fa
Feedback
Startup Ambassadors | Samarkand

Startup Ambassadors | Samarkand

رفتن به کانال در Telegram

Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
329
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-1630 روز
آرشیو پست ها
🚀 Assalomu alaykum, startapchilar! Hududimizdagi MVP (ishga tushirilgan dastlabki mahsulot) bosqichiga yetgan startaplar ro‘yxatini shakllantirmoqdamiz. Agar sizning loyihangiz MVPga ega bo‘lsa, kommentariyada "+" qoldiring. Biz siz bilan o'zimiz bog‘lanamiz. Yig‘ilgan loyihalar Yoshlar Ventures tomonidan ko‘rib chiqiladi. Investitsiya jalb qilishga tayyor va istiqbolli loyihalar keyingi bosqichlarga tavsiya etilishi mumkin. Shuningdek, MVPga ega startap qilayotgan tanishlaringiz bo‘lsa, ularni ham belgilab qo‘ying yoki postni ularga yuboring. MVPga ega bo‘lganlar kommentariyada "+" qoldirishlari mumkin. 👇🔥

🚀 Ko'p startupchilar bitta xatoni qiladi: ❌ Avval mahsulot quradi. ❌ Keyin mijoz qidiradi. Natija? 6 oy vaqt, ko'p mehnat va
+9
🚀 Ko'p startupchilar bitta xatoni qiladi: ❌ Avval mahsulot quradi. ❌ Keyin mijoz qidiradi. Natija? 6 oy vaqt, ko'p mehnat va nol talab. Ushbu carouselda startup g'oyani 14 kunda qanday validatsiya qilish mumkinligini ko'rsatdim. 📌 Qurishdan oldin validatsiya qiling. Startup muvaffaqiyati g'oyadan emas, mijozlardan boshlanadi. — Startup Ambassadors | Samarkand

Repost from StartupFest
🚀 Sultonbek kabi 17 yoshingizda startup ideyangiz bormi? Unda StartupFest aynan siz uchun! 🌟 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z loyihangizni amalga oshiring! 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🕊Telegram |📱Instagram

🚀 Sultonbek kabi 17 yoshingizda startup ideyangiz bormi? Unda StartupFest aynan siz uchun! 🌟 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z loyihangizni amalga oshiring! 🔗 Ro'yxatdan o'tish 🕊Telegram |📱Instagram

🚀 Eslatma: Bugun soat 21:00 da Startup Ambassadors’da “How to Get Into Y Combinator Startup School” mavzusida online workshop bo‘lib o‘tadi! Barchani kutamiz 👇🏻 ➡️ LINK

⚡️ Startup Ambassadors’da navbatdagi online workshop! 📆 29-may | ⏰ 21:00 | Online 📌 Mavzu: “How to Get Into Y Combinator St
⚡️ Startup Ambassadors’da navbatdagi online workshop! 📆 29-may | ⏰ 21:00 | Online 📌 Mavzu: “How to Get Into Y Combinator Startup School”
Workshop davomida: • Y Combinator nima? • Guest Speaker journey • O‘zbekistondan global startup ecosystem’ga chiqish • Startup basics va advice • Live Q/A session
🎙 Guest Speaker: Abdujabbor Ahmadjanov- University of Alberta talabasi, VC-backed startup’da Founding Software Engineer hamda Y Combinator Startup School 2026’ga 30,000+ applicant orasidan qabul qilingan participant. AI systems, semantic search va startup product development yo‘nalishlarida tajribaga ega.
💡
Y Combinator
— Airbnb, Stripe, Reddit kabi dunyoga mashhur startup’larni yetishtirib chiqargan eng kuchli startup accelerator’lardan biri hisoblanadi. Ushbu workshop’da siz global startup ecosystem qanday ishlashi va unga O‘zbekistondan turib qanday kirish mumkinligi haqida real tajribalar orqali bilib olasiz.
🎹 Ovozli chat Startup Ambassadors’ning ushbu kanalida bo‘lib o‘tadi 👇🏻 ➡️LINK⬅️
🔥 Barchangizni kutib qolamiz! Balki aynan shu workshop sizning startup journey’ingizdagi birinchi katta qadam bo‘lar.
📱 Telegram 📱 LinkedIn 📱 Instagram 🖥 YouTube

O‘lgan uchuvchidan, tirik qaytgan uchuvchining xatosini takrorlagan yaxshi! Startapingizni boshlashda muhim bo‘lgan fikrlarimni bildiraman. 1. Ikkinchi jahon urishi paytida “yashab qolganning xatosi” deb nomlangan termin yuzaga kelgan. Bu o‘sha paytda bombordimon qiladigan samolyotlar berilgan vazifani uddalab qaytganidan so‘ng, ushbu samolyotning qayerlariga jarohat yetganiga qarab aynan o‘sha yerlarni yanada mustahkamroq qilish taklifi berilgan. Faqat bittagina matematik samolyotning ko‘p jarohat yetgan qismiga emas balki, jarohat yetmagan qismini yanada mustahkamlash taklifini bergan. To‘g‘rida, ushbu samolyot aynan bir joydan jarohat olishiga qaramasdan qaytib kelgan-ku?! Qolganlari qaytib kelmagan, demak bu yerda biz bilishimiz mumkin bo‘lgan ikki holat bor: - Qaytib kelgan samolyotning o‘q yegan joylari mustahkam bo‘lgani uchun qaytib kelgan. - Qaytib kelmagan samolyotlar qayerdan jarohat olganini bilmaymiz, lekin uning nozik qismi aniq qaytib kelgan samolyotning o‘q yegan joyidan emas! 2. Delfinlar cho‘kayotgan odamni qirg‘oqqa olib chiqib qo‘yadi degan afsonani ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. Buni faqat delfinlar qutqargan insonlargina ayta oladi. Qolgan cho‘kib halok bo‘lganlar esa, yo‘q. Balki halok bo‘lganlarda boshqa versiya ham bo‘lishi mumkin edi. 3. Omadli chiqib qolgan startaplarda ham huddi shunday, halok bo‘lgan startapni yaxshi o‘rgangani, statistikalarni to‘plagani va avval qilingan xatolarni qilmagani uchun bu startap o‘xshab ketdi degan fikrni, ko‘pchilik bildiradi. 4. Startaplari halok bo‘lganlarning ham o‘z fikri bor. Ular hech qachon ularnikiga o‘xshagan startaplar o‘xshamaydi deb o‘ylashadi. Sababi o‘zlarida o‘xshamagan. 5. Umumiy olib qaralganda, hech narsa hech qachon o‘xshamaydi. Chunki kimlardir siz qilgan ishni avval qilib ko‘rgan va eplay olmagan bo‘ladi. 6. Bunday holatlar huddi optimist va pessimistlarning fikrlariga o‘xshaydi, bittasi stakan ichidagi suyuqlikning yarmi bo‘sh desa, ikkinchisi, stakan ichidagi suyuqlikning yarmi to‘la deydi. 7. Faras qiling okean o‘rtasida cho‘kyapsiz, yoningizda suzib yurgan delfinga osilasizmi yoki cho‘kishda davom etasizmi? 8. Menimcha hamma delfinga osiladi sababi yo‘qotadigan hech narsa qolmadi. 9. Aksariyat startaplar ham huddi shunday, okeanda cho‘kayotgan odamga o‘xshaydi. Yashab qolish uchun nima zarur bo‘lsa, bu ishni qilib ko‘radi. Chunki hozirgi holatidan-da yomon holatning o‘zi yo‘q. 10. Yashab qolganlarning xatosini qaytarishdan va yashab qolishdan qo‘rqmang! Cho‘kib ketgan taqdiringizda ham sizda qaytadan boshlash imkoni bo‘ladi.

🚀 Seed Stage (Urug' bosqichi) o'zi nima va u nega muhim? 💡 Sodda Ta'rif (Ma'nosi) Tasavvur qiling, sizda zo'r bir mevali daraxt yetishtirish g'oyasi bor. Lekin u hozircha shunchaki g'oya — qo'lingizda faqat urug' (Seed) bor, xolos. Uni yerga ekish, sug'orish, ilk nihollarini parvarish qilish uchun pul, vaqt va o'g'it kerak. Seed Stage — bu startapning hayotidagi ana shu "urug'ni yerga qadash" bosqichidir. Bu bosqichda sizda hali tayyor, katta foyda keltirayotgan kompaniya bo'lmaydi. Lekin sizda g'oya, ishchi MVP (boshlang'ich mahsulot) va uni sotib olishga tayyor ilk mijozlar bo'ladi. Shu niholni tezroq o'stirish uchun jalb qilinadigan ilk jiddiy investitsiyalar ham Seed funding deyiladi. 📈 Hayotiy Misol (Case Study) Keling, hammamiz biladigan Yandex Go yoki o'zimizning Yelo / Express24 kabi loyihalarni olaylik. Ular o'z faoliyatining Seed bosqichida yuzlab mashinalarga yoki minglab restoranlar bilan shartnomalarga ega emas edi. Ularda shunchaki: Buyurtmalarni qabul qiladigan oddiygina mobil ilova (MVP), Toshkentning bitta tumanida sinab ko'rilayotgan bir nechta haydovchi/kuryer, Va eng muhimi — "Odamlar telefonda taksi yoki ovqat buyurtma qilishni xohlaydi" degan gipoteza bor edi. Aynan shu bosqichda ular "farishta investorlar" (Angel Investors) yoki ilk venchur fondlardan $100,000 dan $500,000 gacha (yirik bozorlarda millionlab) pul olishadi. Maqsad — jamoani kengaytirish va g'oyani real bozorda isbotlash. 🛠 Asoschilar uchun maslahat Agar loyihangiz hozir Seed Stageda bo'lsa, quyidagi 3 ta narsaga e'tibor bering: Go'zallikka uchmang: Mukammal dizayn yoki super-ofis qidirib pullarni sovurmang (Burn Rateni nazorat qiling). Hozir sizga faqat ishlaydigan mahsulot va real foydalanuvchilar kerak. PMF qidiring: Bu bosqichdagi eng bosh vazifangiz — Product-Market Fitga erishish. Ya'ni, bozorda sizning mahsulotingizga haqiqatda talab borligini isbotlang. Farishtalarni qidiring: Bu davrda yirik venchur fondlar (VC) sizga pul tikishi qiyin. Ko'proq Angel Investorlar (sohani tushunadigan boy tadbirkorlar) va startap akseleratorlariga (Y Combinator prinsiplari asosida ishlaydigan dasturlarga) yuzlaning.
Oltin qoida: Urug' bosqichida siz mahsulotni emas, kelajakdagi katta daraxtning potensialini sotasiz! 😉

🔔 Ting-ting… eshitdingizmi? Startup Ambassadorlar tomonidan Samarqand uchun katta loyiha tayyorlanyapti ekan. 👀 Lekin hali hammasini ochiqlamaymiz. Oldin bitta narsani bilmoqchimiz: 📍 Qaysi tumanda haqiqatan ham aktiv yoshlar bor? Comment’da tumaningizni yozing. 🚀

Repost from Paiziev24
O’zbekistonda katta muammolardan biri - ish beruvchi va potensial kandidatlarni to’g’ri match qiladigan zamonaviy AI platforma yo’qligi (Google for talent). Hozirgi recruiting bozori juda analog ishlaydi: ish beruvchi Telegram kanalga yoki job platformaga e’lon joylaydi, uni esa faqat cheklangan auditoriya ko’radi. Eng katta muammo shundaki, ko’p kuchli mutaxassislar ish qidirmaydi — lekin yaxshi imkoniyatga ochiq bo’ladi. AQShda bu muammoni LinkedIn hal qilgan. LinkedIn kerakli vakansiyalarni kerakli auditoriyaga yetkazadi. Lekin O’zbekistonda LinkedIn keng ishlamaydi: foydalanuvchilar soni kam, ko’pchilik professional profil yuritmaydi, recruiter mahsulotlari qimmat, va lokal bozorga moslashmagan. Masalan, biz Numeoda Product Manager qidirayotgan bo’lishimiz mumkin. Bizga aynan PM tajribasi bo’lishi shart emas — lekin: analitik fikrlashi kuchli bo’lishi, AQSh vaqti bilan ishlay olishi, ingliz tilida ishlash tajribasi, jarayonlarni tushunishi muhim. AI esa bunday kandidatlarni noodatiy joylardan topishi mumkin: masalan logistika kompaniyasidagi accountant yoki AQSh bozori bilan ishlayotgan developer orasidan. Chunki AI transferable skills’ni ko’ra oladi. Kelajakdagi recruiting platformasi CV bazasi emas, balki: AI recruiter, AI career coach, AI screener, AI salary advisor bo’ladi. Platforma kandidatlarga ham qiymat beradi: bozordagi qiymatini ko’rsatadi, qaysi skill’lar maoshni oshirishini aytadi, qaysi rollarga mosligini hisoblaydi. Eng muhimi — platforma kontaktlarni to’g’ridan-to’g’ri bermaydi. O’rtada AI orchestrator bo’ladi: u ikkala tomonni tushunadi, filtrlaydi va moslashtiradi. Buni yaxshi qila olgan kompaniya juda katta network effect yaratadi. Chunki recruiting bozori hali ham juda sust va qo’lda ishlaydi. AI esa uni to’liq avtomatlashtirishi mumkin. Agar kimdir shu muammoga to’g’ri yechim bera olsa, o’zim angel investitsiyasi kiritar edim. @paiziev24

Repost from StartupFest
🚀 Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon 2026-yil iyun oyida Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida Respublikamizni 14ta hududida “Startup Fest” festivalini tashkil qilamiz Festival davomida sizni:
♦️ Startuplar bo'yicha hakaton; ♦️ Robototexnika va muhandislik musobaqalari; ♦️ Kuchli mentorlar bilan uchrashuvlar; ♦️ Investorlar va yosh startapchilar networking sessiyalari; ♦️ Workshop va masterklasslar; ♦️ Cosplay, gaming va kreativ zonalar; ♦️ Food court hamda qizg‘in festival atmosferasi kutmoqda!
🌟 Festivalda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan faol yoshlar, innovatorlar, dasturchilar, muhandislar va startapchilar bir maydonda jam bo‘ladi Do‘stlaringizni ham taklif qiling va Startup Fest’da birga ishtirok eting! 🔗Ro’yxatdan o’tish 🕊Telegram |📱Instagram

Qadrli yurtdoshlar va aziz yoshlar! 🌙 Hayotimizda mehr-oqibat, sahovat, bag'rikenglik va o'zaro ahillik kabi olijanob qadriy
Qadrli yurtdoshlar va aziz yoshlar! 🌙 Hayotimizda mehr-oqibat, sahovat, bag'rikenglik va o'zaro ahillik kabi olijanob qadriyatlarni yanada yuksaltiruvchi ulug‘ ayyom - muqaddas Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin. ✨ Sizlarni ushbu shukuhli bayram bilan chin dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, xotirjamlik hamda xonadonlaringizga fayz-u baraka tilab qolamiz! Hurmat bilan, Yoshlar Ventures jamoasi! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Startup qilmoqchiman deganlarning 80%i aslida qaysi turdagi startup qurayotganini ham bilmaydi. Kimdir bot yasab o‘zini founder deb yuradi. Kimdir oddiy gadget bilan milliardlik kompaniya quraman deb o‘ylaydi. Aslida esa startup dunyosi 2 ta katta yo‘nalishga bo‘linadi: 💻 Software Startup — kod orqali quriladi. Masalan: • AI platformalar • Mobil ilovalar • Telegram botlar • SaaS platformalar • Marketplace’lar Bugungi eng katta kompaniyalarning ko‘pi shu yo‘nalishdan chiqqan: OpenAI Telegram Airbnb Nega ko‘pchilik software tanlaydi? Chunki boshlash osonroq. Laptop bo‘lsa kifoya. Ba’zan 1 odam ham katta product qura oladi. ⚙️ Hardware Startup esa boshqa level. Bu yerda siz real mahsulot yaratasiz: • Robot • Smart qurilma • Drone • IoT texnologiyalar • Elektronika Masalan: Tesla DJI Bu yo‘nalish qiyinroq. Pul, ishlab chiqarish, test, logistika — hammasi kerak. Lekin katta innovatsiyalar ko‘pincha aynan shu yerdan chiqadi. Eng qizig‘i esa endi boshlanyapti: Kelajakdagi eng kuchli startup’lar faqat software ham, faqat hardware ham bo‘lmaydi. AI + Robototexnika + Automation + IoT birlashadi. Va hozir aynan shu bozorda joy hali juda ko‘p. 🚀

Tarix yozildi. 🇺🇿 O'zbekiston tarixida ilk bor venchur jamg'arma universitet bilan birga hardware startaplarga investitsiya
+9
Tarix yozildi. 🇺🇿 O'zbekiston tarixida ilk bor venchur jamg'arma universitet bilan birga hardware startaplarga investitsiya qilishni boshladi. Bunday narsa mamlakatimizda hech qachon bo'lmagan edi. Yoshlar ishlari agentligi, Turin politexnika universiteti, Yoshlar Ventures va UzCombinator hamkorligida "TechCombinator" akselerator dasturini ishga tushirdik. Bu O'zbekistondagi hardware startaplarga mo'ljallangan birinchi akselerator dastur.
Yillar davomida "startup" so'zini eshitganda ko'pchilikning xayoliga ilovalar, saytlar yoki onlayn platformalar kelardi. Endi esa biz boshqacha yo'lni tanladik. Bu safar gap mikrochiplar, dronlar, robototexnika va real texnik jihozlar yaratayotgan yoshlar haqida bormoqda. Ya'ni qo'lga oladigan, ko'rsa bo'ladigan, dunyoni o'zgartira oladigan mahsulotlar haqida. 40 kun davomida startap asoschilari bilan yonma yon ishladik. Mahsulotni bozor talabiga qanday moslashtirishni, mijozlar bilan to'g'ri muloqot qilishni, oddiy g'oyani jiddiy biznesga aylantirishni birgalikda o'rgandik.
Va bu jarayonda Turin politexnika universiteti bilan birgalikda 160 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya qilishga kelishdik.
Nega bularning hammasi muhim? Chunki bizning maqsadimiz oddiy emas. Biz deep-tech va defense-tech yo'nalishlarida unicorn'lar yaratmoqchimiz. Mamlakatimizdan dunyo tan oladigan texnologiya brendlari chiqishini xohlaymiz. Va bugun aynan o'sha katta yo'lning birinchi qadamini qo'ydik.
Bu hali boshlanishi xolos. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Startup qurayotganlar uchun eng qiziq loyiha boshlanyapti. Tashabbuslar marafoni doirasida Founders Camp O‘zbekistonning 14 t
Startup qurayotganlar uchun eng qiziq loyiha boshlanyapti. Tashabbuslar marafoni doirasida Founders Camp O‘zbekistonning 14 ta hududiga yo‘l oladi. Har bir viloyatdan 100+ asoschilar bilan UzCombinator birga bo'ladi. Campda sizni nimalar kutayapti: 🔥 Barbecue party 🎬 Movie night ⛺️ Ochiq osmon ostida tunash 🤝 Tajribali startaperlar bilan networking 🎯 UzCombinator mentorlaridan sessiyalar 💡 Ochiqchasiga gaplashamiz Maqsadimiz startap qurayotgan yoki qurmoqchi bo'lgan barcha yoshlarni birlashtirish va ularga networking manbai bo'lib xizmat qilish. Founders Camp sizning hududingizga borayapti, o‘tkazib yubormang. Qatnashish uchun ariza qoldiring: 👉 Ro'yxatdan o'tish ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

⚡️ Startup Ambassadors’da navbatdagi online workshop! 📆 29-may | ⏰ 21:00 | Online 📌 Mavzu: “How to Get Into Y Combinator St
⚡️ Startup Ambassadors’da navbatdagi online workshop! 📆 29-may | ⏰ 21:00 | Online 📌 Mavzu: “How to Get Into Y Combinator Startup School”
Workshop davomida: • Y Combinator nima? • Guest Speaker journey • O‘zbekistondan global startup ecosystem’ga chiqish • Startup basics va advice • Live Q/A session
🎙 Guest Speaker: Abdujabbor Ahmadjanov- University of Alberta talabasi, VC-backed startup’da Founding Software Engineer hamda Y Combinator Startup School 2026’ga 30,000+ applicant orasidan qabul qilingan participant. AI systems, semantic search va startup product development yo‘nalishlarida tajribaga ega.
💡
Y Combinator
— Airbnb, Stripe, Reddit kabi dunyoga mashhur startup’larni yetishtirib chiqargan eng kuchli startup accelerator’lardan biri hisoblanadi. Ushbu workshop’da siz global startup ecosystem qanday ishlashi va unga O‘zbekistondan turib qanday kirish mumkinligi haqida real tajribalar orqali bilib olasiz.
🎹 Ovozli chat Startup Ambassadors’ning ushbu kanalida bo‘lib o‘tadi 👇🏻 ➡️LINK⬅️
🔥 Barchangizni kutib qolamiz! Balki aynan shu workshop sizning startup journey’ingizdagi birinchi katta qadam bo‘lar.
📱 Telegram 📱 LinkedIn 📱 Instagram 🖥 YouTube

Startupingiz hali Idea yoki Pre-Seed bosqichidami? Venture fondlar esa: “Hali erta”, deb rad qilyaptimi? Unda tushkunlikka tushmang. Chunki startap olamida sizga birinchi bo‘lib ishonadigan insonlar bor — Business Angellar. 👼 Lekin… • Ular aslida kim? • Nega eng katta kompaniyalar ham avval angel investitsiya olgan? • Angel va Venture fond o‘rtasidagi farq nima? • Nega aynan ilk bosqichda angel investor hayotingizni o‘zgartirishi mumkin? Agar shu savollar sizni ham qiziqtirsa — unda bu post aynan siz uchun. O‘qing. O‘rganing. Balki keyingi katta startup hikoyasi sizniki bo‘lar. 🚀 #Yoshlar_Ventures #Startup_ambassadors #startup_ambassadors_Samarkand Startup Ambassadors | Samarkand

🚀 Assalomu alaykum, azizlar! Sizlarni “Startup Ambassadors | Samarkand” hamjamiyatiga taklif qilamiz. Ushbu hamjamiyat Yoshlar Ventures’ning Samarqand viloyati Startup Ambassadorlari tomonidan rasmiy tarzda yuritiladi. Bu yerda Startup Ambassadorlari tomonidan tashkil qilinayotgan: • Inkubatsiya dasturlari • Startup event va workshoplar • Networking uchrashuvlari • Founder va mentorlar bilan online/offline suhbatlar • Yoshlar Ventures va UzCombinator imkoniyatlari hamda startup va biznesga oid eng foydali kontentlar haqida muntazam e’lon va ma’lumotlar berib boriladi. Shuningdek: • 24 soatlik Buildathon hackathonlari • “Ochiqchasiga gaplashamiz” tadbirlari UzCombinator tomonidan offline tarzda UzCombinator ofisida tashkil etiladi va ular haqidagi muhim e’lonlar ham kanalga joylab boriladi. Har hafta esa O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli startup founderlari bilan online workshoplar o‘tkaziladi. Agar siz startup ekotizimida rivojlanishni, kuchli networking va real imkoniyatlarga chiqishni istasangiz, kanalga qo‘shiling 👇 #Yoshlar_ventures ⚡️ #Startup_ambassadors ⚡️ https://t.me/samarkandstartup

Siz ham UzCombinator Open Talkda qatnashib venture mutaxassislaridan, top mentorlar va founderlardan feedback, networking va real tajriba olishni hoxlaysizmi ?

Ko‘pchilik startup’ni yopiq xonada quradi. User bilan gaplashmaydi. Bozorni test qilmaydi. Pitchni esa investorga chiqqanda birinchi marta sinaydi. Keyin “nega investitsiya olmadik?” deb hayron bo‘ladi. UzCombinator Open Talk’da esa boshqa muhit. Har hafta startup’lar: venture mutaxassislari, founderlar va ekotizim vakillari oldida pitch qiladi. Bu oddiy prezentatsiya emas — g‘oyani stress-test qilish. Startup: savollarga bardosh beradimi? Bozor tayyormi? Founder fikrini aniq tushuntira oladimi? Eng kuchli jihati: feedback, networking va real tajriba. Ba’zan bitta savol — 6 oylik noto‘g‘ri development’dan qutqaradi. UzCombinator Open Talk — startup’lar uchun mini venture arena.