fa
Feedback
Startup Ambassadors | Samarkand

Startup Ambassadors | Samarkand

رفتن به کانال در Telegram

Samarqandda startup ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat. G‘oyadan amaliy startaplargacha Treninglar • Meetuplar • Tadbirlar Yoshlar Ventures ekotizimi Tashabbus: Yoshlar Ventures | Yoshlar ishlari agentligi

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
329
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-1630 روز
آرشیو پست ها
Repost from UzCombinator
🚀O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi ➡️ Xalqaro Dealroom.co platformasi t
+1
🚀O‘zbekiston venchur investitsiyalar o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi ➡️ Xalqaro Dealroom.co platformasi tomonidan e’lon qilingan Q2/H1 2026 Venture Capital Report natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston venchur investitsiyalar hajmining yillik o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egalladi. 🔗 Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 539,7 foizga oshgan. Ushbu natija bilan mamlakatimiz Keniya, Avstriya, Xitoy va AQSh kabi davlatlarni ortda qoldirib, global reytingda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. 📊 Mazkur natija O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda texnologik tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay muhitning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlik bo‘yicha yetakchisiga aylanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. 🇺🇿 Agarda siz ham O'zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, UzCombinatorning 2-mavsumiga ariza topshirib, startapingizni "Unicorn" darajasigacha olib chiqing. https://uzcombinator.uz/apply ❗️ Shoshiling, deadline: 20-iyul! ⚡️ @uzcombinator

Repost from Debocha
"Startup Rakurs" eksklyuziv kursi tayyor! Qulfni ochamizmi? 🚀 CustDev, Kaizen va Pitching sirlarini o'zida jamlagan yangi bl
"Startup Rakurs" eksklyuziv kursi tayyor! Qulfni ochamizmi? 🚀 CustDev, Kaizen va Pitching sirlarini o'zida jamlagan yangi blok platformaga yuklandi. E'tibor qiling: ushbu darslarni muvaffaqiyatli tugatib olinadigan sertifikatning reytingdagi qiymati va vazni odatdagidan ancha yuqori bo'ladi! Bu qimmatli kursni hamma uchun bepul va ochiq qilishimiz uchun atigi 100 ta qadam qoldi. Kursni qulfdan chiqarish sharti: 1️⃣ Yuqoridagi postni 2 ta guruhga yuboring. 2️⃣ Skrinshotni shu post izohiga tashlang. Kommentlarda roppa-rosa 100 ta skrinshot yig'ilishi bilan, ushbu yuqori balli kurs barcha uchun zudlik bilan ochiladi! Qani, karvonni kim birinchi boshlaydi? Skrinshotlarni kutamiz 👇

Repost from Debocha
Yangi kurslarni ochamizmi? Bitta kichik shart bor! 🔐 Platformaga hamma kutgan yangi darslar joylandi! Lekin uni hammaga ko'rinadigan qilish uchun loyiha rahbarimiz bitta kichik "challenge" berdi. Atigi 50 kishi yordam bersa, qulf ochiladi: 1️⃣ Mana bu videoga LINK layk bosing va 3 ta do'stingizga yuboring. 2️⃣ Skrinshotni pastda, izohlarda qoldiring! 50 ta skrinshot yig'ilishi bilan darhol: 🔓 Yangi kurslar barchaga ochiq bo'ladi! 💸 Skrinshot tashlaganlar orasida 200,000 so'm yutuq o'ynaladi. Qani, Debocha jamoasi, tezlikni ko'rsatamiz! Skrinshotlarni pastda kutaman 👇

Repost from Yoshlar Ventures
❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi! 🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz jamoa bilan bir pul qilish mumkin. Ammo oddiygina g'oya kuchli, qiyinchilikdan qochmaydigan jamoa qo'lida aqlbovar qilmas muvaffaqiyatga aylanadi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!

Repost from N/a
🚀 ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Startup Talks Oʻzbekistonning barcha hududlarida jamoasini kengaytirmoqda. Agar startup ekotizi
🚀 ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Startup Talks Oʻzbekistonning barcha hududlarida jamoasini kengaytirmoqda. Agar startup ekotizimini rivojlantirish, kreativ kontent yaratish yoki hududingizdagi startup hamjamiyatiga hissa qoʻshishni istasangiz, biz sizni izlayapmiz! 📍 Ochiq yoʻnalishlar:
🧠 Startup Mind — Startup loyihalarni izlash, founderlarga ko'maklashish va startup tadbirlarini tashkil etish.
📱 SMM Menejer — Ijtimoiy tarmoqlar orqali hamjamiyatni rivojlantirish va kreativ kontent ulashish.
🎬 Video Montajchi — Reels, intervyular va tadbir videolarini montaj qilish.
🎙 Brand Face — Startup Talks vakili sifatida intervyular o'tkazish va hududingizdagi loyiha yuziga aylanish.
📅 Arizalar qabuli: 23-iyul 🔗 Roʻyxatdan oʻtish: Startup Mind – Link SMM Menejer – Link Video Montajchi – Link Brand Face – Link 4 ta rol. Har bir hudud uchun. Bitta missiya. 🧡 ❓Savollaringiz bormi? DM: @navruz_st #StartupTalks #YoshlarVentures #StartupAmbassadors #StartupGatherings #StartupPodcast

Startaplar nega muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda? Sizning Startupingiz muvaffaqqiyatsliga uchradimi? Unda shu so'rovnomani to'
Startaplar nega muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda? Sizning Startupingiz muvaffaqqiyatsliga uchradimi? Unda shu so'rovnomani to'ldirib bizga muammo nimadaligini tushuntirib bering ! Bu soʻrovnoma nima uchun kerak?
1)Hududlardagi startap ekotizimining oqsayotgan jihatlarini aniqlash.
2)Kelajakda loyihalar sinib ketmasligi uchun qaysi resurslarni yo'naltirish kerakligini belgilash.
So'rovnomani to'ldiring, va bizga muammo nimadaligini ko'rsating 🔗 Soʻrovnomadan oʻtish: Link Hududlardagi boshqa startapchilarga ham ulashing! ⚡️

Repost from Debocha
🔥 Workshoplar endi faqat Debochada! Yaxshi yangilik! Avvallari master-class va workshoplarimiz uchun uzoqdan Zoom yoki Meet
🔥 Workshoplar endi faqat Debochada! Yaxshi yangilik! Avvallari master-class va workshoplarimiz uchun uzoqdan Zoom yoki Meet linklarini qidirib yurardik. Endi bunga hojat yo'q - barcha jonli efirlar to'g'ridan-to'g'ri Debocha platformasing o'zida bo'lib o'tadi! 🚀 Ertaga sizni aynan shunday yangi formatdagi ilk va juda muhim master-class kutmoqda: 🎙 Mavzu: Adride Startupi haqida gaplashamiz ⭐ Mehmon: "Yoshlar Ventures" dan ilk investitsiya jalb qilgan ayol founder! 🗓 Qachon: Ertaga, 11-iyul soat 16:00 da. ⚠️ Muhim qoida: Efirga boshqa hech qayerdan ulanib bo'lmaydi. Qatnashish uchun faqatgina Debocha platformasidagi "Tadbirlar" bo'limiga kirishingiz kerak xolos. Joylar soni cheklangan (Ulgurib qoling). 👉 Hoziroq kirib, "Belgilash" tugmasini bosing: debocha.yoshlarventures.uz Ertangi efirni kutayotganlar pastda bitta 🔥 reaksiyasini qoldirsin, qani nechta ekanmiz!👇

Repost from UzCombinator
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy dar
🎉 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 2-mavsumi rasman ochildi! Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀 Ammo keling, dastlab sizni 1-mavsumdagi ajoyib natijalarimiz bilan tanishtiraylik: 📊 1453 ta arizadan 31 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi 🧠 435 ta eksklyuziv sessiyalar o'tkazildi 💰 Demo Day'da jami $975,000 investitsiya jamlandi 🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda? 💡 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish 💻 Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis 🤝 Startapingizni qurishingizda yonma-yon turib, individual yordam berish 💵 $1000 stipendiya 💸 Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish! ⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 20-iyul! ⚠️ Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring:

Repost from Stenford Kundaligi
Jamoa bilan ishlashda shu sifatlar yuzasidan ko’p o’ylayapman. 1. Bilim/O’rganish 2. Diqqat 3. Quvvat/Ko’lam 4. Qa’tiyat 5. Intizom/Mas’uliyat Boshqa zarur sifatlar ham ko’p lekin bizning agentlikda ushbu fazilatlarga ega yoshlarning loyihalari menga samaraliroq tuyuladi.

Repost from Debocha
Mentorlar bo'limini ko'rdizmi? Sizda hozir nechta sertifikat bor? Reaksiyalar bilan olov yondiring tezda birinchi sessiyani e
Mentorlar bo'limini ko'rdizmi? Sizda hozir nechta sertifikat bor? Reaksiyalar bilan olov yondiring tezda birinchi sessiyani elon qilamiz!

Repost from Yoshlar Ventures
🤔 Startupdagi eng katta xato mablag‘ yoki investor yo‘qligimi?
❌ Ko‘pchilik startap ochayotganlarning eng katta muammosi pul yetishmasligi deb o‘ylaydi. Biroq, loyihalarni muvaffaqiyatsizlikka boshlaydigan asosiy omil hammuassislar o‘rtasida yozma kelishuv yo‘qligidir. Boshida hamma bir maqsad yo‘lida ishlaydi, lekin vaqt o‘tib ulushlar, majburiyatlar va muhim qarorlar borasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
✅ Muvaffaqiyatli startap yaratish va kelajakni himoya qilish uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin ulushlar, chiqish shartlari hamda majburiyatlar aniq belgilangan shartnomani tuzish shart. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz

🚀 AdRide qanday qilib investitsiya olgan startupga aylandi? 🎙 Qodirxonova Gulnoza AdRide founderi, Yoshlar Ventures'dan inv
🚀 AdRide qanday qilib investitsiya olgan startupga aylandi? 🎙 Qodirxonova Gulnoza AdRide founderi, Yoshlar Ventures'dan investitsiya olgan ilk ayol founder. Workshopda AdRide'ning yaratilish tarixi, reklama texnologiyasi va investitsiya jalb qilish tajribasi haqida suhbatlashamiz. 📅 11-iyul | 16:00 📍 Online #Yoshlar_ventures ⚡️ #Startup_ambassadors ⚡️ 🌐Telegram  🖥Linkedin  📱Instagram  🖥YouTube

Nimani tashlab yuborish kerak? Startap qiyinlashganda, ko‘pchilikning birinchi reaksiyasi bitta bo‘ladi: yana nimadir qo‘shish. Yana bitta xodim. Yana bitta funksiya. Yana bitta jarayon. Lekin ba'zan o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan narsa yetishmayotgani emas, ortiqchaligidir. Shuning uchun kuchli asoschilar o‘zlariga boshqacha savol beradi: "Nimani olib tashlasam, hammasi tezroq ishlaydi?" 1.Oddiy tizim har doim kuchliroq. Uni tushunish ham, boshqarish ham, rivojlantirish ham oson. 2.Fokus — eng qimmat resurs. Har bir yangi vazifa, yangi funksiya yoki yangi g‘oya fokusni bo‘lib yuboradi. Murakkablikni shoshilib qurmang. Katta kompaniyalarning murakkab tizimlariga havas qilmang. Ular bunga yillar davomida yetib kelgan. Startap esa avval sodda bo‘lishi kerak. Oxirida esa eng muhim savol qoladi: Startapingiz bugun nimasiz ham ishlay oladi? — Ortiqcha funksiyalarsizmi? — Keraksiz meetinglarsizmi? — Ortiqcha jarayonlarsizmi? — Yoki sizni chalg‘itayotgan g‘oyalarsizmi? Ko‘pincha eng katta o‘sish nimanidir qo‘shganingizda emas, ortiqcha narsadan voz kechganingizda boshlanadi.

Nimani tashlab yuborish kerak? 1. Biznes angellar orasida juda ham mashxur jumla bor: “Yomon asoschilar startapga odam qo‘shadi. Yaxshi asoschilar jarayon qo‘shadi. Buyuk asoschilar esa ikkalasini ham qisqartiradi.” 2. Chunki eng katta samaradorlik — nimanidir qo‘shganingizda emas balki, nimanidir olib tashlaganingizda paydo bo‘ladi. 3. Birinchidan, oddiy tizim — har doim ishonchliroq. Qancha kam bo‘lsa, shuncha boshqarish oson. 4. Ikkinchidan, muvaffaqiyat uchun fokus kerak. Fokus esa doim qo‘shishdan emas, ortiqcha narsani yo‘qotishdan boshlanadi. 5. Uchinchidan, murakkab tizimni hech kim noldan qura olmaydi. Har doim avval oddiy tizim bo‘ladi, keyin asta-sekin murakkablashadi. 6. Endi esa eng qiyin savol: Startapingizdan birinchi bo‘lib nimani tashlab yuborish kerak? – Ortiqcha odammi? – Ortiqcha funksiyami? – Ortiqcha jarayonmi? – Ortiqcha ambitsiyami?

Let's Start ⚡️

Let's Start ⚡️

Assalomu alaykum do'stlar Malum bir sabablarga bionan bugun bo'lib o'tishi kerak Workshop yakshanba kuni soat 19:00 da bo'lib o'tadi. Bu holat uchun uzr! 5 Iyul, 19:00 da ko'rishamiz :)

🚀 Startup Ambassadors navbatdagi workshopini o'tkazib yubormang! 🎙 Mehroj Normamatov Founder of Mebelim ▪️ Mebelim startupi
🚀 Startup Ambassadors navbatdagi workshopini o'tkazib yubormang! 🎙 Mehroj Normamatov Founder of Mebelim ▪️ Mebelim startupiga qanday asos solingan? ▪️ G‘oyadan amaliy mahsulotgacha bo‘lgan yo‘l qanday bosib o‘tildi? ▪️ Yoshlar Ventures'dan 35 000 AQSh dollari investitsiyasini jalb qilish qanday amalga oshirildi? ▪️ Mebel sohasi uchun raqamli B2B marketplace yaratish tajribasi qanday kechdi? Workshop davomida Mebelim startupining yaratilish tarixi, duch kelingan muammolar va ularni yengish yo‘llari hamda investitsiya jalb qilish bo‘yicha muhim tajribalar bilan tanishasiz. 📌 Mavzu: Mebelim Startup Story 📅 3-iyul 🕓 20:00 📍 Online Agar siz ham startup qurishni, mahsulotingizni bozorga olib chiqishni yoki investitsiya jalb qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu workshop aynan siz uchun. #Yoshlar_ventures ⚡️ #Startup_ambassadors ⚡️ 🌐Telegram  🖥Linkedin  📱Instagram  🖥YouTube