fa
Feedback
Muhammadaminxon Najmiddinov

Muhammadaminxon Najmiddinov

رفتن به کانال در Telegram

Shaxsiy blog 📚 Kitoblar 🌎 Tillar ✒️ Xattotlik Instagram: https://www.instagram.com/m_najmiy YouTube: https://www.youtube.com/@m_najmiddin

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
491
مشترکین
-324 ساعت
-77 روز
+7730 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+39
در 3 کانال‌ها
ژوئن '26
+102
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+76
در 1 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+62
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+32
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+395
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '260
در 3 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+23
در 2 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
12 ژوئیه+1
11 ژوئیه+1
10 ژوئیه0
09 ژوئیه+3
08 ژوئیه+1
07 ژوئیه+1
06 ژوئیه+1
05 ژوئیه+1
04 ژوئیه+25
03 ژوئیه+3
02 ژوئیه+1
01 ژوئیه+1
پست‌های کانال
Repost from Qizingiz yozdi...
Ikkinchi opam ko‘p urinishlardan so‘ng talaba bo‘ladi. Dadam har yili quda tomondan imtihonga opamni Toshkentga oborib-opkeli
Ikkinchi opam ko‘p urinishlardan so‘ng talaba bo‘ladi. Dadam har yili quda tomondan imtihonga opamni Toshkentga oborib-opkelish uchun izn so‘raydilar. Yil davomida yosh bolalari bilan tayyorlanmagan opamda yana o‘xshamaydi. Dadam keyingi yil opam va nevaralarni kobaltga solib, Toshkentga ravona bo‘ladilar, bu ish to u o‘qishga kirib olmaguncha davom etadi. Kecha shu opamning xatmonalari bo‘ldi. Bemorlik sabab dadam, u kishiga qarab ayam ham kelolmadilar. Shu opam dadamga: إلى أبي الغالي، أبي، شكراً لك من القلب، على كل لحظةٍ وقفتَ فيها بجانبي، على تعبك وصبرك ودعواتك. نجاحي هو ثمرة عطائك، وفرحي لا يكتمل إلا برضاك. أنتَ فخري، وسندي، ودعائي الدائم أن يحفظك الله لي. بكل الحب والامتنان، ابنتك: ناظمة "Aziz va qadrli otajonimga, Otajon, Sizga chin qalbimdan rahmat aytaman. Hayotimning har bir qadamida yonimda bo‘lganingiz, chekkan zahmatlaringiz, bitmas-to‘lmas sabringiz va men uchun qilgan duolaringiz uchun behad minnatdorman. Yutuqlarim - Sizning fidokorona mehnatingizning mevasi. Quvonchim esa faqat Sizning roziligingiz bilangina mukammal bo‘ladi. Siz mening faxrim, tayanchim va eng katta suyanchig‘imsiz. Yaratgandan yagona tilagim - Sizni men uchun asrasin. Cheksiz mehr va ehtirom ila, qizingiz Nozima" deb yozibdi. Dadamni o‘ta qattiqqo‘l, doimiy optimist, kichkina qishloq odamlarida noyob bo‘ladigan keng dunyoqarashli, dunyo kezgan, qiz farzandlarni past sanamaydigan, favqulodda zеhnli, dinga ilm deb yondashuvchi va doimo plankani baland qo‘yib yuradigan kishi sifatida tanidim. Yaxshiyam-ki, kontrakt to‘lab o‘qitguncha uzatib qutilaman, deydigan kishining uyida tug‘ilmaganmiz, deyman. Allohning fazli. Bugun yana bir qizlarining bitiruvi bilan, qiz o‘qitish mujodalasiga kirishganlariga 20 yil bo‘lgani bilan dadam va ayamni tabriklayman. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning qiz tarbiyalagan kishi haqidagi hadislarida aytilgan mukofot ularga ham yetishini Robbimdan so‘rayman. Ayam ikkilarining umrlari uzun, amallari go‘zal bo‘lishini, dadam tez orada sog‘ayib ketishlarini so‘rab duo qilaman. Amin. 13.06.2025, Toshkent @qizingizyozdi

2
DADAM Kecha oilamiz uchun ajoyib kunlardan biri bo'ldi. Ikkinchi opam islom institutini tugatdilar, bitiruv tadbirida qatnashdik. Eng avval katta opam, keyin men, keyin ikkinchi opam shu dargohni bitirdik. Alhamdulillah. Hozir esa avval hech yozmaganim, bu gaplarni o'zlariga aytolmasam kerak, Dadam haqlarida. Katta opam maktabni bitirib, shahardagi madrasada o‘qishga kirganlarida men hali boshlang'ich sinf o‘quvchisi edim. Atrofda yaqinlar "qiz bolani ham o‘qitadimi, qiz o‘qib qozi bo‘lmas, kontrakt to‘laguncha, shu pulga sep qilib uzatvormaysizmi, Homidov!", deyishadi. Dadam ularni tinglamaydilar, Neksiya mashinalarida opamni o‘qishga oborib-opkeladilar. Keyin ikkinchi opam maktabni bitirib, imtihondan o‘tadi, endi dadam ikkita qiz bilan madrasaga qatnaydilar. Katta opam o‘qishda yaxshi natija ko'rsata boshlaydi, Dadam: "Toshkentda ham o‘qiysan!", deydilar. 2009-yilda birinchi opam qizlar madrasalari o‘rtasida fan olimpiadasida birinchi o‘rinni olib, institutga grantga qabul qilinadi. Odamlar kichik opamga "Aytavering, bu grantlar nechchi pul bo‘ldi endi", deydi. U xafa bo‘lib ayamga keladi, ayam: "Xafa bo‘lma, bizni puli bor ekan, deb o‘ylasa yaxshi-ku", deydilar. 2010-yil ikkinchi opam Respublika Qur'on musobaqasi g‘olibasi bo‘ladi, uni "qizi o‘qib nima bo‘lardi, qari (qiz) qori bo‘ladi-da", deydilar, ammo ich-ichlaridan farzandlari shunday bo‘lishini istashadi. (Buni bolalarini opamga solishtirishlaridan, o‘rnak olishlaridan bilib olaman.) Mayda gaplarga parvo qilmagan Dadam matizda ikki qizlarini olib, azim Toshkentga ketadilar, ularni o‘qishlariga tashlab keladilar. "Dada, charchadingizmi?", deb so'rayman bir kuni. U kishi: "Ukang katta yigit bo‘lib, institutga kirmaguncha charchadim demayman", deb javob beradilar. (Hozir shu ukam maahadda ikkinchi kursda o‘qiydi.) Qizlari turmushga chiqib farzandli bo‘lsa, o‘qishi qolib ketmasin deb, bolasiga ayam bilan birga qarashadilar. Keyin opam o‘qishni bitiradi. Dadam o‘zlari bitirgandek bo‘lib ketadilar. Arab va o‘zbek tillarida nihoyatda savod bilan daftarlariga biz haqimizda yozib qo‘yadilar. Rus tilida rasmiy hujjatlar tahrir qiladilar. Men maktabni bitiraman, akademik litseyga o‘qishga kiraman. Ingliz tili olimpiadalarida o‘rin olaman. Hatto bir safar Respublika bosqichiga chiqaman. Dadam endi meni olib Toshkentga ketadilar. Bir necha kun men bilan Diplomatiya universitetiga qatnaydilar. Ro‘molim bilan muammolar bo‘ladi, dadamga indamayman. O‘rin ham berishmaydi. Uyga qaytamiz. "Kim so‘rasa, to‘rtinchi o'rinni oldim de", deydilar. 2015-yil yozida institutga olib kelib, Toshkentda qoldirib, o‘zlari uyga qaytadilar. Ijodiy imtihon kuni keladi, dadam Kitobdan azza-bazza shuni deb keladilar. "Hammasi yaxshi bo'ladi, "نصر من الله وفتح قريب، وبشر المؤمنين" deydilar baland ruhiyatda. Yuqori ball olib chiqaman, o‘zlariga yo‘q quvonib, uyga qaytadilar. Men qolaman. Test sinovida yolg‘iz qolmasin deb, amakimni jo‘natadilar. Test ishlab chiqaman, amakim: "Ona, endi biz uyga qaytamiz", deydilar. "Menam ketay!", deyman. "Dadangdan so‘ramay opketolmayman, o‘zing so‘ra-chi", deydilar. Qo‘ng‘iroq qilaman, dadam testni qanday ishlaganimni obdon surishtiradilar. "Uyga borsam maylimi", deyman, u kishi: "Yo‘q, yiqilgan bo‘lsang apellyatsiyaga kirasan, haqingni so‘raysan, kelma" deydilar. Bir kundan so‘ng birinchi o‘rinda o‘qishga kirganim aniq bo'ladi, shundan keyingina uyga qaytolaman. Har safar nimadir o‘xshamay qolsa ayamga, o'xshasa dadamga tortgan qiz bo‘laman. ) 2025-yil doktoranturani tashlasammi, deb so'rayman."Xayolingga ham keltirma!", degan xabar keladi.)
57
3
Maqsad qoʻydingmi —tur! Turdingmi, yur! Yurdingmi, toʻxtama! Subutli boʻl!
406
4
Biror narsa haqida haddan ortiq surishtirish, baʼzan o‘sha ishdan qochish uchun bo‘ladi. Imom Moturidiy
436
5
Abu Hurayra 🤎 dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh ✨ : “Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va
Abu Hurayra 🤎 dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh ✨ : “Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni aytishadi. Sizlar bunday qilishdan saqlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting”,dedilar. Azizlar, “Sening bu gunohinga otang yoki onang aybdor”; “Bolangnimg xastaligiga sening gunohing sababchi”; “Gening, DNKang mogʻor bosibdi, yuvdir”, kabi chaqiriqlarni ota-bobolarimiz eshitmagan, siz va biz ham shu yaqin vaqtlargacha aslo bilmagan edik. Tagi-asosi, ilmiy yoki shar’iy qiymati boʻlmagan, hayotda o’z oʻrnini topmagan ayollarning qichqirigʻ-u hayqiriqlariga uchmang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq tuting! U zot havodan soʻzlamaslar. U zot faqatgina vahiyni aytadilar. Iymoningizni, daxlsizligingizni, gumonlaringizga oʻz qoʻlingiz bilan futur yetkazmang!
134
6
KO‘LMAK Va anglaysan: ba'zi kimsalarni, ular yaratgan kasal muhitlarni hargiz o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ularning salbiy ta'siridan saqlanish uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish mumkin, xolos. Aslida, binoyidek odamlar - salmoqli ishlar qilsalar bo‘ladi. Lekin mayda dardlar, mayda gaplar ularni kichkina odamchalarga aylantirib qo‘ygan. Ulug‘ otalari haqidagi nostalgik hikoyalar-u, o‘tkinchi kishilarning pafosli gaplariga ixtiyoriy aldanganlar. Bunday gaplarni kishilardan eshitmay qo‘ysalar, so‘rab ham olaveradilar. O‘zlari ajdodlar ila faxrlanar ekan, avlodlarini bundan mahrum qilib yashaydilar. "Inson dardining o‘lchamicha bo‘ladi. Darding nima, shunga qara - kimliging, qanchaligingni bilib olasan", deydilar. Aqida ustoz: "Yaratganni rozi qilish uchun Azal va Abad o‘rtasida birgina imkonimiz bor, bittagina umr", degandilar. Uni endi igna-yu saqich, latta-putta, kim-kimga choyni qanday uzatganligi, kim ismlariga "xon" qo‘shib aytishni unutib gunohkor bo‘lganligi kabi arzimaslarga, dedi-dedilarga sarflasak, bu hayotga kelish sababimizni unutgan, o‘zimizni isrof qilgan bo‘lamiz. Umr behuda ketishidan, qariganda ham ulg‘aymaslikdan, o‘zimdan bo‘lmagan narsalarga kibrlanishdan Allohga sig‘inaman. Umr bo‘yi qarshingda ikki yo‘l bo‘ladi. Sen fikr ufqingni ochib, aqlingni o‘stiradigan, qalbingni uyg‘otadigan, Parvardigorga eltadigan yo‘lni tanla. Aslida, butun hikoya inson KIMning uyida dunyoga kelgani emas, balki dunyoga kelgach NIMA qilgani haqida. Nima uchun yaralgan bo‘lsang, o‘shani deb yasha. "Albatta, sizlarning Alloh huzurida hurmatlirog‘ingiz - taqvodorrog‘ingizdir". Hujurot,13. @qizingizyozdi
951
7
Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi.pdf
179
8
Buxoro xalqining hasrati tarixi Amir Sayyid Olimxon
1
9
012-Oltin-kullar-uzb-.mp4
177
10
Asma Ul Husna Tafsiri darsligi 🪶Xattot Abdurahmon 🪶Toyyiba art school+8
Asma Ul Husna Tafsiri darsligi 🪶Xattot Abdurahmon 🪶Toyyiba art school
1 411
11
Egasidan emas, hammadan maslahat olaverish — aslida o’sha ishni qilmaslikka “xat-hujjatli” bahona izlashdir
1 244
12
قلت: لن أموت قبل أن أَعرفَك قال: من يَعرفُني لا يموت جلال الدين الرومي Dedim: “Seni tanimasdan oʻlmasman” Dedi: “Meni tanigan
قلت: لن أموت قبل أن أَعرفَك قال: من يَعرفُني لا يموت جلال الدين الرومي Dedim: “Seni tanimasdan oʻlmasman” Dedi: “Meni taniganlar oʻlmagay” ©Mavlono Jaloliddin Rumiy Xattot: @m_najmiddin
1 299
13
Arab tilida erkak va ayolning vazn yigʻish etaplari
Arab tilida erkak va ayolning vazn yigʻish etaplari
1
14
#
#
1
15
بدون متن...
206
16
“Tafakkur qilmaysizlarmi?” Istagan mavzuingizda tafakkur qiling: xohlang, ilm-fan, xohlang sanoat, xohlang ijod — farqi yoʻq. Ishqilib, fikrlab, oʻylab, zehnni ishlatib tursangiz bas. Insoniyat o’ylovsizlik yoʻlini tutgan bu davrda, siz oʻylang. Oʻylashni sun’iy idrokka qoldirib, dunyoda oʻz oʻrnini qoʻldan boy berayotgan bir sharoitda siz oʻylang. Oʻylang, nimani boʻlsa ham oʻylang. Ishqilib tafakkur qotmasin,zehn zanglab qolmasin, oʻylash unutilmasin. Oʻylang, fikrlang, ishqilib, bo’sh oʻtirmang
1 596
17
“Tafakkur qilmaysizlarmi?” Istagan mavzuingizda tafakkur qiling: xohlang, ilm-fan, xohlang sanoat, xohlang ijod — farqi yoʻq. Ishqilib, fikrlab, oʻylab, zehnni ishlatib tursangiz bas. Fikri bor, o’ylovi bor boʻlgan inson mulohazali boʻladi. Mulohazali kishidan esa, u kim boʻlishidan qat’iy nazar, yomonlik kutilmaydi. Nimaiki mavzuda boʻlmasin, oʻylang, fikr yuriting, aslo yutqazmaysiz
0
18
Ҳаётдаги муваффақиятсизлигинг энг муҳим сабаби барчанинг диққат марказидаман, ҳамма мен билан машғул деб ўйлашингдир. Ишон ме
Ҳаётдаги муваффақиятсизлигинг энг муҳим сабаби барчанинг диққат марказидаман, ҳамма мен билан машғул деб ўйлашингдир. Ишон менга, сен ҳеч кимни қизиқтирмайсан. Федор Достоевский
1 108
19
Iqtidorni yo e’tiborsizlik, yoki haddan oshgan e’tiborlilik yo’q qiladi.
920
20
Rostdan favqulodda iqtidorli, rostdan tinimsiz harakatda boʻlgan, rostdan oʻqib, ishlab, izlangan bo’lishadi boshida. Boshqalarga oʻxshamagan qirralar ochiladi. Ma’lum yutuqlarga erishiladi. Bu odamlarga yoqadi. Ogʻish ana shu yoqish burchagidan boshlanadi! Yoqtirdingmi-yanada koʻproq istaysan! Endi iqtidor sohibi yoqish uchun harakat qila boshlaydi. Tamom! Endi e’tibordan qolmaslik uchun ming koʻyga tusha boshlaydi. Endi iste’dodli bu odamdan foydalanish boshlanadi. Ora-orada, ilhom oʻlaroq yoki zum tinmasdan qilinadigan mashqlar ortidan keladigan narsa, endi har kuni bo’yniga arqon solib, sudrab kelinadigan, peshonasiga miltiq tirab, bajartiriladigan boʻladi. Boʻkkunicha ogʻiz-burnidan mukofot tiqib, iste’dodni boʻgʻib, oddiy bir qorni katta tekinxo’rga aylantiriladi. Nega?
0