fa
Feedback
Ozodbek Zayniddinov | IT Blog

Ozodbek Zayniddinov | IT Blog

رفتن به کانال در Telegram

Dasturlash | Kiberxavfsizlik | Shaxsiy blog ............................................................................. Build Break Secure @ozodbekdev | @dasturchichoyxonasi

نمایش بیشتر
407
مشترکین
-124 ساعت
-87 روز
-2030 روز
آرشیو پست ها
🔐 Nishon: ozodbekdev.uz/ctf
Missiya: Tizim arxitekturasidagi mantiqiy zaiflikni ekspluatatsiya qilib, Boshqaruvchi profilidagi CTF{...} maxfiy kodini qo'lga kiritish Ro'yxatdan o'tganingizda tizim sizga avtomatik ravishda eng pas yani oxirgi darajani beradi siz esa TASHKILOT BOSHLIG'I malumotlariga kirishingiz kerak
😈 Tizimni muvaffaqiyatli buzib kirganlar izohlarda skrinshot qoldirsin

#metroda Buildroot – bu o‘rnatiladigan qurilmalar (embedded systems) uchun minimal Linux tizimini yig‘ishga mo‘ljallangan bui
#metroda
Buildroot – bu o‘rnatiladigan qurilmalar (embedded systems) uchun minimal Linux tizimini yig‘ishga mo‘ljallangan build tizim. Odatda monitorlar, routerlar, sanoat panellari va transport displeylarida ishlatiladi, ya’ni bu oddiy kompyuter emas — maxsus qurilma ichida ishlaydigan kichik Linux tizimi
@uzcodingblog

Wine — Linuxda .exe dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi kutubxona. U Windows tizimini to‘liq o‘rnatmasdan turib ko‘
Wine — Linuxda .exe dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi kutubxona. U Windows tizimini to‘liq o‘rnatmasdan turib ko‘plab dastur va o‘yinlarni ochishga yordam beradi Afzalliklari: • Yengil va tez ishlaydi • Virtual mashina talab qilmaydi • Ko‘plab dasturlar bilan mos O‘rnatish: sudo apt update sudo apt install wine Ishga tushirish: wine dastur.exe @uzcodingbloc

😎

پیام ویدیو00:35

Gemini yangi modeli orqali generatsiya qilindi, ovoz tiniqligi va nutq yomon emas. Avvalgi modellardan ancha sifatli

c_a_a_t_Digital_Predator_converted.mp36.47 KB

Ramazon muborak 🌙

👨‍💻 Python yordamida istalgan rasmdan fonni bir necha soniya ichida olib tashlash! 📦 Oʻrnatish: pip install rembg Misol: f
👨‍💻 Python yordamida istalgan rasmdan fonni bir necha soniya ichida olib tashlash! 📦 Oʻrnatish:
pip install rembg
Misol:
from rembg import remove

with open("input.jpg", "rb") as i:
    input_data = i.read()
output_data = remove(input_data)
with open("output.png", "wb") as o:
    o.write(output_data)
@uzcodingblog

Baang 900 😂

Oxirgi bir necha oyda O‘zbekistonda davlat va yirik onlayn servislar bilan bog‘liq kiberhodisalar vaqti-vaqti bilan kop uchrab. Masalan, ayrim davlat portal va idoralar saytlarida DDoS hujumlari sabab vaqtincha ishlamay qolish holatlari, shuningdek ayrim resurslarda ruxsatsiz kirish urinishlari haqida rasmiy bayonotlarda xabarlar berilgan. Bu holatlar odatda tizimlar tiklanib, zaifliklar yopilgani bilan yakunlangan. Aslida bu kutilmagan narsa emas — davlat xizmatlari onlayn ko‘paygani sari hujumlar ham ko‘payadi. Ko‘p platformalar tezroq ishga tushiriladi, keyin esa xavfsizlik qatlamlari bosqichma-bosqich kuchaytiriladi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yetishmasligi ham ochiq muammo sifatida tez-tez tilga olinadi. Qisqasi, “yana buzilibdi” degan xabarlar faqat shov-shuv emas — bu raqamlashtirishning tabiiy yon ta’siri. Yaxshi tomoni, har bir shunday hodisadan keyin auditlar o‘tkazilib, tizimlar yangilanadi va himoya darajasi real ravishda oshadi. Ya’ni jarayon og‘riqli bo‘lsa ham, tizimlar asta-sekin mustahkamlanib boryapti
@uzcodingblog

MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi Agar xakerlar berayotgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, aloqa operatorining S
MobiUz aloqa operatori serverlarini ham buzishibdi Agar xakerlar berayotgan maʼlumotlar toʻgʻri boʻlsa, aloqa operatorining SMS gateway va billing tizimlari, mijozlar hamda xodimlarning shaxsiy hujjatlari, bir nechta yirik ma’lumotlar bazalari yomon bolalar qoʻliga tushibdi. Men koʻrgan skrinshotlardan kelib chiqsak, ad.ums.uz va MobiUz ning toʻliq ichki arxitekturasi ularning qoʻlida boʻlishi mumkin. 2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra MobiUz abonentlari soni 8 milliondan oshgan. Bu degani shuncha odam maʼlumotlari xavf ostida. Xabar toʻldirilmoqda. Surat: Spot. @hisperspective

🏠 @uybozortopbot - Yana bir kichkina telegram bot loyihasi

Repost from Sariq Dev
2 ta haqiqat: 1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q. 2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas. Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar. Yana bir "red flag" bu hashamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim". Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik. Bugun kun.uz da treyderlarga aldanganlarni ko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi. Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz Data Science, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.

@TezTartBot bot kodi Izoh:
👉Instagram tarmog'idan media fayllar yuklab beradi 👉3ta til( o'zbek, rus, qoraqalpoq)da ishlaydi 👉Texnologiya: PHP 👉RapidAPI saytidan API olib qo'yasiz
Manba: @uzcodingblog