🇺🇿Central Asian University
رفتن به کانال در Telegram
Central Asian University ning rasmiy Telegram kanali. 🤖AI Admissions Consultaint: @cauadmission_bot Website: www.centralasian.uz Instagram: @cauniversity.official 📞71 208-12-34
نمایش بیشتر926
مشترکین
+124 ساعت
+37 روز
-630 روز
آرشیو پست ها
+9
🎓 CAU 2026-yilgi Graduation Ceremony
Central Asian Universityʼda talabalarimiz hayotidagi eng yodda qolarli kunlardan birini nishonladi: yuzlab bitiruvchilar CAU Graduation Ceremony 2026 da o‘z diplomlarini rasman qabul qilib oldilar.
Tibbiyot, Stomatologiya, Biznes, Muhandislik, Arxitektura va dizayn hamda Mehmondo‘stlikni boshqarish va turizm maktablari bitiruvchilari o‘z akademik yo‘llarini muvaffaqiyatli yakunlab, hayotlarining yangi, hayajonli sahifasini ochdilar.
Yillar davomida ular son-sanoqsiz ma’ruzalar, imtihonlar, ilmiy loyihalar, amaliyotlar, tanlovlar va unutilmas talabalik damlari orqali kamolga yetdilar. Bu yo‘lda ular bilim olib, bir umrga tatigulik do‘stlar orttirdilar, o‘z qiziqishlarini kashf etib, shifokorlar, muhandislar, tadbirkorlar, me’morlar va soha yetakchilarining yangi avlodi bo‘lishga tayyorlandilar.
Marosim an’anaviy akademik yurish, diplomlarni topshirish, universitet rahbariyatining ruhlantiruvchi nutqlari va tibbiyot dasturlari bitiruvchilari tomonidan Gippokrat qasamyodini qabul qilish kabi qismlardan iborat bo‘ldi. Tantanali tadbir yangi ibtido va cheksiz imkoniyatlar ramzi – bitiruv qalpoqchalarini osmonga otish bilan yakunlandi.
2026-yil bitiruvchilarini tabriklaymiz! 💙
Biz siz erishgan barcha yutuqlar bilan faxrlanamiz va kasbiy faoliyatingizni boshlayotganingizda muvaffaqiyat, jasorat va o‘zingizga ishonch tilab qolamiz. Sizning kelajagingiz bugundan boshlanadi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+3
🎓 Alumni Story: Khurzoda Abdieva
CAU Biznes Maktabining Ingliz tilini o‘qitish (ELT) dasturi bitiruvchisi Khurzoda Abdieva uchun o‘qituvchilik shunchaki kasb emas, balki hayotiy maqsadga aylandi. Bugun u Maple Bear International Schoolʼda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib, bolalarga o‘ziga ishonchni mustahkamlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashmoqda.
CAUʼda tahsil olayotgan vaqtida haqiqiy sinfxonalarda o‘tagan amaliyoti Khurzodaga ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini anglashga va ushbu kasbning o‘ziga xos jihatlariga tayyorlanishiga yordam berdi. Aynan amaliy tajriba orqali u bugungi kundagi faoliyatini shakllantirgan ishonch, pedagogik mahorat va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirdi.
O‘tmishga nazar tashlar ekan, Khurzoda yuksalish tajriba ortidan kelishiga ishonadi va hozirgi talabalarni o‘rganish, amaliyot o‘tash hamda o‘z qulaylik hududidan chiqish uchun har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga undaydi.
"Xatolar — bu yo‘lning bir qismi. Ulardan qo‘rqmang, shunda ular sizni o‘zligingizning eng mukammal qiyofasiga yetaklaydi."💙 Bitiruvchilarimiz ta’lim orqali yosh avlodni ilhomlantirayotgani va o‘z jamiyatlari rivojiga munosib hissa qo‘shayotganidan faxrlanamiz. 🔗 Uning hikoyasi haqida batafsil veb-saytimizda o‘qing. 🎓 Agar sizda o‘qituvchilikka ishtiyoq baland bo‘lsa va ta’lim sohasida faoliyat yuritishni istasangiz, 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul ochiq. O‘z yo‘lingizni CAU Biznes Maktabida boshlang. 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+3
🌍 CAU rezidenti Avstriyaning Zalsburg shahrida bo‘lib oʻtgan Ona va bola salomatligi seminarida 🇺🇿🇦🇹
CAU Tibbiyot rezidenturasi dasturi rezidenti doktor Kamila Askarovani Avstriyaning Zalsburg shahrida “Ochiq tibbiyot instituti” / Amerika-Avstriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Ona va bola salomatligi seminarida qatnashish uchun grant yutib olgani bilan iftixor ila tabriklaymiz.
Seminarda 32 mamlakatdan kelgan tibbiyot mutaxassislari bir hafta davomida jam bo‘lib, homiladorlik davridagi parvarish, yuqori xavfli akusherlik, neonatologiya, dalillarga asoslangan amaliyot va klinik qarorlar qabul qilishning zamonaviy yondashuvlarini chuqur o‘rgandilar. Nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, ishtirokchilar o‘zaro klinik tajriba almashdilar, murakkab holatlarni taqdim etdilar va xalqaro miqyosda tan olingan ekspertlardan bilim oldilar.
Doktor Askarovaning “Eng yaxshi klinik holat taqdimoti” dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilgani dasturning yorqin voqeasi bo‘ldi.
👏 Doktor Kamila Askarovani ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+5
CAUʼning mehmondo‘stlik va turizm sohasidagi xalqaro akademik nufuzini oshirish
CAU Mehmonxona boshqaruvi va turizmni maktabi professorlari Dr. Erdogan Ekiz va Dr. Orhan Uludag yaqinda Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan 15-Osiyo turizm forumida ishtirok etdilar.
Ushbu forum mehmonxona boshqaruvi va turizm sohasidagi mavjud tendensiyalar, muammolar hamda kelajakdagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashish maqsadida Osiyoning turli burchaklaridan olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislarini bir joyga jamladi.
Forum davomida ular sohaning muhim mavzulari – mehmonxona dizayni va mehmonlardagi qoniqish hissi, shuningdek, manzil brendingi, idrok etiladigan sifat va sayyohlar sadoqatiga bag‘ishlangan ikkita ilmiy tadqiqotni taqdim etdilar.
Ularning ishtiroki CAUʼning xalqaro akademik platformalar bilan aloqalari kengayib borayotganini aks ettiradi hamda universitetning mintaqaviy va xalqaro mehmondo‘stlik ta’limi hamjamiyatidagi obro‘sini yanada mustahkamlaydi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
DJ Smash Central Asian Universityʼda 🎉
CAU 2026 bitiruv oqshomi bu lahzaga munosib yakun bilan oʻz intihosiga yetishi lozim.
Bu yil biz butun bir avlod musiqasining eng afsonaviy nomlaridan biri bo‘lgan DJ Smashni Central Asian University bitiruvchilari uchun maxsus taklif etganimizdan behad faxrlanamiz 🔥.
Lekin bu hali hammasi emas… 👀
✨ Boshqa maxsus mehmon san’atkorlar
🍔 Mazali taomlar korti
💃 Do‘stlar davrasida raqslar, ko‘ngilochar dasturlar va unutilmas lahzalar
🎉 Sizni musiqa, xotiralar va bayramga to‘la oqshom kutmoqda!
📅 2026-yil, 8-iyul
🕖 19:00
📍 Central Asian University (avtoturargoh maydoni)
Shu havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
⚠️ Kirish faqat talabalik guvohnomasi va Face ID orqali amalga oshiriladi.
Raqs maydonida ko‘rishguncha! 🪩
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+5
🏆 Central Asian University THE Impact Rankings 2026 reytingida yuqoriladi
Central Asian University o‘zining xalqaro rivojlanishida yana bir muhim marraga erishdi. Universitet BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) muassasalarning qo‘shgan hissasini baholovchi dunyoning yetakchi reytinglaridan biri bo‘lgan “THE Impact Rankings 2026”da o‘z mavqeyini sezilarli darajada yaxshiladi.
O‘tgan yilgi natijalarga qaraganda, CAU qariyb 500 pog‘onaga ko‘tarildi. Bu universitetning ta’lim, tadqiqot, innovatsiya, barqarorlik va jamoatchilik bilan ishlash yo‘nalishlarida o‘sib borayotgan nufuzini aks ettiradi.
Umumiy reytingdan tashqari, CAU quyidagi beshta Barqaror rivojlanish maqsadi bo‘yicha ham e’tirof etildi:
🌾 BRM 2 – Ochlikka barham berish
Dunyoning 731 ta universiteti orasida 401–600-o‘rin.
❤️ BRM 3 – Sog‘lom turmush va farovonlik
Dunyoning 1254 ta universiteti orasida 601–800-o‘rin.
📚 BRM 4 – Sifatli ta’lim
Dunyoning 1335 ta universiteti orasida 401–600-o‘rin.
♀️ BRM 5 – Gender tengligi
Dunyoning 1095 ta universiteti orasida 801–1000-o‘rin.
🤝 BRM 17 – Maqsadlar yo‘lidagi hamkorlik
Dunyoning 1610 ta universiteti orasida 801–1000-o‘rin.
Bu natijalar CAUʼning yuqori sifatli ta’lim berish, muhim tadqiqotlarni ilgari surish hamda mintaqaviy va global miqyosda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish borasidagi qat’iyatini namoyon etadi.
🔗 Batafsil ma’lumot
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+3
🎓 Alumni Story: Shukhrat Abdullaev
CAU Biznes Maktabi bitiruvchisi Shukhrat Abdullaev iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqishini moliyaviy tahlil sohasidagi karyeraga aylantirdi.
Central Asian Universityʼda tahsil olayotib, u nafaqat mustahkam akademik bilimga, balki Bloomberg laboratoriyasi orqali qimmatli amaliy tajribaga ham ega bo‘ldi. Aynan shu yerda u moliyaviy bozorlar va sarmoyalarga bo‘lgan qiziqishini anglab, kelajakdagi faoliyatiga poydevor qo‘ydi.
Bugungi kunda Shuhrat CAU qoshidagi Bloomberg laboratoriyasida moliyaviy tahlilchi sifatida faoliyat yuritadi. U moliyaviy bozorlar, kompaniyalar va iqtisodiy tendensiyalarni tahlil qilish bilan birga, talabalarga amaliy mashg‘ulotlar orqali moliya olamini kashf etishga ko‘maklashadi.
O‘z bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlar ekan, Shuhratning fikricha, real loyihalarda qatnashish, doimiy ravishda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va har bir imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uning karyerasini qurishdagi asosiy omillar bo‘lgan.
"Faqat akademik bilimlar bilan cheklanib qolmang. Yangi ko‘nikmalarni rivojlantiring, loyihalarda ishtirok eting, tajriba orttiring va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang."
💙 Bitiruvchilarimiz muvaffaqiyatli karyera qurib, bo‘lajak biznes mutaxassislarini ilhomlantirayotganidan faxrlanamiz.
🔗 Batafsil ma’lumot veb-saytimizda
🎓 Agar siz ham o‘z qiziqishingizni kasbga aylantirishni istasangiz, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Bugunoq CAU Biznes Maktabidan o‘z o‘rningizni band qiling.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+6
👏 “Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi” talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar va o‘zlarining akademik hayotidagi yana bir muhim marraga erishdilar.
Himoya jarayonida talabalar turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan tadqiqotlarini taqdim etdilar. Ularning loyihalari O‘zbekistondagi sayyohlik tajribalari, sayohat xulq-atvori, xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish, sanatoriy-kurort turizmi hamda xodimlarning farovonligi kabi mavzularni qamrab olib, kuchli tahliliy ko‘nikmalar va sohaga oid amaliy yondashuvni namoyon etdi.
Milliy talablarni muvaffaqiyatli bajargan bitiruvchilarimiz endilikda O‘zbekiston va Shveysariya diplomlarini qo‘lga kiritdilar. Bu ularning ta’limi xalqaro sifatga mos ekanligini tasdiqlaydi. 🇺🇿🇨🇭
Ushbu yutuq bilan talabalarimiz, professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlarni tabriklaymiz. Bitiruvchilarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz! 💙
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🩺CAU tibbiy rezedenturasi— bo‘lajak shifokorlar haqiqiy klinik tajriba orttirib, kasbiy mahoratini oshiradigan maskandir.
Ushbu videoda nevrologiya yo‘nalishi rezidenti Nilufar Odilova CAU tibbiy rezedentura dasturi unga xalqaro mutaxassislar bilan birga ishlash, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish hamda o‘z tadqiqotlarini xalqaro tibbiy anjumanlarda taqdim etish orqali amaliy klinik tajriba to‘plashga qanday yordam bergani haqida so‘zlab beradi.
Rezedentura — bu nafaqat klinik amaliyot, balki uzluksiz o‘qib-o‘rganish, kasbiy yuksalish va jahon tibbiyot hamjamiyatining bir qismiga aylanish demakdir.
🎓 CAU tibbiy rezedenturasiga 2026-yil uchun qabul boshlandi.
2026-yilgi qabulda 11 ta klinik mutaxassislik — endokrinologiya, kardiojarrohlik, urologiya, oftalmologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 29 ta o‘rin taklif etiladi.
📌 Arizalar 2026-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinadi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🏀⚽️🎾 CAU talabalari o‘quv jarayoni bilan bir qatorda faol va sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun zamonaviy sport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Chunki universitet hayoti nafaqat bilim olish, balki sport bilan shug‘ullanish, yangi do‘stlar orttirish va unutilmas xotiralar yaratish demakdir. 💙
👇 Sizning sevimli sport turingiz qaysi? Izohlarda yozib qoldiring!
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🎓 Uzoq davom etgan tayyorgarlik, tinimsiz mehnat va ko‘plab sinovlardan so‘ng muhim kun yetib keldi — Bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish kuni.
Ushbu yuksak bosqichga yetib kelgan barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklaymiz. Himoya jarayonida sizlarga ishonch, muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🎓 Bitiruvga bir qadam qolganida qanday hislar chulg‘aydi?
Bitiruvchilarimizning diplom himoyasi, universitetdagi unutilmas onlari va kelgusi rejalari haqidagi fikrlarini o‘zlaridan eshitamiz.
💙 Diplom himoyasi uchun eng sara maslahatlaringizni izohlarda yozib qoldiring. 👇
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🇰🇷 CAUʼning ikki talabasi 2026-yil kuzgi semestrini Osiyoning yetakchi texnologik universitetlaridan birida tahsil olib o‘tkazadi.
Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi talabasi Khadija Umarkhon va Kompyuter fanlari yo‘nalishi talabasi Saodatkhon Akramkhonovna Janubiy Koreyadagi Ulsan National Institute of Science and Technology (UNIST) da akademik almashinuv dasturida ishtirok etish uchun saralab olindi.
2026-yil kuzgi semestr davomida ular dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar bilan birga tahsil oladi, ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashadi hamda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslashgan fanlarni o‘rganadi.
Dasturga qabul jarayoni yuqori raqobat asosida amalga oshirildi. Nomzodlardan kamida 4,3 ballik tizimda 3,0 GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lish, IELTS 6.5 yoki undan yuqori darajadagi ingliz tili bilimini namoyish etish hamda kamida bir yil universitetda tahsil olgan bo‘lish talab etildi.
Yuqori akademik natijalari, intilishi va mehnatsevarligi tufayli Khadija va Saodatkhon ushbu xalqaro akademik mobillik dasturi orqali Central Asian University nomidan universitetimizni munosib tarzda namoyon etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Talabalarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va Janubiy Koreyadagi o‘qish jarayonida ularga muvaffaqiyat, yangi tajribalar va unutilmas taassurotlar tilaymiz! 🌍💙
Siz talabalar almashinuvi dasturi orqali qaysi davlatda tahsil olishni istardingiz?
👇 Fikringizni izohlarda qoldiring.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+7
🎓Alumni Story: Bobirjon Mardonov
Samarqanddagi kichik bir qishloqdan sun’iy intellektga asoslangan texnologik loyihalarga rahbarlik qilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Bobirjon Mardonovning hayoti — matonat, qat’iyat va tinimsiz bilim olishga asoslangan hikoyadir.
Central Asian University Muhandislik Maktabi bitiruvchisi Bobirjon texnologiyalarga bo‘lgan ishtiyoqini universitetdan ancha oldin kashf etgan. Muhandislik va kompyuter fanlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli u ta’limga xalqaro yondashuvi, ingliz tilida muloqot qiluvchi muhiti va kelajak innovatorlarini yetishtirishga qaratilgan qarashlari uchun CAUʼni tanladi.
O‘qishi davomida Bobirjon dasturlash, mashinali o‘qitish, kompyuter ko‘rishi va ma’lumotlar tahlili kabi sohalarni o‘rganish bilan birga, turli loyihalarda faol qatnashib, frilanserlik va o‘qituvchilik bilan ham shug‘ullandi. Dastlab raqamli yechimlar yaratish va kursdoshlariga yordam berish bilan boshlangan bu faoliyat, keyinchalik uning AKFA Group’da ma’lumotlar tahlilchisi, so‘ngra esa Korzinka Go‘da ma’lumotlar muhandisi lavozimlarida ishlashiga zamin yaratdi.
Bugungi kunda Bobirjon “Humaid.co” startap loyihasiga rahbarlik qilmoqda. U yerda Bobirjon sun’iy intellekt va eng yangi texnologik yechimlar ustida ish olib borib, real hayotda katta o‘zgarishlar yarata oladigan mahsulotlarni ishlab chiqishga hissa qo‘shmoqda.
O‘tmishga nazar tashlar ekan, u moslashuvchanlik, muloqot qobiliyati va doimiy o‘rganishga intilish texnik ko‘nikmalar kabi muhim ekanligiga ishonadi.
Uning hozirgi talabalarga aytar so‘zi oddiy:
“Asosiy bilimlarga e’tibor qarating, qulaylik hududingizdan chiqing va o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang. Texnologiya doimo o‘zgarib turadi, ammo moslashish qobiliyati har doim sizning eng katta kuchingiz bo‘lib qoladi”.Bitiruvchilarimiz texnologiyalar kelajagini shakllantirayotgani va muhandislarning yangi avlodini ilhomlantirayotganidan faxrlanamiz. 💙 🔗 Batafsil ma’lumotni veb-saytimizda o‘qing 🇬🇧 For reading in English _____________________________________ 💬Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📹Youtube 📞 71-200-05-22, 71-208-12-34 💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+9
🦷🎓 CAU Stomatologiya maktabining birinchi bitiruvchi oqimi DDS (Stomatologiya jarrohligi doktori) darajasi uchun o‘tkazilgan Amaliy OSCE shaklidagi Davlat attestatsiyasining yakuniy bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi.
2026-yil 19-iyun kuni DDS bitiruvchi kurs talabalari klinik salohiyat va amaliy ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan jonli OSCE stansiyalari, statik OSCE stansiyalari hamda kavakni preparatsiyalash mashqini o‘z ichiga olgan Davlat attestatsiyasining uchinchi va yakuniy bosqichidan o‘tdilar.
Imtihon akademik doiralar, sog‘liqni saqlash muassasalari va stomatologiya amaliyoti vakillaridan iborat nufuzli tashqi baholovchilar ishtirokida o‘tkazildi.
Jonli OSCE stansiyalari:
• Bemorning qon bosimini o‘lchash
• Bemorda dental rentgen trubkasi boshining konusini (PID) joylashtirish
Statik OSCE stansiyalari:
• Stomatologik anesteziyaning klinik usuli
• Og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimasini gistologik tahlil qilish orqali og‘iz saratoniga tashxis qo‘yish
• Ortodontik bemorlar uchun sefalometrik tahlil
Restavratsion stomatologiya stansiyasi:
• Tish kariyesini aktiv tozalash va kavakni preparatsiyalash
Ushbu imtihon stomatologik ta’limning amaliy qismini yakunlab, o‘z kasbiy faoliyatining keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan birinchi DDS bitiruvchi oqimi uchun muhim marra hisoblanadi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🩺 Tibbiy rezident bo‘lish aslida qanday?
Ushbu videoda Otorinolaringologiya (LOR) yo‘nalishi rezidenti Temur Tillakhujaev CAU Tibbiy rezidentura dasturi doirasidagi o‘zining rezidentura tajribasi, klinik amaliyoti va kasbiy rivojlanishi haqida so‘zlab beradi.
🎓 CAU Tibbiy rezidentura dasturining 2026-yilgi qabul jarayoni boshlandi.
2026-yilgi qabulda 11 ta klinik mutaxassislik — Endokrinologiya, Kardiojarrohlik, Urologiya, Oftalmologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 29 ta rezidentlik o‘rni taklif etiladi.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✔️ Chinakam shifoxona muhitida klinik ta’lim
✔️ Rasmiy ishga joylashish va rezident maoshi
✔️ Tajribali mahalliy va xalqaro shifokorlar mentorligi
✔️ Zamonaviy tibbiy texnologiyalar va uskunalardan foydalanish imkoniyati
✔️ Ilmiy tadqiqotlar va akademik rivojlanish uchun imkoniyatlar
Agar siz tibbiy faoliyatingizda keyingi qadamni tashlashga hamda amaliy tajriba va kasbiy o‘sishga yo‘naltirilgan muhitda malaka oshirishga tayyor bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.
📌 Arizalar 2026-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+9
Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn Maktabi hamda Stomatologiya Maktabining bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirishda davom etmoqda.
Biznes Maktabi talabalari Artel kompaniyasi vakillaridan tashkil topgan attestatsiya komissiyasi oldida o‘z bitiruv va capstone loyihalarini himoya qilib, real biznes muammolarining amaliy yechimlarini taqdim etdilar.
Arxitektura va dizayn Maktabi talabalari esa texnik mahorat va o‘ziga xos yondashuvni aks ettirgan ijodiy, innovatsion hamda puxta ishlab chiqilgan loyihalari bilan barchani hayratda qoldirdilar.
Ayni vaqtda, Stomatologiya maktabi talabalari amaliy OSCE imtihonini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘zlarining klinik bilimlari, muloqot ko‘nikmalari va kasbiy faoliyatga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar.
Bitiruv marosimi yaqinlashar ekan, talabalarimiz o‘zlarining kelajakdagi faoliyatini belgilab beruvchi fidoyilik, ijodkorlik va professionallikni namoyish etishda davom etmoqda.
Barcha bitiruvchilarimizga o‘qishlarining ushbu muhim yakuniy bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 💙
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
🎓 BITIRUV MAROSIMI 2026
Hurmatli bitiruvchilar,
Sizlarni Central Asian University diplom topshirish marosimiga taklif etamiz!
📅 Sana: 2026-yil 7-iyul
🕘 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: CAEx (Central Asian Expo Center)
👔 Dress Code:
• Erkaklar — kostyum va galstuk
• Ayollar — nafis ko‘ylak yoki klassik kostyum
✨ Bilamizki, har bir bitiruvchi bu unutilmas kunni o‘zining eng yaqin insonlari bilan birga o‘tkazishni istaydi. Axir bu nafaqat sizning yutuqlaringiz, balki butun ta’lim yo‘lingiz davomida sizni qo‘llab-quvvatlagan, sizga ishongan va doimo yoningizda bo‘lgan insonlarning ham bayramidir.
✅ Shu munosabat bilan formani to‘ldirib, marosimda sizga hamrohlik qiladigan mehmonlar sonini ko‘rsatishingizni so‘raymiz. 😌
❗️E’tiboringizga havola qilamizki, tadbir yopiq formatda o‘tkaziladi.
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
Sizga eng yaxshi yozgi kayfiyatlarni tilaymiz!
Bu yozni kim bilan o‘tkazyapsiz? Izohlarda ularni belgilang! 👇🏻
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
+9
🎓 Bugun Biznes Maktabi, Arxitektura va dizayn maktabi hamda Stomatologiya maktabi bitiruvchilari uchun muhim kun bo‘ldi – ular yakuniy davlat attestatsiyasining birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Kun davomida Biznes Maktabi talabalari o‘qish davomida orttirgan bilimlari, tahliliy ko‘nikmalari, tadqiqot qobiliyatlari va amaliy yechimlarini namoyish etib, o‘zlarining bitiruv va Capstone loyihalarini taqdim qildilar va himoya qildilar.
Arxitektura va dizayn Maktabining bitiruvchi talabalari esa o‘zlarining ijodiy qarashlari, texnik mahorati hamda g‘oyalarni funksional va innovatsion dizaynlarga aylantira olish qobiliyatini ko‘rsatib, yakuniy loyihalarini taqdim etdilar.
Shu bilan birga, Stomatologiya Maktabi talabalari yakuniy davlat attestatsiyasining nazariy bosqichini yakunladilar. Bu ularning akademik tayyorgarligi va kasbiy amaliyotga tayyorligini baholashdagi muhim qadamdir. Keyingi bosqich Amaliy ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha davlat attestatsiya imtihoni (OSCE) bo‘ladi.
Yakuniy loyiha himoyalari talabalarga o‘z ishlari natijalarini ilmiy komissiyalar oldida taqdim etish, o‘z g‘oyalarini himoya qilish va o‘qish davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatini beradi.
Barcha bitiruvchilarimizga o‘z akademik va professional yo‘lining ushbu muhim bosqichida ishonch va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 💙
🇬🇧 For reading in English
_____________________________________
💬Telegram 📱Instagram
📱Facebook 📹Youtube
📞 71-200-05-22, 71-208-12-34
💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
