KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
رفتن به کانال در Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
نمایش بیشتر2 735
مشترکین
+4124 ساعت
+3927 روز
+73330 روز
آرشیو پست ها
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar hamda Pedagogika fakultetlari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Bitiruvchilar diplom bilan taqdirlanib, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
Shuningdek, o‘qishni a’lo natijalar bilan tamomlagan hamda ilmiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bitiruvchilarning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.
Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Sherzod_Raxmonovich_Urakov
⚡️ Eldor Shomurodov urgan gol Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin!
FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.
Mundialda Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lionel Messi, Jyud Bellingem va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan kiritilgan 12 ta eng chiroyli gol ovozga qo‘yilgan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Hamyurtimizga ovoz berish orqali uning goli futbol tarixida qolishiga sababchi bo‘lishimiz mumkin!
📆Ovoz berish jarayoni 27-iyulgacha davom etadi.
📲 Ovoz berish tartibi:
1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: https://play.fifa.com/gott/en/
2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
+1
#Xalqaro_konferensiya
🔂“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi
🟢Konferensiya doirasida taqdim etilgan ilmiy va ijodiy ishlar “JOISR” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilib, Google Scholar, ResearchBIB, Index Copernicus kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.
Ishtirokchilarga quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni va nishon belgisi;
📰 Maxsus Guvohnoma;
📑 Sertifikat (bosma shaklda);
📖 llmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron)
🗞Qabul xati hamda taklifnoma.
🕊Maqolalar o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg'iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
Murojat uchun: @Erkinov_0998
☑️ Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi
+1
#Xalqaro_konferensiya
🔂“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi
🟢Konferensiya doirasida taqdim etilgan ilmiy va ijodiy ishlar “JOISR” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilib, Google Scholar, ResearchBIB, Index Copernicus kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.
Ishtirokchilarga quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🎖 Esdalik ko‘krak nishoni va nishon belgisi;
📰 Maxsus Guvohnoma;
📑 Sertifikat (bosma shaklda);
📖 llmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron)
🗞Qabul xati hamda taklifnoma.
🕊Maqolalar o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg'iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
Murojat uchun: @Erkinov_0998
☑️ Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi
#Kvota #AT #SI #Qabul2026
Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari 35 foizga oshirildi2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi. Natijada mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi. ➡️ Jumladan: ▪️ bakalavriat – 2 309 ta davlat granti; ▪️ magistratura – 621 ta davlat granti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qabul2026 #Grant_chegarasi
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha)
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Magistratura #Masofaviy #Qabul2026
Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
✅Jami: 892 ta.
Shundan:
➖o‘zbek tili – 832 ta;
➖rus tili – 50 ta;
➖qoraqalpoq tili – 10 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Magistratura #Kechki #Qabul2026
Magistratura kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
✅ Jami: 1 393 ta.
Shundan:
➖o‘zbek tili – 1 103 ta;
➖rus tili – 156 ta;
➖qoraqalpoq tili – 130 ta;
➖qozoq tili – 4 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026
Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
✅ Jami: 22 050 ta.
Davlat granti – 10 340 ta; Shundan:
➖o‘zbek tili – 9 009 ta;
➖rus tili – 1 331 ta.
Kontrakt – 11 710 ta; Shundan:
➖o‘zbek tili – 9 649 ta;
➖rus tili – 2 061 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2026
Bakalavriat masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
✅ Jami: 20 810 ta.
Shundan:
➖o‘zbek tili – 18 543 ta;
➖rus tili – 1 800 ta;
➖qoraqalpoq tili – 467 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2026
Bakalavriat kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
✅ Jami: 28 942 ta.
Shundan:
➖ o‘zbek tili – 26 010 ta;
➖ rus tili – 2 277 ta;
➖ qoraqalpoq tili – 655 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2026
Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
✅ Jami: 155 852 ta.
Shundan:
➖ o‘zbek tili – 130 843 ta;
➖ rus tili – 19 341 ta;
➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta;
➖ qozoq tili – 335 ta;
➖ tojik tili – 315 ta;
➖ qirg‘iz tili – 75 ta;
➖ turkman tili – 55 ta.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Kvota #Qabul2026
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandiO‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi: ➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati; ➖ Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari “O‘zmetkombinat”ning Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirdi. O‘zbekiston hududlari va Italiyaning Toskanasi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda. Mahalla raislari va "yettilik"lar yangicha ishlaydi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı “Ózmetkombinat”tıń Quyıw-prokatlaw kompleksin iske túsirdi. Ózbekstan aymaqları hám Italiyanıń Toskanası arasındaǵı birge islesiw keńeymekte. Máhálle aqsaqalları hám “jetilik”ler jańasha is alıp baradı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства дал старт работе Литейно-прокатного комплекса Узметкомбината. Расширяется сотрудничество между регионами Узбекистана и итальянской Тосканой. Председатели и «семерки» махаллей будут работать по-новому.
—
Weekly review of the most important events: The Head of State launched the casting and rolling complex of Uzmetkombinat. Cooperation between the regions of Uzbekistan and the Italian region of Tuscany has been expanded. Mahalla chairpersons and the “mahalla seven” will work under a new system.
Facebook|Instagram|X
+9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etib, yosh mutaxassislarni hayotlaridagi muhim va mas’uliyatli bosqich – oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida o‘qishni a’lo baholar bilan tamomlagan, ilmiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalar hamda ularning farzandlari tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalariga alohida minnatdorlik bildirildi.
Repost from Xalq deputatlari Kattaqo’rg’on shahar Kengashi
#BRIFING
Sherzod Urakov - Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashi raisi
Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashi va deputatlar tomonidan 2026-yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan brifing.
✔️Rasmiy sahifalarimiz:
🌐Web-sayt |📱 Telegram |📱 Facebook |
📱 Instagram
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma
Hurmatli talabalar!
Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi.
▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin.
📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas.
#ijtimoiyfaollik
#hemis
#grant
#tyutor
🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz
📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali
💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi
#Milliy_kontent
Mustaqillikning bebaho ne’mati, Vatanga sadoqat va shukronalik tuyg‘ularini ulug‘lovchi, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti yo‘nalish tyutori Abbos Tojiyev ijrosidagi qo‘shiq asosida tayyorlangan videorolikni tomosha qiling.
+2
#Qo‘llab_quvvatlash_kuni
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan talabalarning iqtisodiy bilimlarini oshirish maqsadida bahsli savol-javoblar musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada yosh tadbirkorlar uchun kredit olish tartibi, biznes yuritish sirlari hamda elektron tender va savdo platformalaridan samarali foydalanish mavzulari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
