fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Rustam Sobirov

Rustam Sobirov

رفتن به کانال در Telegram

Xatolar qilib o'rganamiz Youtube: https://www.youtube.com/@rustamdiamond Aloqa uchun: @rustamdiamond

نمایش بیشتر
أوزبكستان53 276دسته بندی مشخص نشده است
450
مشترکین
+324 ساعت
+57 روز
+2430 روز

در حال بارگذاری داده‌ها

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26
اکتبر '26
+50
در 0 کانال‌ها
سپتامبر '26
+44
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '26
+52
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+40
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+50
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+32
در 1 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+61
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+63
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+48
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+882
در 3 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+65
در 1 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+13
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '250
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '250
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+124
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '250
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+52
در 2 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
25 اکتبر0
24 اکتبر+3
23 اکتبر+1
22 اکتبر+1
21 اکتبر+4
20 اکتبر+2
19 اکتبر+1
18 اکتبر+1
17 اکتبر+1
16 اکتبر+5
15 اکتبر+4
14 اکتبر0
13 اکتبر+2
12 اکتبر+4
11 اکتبر+2
10 اکتبر+1
09 اکتبر+2
08 اکتبر0
07 اکتبر+3
06 اکتبر+2
05 اکتبر+5
04 اکتبر+2
03 اکتبر+1
02 اکتبر+1
01 اکتبر+2
پست‌های کانال
Dadam bizga turnik olishni o’rgatgan paytlari tahminan 11-12 yoshlarda edim. Dadam esa 36-37 yoshda O’sha payt o’zlari ham 5 ta olib ko’rsatgandila. Kichkina Rustamni ko’ziga bu raqam kamdek tuyilgandi. Go’yo dadamni jismoniy holatlari unchalik yaxshi emasdek Shunda niyat qilgandim, farzandimga turnik olishni o’rgatganda 10 ta olib ko’rsataman deb Lekin ayni paytda hali 25 yoshda atigi 5 ta turnikka kuchi qolgan Rustam tilidan aytsam, dadamni jismoniy holatlari zo’r bo’lgan ekan @blog_rustam P.S. Lekin o’sha niyat orzuligicha qolmaydi xudo xohlasa

2
Pishishni xohlasang, qaynashga Mustahkamlikni xohlasang, bosimga Yaltirashni xohlasang, ishqalanishga tayyor tur Buxgalterlar yaxshi biladi: debet bor joyda kredit ham bor. Balans faqat hisobda emas, hamma joyda ishlaydi. Tangani ikkinchi tomonini esdan chiqarma Har bir muvaffaqiyatli odam vaqtida yongan, zarbalar yegan, sayqallangan. "Zato" azoblari (to'lovlari) bekorga ketmagan. Xavotir olma, to'lovlar hisobda turibdi @blog_rustam
611
3
Buxgalteriyadan kurs o'tmaysizmi? deb so'rab turishadi Hali bunga loyiq emasmiz, o'zimiz o'rganuvchimiz deb javob beramiz Moliya, buxgalteriya sohalarni o'rganmoqchiman desangiz, xalqaro sertifikatlar bor (ACCA, DipIFR...) Maslahatim shularni o'qish. O'zi hozir diplomdan ham ko'ra sertifikatlar ko'proq rol o'ynayapti O'zim ham yaqinda ACCA'dan F7 ni olgandim, endi keyingi navbat DipIFR'ni reja qilganman Qayerda o'qish mumkin desangiz, bu sohada o'zim o'qiydigan ustozim Abdulkarim akani tavsiya qilaman ACCA’dan eng birinchi bo'lib maksimal balni olgan inson — shu kishini shogirdlari bo'ladi. Manimcha shu ta'rif yetarli bo'lsa kerak) Bu reklama emas, ishonchli tavsiya
544
4
raqamli dunyomizga moslashgan maqollar: kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan. instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi. brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman. do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi. yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi. yigit kishiga 40ta app kam. akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz. yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos. ko'zoynakning ham kamerasi bor. rilsga to'ymagan, storisga ham to'ymaydi. kelin kelsa, "screen time"ga boq.
485
5
via negativa aqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil. adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil. ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim. rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y.
490
6
Qaysi yaxshi, Qaysi MOS Tanlov qilayotganda odatda: Qaysi kiyim/kasb/dori/kitob/... yaxshi deb so'raymiz. Xullas "yaxshisini" ber deymiz Lekin "yaxshi" — bu hamma uchun universal javob emas. Bir kishi uchun yaxshi, siz uchun yaxshi bo'lmasligi mumkin Masalan, kiyim qanchalik sifatli va chiroyli bo'lmasin — agar u sizga MOS kelmasa (o'lchami kichik yoki rangi yarashmasa), baribir kiyolmaysiz Yoki bir bemorga shifo bo'lgan eng kuchli dori, boshqa bir bemorga zahar bo'lishi mumkin Kitob saralash haqida gaplashganimizda ham aynan shu qoidaga to'xtalgandik: dunyodagi eng mashhur bestseller kitobni emas, aynan hozirgi vaziyatingiz va muammoingizga MOS keladigan kitobni tanlash kerak Hozir hamma joyda IT sohasi "yaxshi" deb ko'pchilik o'zini o'ylamay shu sohaga urayotgani ham xuddi shunday xato. To'g'ri odam qilgan ishni odam qiladi, lekin kimdir u yerda oyiga falon ming dollar topayotgani — bu soha sizga ham mos kelishini bildirmaydi Oldingi fikrimizni takrorlaymiz: birovlarning yurgan yo'lidan yurib raqobatda qiynalgandan ko'ra, o'zingizga MOS o'yinni o'ynang. Katta ehtimol bilan yutasiz "Yaxshi"ni qidirishdan to'xtab, "MOS"ini qidirsak, — "ZO'R"ni topamiz. Bekorga "yaxshi", "zo'r" bo'lishga xalaqit beradi deyishmaydi Xulosani Mirzabek Xolmedovni mashhur qo'shig'idagi so'zlar bilan tugatamiz: "Qo’lidan kelgan ishni emas, do'stim yarashgan ishni qilish kerak" @blog_rustam
647
7
پیام صوتی
1
8
Bronza medali sohibidek o’ylang, kumush emas Poygalarga qarayman, bronza medali sohibi kumush olgandan ko'ra baxtliroq - deydi Derek Sivers Chunki kumush olgan yana 1 sekund oldinroq kelganida oltin olardi. Bronza egasi esa 1 sekund kechroq kelganda sovrindor ham bo’lmas edi Kollej kirgan yilimiz eng past bal 43.9 bo’lgandi, qizig'i shu balni 3 kishi olgan. Uchchalisini ham qabul qilishdi, xuddi 1-o’rinni olgandek xursand edi. Lekin 2-o’rin emas Demak solishtirish kayfiyatimizni hal qilib qoyadi, oldin ham aytgandik. Mol-dunyo bilan solishtirganda o’zimizdan yuqori bilan solishtiramiz. Ilmda, yaxshilikka solishtirganda esa o’zimizdan past bilan solishtiramiz Odamni noshukur qiladi, xatoyimiz shu. Manimcha natijalarni solishtirishda teskarisi bo’lishi kerak. Moddiy hayotda o'zimizdan pastga, ma'naviy dunyoda o'zimizdan tepaga qarashimiz kerak Moddiyatda "oltin" olaman deb, hayotda umuman medalsiz qolib ketmaylik @blog_rustam
520
9
Ming bir kecha Shaxriyor ismli shoh xotining xiyonatidan keyin barcha ayollardan nafratlanadi va har kecha bir qizga uylanadi va ertasi tongda uni qatl qildiradi Navbat endi vazirning qizi Shaxrizodaga keladi. Qiz kechasi ertak aytib berishni boshlaydi, eng qiziq joyi kelganda tong otib qoladi. Shoh davomini eshitishga qiziqib, yana bir kecha yashashiga imkon beradi. Aqlli Shaxrizoda esa yana qiziq joyini tongga taqab boradi... Bu holat 1001 kecha davom etadi. Shuning bilan Shaxriyor qizni sevib qoladi va uni qatl qildirmaydi. "Ming bir kecha" nomining tarixi shundan kelib chiqqan ekan P.S. Qizig'i shu ma'lumotni endi bildim. Bunga Pekindagi "1001 nights" arab restarani sabab bo'ldi Bundan olinadigan dars: 1. Bilim va so'z - eng kuchli qurol. Pulsiz, kuchsiz va qurollarsiz muammo hal bo'ldi 2. Marraga yetish uchun nafaqat aniq reja, balki sabr ham kerak @blog_rustam
528
10
Eskirmaydiganlari afzalroq Trenddagi qo’shiqlar, kiyimlar, kitoblar... va hokazo — bular eskiradi. Nima eskirmaydi? Paradoks shundaki, eskisi eskirmaydi, ya’ni qadimiylari Yangiliklar, ob-havo, kurs ma’lumotining 1 soat oldingisi ham keraksiz, xuddi sut mahsulotlariday Demak, miyani tez eskiradigan narsalar bilan to’ldirish kerak emas. Aynigan sutni-ku chiqarib tashlasa bo’ladi, lekin ma’lumotni miyadan chiqarib tashlolmaymiz Shunday ekan, eskirmaydiganlarini iste’mol qilganimiz ma'qul. Doimiy o'zgaruvchan axborotning orqasidan quvishga hojat qolmaydi Ancha yildan beri bor narsalar — kamida yana shuncha yil xizmat qilish ehtimoli yuqori. Buni Taleb amaki ham Lindi effekti (vaqt sinovidan o'tish) bilan isbotlab bergan Masalan: fundamental fanlar (matem, fizika, mantiq), inson tabiati, psixologiya, maqollar, din ma'lumotlari... Chunki ular kecha paydo bo'lib qolgani yo'q. Ular qadimiy. Klassika @blog_rustam P.S. Manimcha, aynan zamonga va makonga atab qilingan narsalar tez eskiradi, asosiy va fundamental bilimlarga qaratilganlari esa yo'q
551
11
Dunyodan voqif. O'zidan bexabar. Voqibexabar. Voqibexabarning hayoti qanday bo'ladi? Falonchi bloger onasiga nima sovg'a qilganini biladi. O'z onasining qayeri og'riyotganini bilmaydi. Husanovning yoshligi haqida bir soat gapirib bera oladi. O'zining kuchli taraflari haqida bir daqiqa fikr qila olmaydi. B-sinfdagi Nozimaning kayfiyati bo'lmasa, nima qilishini biladi. O'zining kayfiyatini nima boshqarishi bilmaydi. Tanish holatmi? © Parallel Muhit @blog_rustam
609
12
Oxirgi paytlar bitta narsaga ko‘p duch kelyapman Xabar keladi: “Faylni jo’natib yuboring. Yig‘ilish nechida bo‘ladi? yoki yana nimadirlar. Oxirida: Assalomu alaykum.” Maqsad aytilib bo‘lingan. Oxirida salom qo‘shilgan. Bu menga: “tez-tez ishni aytib, oxirida: ie salom berish kerak a, kel mayli salom berib qo‘yaman” degandek his beradi. Do‘stim, qarshingdagi ham sen kabi odam. Robot emas. Uning ham: kayfiyati bor, charchog‘i bor, hissiyoti bor Muloqot esa buyruq yoki so’rovdan emas, odamiylikdan boshlanadi. Avval: “Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Ishlar yaxshimi?” Keyin: maqsadingni yoz, ishingni ayt, savolingni ber! Ishing qochib ketmaydi. Lekin shu oddiy ketma-ketlik odamning ichidagi munosabatni o‘zgartiradi. Bu mayda narsadek ko’rinishi mumkin. Aslida esa: insonning tarbiyasi, farosati, muomala madaniyati aynan shunday kichik joylarda bilinadi. Yana qiziq tomoni: Muomalasi yaxshi odamga yordam berish ham osonroq bo‘ladi. Chunki odamlar: qo‘pol gapga majburiyat bilan, odobli gapga esa xursand bo’lib javob beradi. Xulosa Salom - gapning oxiriga qo‘shiladigan “emoji” emas. Bu muloqotning boshi. Shuning uchun: avval salomlash. Keyin maqsadingni yoz. Chunki odamlar vazifani emas, avval o‘ziga bo‘lgan munosabatni his qiladi. @xodimga
545
13
Axborotdan semirgan miyalar Kuniga o'rtacha qancha video ko'rasiz, qancha post o'qiysiz? Eslay olmaysiz-a? Hozirgi kunda odamlar har qachongidan ko'p ma'lumot yeyapti. Aynan "yeyapti". Lekin ovqatning ko'pi hazm bo'lmaganidek, internetdan olayotgan ma'lumotlarimizni ham deyarli 90 foizi hazm bo'lmay, miyamizda shunchaki "yog" bo'lib to'planyapti Oqibatda — axborot semizligiga chalingan, o'zicha hamma narsani biladigan, lekin harakat qilishga kelganda madori yo'q odamlarga aylanib qolyapmiz. Xuddi ustozimiz aytgan "aqlmoqlarga" o'xshab Oldinroq qisqagina qilib yozib ketgandimizdek: O'qish – Uqish, Eshitish – Tinglash. Bular sinonim emas Biz hozir faqat o'qiyapmiz va eshityapmiz. Lekin uqmayapmiz. Chunki ma'lumot shunchalik ko'pki, bittasini to'liq tushunib, anglab yetmasimizdan, keyingisi ustiga bostirib kelyapti. Xuddi yozuvchi Huxley qo'rqqanidek, axborotning ko'pligidan qaysi biri haqiqat, qaysi biri muhim ekanini bilmay qoldik. Guruch bilan kurmak almashib ketdi Ustozim ko'p aytadila: "1 marta o'qish/ko'rish/eshitish bu shunchaki tanishuv. Miyada qolsagina amal qilamiz". Amal qilinmagan bilim esa biz uchun qarzga aylanadigan yuk bo'lib qolaveradi Demak, tinimsiz yangi ma'lumot, yangi kitob, yangi podkast qidiraverishni to'xtatish kerak. Dasturxonga yangi ovqat buyurtma berishdan oldin, borini yeb hazm qilib olaylik Bitta zo'r kitobni o'qib-uqib, shuni hayotga tatbiq qilish — 10 ta kitobni shunchaki o'qib yopishdan ming karra foydaliroq. Kitob o'rnida uzun videolar ham bo'laveradi @blog_rustam P.S. Bu gaplar avvalo o'zimga taalluqli, hammasini birdani hazm qilish oson bo'lmaskan
538
14
Arzoni qimmatga tushdi Do'konda 2 xil tefal (elektron choynak) bor edi: bittasi 120 ming, boshqasi 230 ming Xato qilib, arzonini oldim. Arzon narsa bilan "dvaynoy" ga tushib ketasan deyishardi 1 marta suv qaynatildi va bu oxirgisi edi. Nafaqat 2 barobarga, uni ustiga teriga to'kilib, dorilari bilan 3-4 barobarga tushib ketdi. Pulku mayli, sog'lik bilan vaqt ketgani qoldi Kambag'al ko'proq to'laydi. To'lov faqat pul bilan emas, afsuski undan ham qimmatroq resurslar — vaqt yoki sog'lik bilan ham bo'lishi mumkin Ba'zan sifatli shifoxonadan tejab, arzoniga boramiz. To'g'ri, sifatlisi arzon bo'lmaydi. O'z vaqtida davo topilsaku yaxshi, lekin tuzalmay og'ir ahvolga tushib qolgan payt majburdan sifatlisiga yuguramiz. Lekin u payt kech bo'lishi mumkin. Yaqinda bir qarindoshimiz kechikib qoldila. Olloh rahmatiga olsin To'g'ri hammani o'z taqdiri bor. Lekin inson — tefal emas, kuyib sinib qolsa, boshqasini sotib oladigan Arzoniga uchmaylik, uni ham to'lovi bor @blog_rustam
545
15
Yo jim tur, yo sukunatdan ham afzalroq so'z ayt Tahminan 2 yarim ming yil oldin Pifagor bu fikrni aytgan ekan Bugungi shovqinli dunyoda qanchalik aktual @blog_rustam P.S. Bu post ham "sukunatdan afzalmi? degan savol bilan yozildi
585
16
Qurish uchun ham, buzish uchun ham bitta qurol kerak. Qurishga tabiiy yuzlab marta, buzishga esa bir marta yetarli Bu qurolni nomi - ishonch. Ishonch defisiti davrida yashayapmiz
42
17
Qizimdan o’rganganlarim (1.5 yosh) - yiqilsa, qaytib turadi - ko’p savol beradi - o’rganganini takrorlaydi @blog_rustam
682
18
Odamlar sizni chiroyli monologlaringiz uchun emas, bergan vadalaringiz ustidan chiqqaningiz uchun hurmat qilishadi Fikr manbasini eslolmadim, lekin qo’shilaman “monolog” so’zini “ko’zlar” bilan almashtirsa ham tusharkan @blog_rustam
631
19
Mukammallik qanday keladi? Oxirgi payt video, matn kontent chiqarib shuni tushunib yetdim. Mahsulotda mukammallik - har xil qo’shimcha narsalar qo’shganda emas, balki ortiqcha joylarini olib tashlaganda yuzaga kelarkan Kichkina shahzoda muallifi shunday degan ekan: Mukammallik — qo’shishga hech nima qolmaganda emas, olib tashlashga hech nima qolmaganda erishiladi O’zi uchuvchi bo’lgani sabab samolyot konstruksiyalarida ham buni ko’rgan: har bir ortiqcha detal - bu qo’shimcha vazn va nosozlik ehtimoli Shu ma'noda, mahsulotni keraksiz elementlardan tozalash uni nafaqat chiroyli, balki mustahkam va tushunarli qiladi @blog_rustam P.S. Shu postni yozishda ham ancha joyini qayta o’chirdim. Less is more
808
20
Yo’q qilsa norma, o’stirsa xavfli Sigaret chek, aroq ich. Hech kim indamaydi Lekin kreatin ich, protain ich. Hamma bu zarar deb doktorga aylanadi Kreditga ayfon ol, moshina ol. Hech kim indamaydi Lekin kreditga biznes boshla. Hamma bu risk deb iqtisodchiga aylanadi Farzandingga telefon ber. Soatlab o’yin, videolar bilan band. Hech kim indamaydi Lekin farzandingga yo’q de. Hamma bola ruhan eziladi deb psixologga aylanadi @blog_rustam P.S. Ro’yxatni izohlarda davom ettiramizmi?
774