Alisher Ubbiyev
رفتن به کانال در Telegram
895
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-157 روز
-9730 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '25
اوت '25
+9
در 0 کانالها
ژوئیه '25
+943
در 3 کانالها
Get PRO
ژوئن '250
در 300 کانالها
Get PRO
مه '25
+105
در 253 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 30 اوت | 0 | |||
| 29 اوت | 0 | |||
| 28 اوت | 0 | |||
| 27 اوت | +1 | |||
| 26 اوت | +1 | |||
| 25 اوت | 0 | |||
| 24 اوت | 0 | |||
| 23 اوت | +1 | |||
| 22 اوت | +2 | |||
| 21 اوت | 0 | |||
| 20 اوت | 0 | |||
| 19 اوت | 0 | |||
| 18 اوت | 0 | |||
| 17 اوت | 0 | |||
| 16 اوت | 0 | |||
| 15 اوت | +1 | |||
| 14 اوت | +1 | |||
| 13 اوت | 0 | |||
| 12 اوت | 0 | |||
| 11 اوت | 0 | |||
| 10 اوت | 0 | |||
| 09 اوت | +1 | |||
| 08 اوت | 0 | |||
| 07 اوت | 0 | |||
| 06 اوت | 0 | |||
| 05 اوت | 0 | |||
| 04 اوت | 0 | |||
| 03 اوت | 0 | |||
| 02 اوت | 0 | |||
| 01 اوت | +1 |
پستهای کانال
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Эъзозхон Гапиржановна Каримова Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига тасдиқланди.
Бундан илгарироқ Э.Каримова номзоди Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан маъқулланган эди.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Каримова Эъзозхон Гапиржановна утверждена на должность министра дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан.
Ранее кандидатура Э.Каримовой была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Facebook|Instagram|X
| 2 | Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz.
Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin.
Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir!
@hilola_umarova | 1 023 |
| 3 | #faxr_shukuhi
Farzand – imtihon, tarbiya – mas’uliyat
Hayotim davomida turli rahbarlik lavozimlarida ishladim.
Ammo... “ota” bo‘lish mas’uliyati bularning barchasidan og‘ir, barchasidan ulug‘ bo‘lganini doimo his qilib kelganman.
Har kuni ish — uchrashuvlar, xorijiy hamkorlar, qarorlar, tashabbuslar, xizmat safarlari, yutuqlar bilan bandlik...
Ammo hamisha ich-ichimdan bir savol meni o‘ylantiraverardi:
Farzandlarim mendan qanday namuna olishmoqda? Ularning taqdir yo‘lida qanday iz qoldiryapman?..
Ochig‘ini aytsam, shaxsiy hayotim haqida sizlar bilan uncha ko‘p o‘rtoqlashmaganman.
Ammo bugun qalbimda bir faxr va shukuh bor — aytmay ilojim yo‘q.
To‘ng‘ich o‘g‘lim – Abat jahon miqyosida tan olingan Myunxen Texnika Universiteti (TUM)ga 100% grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Bu oliygoh QS bo‘yicha dunyo reytingida 22-o‘rinni, Evropa Ittifoqida esa 1-o‘rinni egallaydi.
Bu natijani haddan ziyod ulug‘lash niyatim yo‘q. Chunki bu farzandimning o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishlarining mevasidir.
Aslida, bu yutuq — nafaqat shaxsiy, balki xalqimizga tegishli natija.
Chunki bu:
“O‘zbek yoshlari ham dunyo miqyosidagi har qanday cho‘qqini zabt eta oladi” degan haqiqatni yana bir bor isbotlaydi.
Men bu yutuqdan otalik quvonchi bilan emas, xalq nomidan faxrlanaman. Chunki bilaman — ertaga o‘g‘lim o‘rgangan ilmini shu el, shu yurt, shu Vatan xizmatiga safarbar qiladi.
Har bir ota-onaga samimiy va chin yurakdan bir tilagim bor:
Agar biz mehrimiz, vaqtimiz, e’tiborimizni farzandlarimizga ato etsak, ular dunyoning eng yuksak cho‘qqilarini egallaydi.
Ilm yo‘li mashaqqatli.
Ammo aynan eng to‘g‘ri va eng munosib yo‘l ham aynan shudir.
O‘g‘limga o‘qish va safarida omad tilayman. Yurtiga, xalqiga, jamiyatiga foydasi tegadigan, fidoyi xizmat qiladigan inson bo‘lishini Allohdan so‘rayman.
Har bir ota-onani farzandi bilan ko‘ngli to‘lib faxrlanadigan kunlarga yetkazsin!
Faoliyatim davomida turli xil joylarda, har xil lavozimlarda ishlab men shuni qat’iy bildim: Eng katta lavozim — ota bo‘lish, eng katta sarmoya — to‘g‘ri tarbiya.
Hurmat bilan,
Alisher Ubbiyev | 2 215 |
| 4 | Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.
Shuningdek:
➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;
➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;
➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;
➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;
➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.
Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 207 |
| 5 | #IlmKelajakPoydevori
YANGI BOSQICH — YANGI MAS’ULIYAT
Bugun Prezidentimizning ishonchi va Hukumatimiz qarori bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandim.
Bu ishonch — sharaf, bu ishonch — yelkamga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
So‘nggi 6 yil davomida taʼlim sohasida xizmat qilish menga katta hayotiy maktab bo‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ta’lim muassasalarida rahbarlik qilish jarayonida boy tajriba to‘pladim.
Endi esa bu tajriba va bilimlarni hududimizdagi yetakchi oliygoh — Nukus davlat pedagogika institutida amalga oshirish vaqti keldi.
Rejalarimiz katta, niyatlarimiz ulug‘:
➖ta’limda zamonaviy metodlarni joriy qilish,
➖xalqaro hamkorlikni kengaytirish,
➖o‘qituvchi salohiyatini oshirish,
➖ talabalarimizga global raqobatga tayyor bilim va ko‘nikmalarni berish.
Ishonamanki, barchangizning yelkama-yelka yordamingiz bilan bu oliygohni hududdagi ilmiy va pedagogik taraqqiyot markaziga aylantiramiz.
Kelajak uchun birgalikda harakat qilamiz!
Hurmat bilan,
Alisher Ubbiyev | 2 975 |
| 6 | بدون متن... | 2 920 |
| 7 | بدون متن... | 2 304 |
| 8 | #IlmKelajakPoydevori
TAʼLIM — HAYOTIMNING ENG YUKSAK MAKTABI BO‘LDI...
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, fidoyi ustozlar, aziz o‘quvchilar!
So‘nggi 6 yil davomida taʼlim sohasida xizmat qilib, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan zamonaviy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritish — men uchun katta tajriba, ulkan sharaf va yuksak mas’uliyat bo‘ldi.
Faoliyatimni 2019-yilda ilk bor tashkil etilgan Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori sifatida boshladim. Bu maktabning ilk qadamlari pandemiya davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, biz chekinmadik — bir jamoa bo‘lib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni sidqidildan amalga oshirdik.
Bugun o‘sha maktabni bitirib, xorijdagi nufuzli universitetlarda tahsil olayotgan o‘quvchilarimizdan minnatdorlik so‘zlarini eshitish — qilgan mehnatlarimga eng katta mukofotdir.
Keyinchalik, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari va Agentlik direktori lavozimlarida xalqimizga xizmat qilish nasib etdi.
O‘sha davrda tizimdagi maktablar soni bor-yo‘g‘i 16 ta edi:
• 4 ta Prezident maktabi;
• 9 ta ijod maktabi;
• 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritar edi.
Bugunga kelib bu raqam 235 taga yetdi!
Jumladan:
• 14 ta Prezident maktabi;
• 9 ta ijod maktabi;
• 2 ta sport maktabi;
• 204 ta ixtisoslashtirilgan maktablar;
• Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi;
• Fan olimpiadalari markazi;
• “Yangi O‘zbekiston” universiteti;
• Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti;
• Al-Xorazmiy universiteti;
• “Renessans” bolalar oromgohi.
Faoliyatimning yana bir yutuqli bosqichlardan biri — tizimdagi 14 ta Prezident maktabining Cambridge va CIS kabi nufuzli xalqaro taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tganidir. Bu bilan maktablarimiz xalqaro standartlarga to‘liq moslashtirildi.
Shuningdek, ilgari SAT sertifikatini olish istagida bo‘lgan yoshlarimiz bu maqsadda qo‘shni mamlakatga borishga majbur bo‘lishardi. Bugungi kunda esa 14 hududdagi barcha Prezident maktablari SAT imtihonini o‘tkazish huquqiga ega markazlarga aylangan.
Bu yutuqlar – barchamizning jamoaviy mehnatimiz samarasi, albatta.
Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilgan ortga qaytmas va izchil davom etayotgan islohotlar natijasida maktab bitiruvchilarimiz dunyoning TOP universitetlariga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilinmoqda. Ular orasida Garvard, Prinston, Yel, Chikago, Pensilvaniya kabi nufuzli oliygohlar borligi kishini quvontiradi.
Ushbu yuksak natijalarda fidoyi ustozlar, maktablar jamoasi va ota-onalarning oʻrni katta.
Oʻtgan yillar davomida fidokor ustozlar, iqtidorli o‘quvchilar, masʼuliyatli hamkasblar bilan yelkama-yelka ishlash, Vatanga xizmat qilishdek ulug‘ vazifani bajarish nasib etdi. Har bir loyiha, har bir tashabbus, har bir o‘quvchining yutug‘i — bu mening ham hayotiy boyligim bo‘lib qoladi.
Meni doimo qo‘llab-quvvatlagan jamoamga, ustozlarimga, o‘quvchilarimizga va barcha hamkorlarga chin dildan tashakkur aytaman.
Sizlar bilan birga o‘tgan har bir kun — men uchun unutilmas va qadrli boʻlib qoladi!
Hurmat bilan,
Alisher Ubbiyev | 7 134 |
| 9 | #imtihon_2025
#ijod_maktablari
🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 30-iyun kunidan boshlanadi.
✅ Eslatib o'tamiz, Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat;
3️⃣-bosqich: test sinovlari.
📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 786 |
| 10 | 📣O‘qishga arizalar qabuli boshlandi!
✅ Al-Xorazmiy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga arizalar qabuli boshlandi.
⚡️ Universitetda siz quyidagi bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olishingiz mumkin:
🛬 Dron texnologiyalar muhandisligi;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi.
💫Qabul talablari:
🔹Ingliz tilidan minimum IELTS 5.5, CEFR B2, TOEFL iBT 46 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
🔹 Matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon.
💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university
✨ Al-Xorazmiy universiteti davlat universiteti hisoblanib, bu yerda siz “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida xalqaro darajadagi sifatli ta'lim olishingiz mumkin.
❓Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @alxorazmiyunibot
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot | 2 072 |
| 11 | Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.
Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.
Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.
@hilola_umarova | 2 333 |
| 12 | Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida o'qish pullikmi?
⚡️ Al-Beruniy maktabi davlat umumta'lim muassasasi hisoblanganligi sababli unda tahsil olish bepul.
💥 Bundan tashqari maktab internat shaklida bo'lgani uchun o'quvchilar yotoq va 5 mahal ovqat bilan ham ta'minlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz, maktabga 8-sinfni bitirib, 9-sinfiga o'tgan o'quvchilar o'qishga ariza topshirishlari mumkin.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789 | 2 869 |
| 13 | #qabul_2025
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
➖ Prezident maktablariga;
➖ Ijod maktablariga;
➖ Sport maktablariga;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 20-iyunigacha amalga oshiriladi.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:
▪️1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;
▪️Murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;
▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!
@alisher_ubbiyev | 56 244 |
| 14 | Top-10 talik universitetlarga kirish uchun yangi imkoniyat!
💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim beriladi.
✨O‘quvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli kirish uchun tayyorlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb | 2 033 |
| 15 | #qabul_2025
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinf uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;
📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinf uchun badiiy va sport gimnastikasi yoʻnalishlari bo'yicha hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida 24 nafardan qabul qilinadi.
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev | 33 334 |
| 16 | #qabul_2025
#ijod_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Toshkent shahri);
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qarshi shahri);
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan shahri);
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi (Nukus shahri);
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Andijon shahri);
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi (Xiva shahri);
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Margʻilon shahri);
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri);
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
(Guliston shahri)ga 7-sinflar uchun hujjatlar qabul qilinadi.
📶 "Ijod yoshlari" Respublika tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari hujjat topshirayotganda mazkur tanlov diplomining elektron nusxasini yuklashlari kerak boʻladi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablariga oʻquvchilar uch bosqichli (ijodiy matn, ijodiy suhbat, test sinovlari) imtihon asosida har bir sinfga 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev | 86 472 |
| 17 | #qabul_2025
#1_iyun_20_iyun
HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish jarayoni 2025-yil 20-iyungacha davom etadi.
Arizalar onlayn tarzda quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
🌐 my.gov.uz
🌐 ariza.piima.uz
Sizga qulaylik yaratish maqsadida my.gov.uz saytida maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda.
Ma’lumot uchun, ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma yaqinda e’lon qilingan edi.
🔹 Yordam uchun:
🤖 Telegram-chatbot: @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
Mazkur maktablar, qabul jarayoni va boshqa yangiliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar ushbu kanalda: @piimauz
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 733 |
| 18 | Hurmatli yurtdoshlar!
Dunyodagi barcha musulmon ummati uchun mo‘tabar va muqaddas sanalgan ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday go‘zal va osoyishta kunlarda g‘animat fursatlarni qadrlab, gina-kuduratlarni unutish, kechirimli bo‘lish – biz, musulmonlarga xos ulug‘ fazilatlardandir.
Ushbu muborak ayyomda Yaratganning yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va diyorimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan barcha ezgu sa’y-harakatlarda madadkor bo‘lishini tilaymiz.
Qurbon hayiti – yaqinlarimiz holidan xabar olish, nuroniy duogo‘ylarimizni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga quvonch ulashish kabi savobli amallarni yanada ko‘paytirishga chorlovchi ulug‘ ayyomdir.
Bu kunda barchamizning ibodatlarimiz qabul bo‘lib, ezgu niyat va orzularimiz ro‘yobga chiqsin! Yurtimizda tinchlik, xalqimizda farovonlik, xonadonlarimizda esa xotirjamlik, ahillik va fayzu baraka doim barqaror bo‘lsin!
Yana bir bor barchangizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori | 57 437 |
| 19 | Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.
Bilimli, iqtidorli yoshlar, sizlarni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida kutamiz!
Maktab haqidagi barcha ma’lumot, yangiliklar ushbu kanalda: @alberuniyuzb | 1 685 |
| 20 | Garvardda o'qishni istaysizmi? Bu siz uchun yangi imkoniyat!
⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.
✅ Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
📝Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.
🔹 Birinchi saralash bosqichda o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.
🔹 Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
➖matematikadan 5 ta masala,
➖ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.
🎗 Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb | 2 010 |
