fa
Feedback
Dilshooda

Dilshooda

رفتن به کانال در Telegram

Dilshoda Shomirzayeva – jurnalist. Postlar asosan ijtimoiy-siyosiy mavzularda bo'ladi. Instagram: instagram.com/dshomirzayeva Twitter: https://x.com/Dilshooda

نمایش بیشتر
215
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
نوامبر '24
نوامبر '24
+215
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
23 نوامبر0
22 نوامبر0
21 نوامبر+2
پست‌های کانال
Hali-beri bog'cha va maktab ta'limidan yolchimaymiz, nega? Meni doim o'ylantiradigan masala – bog'cha va maktab ta'limi. Ta'l
Hali-beri bog'cha va maktab ta'limidan yolchimaymiz, nega? Meni doim o'ylantiradigan masala – bog'cha va maktab ta'limi. Ta'lim jarayoni bilan birga sharoitlari juda og'rintiradi. Xususiy va davlat muassasalarini solishtirishdan oldin, chekka va markaz hududlardagisiga nazar soling. Tahsil olishda o'quvchilarga teng sharoit yaratish ta'limning birlamchi vazifalaridan sanalsa-da, 2 xil hududning bolasida 2 xil sharoitlar. Byudjetnoma loyihasiga ko'ra, 2025-yil uchun o'tgan yilgiga nisbatan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga 22 trln so'm ko'proq pul ajratilishi kutilayotgan ekan. Lekin gap bunda ham emas. Shu bor summani samarali ishlatishda bo'lsa kerak. Xarajatlar kesimi shubhali. Negadir prioritetlar hali aniqlanmagan. O'zbekiston har yili sohalar kesimida eng ko'p ta'limga pul ajratadi, doim TOP 3likda bo'ladi. Nisbiy qaralganda biz "ana, ko'p ajratilyapti-ku" deymiz. Lekin absolyutda u doim kamligi, chunki tagidan kambag'al mamlakat ekanimiz aytilgan, aytib kelinadi. Ta'limning rivojlanishi iqtisodiyot rivojlanishi bilan parallel ketishi kerakdek. Lekin iqtisodiy o'sish bo'lmasa yoki uning sur'ati sekinlashsa ham ta'limda islohot qilish zarur. Bu qaror qabul qiluvchilar bilan bog'liq, asosiy nuqtada boshqaruvchilar turadi, menimcha. Xullas, hali-beri ta'limdan yolchimasak kerak.

2
To'g'ri, "biz oʻz xatolarimizdan saboq chiqara olmaydiganlardan" va o'zini aldayotganlardanmiz.
319
3
“Odamlar qiynalishyapti” – boysunliklar hukumatdan amaliy yordam kutmoqda Boysunning Shirinobod mahallasida yashovchilar kondan chiqayotgan gazning miqdori bir necha barobar oshganini, joylarda zaharlanishlar yuzaga kelganini aytmoqda. Oldinda qish, mahalliy aholi bu yil mavsumni qanday o‘tkazib olishdan xavotirda. “Endi bu qachon yopilishi noma’lum, hamma narsani to‘g‘ri tushunib turibmiz, hech bo‘lmasa, chirog‘imizni berib tursin”,– deydi Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan boysunlik. https://kun.uz/kr/49158142
476
4
Avtomobilsiz shahar kerak, zarur. Ancha avvalroq twitterga quyidagi fikrlarimni yozgandim. Bugun Toshkentni yana megatirbandlik qamrab olgan. Buni ko'rgan va ayni vaqt Toshkentda ma'ruza qilayotgan Nobel mukofoti egasi ham hayron qolar, balki. Komil aka poytaxt shaharni shunday ta'riflabdilar. Men yoniga "stress shahar" izohini ham qo'shgan bo'lardim. Chunki ayni sanalgan muammolar stressga olib keladi. Bu esa twitterda yozganimdan: "Avtomobillarga ustuvorlik berish shaharni nafaqat stressga soladi, balki qashshoqlashtiradi ham. Piyodalar bemalol yuradigan ko'chalar foydaliroq. Prioritetni o'zgartirsak, tirbandlik ham hal bo'ladi, ham buning ortidan pul keladi, menimcha. Bir tasavvur qiling, shaharda yo'llar qisqarib, avtomobillar kamaysa, ko'p odamlar avtobus, metro, velosipedda yoki piyoda yuryapti. Ko'chalarda xavfsiz zonalar, burchaklar ko'p, mashina signali eshitilmaydi. Do'kon, kafe kabi shaxobchalar yanayam ko'paygan, qandaydir fayzli)".
501
5
Energetika vazirining Lolazordagi chiqishidan keyin Boysundagi takroriy avariyada vafot etganlardan birining oilasi bilan bog'langandim. Vafot etgan bolaning rafiqasi ularga uy olib berish, kreditini yopib berishni, yana boshqa yordamlar qilishni ham va'da qilishganini aytdi. Lekin o'shandan hozirgacha hech kim xabar ham olmabdi, aytilgan va'dalar bajarilmabdi. Opaga intervyu berishlarini so'raganimda, istamadilar. Salomatligi ham yaxshi emas ekan. Shu tariqa ular bilan telefonda qayta bog'lanolmadim. Kompaniya yoki vazirlik nima o'ylayotganini bilmayman, lekin vafot etgan 4 kishining oilasini tashlab qo'yishlarini istamasdim. Bu juda pastkashlik, insofsizlik bo'ladi, manimcha.
538
6
O'zbekiston "sovetcha" sarqitlaridan voz kechishni boshlasa, bizning yurt ham odam odamdek qadrlanadigan joylarga aylanishi mumkin. Ta'lim muassasalarda qat'iy va yagona forma talab qilinishi ham shular jumlasidan. Menimcha, nafaqat oliygohlarda, balki maktablarimizda ham forma talab qilinishi kerakmas. Albatta, fundamental, odob-axloq qoidalari belgilanishi va shu doiradan chiqish kerakmas, lekin bundan ortiq ham emas. Ya'ni mustaqil, demokratik davlat deyilayotgan joyda insonlari ham mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida ko'rilishi va ularning xohish-istaklari inobatga olinishi lozim. Odamlarni manqurtlashtirishga harakat, doimiy nazoratda ushlash, qat'iy itoat talab qilish tarixda ham o'zini oqlamagan. Ayniqsa, ta'limda bunday tendensiyaning olib borilishi yomon oqibatni keltirib chiqaradi, uning badali katta, deb o'ylayman. Mayli... Ancha ilgari shu mavzudan og'rinib tayyorlagan materialim ta'tilga chiqqanim sabab qolib ketgandi, endi chiqardik. Ko'ring, izoh yozing, siz bu borada qanday fikrdasiz? https://youtu.be/cAf_ow_oU10?si=pXgRKl97wqtx98AA
475
7
Boysunliklar tavallosi.
Boysunliklar tavallosi.
595
8
Биз, “Газета.уз”да, биринчи авариядан иккинчи авариягача бўлган даврда Бойсун қандай яшагани ҳақида видео тайёрлаган эдик. Бу
Биз, “Газета.уз”да, биринчи авариядан иккинчи авариягача бўлган даврда Бойсун қандай яшагани ҳақида видео тайёрлаган эдик. Бугун “Кун.уз” Бойсун аҳолиси иккинчи авариядан кейин қандай қийналаётгани ҳақида репортаж чиқарибди. Бу репортаж учун айримлар “Кун.уз”дан душман ясамас, деб умид қиламан. “Шу газ туфайли аҳолининг уй ҳайвонлари ва паррандалари ўлиб кетяпти” деган бир қатор гапни байроқ қилиб, шугина гапга болохонадор раддия тайёрлаш учун Бойсунга борган ва дуч келган одамдан “газдан молингиз ўлдими, товуғингиз ўлдими?” деб сўраб юрган бечоралар ҳам кўрсин шу репортажни. Илова қилаётганим бу видеопарча эса – ўша репортаждаги, назаримда, энг оғриқли суҳбатлардан бири.
501
9
Birinchi iqtisodiy rivojlanishmi yoki ta'lim, ta'lim rivojlanishimi yoki iqtisodiyot? Buni rostan ham bir-biridan ajratish qiyin. Ikkalasi ham teng ketishi kerak, balki. Ba'zi iqtisodchilar "iqtisodiy rivojlanish orqali ta'limga, inson kapitaliga investitsiya qilinishi ortadi" – deydi. Ba'zilari esa birinchi ta'lim, inson kapitalini qadrlash kerakligini aytadi. Menda haliyam savol bor: qaysi biri prioritet bo'ladi dastlab? Yoki avval niyat o'zgarishi kerakmi?
953
10
Bugun Energetika va Favqulodda vaziyatlar vazirlari hamda bir qancha rasmiy vakillar bilan anchadan beri kutilayotgan brifing oʻtkazildi. Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovga koʻra, avariya sabab 4 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan, ulardan 10 nafariga o‘sha kuni shifoxonadan uyiga javob berilgan. Brifingda vazir konning tarixi, buguni, texnik tavsifi va uni o‘zlashtirish naqadar murakkabligi haqidagi bir necha sahifalik ma’lumotnomani o‘qib eshittirgan. Uzun hisobotda shu paytgacha berib kelinayotgan asosiy savollar qoʻyilmagan, jurnalistlarga esa javob ham berilmagan. Eslatma uchun shularni qayd qilib qo‘ymoqchiman. Oldingizdan rasmiylar chiqishsa, albatta, so‘rang va javobini kanal izohida qoldiring. Savollar: 1. Kondagi ofatni bartaraf etish uchun hukumat darajasida respublik shtabi tuzilgani haqida ma'lumot berildi. Shtab tarkibini ochiqlanadimi? Kimlar nima ish bilan shug'ullanyapti? 2. Texnogen ofat fonida qaysi hududlardan qancha aholi koʻchdi/koʻchirildi? Ularga qanday yordam qilindi? 3. 1-15-sentabrgacha bo'lgan muddat davomida kondan sizib chiqqan vodorod sulfidining ekologiyaga zarari hisoblangani va Ekologiya vazirligi bu haqdagi ma'lumotlarni shtabga doimiy berib borayotganini aytgandi. Shu hisob-kitoblar ochiqlanadimi? 4. 17-sentabrda konda aynan qanday vaziyat yuzaga keldi? Baxtsiz hodisaning kelib chiqish sababi nima? 5. Texnogen ofat aybdorlari aniqlan/adimi? Kondagi vaziyat sabab moddiy, jismoniy va balki ma'naviy ziyon ko'rganlarning zararini kim qoplaydi? Qanday tartibda? Buni kim nazorat qiladi? 6. Endi Boysunning taqdiri nima bo'ladi? Ofat to'lig'icha bartaraf etiladimi? 7. Boysunliklar nima qilsin? Qachon uylariga qaytishi mumkin? Nega bu borada ma'lumot berib borilmayapti? Mas'ullar qanday yechim qilishadi? Balki yagona axborot platformasini yaratish kerakdir. 8. Yirik texnogen ofat yuzaga kelgan vaqtda birlamchi ma'lumotlardan tashqari doimiy axborot berib borilmaganini mas’ullar qanday izohlaydi? Boysunning axborotdan uzib qo'yilganinichi? Arxiv uchun ham shu savollar tursin. Yomon qiz
905
11
Bugun AOKAda Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura vakillari bilan matbuot anjumani bo'ldi. Juda uzoq kirish qismida Boysun
Bugun AOKAda Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura vakillari bilan matbuot anjumani bo'ldi. Juda uzoq kirish qismida Boysun konidagi vaziyat yuzasidan biror nima deyilishini umid qilib kutgandim. Bunday axborot yangramadi, afsuski. Ma'lumot berilmas ekan, o'zimiz olishga harakat qildik. Kechga Boysunning o'zida matbuot anjumani bo'lishi kutilmoqda. O'ylaymanki, uni jonli formatda olib borishadi. Yomon qiz
1 011
12
Boysunni rasvosi chiqdi, xullas.
1 462
13
“Novostroyka”lar masalasida xaridor quruvchining oldidagi risklardan qonun bilan himoyalanmagan. Toʻlagan puliga kuyib qolish ehtimoli yuqori, afsuski. Huquqlari to‘la himoyalanmagan davlatning fuqarosi bo‘lish ham qiyin. Yangi surishtiruvimni tomosha qilib qoʻyarsizlar. https://kun.uz/kr/37383880 Yomon qiz
1 422
14
Boysundagi “M25” koni nihoyat jilovlandi. Undan zaharli gaz chiqmayapti. Bu haqda konni burgʻilovchi kompaniya – Eriell kuni kecha ma’lumot bergandi. Mayli, voqeadan 10 kun oʻtib rasmiy izoh bilan chiqqani ham yomonmasdir, balki. Eng muhimi ofat toʻxtatilgan. Lekin mas’ullarning bir jihatga e’tibor qaratmagani qiziq. Xoʻp, endi evakuatsiya qilinganlarning taqdiri nima boʻladi? 10 kundan koʻproq muddat davomida zaharli gaz sabab moddiy, jismoniy va boʻlsa ma’nan zarar koʻrganlarga kim yordam qiladi? Shu savol ochiq qolgan. Nega rasmiy munosabatda shu savolga javob yoʻq? Hayronman. Yomon qiz
1 294
15
Boysunda evakuatsiya qilingan maktab, bog'cha bolalari haqida ham biror nima deyilarmikan? Yomon qiz
Boysunda evakuatsiya qilingan maktab, bog'cha bolalari haqida ham biror nima deyilarmikan? Yomon qiz
925
16
#Korrupsiyaning isi kelyapti Toshkent metropoliteni 3 ta bekatda 8 ta yangi eskolator o‘rnatyapti. Boshida shunchaki xabar qilib bermoqchi edim. Keyin bosh muharririm "donasi qanchaga tushyotganiga qiziqish kerak" – deb qoldilar. Avvaliga e’tibor qilimagandim. Kichik surishtiruv o‘tkazib ko‘p shubhali holatlarga duch keldim. Yangi maqolamni o‘qib ko‘ring, sizda ham bir talay savollar paydo bo‘ladi. Yomon qiz
863
17
Тошкент метрополитени донаси 100 минг долларга тенг эскалаторлар ўрнатяпти. Бу қиммат эмасми? “Халқлар дўстлиги”, “Новза” ва
Тошкент метрополитени донаси 100 минг долларга тенг эскалаторлар ўрнатяпти. Бу қиммат эмасми? “Халқлар дўстлиги”, “Новза” ва “Пахтакор” бекатларига 8 та эскалатор ўрнатиш учун салкам 10,6 млрд сўмлик шартнома тузилган. Етказиб бериш ва ўрнатиш ишларига “Mercury Solution” МЧЖ танланган. Маблағлар манбаси – давлат бюджети. Kun.uz манбалари қурилмалар учун бунча сумма жуда кўплигини айтмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/25872433 Kun.uz расмий канали
620
18
Sukunatdagi rasmiylar, nima qilishini bilmayotgan odamlar – boysunliklarning taqdiri nima bo'ladi? Aslida Boysunga borib, no comment kadrlar yig'ib, reportajlar tayyorlash niyatim bor edi. Tahririyatim xavfsizlik nuqtayi nazaridan jo'natmaslikni lozim deb topdi. Shu sabab mavzuni tashlab qo'ymaslik uchun ham "M25" koni va uning yaqinidagi Kofrun qishlog'ida bo'lib qaytgan Shuhrat aka Shokirjonov bilan zoom intervyu qildim. Shuhrat akaning aytishicha, ayrim odamlar uyidan xabar olgani qaytayotganini hisobga olmasa, qishloqda deyarli hech kim qolmagan. Evakuatsiya qilinganlarga yordam berilmagan, ular haliyam nima qilishini bilishmaydi. Boysunliklar ko'makdan umidvor. Energetika vazirligi, O‘zbekenergo AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi yoki "Enter Engineering", "Eriell" kompaniyalari qo‘shimcha ma’lumot bilan chiqishganicha yo‘q. Ayni masaladagi savollari bilan ularga murojaat ham qilindi, ammo javob bo‘lmadi. Tayyorlagan maqola va videomizni ko'ring, ulashing. Shu orqali hech bo'lmasa, kichik munosabat berilishiga turtki bo'larmiz. Yomon qiz
525
19
Kelajak avlod oyog'iga bolta uradigan loyiha – AES! Men energetik, iqtisodchi yoki ekspert emasman. Shunchaki oddiy o'zbekistonlik va befarq bo'lmagan jurnalist sifatida AES qurilishiga qarshiman. Nega? Oxirgi kunlarda menga yomon ta'sir qilayotgan voqealardan biri Surxondaryoning "M25" konidagi texnogen ofat bo'ldi. U yerdan haliyam zaharli gaz sizib chiqyapti va uni hali to'xtata olishmagan. Menga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, gaz hidi shahargacha yetib borgan, Boysun markazidagi bog'cha bolalarining har kuni bu hid sabab ko'ngli aynib, qayd qiladi. Endi tasavvur qiling, xudo ko'rsatmasin, AES qurilib, unda texnogen ofat yuzaga kelsa, nima bo'ladi? Bolalar nimalarga duchor bo'ladi? Bu dahshatli bo'lib ko'rinmaydimi?! Shunchaki muammo va uning ko'lamini tanada his qilishga urinish kerak, nazarimda. Ayni masala o'zbekistonliklarni harakatga keltirishi kerak, yo'q deyish kerak. Tug'ilmagan bolalar va ularning taqdiri haqida ham o'ylang, do'stlar. Yomon qiz
696
20
Konditsioneri ishlamaydigan vagonlar, narxlar siyosatida sifat masalasi va kreditga poyezdlar – temiryo‘lchilar bilan anjuman Menimcha, ancha yillardan beri temiryo'l xizmatlariga nisbatan odamlarda e'tiroz bo'lib kelgan. Aynan sifat masalasida ko'p murojaatlarga duch kelganman. Bu borada hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas, chunki muammo rostan ham bor. Lekin uning daraja va ko'lamini ko'rish kerakdek tuyiladi ba'zida. Narxlar siyosati olib borilgach ko'pchiligimiz sifat yaxshilanishiga umid qilgandik. Ammo boshida biroz siljinib, vaziyatni baribir shundayligicha tashlab qo'yishgandek tuyildi. Buni konditsioneri ishlamagan vagonlar, konduktorlar bilan bog'liq korrupsion holatlarda ham ko'rdik. Xo'p, bu muammolarni temiryo'lchilarning o'zi tan oladimi? Nega aynan tarmoqlarda tarqalgan keyslarga e'tibor qaratilib, qolgan vaqtlarda jim turiladi? Avvalroq bo'lgan matbuot anjumanida shu savollarni bergandim. Yana bir gap. Transport sohasini anchadan beri yoritayotganim uchun uni tor doira vakillarining manfaatiga xizmat qilishini, yo'lovchi tashish aynan temiryo'lda prioritet emasligini tushunib yetgandim. Yomon qiz
683