fa
Feedback
USTOZAKU

USTOZAKU

رفتن به کانال در Telegram

Komila 쌤 bilan koreys tili va TOPIK • 🇰🇷 TOPIK 6 • 🇬🇧 IELTS 7 • 🏫 Bakalavr mutaxassisligi — Xalqaro Munosabatlar, Soonchunhyang Universiteti © Ustozaku - qiymat isboti! Murojaat uchun: @ustozaku_admin TOPIK tayyorgarlik materillari: @ustozaku_bot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 524
مشترکین
+2424 ساعت
+1627 روز
+1 21730 روز
آرشیو پست ها
Bahorda Koreyaga ketaman deyotgan o‘quvchilarimiz bormi? 🇰🇷 Yaxshi yangiliklar borga o‘xshayapti 👀

Videoni to'liq ko'rib chiqing!

📣 Ustozaku botimizda katta yangilanish! Endi bot ichida yangi “Quizlar va so‘zlar” bo‘limi bor. O‘zingiz so‘z to‘plami yaratasiz va ularni Kartalar, O‘rganish, Juftlash va Test orqali mashq qilasiz. Barcha so‘zlaringiz akkauntingizda saqlanadi, qurilmalar orasida ishlaydi, light/dark mode mavjud va istalgan ro‘yxatni bir bosishda PDF qilib olishingiz mumkin. Eng qizig‘i — bularning barchasi mutlaqo bepul. Hoziroq @ustozaku_bot ichida sinab ko‘ring. 💎 @USTOZAKU — Qiymat isboti!

Juda katta bomba yangiligimiz bor! Ozgina turib e’lon qilamiz. Hozircha esa… ⚡️⚡️⚡️

So‘zlarni shunchaki yodlab emas, shunga o‘xshash mnemonik usullar bilan esda qolarli qilib o‘rganamiz 🌍 @ustozaku

📣 1 oylik so‘z yodlash marafoni! 🇰🇷 TOPIK va mock testlar orqali: ✅ Mnemonika — obraz va bog‘lanishlar orqali yodlash ✅ Rasm va tasavvur orqali yodlashni ✅ So‘zlarni birikma va misollar bilan o‘rganishni ✅ Hanja yordamida so‘zlarning ma’noli qismlarini tanishni ✅ Highlight — matnning muhim qismlarini belgilashni ✅ Unutmaslik uchun tartibli takrorlashni ✅ Notanish so‘z ma’nosini kontekstdan topishni ✅ Hamma so‘zni bilmasdan ham savollar ustida ishlashni ✅ TOPIK va mock testlarda vaqtni boshqarishni mashq qilasiz 📆 1-oktabrdan — haftasiga 3 kun ⏰ 11:00 O'zbekiston vaqi bilan | Har dars 60 daqiqa 💰 250 000 so‘m 👥 Faqat 35 kishi! Ustoz: Komila쌤 💳 To‘lov qilib, chek rasmini @ustozaku_admin ga yuboring. Tasdiqlangach, yopiq guruhga qo‘shamiz.

33-savol turi: ‘내용과 같은 것’ ✍️ — ya’ni matn mazmuniga mos keladigan javobni topish. Bu savolda 4 ta variantni o‘qib chiqib, not
33-savol turi: ‘내용과 같은 것’ ✍️ — ya’ni matn mazmuniga mos keladigan javobni topish. Bu savolda 4 ta variantni o‘qib chiqib, noto‘g‘ri variantlarni matn orqali chiqarib tashlaysiz. Oxirida esa bitta to‘g‘ri javob qoladi ✅ Ushbu savol turi odatda 5급 수준 hisoblanadi. @ustozaku

📖 TOPIK 쓰기 53 uchun kerakli asosiy ifodalarni bir joyga jamladik. PDF ichida oshish-kamayish, foiz va ko‘rsatkichlar, taqqoslash, sabab-natija, prognoz va tayyor gap qoliplari Koreyscha + O'zbekcha tarjimasi bilan berilgan. @ustozaku

Bahorgi semestrga Koreyaga ketaman deganlar, harakatni tezlashtiravering. Oldin ham aytib o‘tganimdek, hujjat, universitet qabuli va viza jarayonlarini o‘z ustalariga, @TOPIKACADEMY, topshirib qo‘yavering. Yuqorida aytgan 960 000 so’mlik chegirmamiz hali ham amalda. ✈️ Telegram: @topikacademyconsultingadmin 📱Telefon: 77 372 00 06 Natijalar va qo‘shimcha ma’lumotlar 👇 @topikacademy

Ko‘p o‘quvchilar menga “so‘z yodlashda qiynalyapman” deb yozadi. Lekin ba’zida qarasam, hali so‘zni o‘zi qidirib topishga ham
Ko‘p o‘quvchilar menga “so‘z yodlashda qiynalyapman” deb yozadi. Lekin ba’zida qarasam, hali so‘zni o‘zi qidirib topishga ham erinadi. Har safar tayyor tarjima, tayyor ro‘yxat, tayyor javob kutadi. Shaxsan o‘zim til o‘rganayotgan paytimda ustozlarimdan deyarli “menga so‘z bering” deb talab qilmagan ekanman. Darsliklar, testlar va matnlardan kerakli so‘zlarni o‘zim yig‘ib, yozib chiqardim. Faqat tushunmagan, ma’nosi noaniq bo‘lgan so‘zlarni ustozimdan so‘rardim. Ingliz tilini o‘rganayotganda ham xuddi shunday qilganman. Men kuzatgan kuchli o‘quvchilarning ko‘pchiligida ham shu odat bor: ular har narsani tayyor kutib o‘tirmaydi, kerakli materialni o‘zi yig‘ib boradi. Bu yerda ustozdan so‘z ma’nosini so‘rash noto‘g‘ri demoqchi emasman. Albatta, tushunmagan joyingizni so‘rashingiz kerak. Gap shundaki, har safar tayyor ro‘yxat kutish o‘rniga, matndan so‘zlarni o‘zingiz ajratib, yozib, yig‘ib borishga odatlaning. O‘zingiz qidirib topgan va yozib chiqqan so‘zlar ko‘pincha tayyor berilgan ro‘yxatdagi so‘zlardan yaxshiroq esda qoladi. Chunki unga o‘zingiz oz bo‘lsa ham mehnat qilgansiz. Shuning uchun so‘z yig‘ishga erinmang. Til o‘rganishda ustoz yo‘l ko‘rsatadi, lekin o‘quvchining o‘zi qilishi kerak bo‘lgan mehnat ham bor. Shu kichik odatlar keyinchalik juda katta farq qiladi. @ustozaku

#bepul_듣기_12_kun 듣기 marafonimizgacha ham juda oz vaqt qoldi — deyarli 10 kun! Xudo xohlasa, bu marafon ham oldingi 쓰기 va 읽기 m
#bepul_듣기_12_kun 듣기 marafonimizgacha ham juda oz vaqt qoldi — deyarli 10 kun! Xudo xohlasa, bu marafon ham oldingi 쓰기 va 읽기 marafonlarimiz kabi juda manfaatli bo‘ladi. Marafon barcha uchun ochiq va mutlaqo bepul. Barcha Zoom linklari, yozib olingan darslar va foydalanilgan materiallar kanalimiz orqali ulashib boriladi. Darslarda eng so‘nggi chiqqan kitoblardan foydalanamiz. Bu orqali kelayotgan imtihonlarda uchrashi mumkin bo‘lgan mavzu va savol turlariga yanada yaqinroq tayyorlanamiz. Demak, 20-sentyabrdan boshlab har kuni uchrashib boramiz! 🔥

Botimizdan faol foydalanayotganlar soni 1000 nafardan oshdi! Bu juda quvonarli, chunki shuncha odam undan manfaat olyapti. 🙌
Botimizdan faol foydalanayotganlar soni 1000 nafardan oshdi! Bu juda quvonarli, chunki shuncha odam undan manfaat olyapti. 🙌 Hali kirib ko‘rmagan bo‘lsangiz, albatta sinab ko‘ring. Botimizda TOPIK testlari, mock testlar, eng so‘nggi TOPIK kitoblari va turli foydali materiallar jamlangan. 👉 @ustozaku_bot

💎 21–22 읽기’ni oson ishlash usuli va idiomalarni esda qoladigan tarzda tushuntirgan video. 📹 Ko‘rib chiqing, ayniqsa 21–22-savollarda qiynalsangiz, aniq foydasi tegadi, Xudo xohlasa. @ustozaku

👍 44–45-savollar uchun matnlarni har xil kitoblardan yig‘ib chiqdik. Fayldagi matnlarni shunchaki o‘qib chiqmasdan, savollarini ishlab, matn tuzilishi va javob variantlarini tahlil qilib ko‘ring. @ustozaku

3 kunlik 쓰기 marafonimizni ham yakunlab oldik 👍 Endi navbat TOPIK 듣기 marafoniga. Xudo xohlasa, 20-sentyabrdan boshlaymiz. 1–50-savollarni bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz va oson ishlash strategiyalarini o'rganib chiqamiz, Xudo xohlasa. @ustozaku

3️⃣➖🔠🔠🔠 ✏️ 짧은 동영상의 장단점과 올바른 사용 방법 mavzusida 54 쓰기 yozdik. Bugungi darsda mavzu bo‘yicha fikrlarni qanday tartibga solish, afzallik va kamchiliklarni ajratish, so‘ng 올바른 사용 방법 uchun yechimlarni qanday yozish kerakligini ko‘rib chiqdik. 54 쓰기’da eng muhim narsalardan biri — yozishni boshlashdan oldin brainstorming qilib, aniq plan tuzib olish. @ustozaku