Yoshlar yagona elektron platformasi | Support
رفتن به کانال در Telegram
Mazkur kanal, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Yoshlar yagona elektron platformasi"ni texnik qo'llab-quvvatlash va o'zgarishlarini e'lon qilib borish maqsadida ochilgan.
نمایش بیشتر4 111
مشترکین
+124 ساعت
+367 روز
+10030 روز
آرشیو پست ها
+7
Xorazm va Samarqand viloyatlarida uchrashuvlar o‘tkazdik!
Tizim xodimlari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, platforma bo‘yicha takliflarni tahlil qildik va ish jarayonidagi muammolarni o‘rgandik.
Muloqot davomida tizimni yanada soddalashtirish bo‘yicha bir qator asosli fikrlar oldik.
Hozirda ushbu takliflarni umumlashtirmoqdamiz va yaqin fursatda platformada joriy etishni boshlaymiz.
Foydali muloqot uchun barcha hamkasblarga rahmat.
Aniq vazifalar bilan ishni davom ettiramiz. 🤝
@e_yoshlaruz
"Yoshlar daftari"da "To'lash" tugmasi rasman ishladi!
Ariza topshirishdan tortib, kollegial qaror qabul qilish va mablag' ajratishgacha bo'lgan barcha jarayonlar endi to'liq raqamli formatga o'tdi.
@e_yoshlaruz
🔄 Mahallalararo yoshlar transferi — tizimda to'liq ishga tushdi!
Endi bir mahalladan boshqasiga ko'chgan yoshlar balansini yuritish ancha osonlashdi. Mahalla yetakchilari barcha jarayonlarni tizimning o'zida, bir nechta tugma orqali bajarishlari mumkin.
💻 Tizimda nimalar o'zgardi va qanday imkoniyatlar yaratildi?
So'rov yuborish: Yoshlarni o'z mahallangizga qabul qilish (Kirish), boshqa mahallaga yo'naltirish (Chiqish) yoki erkin o'tkazishga belgilash.
Nazorat va boshqaruv: Boshqa mahallalardan kelgan so'rovlarni bitta joyda ko'rib chiqish, asosli sabab bilan tasdiqlash yoki rad etish.
Statusni kuzatish: Yuborilgan so'rovlar holatini real vaqt rejimida ko'rish va zarur bo'lsa, so'rovni bekor qilish.
Tarix bo'limi: Mahallada amalga oshirilgan barcha transferlar tarixini istalgan vaqtda kuzatish.
📊 Bu yangilik yoshlar balansini yanada aniq, shaffof va tezkor yuritishga xizmat qiladi.🎥 Tez orada: Tizimdan to'g'ri foydalanish bo'yicha qisqa va tushunarli videoqo'llanmani ham kanalga joylaymiz. Yangilikni hoziroq tizimga kirib sinab ko'rishingiz mumkin!
Tizimga kirish bilan bog'liq texnik uzilishlar bartaraf etildi.
Qaytadan tekshirib ko'rish tavsiya etiladi.
📍 Safarimiz Xorazm viloyatida davom etadi!
Bugundan boshlab Xorazm viloyatidagi hamkasblarimiz bilan uchrashamiz.
Bu galgi muloqotlarimizda shunchaki tanishtiruv emas, balki sizlarni qiynayotgan savollarga javob topish va takliflaringizni tinglash shaklida o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
Platformadagi yangiliklarni tushuntirish bilan birga, ish jarayonidagi har bir detalni birgalikda tahlil qilamiz. 💻
Barcha hamkasblarni jonli va ochiq muloqotga kutib qolamiz. 🤝
+9
Ikki kun davomida (12-13-may) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tizim xodimlari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashdik.
Asosiy e’tiborimizni platforma bo‘yicha kelib tushayotgan takliflarni tahlil qilish va ish jarayonidagi muammolarni o‘rganishga qaratdik. Ikki kunlik muloqot davomida tizimni yanada soddalashtirish bo‘yicha bir qator asosli fikrlar olindi.
Hozirda ushbu takliflarni umumlashtirmoqdamiz va yaqin fursatda ularni platformada joriy qilishni boshlaymiz.
Hamkorlik va foydali muloqot uchun barcha hamkasblarga rahmat. Qoraqalpog‘istondan aniq vazifalar bilan qaytmoqdamiz. 🤝
Ko‘rishguncha! 👋
📍 Navbatdagi manzilimiz — Qoraqalpog‘iston Respublikasi!
Bugun va ertaga hamkasblarimiz bilan uchrashib, tizimning yangi imkoniyatlari hamda kelgusi vazifalarni birgalikda ko‘rib chiqishni rejalashtirganmiz.
Barcha hamkasblarni belgilangan manzillarda kutib qolamiz. 🤝
Ko‘rishguncha 👋!
+7
Jamoamiz bilan birgalikda Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib, yangi ishlab chiqilgan "Yoshlar yagona elektron platformasi" taqdimotlarini o‘tkazdik.
Seminarlar davomida asosiy e’tibor platformaning texnik imkoniyatlari, uning afzalliklari va ish jarayonini qanchalik osonlashtirishiga qaratildi. Biz uchun shunchaki taqdimot qilish emas, balki joylardagi mutaxassislarning fikrlarini eshitish muhim edi. Shu sababli, har bir uchrashuvda hamkasblarimizdan tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar oldik.
Hozirgi bosqichda ushbu takliflarni tahlil qilib, platformani amaliyotga to‘liq va sifatli tatbiq etish ustida ishlayapmiz. Maqsadimiz — sohani raqamlashtirish orqali ish unumdorligini oshirish va ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechish.
Seminarlarimiz davom etmoqda.
📌 Kanalni kuzatib boring — platformaga oid barcha yangiliklar shu yerda e’lon qilinadi.
Hozirgi vaqtda OneID (id.egov.uz) tizimida texnik nosozliklar kuzatilmoqda. Shu sababli, bizning platformamizga OneID orqali kirishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Nosozliklar bartaraf etilishi bilan tizim o‘z holiga qaytadi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
Hurmatli hamkasblar!
«Yoshlar yagona elektron platformasi» imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha hududiy seminarlarimiz Sirdaryo viloyatida davom etadi.
Barcha yetakchilarni bugungi uchrashuvga taklif qilamiz:
⏱ Vaqt: Soat 10:00 da
📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Yoshlar markazi binosi
📌 Ishtirokchilar: Barcha tuman va shahar yetakchilari.
Uchrashuv davomida tizim imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz hamda platformani takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni muhokama qilamiz. 💡
2-kun
1-sessiya:
⏱ Vaqt: 10:00 da
📍 Manzil: Do'stlik tumani, «Madaniyat markazi» binosi
📌 Taklif etiladigan hududlar: Do'stlik, Arnasoy, Zafarobod va Paxtakor tumanlari yetakchilari.
2-sessiya:
⏱ Vaqt: 15:00 da
📍 Manzil: G‘allaorol tumani, Yoshlar markazi binosi
📌 Taklif etiladigan hududlar: G‘allaorol va Baxmal tumanlari yetakchilari.
Hurmatli hamkasblar!
«Yoshlar yagona elektron platformasi» imkoniyatlari va undan foydalanish tartiblarini tushuntirish bo‘yicha hududiy seminarlarimiz Jizzax viloyatida davom etadi.
Sizlarni quyidagi manzillarda tashkil etiladigan uchrashuvlarga taklif qilamiz:
1-kun
1-sessiya:
⏱️ Vaqt: Soat 10:00 da
📍 Manzil: Jizzax shahri, «Yoshlar innovatsion markazi» binosi
📌 Taklif etiladigan hududlar: Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Forish tumanlari xodimlari.
2-sessiya:
⏱️ Vaqt: Soat 15:00 da
📍 Manzil: Zomin tumani, «Yoshlar markazi» binosi
📌 Taklif etiladigan hududlar: Zomin, Zarbdor va Yangiobod tumanlari xodimlari.
Uchrashuv davomida tizim imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz hamda platformani takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni muhokama qilamiz. 💡
Barchangizni kutib qolamiz! 🤝
Qo‘shimcha e'lon: 📌
Bugun tushdan keyin ham seminarlarimiz o‘z ishini davom ettiradi:
🗓 1-may | Soat 15:00 da
📍 Navbahor tumani, Yoshlar markazi
Seminarga quyidagi hududlarda faoliyat olib boruvchi Agentlik xodimlarini taklif etamiz:
— Navbahor tumani;
— Konimex tumani;
— Nurota tumani;
— G‘azg‘on shahri.
Barchani kutib qolamiz! 🤝
Navoiy viloyatidagi xizmat safarimiz davom etadi.
Navbatdagi manzilimiz, Karmana tumani.
🗓 Bugun, 1-may | Soat 10:00 da
📍 Karmana tumani, "Madaniyat va ma'rifat maskani"
Quyidagi hududlarda faoliyat olib boruvchi Agentlik xodimlarini taklif etamiz:
— Navoiy shahri;
— Karmana tumani;
— Qiziltepa tumani;
— Xatirchi tumani.
Uchrashuvda tizim imkoniyatlarini ko'rib chiqib, takliflaringizni muhokama qilamiz.
Barchani kutib qolamiz! 🤝
Tizimda OneID bilan bog'liq muammo bartaraf etildi.
"Yoshlar yagona elektron platformasi" imkoniyatlarini batafsil o'rgatish maqsadida hududlarda xizmat safaridamiz.
Navbatdagi manzil — Navoiy viloyati.
🗓 Ertaga, 30-aprel | Soat 15:00 da
📍 Zarafshon shahar hokimligi binosi
Seminarga quyidagi hududlarning Agentlik xodimlarini taklif etamiz:
— Zarafshon shahri;
— Tomdi tumani;
— Uchquduq tumani.
Uchrashuvda tizim imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bilan birga, takliflaringizni ham muhokama qilamiz. Eng yaxshi takliflar tizimni takomillashtirish uchun darhol joriy etiladi.
Reja bo‘yicha barcha hudud xodimlari bilan navbatma-navbat uchrashamiz.
Barchani kutib qolamiz! 🤝
+1 yana bir xizmat ishga tushirildi 🤩
"Yoshlar daftari” jamg‘armasi doirasida o‘quv markazlari uchun ijara/jihozlash xarajatlarini qoplash xizmati uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuborish imkoniyati yaratildi.
🏫 Mazkur imkoniyatdan chekka va olis hududlardagi qishloq joylarda faoliyat yuritayotgan, o‘quvchilarining kamida 20 foizi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlaridan iborat bo‘lgan o‘quv markazlari foydalanishi mumkin.
💰 Yordam miqdori:
Bir martalik, BHMning 50 baravarigacha
📊 Ijtimoiy shartnoma talabi:
1️⃣ 6 oy davomida har oy kamida 1 ta kitob mutolaa qilish
📌 Ushbu imkoniyatdan foydalanib, ta’lim faoliyatingizni rivojlantiring!
Arizalarni YIDXP portali orqali yuborishingiz mumkin.
📌 Kanalni kuzatib boring — platformaga oid barcha yangiliklar shu yerda e’lon qilinadi.
⚠️ Diqqat: Texnik nosozlik!
Hozirgi vaqtda my.gov.uz portali orqali ariza yuborish jarayonida texnik xatoliklar kuzatilmoqda.
🔧 Mas’ul mutaxassislar tomonidan muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
⏳ Nosozlik tez orada bartaraf etilishi kutilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
📌 Kanalni kuzatib boring — platformaga oid barcha yangiliklar shu yerda e’lon qilinadi.
Yana bir xizmat ishga tushirildi 🎉
“Yoshlar daftari” tizimi orqali safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni bepul o‘tash uchun tavsiyanoma olish xizmati joriy etildi.
🪖 Mazkur imkoniyatdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 18–27 yoshdagi, harbiy xizmatga yaroqli erkak a’zolari foydalanishi mumkin.
❗️ Diqqat:
Ushbu xizmatga ariza yuborishdan avval tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi huzuridagi tibbiy komissiyadan belgilangan tartibda o‘tgan bo‘lishingiz shart.
⏱️ Ko‘rib chiqish tartibi:
- Yoshlar yetakchisi tomonidan 3 ish kunida tavsiyanoma shakllantiriladi
- Tavsiyanoma ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi
📌 Kanalni kuzatib boring — platformaga oid barcha yangiliklar shu yerda e’lon qilinadi.
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
