fa
Feedback
O‘sish va rivojlanish

O‘sish va rivojlanish

رفتن به کانال در Telegram

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari tajribalari kanali 👉O‘quvchilarni kasb va tadbirkorlikka yo‘naltirish, oliy ta’limga tayyorlash, tillarni o‘qitish va bolalar uchun turli xizmatlar bo‘yicha eng yaxshi tajribalar shu yerda.

نمایش بیشتر
4 119
مشترکین
-824 ساعت
-807 روز
-32530 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '260
در 0 کانال‌ها
اوت '26
+76
در 4 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+4
در 5 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+158
در 5 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+6 118
در 6 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
05 سپتامبر0
04 سپتامبر0
03 سپتامبر0
02 سپتامبر0
01 سپتامبر0
پست‌های کانال
2
🧠Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar ↗️Yangi o‘quv yilidan boshlab tizimda ilk bor 1 ta inklyuziv markaz, 3 ta inklyuziv m+9
🧠Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar ↗️Yangi o‘quv yilidan boshlab tizimda ilk bor 1 ta inklyuziv markaz, 3 ta inklyuziv maktab hamda har bir hududda bittadan ko‘p tarmoqli maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🧮Bu — har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, uning individual ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya olishiga sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. 👫Endilikda turli toifadagi bolalar o‘z ta’lim ehtiyojlariga mos yo‘nalishlarda bir muassasada, tengdoshlari bilan birga ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 👥Yangi o‘quv yilida tizimdagi maktab va maktab-internatlarning 1-sinfiga 1 300 nafardan ortiq bola qabul qilindi.
1 258
3
🌸 «Notoʻgʻri gullar bog‘i» TEPLO AUTUMN FEST sahnasida 6-sentabr kuni TEPLO AUTUMN FEST sahnasida Xalqaro inklyuziv hab tala
🌸 «Notoʻgʻri gullar bog‘i» TEPLO AUTUMN FEST sahnasida 6-sentabr kuni TEPLO AUTUMN FEST sahnasida Xalqaro inklyuziv hab talabalari pedagog va spektakl rejissyori Komich Sevilya rahbarligida yaratilgan «Notoʻgʻri gullar bog‘i» plastik spektaklini namoyish etadilar. Qahramonlarimiz boshqalarning kutganlariga moslashishni to‘xtatish va o‘zligimizni qabul qilish haqida hikoya qiladilar. 📍 Yapon bog‘i 📅 6-sentabr 🕑 14:40 🎟 Chiptalar — Afisha.uz Hab bilan festivalning barcha uch kunida — 4, 5 va 6-sentabr kunlari uchrashishingiz mumkin. Savdo kornerimiz va mahorat darslarimiz TEPLO AUTUMN FEST davomida faoliyat yuritadi. Sizni kutamiz! 🧡 — 🌸 “Сад неправильных цветов» на сцене TEPLO AUTUMN FEST 6 сентября на сцене TEPLO AUTUMN FEST студенты Международного инклюзивного хаба представят пластическую постановку «Сад неправильных цветов», созданную под руководством педагога и режиссёра постановки-Комич Севилей. Наши герои поведают историю о том, как перестать соответствовать чужим ожиданиям и позволить себе быть собой. 📍 Японский сад 📅 6 сентября 🕑 14:40 🎟 Билеты-Afisha.uz А встретиться с Хабом можно будет все три дня фестиваля — 4, 5 и 6 сентября. Наш корнер продаж и мастер-классы будут работать на протяжении всего TEPLO AUTUMN FEST. Ждём вас! 🧡 Facebook | Instagram | YouTube
1 107
4
Zamin Education loyihasi doirasida har yili o‘tkaziladigan yozgi inklyuziv IT-oromgoh o‘z nihoyasiga yetdi. Mamlakatimizning+9
Zamin Education loyihasi doirasida har yili o‘tkaziladigan yozgi inklyuziv IT-oromgoh o‘z nihoyasiga yetdi. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafar iqtidorli yoshlar axborot texnologiyalari, ijod va yangi kashfiyotlar olamiga sho‘ng‘idi. Yana 4100 nafar o‘quvchi mashg‘ulotlarga onlayn tarzda qo‘shildi. Besh kun davomida ekspert-murabbiylar ishtirokchilarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishtirib, ularning veb-sayt yaratish, 3D-modellashtirish, robototexnika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashdilar. Barcha ishtirokchilarni oromgohni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilishini tilaymiz! — В рамках проекта Zamin Education прошёл ежегодный летний инклюзивный IT-лагерь. 150 талантливых ребят из разных уголков страны погрузились в мир информационных технологий, творчества и новых открытий, а ещё 4100 школьников присоединились к занятиям онлайн. На протяжении пяти дней эксперты-преподаватели знакомили участников с возможностями искусственного интеллекта, развивали их технические навыки в создании сайтов, 3D-моделировании, робототехнике и цифровых технологиях. Поздравляем ребят с успешным завершением лагеря и желаем, чтобы полученные знания стали драйвером для реализации новых возможностей! #ZaminEducation Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
1 810
5
#Ilmiy_metodik_kengash #Inklyuziv_talim Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limiga oid metodik masalalar muhokama q+2
#Ilmiy_metodik_kengash #Inklyuziv_talim Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limiga oid metodik masalalar muhokama qilindi Joriy yilning 28-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi “Inklyuziv ta’lim va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan o‘quv-metodik resurslar ko‘rib chiqildi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
1 499
6
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
1 855
7
Inklyuziya va maxsus taʼlim milliy forumi Bugun Sirdaryo tumanidagi 10-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internatida «Inklyuziya va+7
Inklyuziya va maxsus taʼlim milliy forumi Bugun Sirdaryo tumanidagi 10-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internatida «Inklyuziya va maxsus taʼlim milliy forumi» bo‘lib o‘tdi. «Har bir imkoniyat — yangi kelajak sari qadam» shiori ostida tashkil etilgan tadbirda inklyuziv taʼlimning mazmun-mohiyati, taʼlim jarayonida zamonaviy yondashuvlar, URX va IRX platformalaridan foydalanish, to‘siqsiz muhit yaratish hamda amaliyotda uchraydigan muammoli vaziyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun trening va amaliy muloqotlar o‘tkazilib, inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi. Forumda inklyuziv taʼlim tashkil etilgan maktab direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, maxsus pedagog va psixologlar ishtirok etdi. Maqsad — alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bola uchun teng imkoniyat, sifatli taʼlim va qulay shart-sharoitlarni taʼminlashdan iborat. @IHMA_Sirdaryoviloyati
2 139
8
🏫 Yaqin vaqtgacha Hayotbek uyda ta’lim olar, boshqa bolalar qatori maktabga borish, ular bilan birga o‘qish va o‘ynashni orz
🏫 Yaqin vaqtgacha Hayotbek uyda ta’lim olar, boshqa bolalar qatori maktabga borish, ular bilan birga o‘qish va o‘ynashni orzu qilardi. Bugun esa u Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 2-son umumta’lim maktabining o‘quvchisi. U sinfdoshlari bilan birga ta’lim oladi, har kuni do‘stlari bilan o‘ynaydi hamda informatika va STEM fanlarini katta qiziqish bilan o'rganadi. Kelajakda esa dasturchi bo‘lib, o‘z loyihalarini yaratishni orzu qiladi. Hayotbekning onasi aytishicha, uyda ta’lim olish bilan inklyuziv maktabda ta’lim olish o‘rtasidagi farq juda katta. Bugun Hayotbek o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi, sinfdoshlari orasida o‘zini erkin va qabul qilingan his qiladi hamda kelajakka katta ishonch bilan qaramoqda. Uning o‘qituvchisi ham bu o‘zgarishni yaqqol ko‘rmoqda: maktabda inklyuziv ta’lim muhiti yaratilgani sayin Hayotbek sinfdagi ta’lim jarayoniga moslashdi, do‘stlar orttirdi va maktab hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. 🇺🇳🇺🇿 Urganch tumanidagi 2-son umumta’lim maktabi "Ishonch 2030" loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanayotgan 50 ta namunaviy maktabdan biridir. Loyiha doirasida pedagoglarning kasbiy salohiyati mustahkamlanmoqda, maktablarda qulay va inklyuziv ta’lim muhiti yaratilmoqda, raqamli texnologiyalar hamda STEM yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. Bu esa har bir bolaga o‘z qobiliyatini namoyon etish, iste’dodini rivojlantirish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyat yaratmoqda. 📹 Hayotbekning hikoyasi bilan tanishing. ____ 🏫 Еще совсем недавно Хаётбек обучался на дому и мечтал ходить в школу, учиться и играть вместе с другими детьми. Сегодня он — ученик школы №2 Ургенчского района Хорезмской области, где учится вместе со своими одноклассниками, каждый день играет с друзьями и с большим интересом изучает информатику и STEM-дисциплины. В будущем он мечтает стать программистом и создавать собственные цифровые проекты. По словам его мамы, разница между обучением на дому и обучением в инклюзивной школе изменила жизнь Хаётбека. Сегодня он стал увереннее в себе, чувствует себя частью школьного сообщества и с уверенностью смотрит в будущее. Его учитель также отмечает эти изменения: по мере того как школа становилась инклюзивной, Хаётбек успешно адаптировался к обучению в классе, подружился с одноклассниками и стал активным участником школьной жизни. 🇺🇳🇺🇿 Школа №2 входит в число 50 модельных школ, поддерживаемых в рамках проекта «Ишонч 2030». В рамках проекта укрепляется профессиональный потенциал педагогов, создаётся более доступная и инклюзивная образовательная среда, а также расширяются возможности для изучения цифровых технологий и STEM. Это помогает каждому ребёнку раскрывать свои сильные стороны, развивать способности и реализовывать свой потенциал. 📹 Посмотрите историю Хаётбека.
2 495
9
بدون متن...
2 413
10
🌟“IJTIMOIY HIMOYA FIDOYISI” — MEHNATGA E’TIBOR, FIDOKORLIKKA E’TIROF 🧠“Inklyuziya va maxsus ta’lim milliy forumi” doirasida
🌟“IJTIMOIY HIMOYA FIDOYISI” — MEHNATGA E’TIBOR, FIDOKORLIKKA E’TIROF 🧠“Inklyuziya va maxsus ta’lim milliy forumi” doirasida maxsus va inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun munosib ta’lim va tarbiya sharoitlarini yaratish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan 6 nafar rahbar “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 🌟Taqdirlanganlar: Qosimov Ulug‘bek Habibulloyevich — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori; Yo‘ldashov Avazxon Mahkamovich — Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi 90-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori; Meliyev Abduhalim Xurramovich — Samarqand shahridagi 59-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori; Mamatova Nazokat Sharipbayevna — Xorazm viloyati Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi direktori; Sadikova Dinara Batirovna — Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 101-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori; Nurmuhamedova Muqaddas Akramovna — Toshkent shahri Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi direktori. ❗️“Ijtimoiy himoya fidoyisi” kimlarga beriladi? Mazkur ko‘krak nishoni ijtimoiy himoya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, faol va tashabbuskor, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, NNT vakillari hamda tadbirkorlarga beriladi. 🌟Ko‘krak nishoni bilan birga pul mukofoti ham beriladi. Nizomga muvofiq, taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi. Bu e’tirof — shunchaki mukofot emas. Bu har kuni bolalar ta’limi, tarbiyasi va kelajagi uchun mas’uliyat bilan mehnat qilayotgan insonlarning fidoyiligiga berilgan yuksak baho. #IjtimoiyHimoyaFidoyisi #IjtimoiyHimoya #InklyuzivTaʼlim #MaxsusTaʼlim
4 417
11
Toshkentda “Inklyuziya va maxsus ta’lim milliy forumi” boshlandi Bugun poytaxtimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonid+9
Toshkentda “Inklyuziya va maxsus ta’lim milliy forumi” boshlandi Bugun poytaxtimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Inklyuziya va maxsus ta’lim milliy forumi” o‘z ishini boshladi. Ikki kun davom etadigan ushbu nufuzli tadbir doirasida soha mutaxassislari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. Forumning tantanali ochilish marosimida ishtirokchilarga samimiy tabrik so‘zlari yo‘llanib, inklyuziv va maxsus ta’limni yangi bosqichga olib chiqish borasidagi islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Seminarlar davomida IHMA tizimidagi maktab va internatlarning 2026–2027-o‘quv yili uchun tayanch rejalari, hududlardagi ko‘p funksional inklyuziv maktab va resurs markazlari faoliyatini yuritish, Edu.Ihma.uz platformasi hamda individual rivojlanish xaritalarini joriy etish, shuningdek, budjet intizomi va mehnatga haq to‘lashga oid me’yoriy-huquqiy masalalar atroflicha tushuntirib berilmoqda. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohadagi muhim yangiliklar hamda amaliy tavsiyalar bilan tanishmoqdalar. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
3 293
12
📣11-SINFNI TAMOMLAGAN YOSHLAR UCHUN KASB EGALLASH IMKONIYATI! 2026/2027-o‘quv yili uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi ti
📣11-SINFNI TAMOMLAGAN YOSHLAR UCHUN KASB EGALLASH IMKONIYATI! 2026/2027-o‘quv yili uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarga qabul boshlandi. 1️⃣1️⃣ -sinfni tamomlagan, kasb o‘rganish va zamonaviy mutaxassislik egallash istagidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishni tanlab, maxsus texnikumlarda tahsil olishlari mumkin. 📌4 ta maxsus texnikum; 👮‍♂️ Jami 660 ta o‘quv o‘rni; 🧠37 ta kasb va mutaxassislik; 💥Kunduzgi ta’lim shakli. ➡️ Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi 👫105 ta o‘rin, ↗️7 ta kasb: Moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi, apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi, poyabzal ishlab chiqarish, OAV va axborot xizmati, mebel dizayneri, oqava suv va suv ta’minoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati. ➡️ Farg‘ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi 👫240 ta o‘rin, ↗️12 ta kasb: Oshpaz, tikuv mahsulotlari modeler-konstruktori, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, teleradioapparaturalarni ta’mirlash, charm va mo‘ynali mahsulotlar ishlab chiqarish, mehmonxona menejeri, grafik va dizayn texnologiyasi, raqamli va smart maishiy texnika jihozlariga servis, to‘qish jihozlari operatori, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati, OAV va axborot xizmati, poyabzal ishlab chiqarish. ➡️ Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi 👫120 ta o‘rin, ↗️6 ta kasb: Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha), charm va mo‘ynali mahsulotlar tayyorlash, tikuv mahsulotlari modeler-konstruktori, teleradioapparaturalarni ta’mirlash, zargarlik, santexnika, isitish va konditsionerlar mexanigi. ➡️ Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi 👫195 ta o‘rin, ↗️12 ta kasb: Oshpaz, kashtachi, sartarosh (modeler), mobil telefon aloqasini ta’mirlash ustasi, raqamli va smart maishiy texnika jihozlariga servis, signalizatsiya va kuzatuv kameralari montajchisi, IT texnologiyalari servis muhandisi, moda va tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi, turar-joy infratuzilmasi servisi, OAV va axborot xizmati, elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish. 👨‍🦽11-sinfni tamomlagan, kasb-hunar egallash istagidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan tasdiqlangan nogironlik xulosalariga asosan maxsus texnikumlarga qabul qilinadi. 🗓 Qabul 10-avgustdan 10-sentabrgacha davom etadi. 💻 Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. 🔎 Kasblar va qabul yo‘nalishlari bilan kasbedu.uz/qabul batafsil tanishing. 🤔Bugun egallangan kasb — ertangi kun uchun yangi imkoniyat, munosib mehnat va mustaqil hayot sari muhim qadam.
11 684
13
#Axborot24 | 04.08.2026 Prezidentimizning “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qam
#Axborot24 | 04.08.2026 Prezidentimizning “Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga sharh mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
3 004
14
#qonunchilikdagi_yangiliklar Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimi
#qonunchilikdagi_yangiliklar Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimi takomillashtirilmoqda Qarorning asosiy maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning oilaviy muhitda ta’lim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi, shuningdek, jamiyat hayotida faol hamda to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. 🖋 Qarorga muvofiq: 2026-yil 1-sentabrdan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb etish bo‘yicha “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi. 3–18 yoshdagi bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlarini aniqlash va ularni davlat ta’lim muassasalariga yo‘naltirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining Bolani kompleks baholash guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur baholash guruhlari faoliyati 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yil 1-maydan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni vaucher asosida zamonaviy assistiv, ya’ni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi. 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida, nogironligi bo‘lgan pedagog kadrlarga esa attestatsiyadan o‘tish hamda umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish imtihonlarida belgilangan vaqt me’yorining 50 foizigacha qo‘shimcha vaqt beriladi. Shuningdek, ularga Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab: 1️⃣ davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan har bir ko‘zi ojiz pedagog uchun bir nafardan shaxsiy assistent — tarjimon-kotiba shtat birligi; 2️⃣ ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan maktablar va maktab-internatlarning birinchi hamda ikkinchi sinflarining har biri uchun bir nafardan yordamchi xodim — assistent-o‘qituvchi shtat birligi ajratiladi. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni bolaning individual ta’lim ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari va o‘zlashtirish darajasiga muvofiq ishlab chiqiladigan individual ta’lim rejalari asosida tashkil etiladi. 😲 Korreksion sinflar tashkil etgan holda umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga ushbu sinflarda tahsil olayotgan har bir o‘quvchi uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi: 1️⃣ Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari; 2️⃣ viloyatlar markazlari va Nukus shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 9,5 baravari; 3️⃣ boshqa tuman va shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 8,5 baravari. Har yili kamida 50 ta davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda “Inklyuziv ta’lim muhiti” granti ajratiladi. 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarida maqsadli qabul asosida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatuvchi mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
1
15

2 528
16
📣YANGILIK | Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta'lim tizimida yangi bosqich boshlanadi Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bo
📣YANGILIK | Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta'lim tizimida yangi bosqich boshlanadi Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab olish va ular uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
6 466
17
Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, mu+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по расширению охвата детей с особыми образовательными потребностями образованием и социальными услугами, поддержке лиц без определенного места жительства и пострадавших от торговли людьми. #Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #ijtimoiyxizmat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2 059
18
SURDO AI – muloqotdagi to‘siqlarni bartaraf etuvchi milliy yechim Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Axborot texnolo+1
SURDO AI – muloqotdagi to‘siqlarni bartaraf etuvchi milliy yechim Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan eshitishi va gapirishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar hamda jamiyat o‘rtasidagi muloqotni yengillashtiruvchi SURDO AI mobil ilovasi yaratildi. Ilovaning asosiy imkoniyatlari: ✅ Imo-ishoralarni smartfon kamerasi orqali orqali taniydi; ✅ Imo-ishoralarni real vaqtda matn va ovozga aylantiradi; ✅ Ovoz va matnni imo-ishora tiliga o‘girib beradi; ✅ Real vaqt rejimida o‘zaro muloqot qilish imkonini beradi; ✅ Maxsus ta’lim moduli orqali imo-ishora tilini o‘rgatadi. SURDO AI mobil ilovasi App Store va Google Play platformalari orqali barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etildi. 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
2 691
19
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda Maktabgach+7
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar direktorlari uchun amaliy seminar tashkil etildi. 💻 Seminarlar davomida Ijtimoiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan inklyuziv ta’lim olayotgan bolalar uchun maktablarda qulay va to‘siqsiz muhit yaratish hamda zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. ✅ Tadbirlar bevosita ta’lim muassasalarida o‘tkazilib, maktablarning kirish qismi, sinf xonalari, yo‘laklari, sanitariya xonalari hamda harakatlanish yo‘nalishlaridagi mavjud sharoitlar hamkorlikda ko‘zdan kechirildi. 🖋 Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani belgilangan talablarga muvofiqlashtirish va bolalarning mustaqil harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
1
20

4 029