Ozodbek Zayniddinov | IT Blog
رفتن به کانال در Telegram
Dasturlash | Kiberxavfsizlik | Shaxsiy blog ............................................................................. Build Break Secure @ozodbekdev | @dasturchichoyxonasi
نمایش بیشتر407
مشترکین
-124 ساعت
-87 روز
-2030 روز
آرشیو پست ها
Keylogger nima ?
Keylogger — bu kompyuter yoki smartfonda klaviaturada bosilgan tugmalarni yashirin qayd etadigan dastur yoki qurilma bo‘lib, u orqali login, parol, yozishmalar va boshqa kiritilgan ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin. U dasturiy ko‘rinishda zararli fayl sifatida tizimga o‘rnatilishi yoki kamroq hollarda klaviatura bilan qurilma orasiga ulanadigan fizik moslama bo‘lishi mumkin. Keyloggerlar ko‘pincha phishing fayllar, pirat dasturlar va zararli havolalar orqali tarqaladi hamda foydalanuvchi sezmasdan fon rejimida ishlaydi. Ular nafaqat kiberjinoyatlarda, balki penetratsiya testlari, ota-ona nazorati va tashkilot xavfsizlik monitoringida ham qo‘llanadi. Asosiy xavfi — maxfiy ma’lumotlar sizib chiqishi va akkauntlar egallanishi. Himoyalanish uchun tizim va dasturlarni yangilab borish, antivirusdan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish va faqat ishonchli manbalardan fayl yuklash tavsiya etiladi.
Repost from UzCERT Live
⚠️ Ogohlantirish: Respublikamizda maqsadli kiberhujumlar soni ortmoqda!
Hurmatli axborot tizimlari va resurslariga mas’ul mutaxassislar DIQQATIGA!
🔎 So‘nggi kunlarda Respublikamiz hududidagi axborot tizimlari hamda axborot resurslariga nisbatan ommaviy va maqsadli kiberhujumlar soni ortgani kuzatilmoqda.
✅ Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, hujumchilar asosan ma’lum va uzoq yillardan beri mavjud bo‘lgan, ammo ayrim tizimlarda hanuzgacha bartaraf etilmagan zaifliklardan foydalanmoqda.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, noqonuniy buzib kirish holatlarida quyidagi CVE identifikatoriga ega zaifliklardan faol foydalanilmoqda:
1️⃣ CVE-2015-10141 — Xdebug (PHP debugging extension) 2⃣ CVE-2018-2893 — Oracle WebLogic Server 3⃣ CVE-2019-0708 — Microsoft Windows (RDP xizmati orqali) 4⃣ CVE-2021-44228 — Apache Log4j 5⃣ CVE-2022-1386 — F5 BIG-IP 6⃣ CVE-2022-41352 — Zimbra Collaboration Suite 7⃣ CVE-2023-28771 — Zyxel Firewall 8⃣ CVE-2024-36401 — GeoServer 9⃣ CVE-2026-21962 — Server yoki tarmoq qurilmalarining ma’lum versiyalarida aniqlangan zaiflik Xususan, CVE-2021-44228 zaifligi Apache Log4j kutubxonasidagi jiddiy xatolik bo‘lib, masofadan turib kod ishga tushirish (RCE) imkonini beradi. Shuningdek, CVE-2019-0708 (“BlueKeep”) zaifligi masofaviy ish stoli protokoli (RDP) orqali tizimga kirish imkonini yaratishi bilan xavflidir. Mazkur zaifliklarning aksariyati yangilanish (patch) o‘rnatilmagan yoki eskirgan dasturiy ta’minot ishlatilayotgan tizimlarda uchramoqda.Axborot infratuzilmasida kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni ko‘rish tavsiya etiladi: Dasturiy ta’minotni yangilab borish
1⃣ Operatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni o‘z vaqtida yangilash (Patch management); 2⃣ Zaiflik aniqlangan, ammo ishlab chiquvchi tomonidan hali tuzatilmagan mahsulotlardan vaqtincha foydalanishni to‘xtatish;Tarmoq xavfsizligini kuchaytirish
1⃣ Ishlatilmaydigan port va xizmatlarni o‘chirib qo‘yish; 2⃣ Tashqi internet uchun ochiq portlarni minimallashtirish; 3⃣ Portlarni faqat TAS-IX tarmog‘i yoki ishonchli IP-manzillar uchun cheklash; 4⃣ Firewall va IDS/IPS tizimlarini sozlash.Masofaviy ulanishni himoyalash
1⃣ VPN tunnellarini faqat litsenziyalangan va sertifikatlangan vositalar orqali tashkil etish; 2⃣ Masofaviy ulanishda ko‘p faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy qilish; 3⃣ RDP xizmatini o‘chirib qo‘yish yoki faqat ishonchli IP-manzillar uchun ochish; 4⃣ RDP uchun Network Level Authentication (NLA) funksiyasini yoqish.Doimiy monitoring va audit
1⃣ Server va tarmoq loglarini muntazam tahlil qilish; 2⃣ Shubhali faollikni aniqlash uchun SIEM tizimlaridan foydalanish; 3⃣ Zaxira (backup) nusxalarini muntazam yaratish va alohida muhitda saqlash.Bugungi kunda kiberhujumlar asosan yangi emas, balki uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan, ammo bartaraf etilmagan zaifliklar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa tashkilotlarda axborot xavfsizligi siyosati va texnik nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirishni talab etadi. Har bir axborot tizimi mas’ul xodimi: ➡️ dasturiy mahsulotlarni o‘z vaqtida yangilab borish, ➡️ ochiq xizmatlarni minimallashtirishi, ➡️ xavfsizlik monitoringini kuchaytirishi zarur. #Respublika #Kiberxavfsizlik #UZCERT #CVE #zaiflik 🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
<?php
header('Content-Type: application/json; charset=utf-8');
if (empty($_GET['url'])) {
http_response_code(400);
echo json_encode([
'status' => 'error',
'message' => 'Instagram URL berilmadi'
]);
exit;
}
$instaUrl = $_GET['url'];
$ch = curl_init();
curl_setopt_array($ch, [
CURLOPT_URL => 'https://api.instasave.website/media',
CURLOPT_RETURNTRANSFER => true,
CURLOPT_POST => true,
CURLOPT_POSTFIELDS => http_build_query([
'url' => $instaUrl,
'lang' => 'en'
]),
CURLOPT_HTTPHEADER => [
'User-Agent: Mozilla/5.0 (Linux; Android 14)',
'Content-Type: application/x-www-form-urlencoded',
'origin: https://instasave.website',
'referer: https://instasave.website/',
'x-requested-with: XMLHttpRequest'
],
]);
$response = curl_exec($ch);
curl_close($ch);
if (!$response) {
http_response_code(500);
echo json_encode([
'status' => 'error',
'message' => 'Video olinmadi'
]);
exit;
}
preg_match_all('/href=\\\\?"(https?:\/\/[^"\\\\]+)\\\\?"/', $response, $matches);
if (empty($matches[1])) {
http_response_code(404);
echo json_encode([
'status' => 'error',
'message' => 'Media topilmadi'
]);
exit;
}
$media = [];
foreach ($matches[1] as $u) {
$cleanUrl = rtrim($u, '\\');
$type = 'file';
if (str_contains($cleanUrl, '.mp4')) {
$type = 'video';
} elseif (preg_match('/\.(jpg|jpeg|png|webp)/i', $cleanUrl)) {
$type = 'image';
}
$media[] = [
'type' => $type,
'url' => $cleanUrl
];
}
echo json_encode([
'status' => 'ok',
'count' => count($media),
'media' => $media
], JSON_UNESCAPED_SLASHES | JSON_PRETTY_PRINT);
exit;
Instagram Downloader API kodi
@uzcodingblogRepost from Pavel Durov
🇪🇸 My message to Telegram users in Spain ❗️
Pedro Sánchez’s government is pushing dangerous new regulations that threaten your internet freedoms. Announced just yesterday, these measures could turn Spain into a surveillance state under the guise of “protection.” Here’s why they’re a red flag for free speech and privacy:
1. Ban on social media for under-16s with mandatory age verification: This isn’t just about kids—it requires platforms to use strict checks, like needing IDs or biometrics.
⚠️ Danger: It sets a precedent for tracking EVERY user’s identity, eroding anonymity and opening doors to mass data collection. What starts with minors could expand to all, stifling open discourse.
2. Personal and criminal liability for platform executives: If “illegal, hateful, or harmful” content isn’t removed fast enough, bosses face jail.
⚠️ Danger: This will force over-censorship—platforms will delete anything remotely controversial to avoid risks, silencing political dissent, journalism, and everyday opinions. Your voice could be next if it challenges the status quo.
3. Criminalizing algorithm amplification: Amplifying “harmful” content via algorithms becomes a crime.
⚠️ Danger: Governments will dictate what you see, burying opposing views and creating echo chambers controlled by the state. Free exploration of ideas? Gone—replaced by curated propaganda.
4. “Hate and polarization footprint” tracking: Platforms must monitor and report how they “fuel division.”
⚠️ Danger: Vague definitions of “hate” could label criticism of the government as divisive, leading to shutdowns or fines. This can be a tool for suppressing opposition.
These aren’t safeguards; they’re steps toward total control. We’ve seen this playbook before—governments weaponizing “safety” to censor critics. On Telegram, we prioritize your privacy and freedom: strong encryption, no backdoors, and resistance to overreach.
✊ Stay vigilant, Spain. Demand transparency and fight for your rights. Share this widely—before it’s too late.
+3
Shodan — bu internetga ulangan qurilmalarni qidiruvchi maxsus qidiruv tizimi. Google veb-sahifalarni ko‘rsa, Shodan serverlar, routerlar, kameralar va boshqa qurilmalarning ochiq portlari va xizmatlarini ko‘radi. Shodan orqali serverda qaysi portlar ochiq ekanini, qaysi xizmatlar ishlayotganini, operatsion tizim va dastur versiyalarini bilish mumkin. Ko‘p hollarda noto‘g‘ri sozlangan yoki eskirgan xizmatlar ham aniqlanadi. Kiberxavfsizlikda Shodan asosan recon bosqichida, infratuzilmani tez tahlil qilish va xavfli konfiguratsiyalarni oldindan ko‘rish uchun ishlatiladiAsosiy qidiruv kalitlari:
product:nginx dastur yoki servis nomi bo‘yicha qidiruv
hostname:ozodbekdev.uz domain yoki hostname orqali
net:192.168.1.0/24 IP diapazon bo‘yicha qidiruv
country:UZ mamlakat bo‘yicha qidirish
+3
Shodan — bu internetga ulangan qurilmalarni qidiruvchi maxsus qidiruv tizimi. Google veb-sahifalarni ko‘rsa, Shodan serverlar, routerlar, kameralar va boshqa qurilmalarning ochiq portlari va xizmatlarini ko‘radi. Shodan orqali serverda qaysi portlar ochiq ekanini, qaysi xizmatlar ishlayotganini, operatsion tizim va dastur versiyalarini bilish mumkin. Ko‘p hollarda noto‘g‘ri sozlangan yoki eskirgan xizmatlar ham aniqlanadi. Kiberxavfsizlikda Shodan asosan recon bosqichida, infratuzilmani tez tahlil qilish va xavfli konfiguratsiyalarni oldindan ko‘rish uchun ishlatiladiAsosiy qidiruv kalitlari:
product:nginx dastur yoki servis nomi bo‘yicha qidiruv
hostname:ozodbekdev.uz domain yoki hostname orqali
net:192.168.1.0/24 IP diapazon bo‘yicha qidiruv
country:UZ mamlakat bo‘yicha qidirish
🔦 Texnik bilim yetarli emas...
Kiberhujumlar ko‘pincha texnik ko‘nikmalar bilan cheklanib talqin qilinadi. Yangi boshlayotganlar zaiflik qidirish, eksploit ishlatish yoki himoya vositalarini sozlashni asosiy maqsad deb bilishadi. Amaliy tajribada esa bu yo‘nalish faqat ishning bir qismi ekanini tez anglash mumkin. Real muhitda muammolar ko‘pincha tizimlardan emas, inson omilidan boshlanadi. Eng yaxshi sozlangan infratuzilma ham noto‘g‘ri qaror qabul qilgan foydalanuvchi sababli xavf ostida qolishi mumkin. Shu sababli kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassis texnik bilim bilan birga inson xatti-harakatlarini ham tushunishi zarur. Amaliyotda ko‘plab hodisalarda zararli dastur umuman ishlatilmaydi. Hujumchi ochiq manbalardan to‘plangan ma’lumotlar asosida ishonchli ssenariy quradi va foydalanuvchini o‘zi xato qadam tashlashiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, ish joyi haqida berilgan mayda tafsilotlar, ishlatilayotgan texnologiyalar bularning barchasi muhim axborot hisoblanadi. Ochiq axborot bilan ishlashni o‘rganish yosh mutaxassislar uchun muhim ko‘nikma. Ma’lumotni yig‘ishdan ko‘ra uni tahlil qilish va bog‘lash ko‘proq ahamiyatga ega. Bir-biridan alohida bo‘lib ko‘ringan faktlar to‘g‘ri joylashtirilganda real xavf ssenariylarini ochib beradi. Axborot xavfsizligida faqat tizimni buzish emas, balki axborot muhitiga ta’sir qilish ham mavjud. Ba’zi vaziyatlarda hujum natijasi texnik zarar bilan emas, balki ishonchning yo‘qolishi, noto‘g‘ri boshqaruv qarorlari va ichki muhitdagi beqarorlik bilan o‘lchanadi. Bunday holatlarni oldindan ko‘ra olish professional yondashuv belgisi hisoblanadi. Yangi kiberxavfsizlik mutaxassislariga beriladigan eng muhim maslahatlardan biri shuki, faqat texnologiyaga tayanib qolmaslik kerak. Tizimni emas, jarayonni tushunishga harakat qiling. Insonlar qanday fikrlaydi, qanday sharoitda xato qiladi va qaysi paytda bosimga beriladi, shu savollarga javob topish texnik bilimdan kam ahamiyatga ega emas. Kiberxavfsizlik bu faqat himoya vositalari majmuasi emas. Bu tahlil, kuzatuv va mas’uliyat talab qiladigan kasb. Vaqt o‘tishi bilan tushuniladiki, eng murakkab muammolar kod darajasida emas, inson darajasida yuzaga chiqadi.@uzcodingblog
Terminalda LS buyruqlari
ls — joriy katalogdagi fayl va papkalarni ko‘rsatadi
ls katalog_nomi — ko‘rsatilgan katalog ichidagini chiqaradi
ls -a — barcha fayllar (yashirinlar bilan)
ls -A — yashirin fayllar (. va ..siz)
ls -l — batafsil ro‘yxat (ruxsat, egasi, hajm, sana)
ls -lh — hajm qulay formatda (KB, MB, GB)
ls -la — barcha fayllar + batafsil
ls -lah — barcha fayllar + batafsil + qulay hajm
ls -t — o‘zgartirilgan vaqt bo‘yicha
ls -r — teskari tartibda
ls -tr — vaqt bo‘yicha teskari
ls -S — hajmi bo‘yicha
ls -X — kengaytmasi bo‘yicha
ls -v — raqamli nomlarni to‘g‘ri tartiblaydi
ls -p — papkalarga / qo‘shadi
ls -F — fayl turini belgi bilan ko‘rsatadi
ls -R — ichma-ich barcha papkalar bilan
ls -d */ — faqat papkalarni chiqaradi
ls -i — inode raqamini ko‘rsatadi
ls -s — disk bloklari bilan
ls -sh — disk hajmi qulay formatda
ls -L — symlink emas, asl faylni ko‘rsatadi
ls --color=auto — rangli ko‘rinish
@uzcodingblog
