Ortiqov Jamoliddin
رفتن به کانال در Telegram
Crypto 🪙 Macroeconomic 📊 Technologies 🤖 #WAGMI Instagram: https://www.instagram.com/ortikov_jamoliddin/ YouTube: https://www.youtube.com/@OrtikovCrypto
نمایش بیشترأوزبكستان26 409دسته بندی مشخص نشده است
1 994
مشترکین
-424 ساعت
-67 روز
+50730 روز
آرشیو پست ها
1 996
2 yillik Bond ham 4% ga ko'tarilibdi. Foiz stavka uchun prognoz bervotti shekil...
1 996
BTC havfli trendni buzsa pasga tushish tezlashishi mumkin
Savdolarda ehtiyotkor bo'lamiz
1 996
Repost from N/a
Bugun O’zbekiston vaqti bilan 20:00 da Fed raisligiga tasdiqlangan Kevin Warsh rasman o‘z vazifasini boshlamoqda. Uning kelishi moliya bozorlarida katta o‘zgarishlar va ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.
Xo‘sh, yangi rais nimalarni o‘zgartirmoqchi va uning yo‘lida qanday to‘siqlar bor?
1. Sharoit kutilmaganda o‘zgardi
Bir yil oldin Warsh stavkalarni pasaytirish haqida o‘ylayotgan edi. Biroq Eron urushi va yangi tariflar tufayli inflyatsiya yana ko‘tarila boshladi. Endi moliya bozori va Fed stavkalarni tushirishni emas, balki ularni yanada oshirishni muhokama qilmoqda.
2. Inflyatsiyani o‘lchash tizimi o‘zgaradi
Warsh ko‘p yillik klassik "Fillips egri chizig‘i"ni rad etadi. Uning fikricha:
- Inflyatsiya daromadlar o‘sishidan emas, hukumatning haddan tashqari ko‘p xarajatlaridan kelib chiqadi.
- FED hozirda eskirgan va bir necha oy orqada qolib ketadigan ma’lumotlardan foydalanmoqda.
- Warsh millionlab real narxlar asosida real vaqt rejimida inflyatsiyani o‘lchash (Trimmed averages) loyihasini taklif qilmoqda.
3. "Katta balans" qisqartiriladi
Hozirda FED’ning aktivlar portfeli 6.7 trillion dollarni tashkil etadi. Warshning aytishicha, FED o‘ziga tegishli bo‘lmagan bozorlarga juda ko‘p suqilib kirgan va davlat qarzlarini subsidiyalash bilan band. U pul-kredit siyosatini G‘aznachilikdan ajratish tarafdori. Ammo bu oson bo‘lmaydi: "Bu katta balansni yaratish uchun 18 yil ketdi, uni 18 daqiqada tuzatib bo‘lmaydi".
4. Kamroq gap, ko‘proq amal
Warsh FED rasmiylari kelajakdagi stavkalar haqida haddan tashqari ko‘p gapiradi va noto‘g‘ri prognozlar beradi deb hisoblaydi: "Agar biror narsani yaxshi uddalay olmasangiz, u bilan kamroq shug‘ullanishingiz kerak". U markaziy bankni ko‘proq "soyada" saqlashni va siyosatdan uzoqroq tutishni xohlaydi.
Asosiy to‘siq nima?
Warsh o‘z maqsadlarini amalga oshirishi uchun FOMC ichidagi 18 nafar hamkasbining roziligini olishi kerak. Qo‘mitadagi ko‘plab a’zolar (masalan, Maykl Barr va boshqalar) uning balansni keskin qisqartirish rejalariga qarshi va buni bank sektoriga xavf tug‘diradi deb hisoblamoqda.
Hulosa:
Kevin Warsh FED’da keskin inqilob qilish niyatida emas, u tizimni sog‘lomlashtirish tarafdori. Ammo hozirgi geosiyosiy shoklar va ichki qarshiliklar sababli, yaqin oylarda stavkalarni tushirishni kutish mantiqsiz bo‘lib ko‘rinmoqda.
1 996
Xitoy bojxona hisoboti bo'yicha mart oyi
2026-yil mart oyida Xitoy kuniga taxminan 11.7 mln barrel neft import qildi va kutilmaganda yetkazib beruvchilar ichida 1-o‘ringa Eron chiqdi.
— Eron: ~2.5 mln b/kun (≈21%)
— Rossiya: ~2.4 mln b/kun
— Saudiya Arabistoni: ~1.37 mln b/kun
— Braziliya Iroqni ortda qoldirib 4-o‘ringa chiqdi
Lekin bir muhim jihat bor 👇
Eron neftining bir qismi Xitoyga o‘z nomi bilan emas u Malayziya va Indoneziya orqali rasmiylashtiriladi.
📉 2025-yilda esa Rossiya 1-o‘rinda edi, Eron esa faqat 3-o‘rinda
Hozirgi o‘zgarish sababi mo’jiza emas albatta. Sanksiyadagi neft arzonroq bo'lgani uchun “soya” yetkazib berishlar ko‘paydi va Xitoy bunday vaziyatdan unumli foydalanmoqda
Telegram | YouTube
1 996
Repost from Madina Kamilovna
Hozirgi E’ron va Aqsh orasidagi konfliktni tugab tugamaganini Bitcoin grafigiga qarab tushuncha hosil qilsa bo’ladi. Grafik “yana tushaman” degan pattern/shaklda. Lekin media esa ikki davlatni kelishish uchun muzokaralar olib borayotganini etadi.
Bu konflikt yangi low bermasdan tugashi - aqlga siğmadi. Low deganda doim Spx’da 20% gacha bo’lgan korrektsia va kriptolarda hammani “dod bu kripto o’ldi” deydigan ohirgi low kerak. Spotda savdo qiluvchi bo’lsez maslahatim stopsiz savdoga kirmen, umuman kirmay turib ohirgi lowni kutganiz ham ma’qul!
1 996
1 996
1 996
Repost from ORBIS Info
SO'NGGI XABAR: 🇺🇸🇮🇷 Prezident Tramp Eronga seshanba kuni sharqiy vaqt bilan soat 20:00 gacha kelishuvga erishish uchun muddat berdi, aks holda u Eron elektr stansiyalari va ko'priklarini portlatadi.
ORBIS Info
1 996
NEFT VA GAZ KRIPTOGA KIRIB KELDI
Binance Futures an’anaviy moliya bozorlaridan yangi instrumentlarni qo‘shdi:
— CLUSDТ — WTI nefti
— BZUSDT — Brent nefti
— NATGASUSDT — tabiiy gaz
Endi foydalanuvchilar asosiy xomashyo aktivlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kripto infratuzilmasi orqali savdo qila oladi.
Eslatma: Biz Futuresda savdo qilmaymiz, bu post faqatgina ma'lumot sifatida qo'yilib, qolgan an'anaviy aktivlar sekin-sekin tokenlashtirish bo'yicha integratsiya qilinayotganini aytmoqchi edim
Telegram | YouTube
1 996
Google jamoasiga ko‘ra, Bitcoin’ga kvant hujumlari avval o‘ylangandan ancha yaqin bo‘lishi mumkin.
— Hujum uchun 500,000 dan kam kubit yetarli bo‘lishi mumkin (oldin millionlar deb hisoblangan)
— Hujum taxminan 9 daqiqa davom etadi
— Bu Bitcoin blokining o‘rtacha vaqtidan (~10 daqiqa) tezroq
— Muvaffaqiyat ehtimoli 41% deb baholanmoqda
P.S. Lekin bu jarayonda Kvant kompyuterlar bilan parallel kvant darajada himoyalanish ham birga rivojlanib borishini unutmaslik kerak
Telegram | YouTube
1 996
Oxirgi martta Usmon bilan qilingan video suhbatda aynan Ustoz oxirgi kunlarda qo'yilgan postlarining prognozlari haqida ham gaplashgan edik va ko'plarida kutilgandek chiqdi
Video 15.03.2026 21:00 da olingan edi
Shunga mavzularni tezroq topish uchun videoda mavzularni vaqt va nomlari bilan ajratib chiqdik
Telegram | YouTube
1 996
https://www.youtube.com/watch?v=VpQ-ZAZktz8
00:00:00 Kirish: Yaqin Sharqdagi vaziyatning jahon iqtisodiyotiga ta'siri.
00:01:41 AQSh va Eron ziddiyatining tarixiy sabablari, AQSh va Isroildagi ichki kelishmovchiliklarning ta'siri.
00:04:04 Neft dollari tizimi, AQSh manfaatlari va Xitoyning "Bir makon, bir yo'l" tashabbusining ta'siri.
00:05:22 Suvaysh kanali va Hormuz bo'g'ozining jahon logistikasi va savdosi uchun strategik ahamiyati.
00:07:22 Eronning asimmetrik urushi: AQSh texnologiyalariga qarshi dronlar va arzon raketalardan foydalanish.
00:10:48 Logistika yo'llari to'sib qo'yilishining iqtisodiy oqibatlari: neft narxining oshishi va strategik zaxiralardan foydalanish.
00:13:24 Inflyatsiyaning bozorlarga ta'siri va AQSh FRS (Federal zaxira tizimi) bo'lajak yig'ilishidan kutilmalar. Stagflyatsiya xavfi
00:16:43 Logistik inqiroz: kemalarning Afrika bo'ylab aylanib o'tishga majbur bo'lishi va tovarlarning 15-20% ga qimmatlashishi.
00:19:01 AQSh FRS dilemmasi: ishsizlikning o'sishi xavfi fonida stavkalarni oshirish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash.
00:21:06 AQSh davlat obligatsiyalari bozoridagi muammolar va fondlarning likvidlik bilan bog'liq qiyinchiliklari.
00:26:42 AQSh davlat qarzining o'sishi, real YIMning pasayishi
00:31:07 Nima uchun fond indekslari pasayishi fonida kriptovalyuta bozori barqarorlikni ko'rsatmoqda.
00:32:08 Yaqin Sharqdagi keskinlikning Dubayga ta'siri: kapitalning chiqib ketishi va ko'chmas mulk bozoridagi vaziyat.
00:38:48 Dedollarizatsiya: Xitoyning neft uchun to'lovlarni yuanga o'tkazishi va dollar gegemoniyasining zaiflashishi.
00:44:55 Sun'iy intellektning (AI) harbiy texnologiyalarga integratsiyasi va Afrika resurslari uchun kurash.
00:48:44 Geopolitikada konspirologiyaning roli va haqiqiy siyosiy qadamlar bilan mos kelishi.
00:51:08 Makroiqtisodiy statistikani tahlil qilish: CPI, PPI indekslari va ishlab chiqarish xarajatlarining o'sishi.
00:56:39 Stagflyatsiya nima va nima uchun u jahon iqtisodiyoti uchun eng yomon ssenariy hisoblanadi.
00:58:03 Markaziy banklarning raqamli valyutalarini (CBDC) ishga tushirish ehtimolini muhokama qilish.
00:59:04 Xulosalar va treyderlarga maslahatlar: joriy sharoitda risk-menejment va stop-losslardan foydalanishning muhimligi.
1 996
Geosiyosiy keskinlik global iqtisodiyotni ostin-ustun qilmoqda. AQSh stagflyatsiya yoqasida, fond bozori titrayapti... Lekin shunday vahima fonida BTC o'zini kutilmaganda juda ishonchli ushlab turibdi!
Buning sababi nima? Katta kapital urush va inqiroz vaqtida qayerga qochmoqda va oddiy investorlar hozir pullarini qanday saqlab qolishi mumkin?
Usmon bilan barcha dolzarb yangiliklarni: Yaqin Sharq mojarosi, S&P 500 va Kriptobozor kelajagini yangi videoda batafsil tahlil qildik.
📺 To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/VpQ-ZAZktz8
Video jarayonda qotib qolgan joylari bor, texnik tomondan yozib olishda muammo bo'lgan ekan, asosan video eshitish kerak bo'lgan joylari bo'lgani uchun uncha ahamiyati yo'q
Telegram | YouTube
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
