. 7 marta vaqtida kelgansiz
3. 3-4 kun kelmagansiz ishga javob olib
4. 24-kundan: 6 marta kelgan kelmaganizni yozmagansiz (kechikkansizmi, vaqtida kelgansizmi yo’qmi bilmaymiz).
5. 24-kun ish kuni bo’lgani hisobiga bizga bu oy hisobidan 192 soat ishlab berishingiz kerak edi. Shundan taxminan 147 soat ishlab beryapsiz. (6 kunni yozmaganiz hisobiga bilmadik vaqtini) (19.02-18.03 gacha muddat holatida)
6. 1-saot uchun sizga 25.000 so’m oylik maosh to’lashimiz kerak. 5 mln so’m oylik maoshingizdan kelib chiqib. 25000*192 soat=4 800 000 so’m oylik maosh olishingiz kerak.
7. Lekin siz 192 soat emas 147 soat bizda ishlayapsiz. 25000*147 soat=3 675 000 so’m bo’lyapti oyligiz aslida.
8. Lekin biz sizga to’liq 4 800 000 so’m oylik maosh beramiz. Beraman deb va’da berganman chunki.
9. Lekin keyingi oydan men ishlanmagan soatlar uchun oylik maosh to’lab bermiman. Oxirgi marta shu kelishuv bo’yicha xop deyapman.
10. Linkedin o’rganilmadi
11. Xonangizni o’g’il bolalarni ishga solib devorlariga u bu narsa iling degnadim ilmadiz.
12. HR kitobni to'g'irlaysiz, bizni kompaniyaga moslab. 50$ qilinmadi
13. Xodimlarni 30 kunlik adaptatsiya jarayonini ishlab chiqasiz. 50$ qilinmadi
14. Kodeks kitobni olasizda standart yaratib chiqasiz. Xodimlarni ishga kelishidan tortib to ishlab ketgandagi holat bo'yicha. bizni kompaniya bo'yicha. 50$ qilinmadi
15. ishga kirish uchun eng zo'r filtr qiladigan test ishlab chiqasiz. tayyor emas bizni kompaniyaga moslab. 50$ qilinmadi
16. Aprel oyi uchun oylik maosh hisoblangan paytda yuqoridagi qilinmagan ishlar bajarilsa kelmay qolishiz mumkin bo’lgan kunlar uchun oylik to’lab berishga roziman ya’ni to’liq to’lab beraman oyligizni 100%, chunki shuncha ish qilingani hisobiga.
17. Ham javob olib ham ishlar bajarilmasa siz ham o’smaysiz, kompaniya ham o’smaydi
Bular ham umuman qilinmagan:
18. HR kitobni to'g'irlaysiz, bizni kompaniyaga moslab.
19. Xodimlarni 30 kunlik adaptatsiya jarayonini ishlab chiqasiz.
20. Kodeks kitobni olasizda standart yaratib chiqasiz. Xodimlarni ishga kelishidan tortib to ishlab ketgandagi holat bo'yicha. bizni kompaniya bo'yicha.
21. ishga kirish uchun eng zo'r filtr qiladigan test ishlab chiqasiz. tayyor emas bizni kompaniyaga moslab.
22. Kompaniyaga mos 4 ta top sotuvchi toppish
1 135
Sizdan bir paytlar ketib qolgan xodimni qaytib ishga olgan bo'larmidingiz?
Yoki bir paytlar ishlab ketgan joyizga qaytib borarmidiz?
Izohlarda yozingchi!
1 135
Sizni koʻrsatayotgan xizmatni yoki mahsulotni mijoz nega aynan sizdan sotib olishi kerak?
5 ta sabab koʻrsata olsangiz 90% Tadbirkordan zoʻrsiz!
Sharti konkurentizda u sabablar boʻlmasin!
Bizda mahsulot/xizmat sifatli degan sabab qabul qilinmaydi. Chunki kimdan so'rasangiz bizda sifatli deydi. Bitta sizda emas hammada sifatli.
Izohlarda 5 ta sabab yozing!
1 135
+1
Inson ba'zida kech tushunib yetadi xato qilganini. Kech boʻlganda xatoni tuzatib boʻlmaydi!
1 135
Biznesda Ikki xil maqsad bor:
1. Oliy maqsad. Biz nima beramiz degan savolga javob beradi!
2. Strategik maqsad. Biz nima olamiz degan savolga javob beradi?
Shu ikkita maqsadi boʻlmagan kompaniyalar kelajakda katta kompaniya boʻlish haqida o'ylamasa ham boʻladi!
Aytgancha, 12-iyulda bir kunlik Trening boʻladi. Biznesni tizimlashtirish va xodimlarni samarali boshqarish haqida gaplashamiz. Keling!
Roʻyxatdan oʻtish uchun: @Mehriddin_Nuriddinov1 ga murojaat qiling!
1 135
Xaridoringizni kuchini oʻlchaganmisiz?
Shu paytgacha sizga yaxshi mijoz boʻlgan inson bir kun kelib sizga shart qoʻyishi mumkin!
Xulosa: biznesda doim bitta xaridorga bogʻlanib qolish kelajakda katta xavflarni tugʻdiradi!
1 135
Agar biznesingizda bir mijozingiz savdoyingizni 20% dan balandini tashkil qilsa, u yaxshi mijoz boʻlishi bilan birga eng xavfli mijoz hamdir.
Biznesda aborotingizni katta qismini faqat bitta mijoz bilan bog'lash kutilmagan o'lim bilan teng boʻlishi mumkin!
1 135
Siz mijozlaringizga shunday taklif kiritingki, uni rad qilish qiyin boʻlsin!
1 135
Ayrim hollarda mijozlarni sizga aytgan gapi achchiq doriga o'xshaydi. Yoqmaydi, lekin foydali boʻladi.
Dori dardingizga malham boʻladi!
1 135
Futbolda kutilmaganda yutqazdik!
Biznes ham xuddi shunday ozgina jilovni qoʻyib yuborsangiz kutilmagan sinovlarga duch kelasiz! Eng achinarlisi bu insonga juda alam qiladi!
1 135
Ko'p tadbirkorlar bilag'on boʻladi.
Sizni boshqalardan ajratib turadigan jihatingiz juda koʻp narsani bilishingizda emas! BALKI, QILAG'ON INSON EKANLIGINGIZDA!
Haqiqiy Tadbirkor inson QILAG'ON insonlardir!
1 135
Mana bu postni joylaganimdan keyin mendan ba'zilar soʻrashdi: meni darajam ancha yuqori ekana? deb.
Keyin men rahbar sifatida xodimni darajasini analiz qilib koʻrsam, darajasi aaancha past.
Shu yerda aniq bir fikr bilan boʻlishaman, har bir inson doimo oʻziga oʻzini hozirgi holatidan koʻra ancha yuqori baho beradi. Aslida unday emas. Oʻziga toʻgʻri baho berishga kelganda yo gʻururi bunga yoʻl qoʻymaydi yo rostdan ham oʻzi bilmaydi.
Siz oʻzingizga toʻgʻri baho bera olasizmi?
1 135
😅Eng qizig'i shundaki 3000$ lik kursni men yonimda yurganlarga bepulga berishga tayyorman.
Lekin ularda bunga nisbatan umuman qiziqish yoʻq yoki shubha bilan qaraydi.
Juda qiziq dunyoda yashaymiz!
1 135
Qiymati 3000$ boʻlgan 3 ta kursda o'qiyapman.
1. Instagramda shaxsiy brendni qanday qurish kerak va ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini tanitish boʻyicha.
2. Biznesni tizimlashtirishga oid.
3. Kuchli sotuv boʻlimini qurishga oid Trening.
Mana shu 3 xil sohada oʻqiy turib bitta narsani aniq tushunib yetdim. Hamma oʻzimcha bilaman deb boshlagan ishlarim XATO boʻlib chiqyapti. Bundan keyin oʻqimasdan bir ish qilmayman deb oʻzimga va'da berdim. Shuncha qilgan xatolarim meni VAQTIMNI, ENERGIYAMNI, PULIMNI, RESURSIMNI O'G'IRLADI.
Menku shuni tushunib yetdim. Tushunmaganlar qancha?
Ishni ilm olishdan boshlash eng toʻgʻri yoʻl.
