Biyroncha
رفتن به کانال در Telegram
Bolalar kitoblari dunyosida Oynur va uning oyisi bilan birga sayohat qilishni istaganlar uchun☘️ Barcha takliflar, suhbatlar va fikrlaringiz uchun kanalda izohlar ochiq. Reklama uchun: @biyroncham
نمایش بیشتر813
مشترکین
-524 ساعت
+1147 روز
+8830 روز
آرشیو پست ها
813
Oynur va dadasining kitoblar bilan do‘stligi haqida O‘zbekiston 24 da alohida ko‘rsatuv chiqibdi😁🥰
@biyron_cha
813
Abdulloh endi 4 yoshga kiradi. She’rimni yod olib shiringina tilchasi bilan aytib beribdi polvoncham.
She’rlar bolalarning tiliga ko‘chganida jonlanadi, yashaydi. Abdullohga esa buning uchun katta rahmat😘
@biyron_cha
813
+2
Kecha Oynurcham bayramga borib, yangi kitobli boʻlib kelibdi. Bugun ertalabdan kitobim bilan fotosessiya qilaylik deb qoldi🥰
@biyron_cha
813
#live
Mana bu kattakon uskunada bolalar uchun kitoblar tayyorlanadi desam ishonmang)))
Chirchiqdamiz. Bitta katta koʻrsatuv tayyorlayapmiz yana)) Qoʻlim ishda, koʻnglim biyronchamda, xullas
💕@biyron_cha
813
Mana bu esa “Sharq yulduzi”da birinchi marta chiqishim boʻlgan ekan))
Adashmasam, bu 2020 yo 2021-yillar. Lekin negadir oʻshanda hozirgidek his qilmagan ekanman😅
Rosa maqtanadigan kunim boʻldi-da a bugun)))
@biyron_cha
813
+1
Kichkinaligimda bobomning kutubxonalarida juda ko‘p katta-katta kitoblar bo‘lardi. Javonning eng pastidagi tokchasida "Sharq yulduzi" jurnalining barcha yillardagi sonlari bir tekis taxlangan turardi.
90-yillardagi ko‘k muqovali, nomi arab alifbosiga monandroq shriftda yozilgan jurnallar hozir ham shundaygina ko‘z oldimda turibdi. Ancha munchasi qo‘limdan o‘tib aji-buji rasmlarga ham to‘lgan.😁🙈
O‘sha vaqtlar "Sharq yulduzi" men uchun juda haybatli jurnal va unda katta-katta yozuvchi shoirlarning, tarjimonlarning asarlarigina chiqishi mumkin edi. Qachondir mening ham ismim shu jurnalda chiqishi xayolimga ham kelmasdi.
Bugun mana shu rasmlarni ko‘rib o‘sha vaqtlarni esladim. "Bobojon, siz eng ko‘p yaxshi ko‘rgan, o‘zingizga yoqqan misralarining tagiga chizib qo‘yadigan jurnalingizda nevarangizning ham she’rlari chiqdi", degim kelyapti hozir o‘zlariga.
She’r yozishimga aslida men ulg‘aygan muhit, bobojonim, ota-onam sababchi bo‘lishgan ekan. Ishonchingiz va mehringizni oxirigacha oqlash nasib qilsin.
Xullas, bolalar uchun yozgan she’rchalarim "Sharq yulduzi"da chiqibdi, o‘rtoqlar!🥰
@biyron_cha
813
+2
"Tarixni o'zgartirgan mutafakkirlar" to'plami sotiladi — 600 ming so'm
💳 Uzum marketda 990 ming, Asaxiyda 819 mingga sotilyapti ekan ayni paytda. Eng arzon narx Hilol'da chegirmaga 730 mingga tushgan, lekin bu yerda hozir sotuvda yo'q.
Bizda esa bu to'plamdan 2 ta bor, bittasini ochib o'qiyapmiz, biri yangi holatda upakovkalari bilan turibdi. Ayni paytda ko'chayotganimiz sababli yangi to'plamni 600 ming so'mga sotmoqchiman. Qo'shimcha yonida @biyron_cha dan maxsus sovg'a ham bo'ladi.🎁
To'plamni O'zbekiston bo'ylab yetkaza olamiz, faqat dostavkasini o'zingiz to'laysiz))Bog'lanish uchun @Munisa_Azamova @biyron_cha
813
Telefonda kamnamo boʻlib qoldimmi, demak, reallikda maza qilayotgan boʻlaman))
Kecha mana shu mitti gulchamning “hapy buzdiy”sini nishonladik, ertalabdan kechgacha koʻcha aylandik. Juda ham yoqimli kun boʻldi🥰
Bugun esa😁
Oynur kechagidan ham koʻproq maza qildi kun boʻyi? Nima qilganimizni aytaymi?)))
@biyron_cha
813
Repost from Asaxiy Books | Kitoblar
+1
✨ Farzandingiz tuyg‘ularni o‘yin orqali o‘rgansin!
📖 "Tuyg‘ularni o‘rganamiz" sensor kitobi bolajonlarga turli his-tuyg‘ularni tanish, ularni nomlash va atrofdagi olamni teginish orqali kashf etishga yordam beradi. Maxsus Touch & Feel sahifalari esa o‘qish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi.
💡 Agar farzandingizning ilk rivojlanishiga hissa qo‘shishni istasangiz, bu kitob ajoyib tanlov bo‘ladi.
Muqova: qattiq Yosh: 3 oy+ Narxi: 89 000 so‘mBuyurtma bering va farzandingiz bilan birga yangi tuyg‘ularni kashf eting: https://asaxiy.uz/u/6a71c939e5bfa @asaxiybooks
813
💕Bugun dushanba boʻlishiga qaramay kayfiyatim judayam yaxshi.
Chunki bu hafta yilning eng goʻzal haftasi🥰. Negaligini izohlarda taxmin qilib koʻrasizmi?)))
💕@biyron_cha
813
Nima uchun doim yonimda orbit bor deb soʻrashsa men: Chunki u ham xuddi Oynur kabi meni 3 ta yurakcha bilan yaxshi koʻradi😅💕@biyron_cha
813
#Oynur
🍈Muzdakkina qovun soʻydim. Bitta tishlagan 4 yoshli qizim Oynur:
— Vuuu, buncha shirin, buni kim pishirgan? — deb soʻradi.
— Dehqon bobo pishirgan, — dedim.
— Qanday pishirgan dehqon bobo? — soʻradi yana.
— Tuproqqa urugʻ ekkan, suv bergan, yaxshilab silab mehr bergan, keyin shunaqa qovun boʻlgan.
— Dehqon bobo supermen ekan unda, — deb yana suvlarini oqizib tishlab oldi qovundan.
🤩Ba’zida kichkintoylar koʻp narsani ealatib qoʻyishadi shunaqa. Har kuni maza qilib yeyotganimiz bir-biridan shirin qovun-tarvuzlar uchun barcha supermen dehqon bobolarimizga rahmat.
💕@biyron_cha
813
🍰Ota bola chizkeykni talashib bittasini ham oxirigacha yeb qoʻyisholmadi))
Endi topingchi, chizkeyklarni kim yedi?😅
💕@biyron_cha
813
🗓Bugun 1-avgust. Bir vaqtlar bu kunda deyarli taqdirimiz hal bo'lardi. Toshkent salkam ostin-ustun bo'lib ketardi. Hujjat topshirish uchun alohida, ijodiy imtihon uchun alohida, test uchun alohida 3 marta kelgan ekanmiz dadam bilan Toshkentga)))
😌Bu sana bilan bog'liq kimda qanday xotiralar bor? Keling birgalikda eslaymiz.💕@biyron_cha
