fa
Feedback
Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi

Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
أوزبكستان51 861دسته بندی مشخص نشده است
460
مشترکین
-224 ساعت
+17 روز
-430 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+6
در 2 کانال‌ها
ژوئن '26
+27
در 8 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+298
در 6 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '260
در 17 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+117
در 17 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '260
در 7 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+80
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
08 ژوئیه0
07 ژوئیه0
06 ژوئیه0
05 ژوئیه0
04 ژوئیه+1
03 ژوئیه0
02 ژوئیه+2
01 ژوئیه+3
پست‌های کانال
Repost from Edu.uz
🚀 “Inno lab” akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi!
Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi? Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat! 📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda: 🔬 Biotexnologiya 🧬 Biomuhandislik 💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar ⚗️Kimyo va yangi materiallar 💊 Tibbiyot va farmatsevtika 🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari ✔️Ishtirok etish mutlaqo bepul ✔️ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi ✔️ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati ✔️ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati ✔️ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash ✔️ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar 📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2
🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Muhandislik sohasidagi ilmiy va innovats
🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Muhandislik sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:24 – Xitoyda yuqori haroratga chidamli litiy batareyasi yaratildi; 01:00 – IBM 1 nanometrdan kichik chip texnologiyasini taqdim etdi; 01:43 – Buyuk Britaniyada yangi avlod milliy superkompyuteri qurilmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
132
3
Viloyat hokimi startapchi yoshlar bilan uchrashdi Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹
Viloyat hokimi startapchi yoshlar bilan uchrashdi Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
153
4
#Eʼlon #Tanlov 🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi 2026-yil 1-
#Eʼlon #Tanlov 🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “President Tech Award” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “President AI Award” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “President Tech Award” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “President AI Award” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi: ⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar. Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “President AI Award” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bizni kuzating
146
5
✅ Samarqand arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishildi 🏠 Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish bo'+5
✅ Samarqand arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishildi 🏠 Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish bo'linmasi xodimlari Samarqand arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Xolmatov Azbiddin Ne'matillayevich bilan subhat o'tkazildi. Suhbat davomida yangi ilmiy ishlanmaga asoslangan "Spin-off" ishlab chiqarish korxona faoliyatini tashkil etish, "Akademik harakatchanlik" tanloviga ilmiy izlanuvchilarni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi hamda institutda tashkil etilgan muzey faoliyati bilan tanishildi. 🌱 Shuningdek, Agentlik tomonidan moliyalashtirilgan "O‘rta Zarafshon xavzasi qoyatosh rasmlari albom-katalogini yaratish" amaliy loyihasi monitoring qilindi, loyiha doirasida olib kelingan jihozlar va tasdiqlangan kalendar-grafik bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. 🕊Bizni kuzatib boring! 👀
194
6
🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalari
🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov Muddat: 20.07.2026 📥 Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar Muddat: 21.07.2026 📥“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi Muddat: 22.07.2026 📥“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 23.07.2026 📥“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 25.07.2026 📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang Muddat: 30.07.2026 📥 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 05.09.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
103
7
🟠🟠🟠🟠 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi! 🥰😇🥰Times Higher Educ
🟠🟠🟠🟠 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi!   🥰😇🥰Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egalladi.   📊Universitetning asosiy ko‘rsatkichlari: ✔️SDG 3 – Sog‘liq va farovonlik — 82-o‘rin ✔️ SDG 4 – Sifatli ta’lim — 101–200-o‘rin ✔️ SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik — 201–300-o‘rin ✔️ SDG 1 – Qashshoqlikka barham berish — 301–400-o‘rin ✔️ SDG 5 – Gender tengligi — 301–400-o‘rin ✔️ SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar — 401–600-o‘rin   🏆 Umumiy THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari orasida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.   Mazkur natijalar universitetning nafaqat xalqaro maydondagi nufuzini, balki mamlakat miqyosidagi yetakchi o‘rinlarini ham tasdiqladi.   🙄 O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi; 🤓 Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.   Ushbu yutuqlar universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofidir. 🏛 SamDTU Matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
788
8
#Talaba_Expo_2026 #samarqand Samarqand shahrida “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi Ko‘rgazmaning ochilish mar+9
#Talaba_Expo_2026 #samarqand Samarqand shahrida “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov hamda oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. “Talaba Expo–2026” yoshlarning ilmiy, ijodiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, ularni yangi g‘oyalar, ta’lim imkoniyatlari hamda kelajak kasblari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida ishtirokchilar talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan loyihalar, ta’lim dasturlari va innovatsion tashabbuslar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. 👉 На руcском 👉 In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
150
9
#Startap ✅ Samarqand viloyati hokimi yosh startapchilar bilan uchrashdi ✔️ "30-iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekis+2
#Startap ✅ Samarqand viloyati hokimi yosh startapchilar bilan uchrashdi ✔️ "30-iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Mazkur tadbirda Davlatimiz rahbari tomonidan barcha hududlar hokimlariga startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. ✔️ Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev tomonidan Yoshlar kreativ bog‘ida yosh startapchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafar istiqbolli yosh startapchi, innovator va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi. ✔️ Tadbir davomida yoshlar tomonidan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, qishloq xo‘jaligi, yashil iqtisodiyot, ta’lim va ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi startap loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi. Har bir loyiha yuzasidan fikr almashilib, ularni yanada takomillashtirish, tijoratlashtirish va investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Samarqand viloyati hokimi o‘z so‘zida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlab, viloyatda startap ekotizimini rivojlantirish, yosh innovatorlar uchun qulay muhit yaratish hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilishini qayd etdi. ✔️ Shuningdek, uchrashuv davomida yosh startapchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mentorlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion loyihalarni xalqaro bozorga olib chiqish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. 🚀 Tadbir yakunida yosh startapchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. 📌Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda Samarqand viloyatida innovatsion ekotizimni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 🕊Bizni kuzatib boring! 👀
234
10
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ 2027-yil uchun ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘i asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Yangilangan ro‘yxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan bo‘lib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yo‘nalishlar sifatida qo‘llaniladi. Eslatib o‘tamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda to‘lanadi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
132
11
🏦 Talaba Expo–2026: Samarqand — katta imkoniyatlar maydoni 🗓 2 - Iyul 📍Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko’chasida “Talaba
🏦 Talaba Expo–2026: Samarqand — katta imkoniyatlar maydoni 🗓 2 - Iyul 📍Samarqand shahri, Alisher Navoiy ko’chasida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. ⚫️ Bo’sh ish o‘rinlari va amaliyotlar ⚫️ Real ish beruvchilar bilan uchrashuv ⚫️ Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambagalikni qisqartirish va bandlik vazirligi Ko’rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. Sizni "TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
123
12
#ilmiy_stajirovka Stajirovkaga kimlar boradi? Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan xorijiy ilmiy stajirovk
#ilmiy_stajirovka Stajirovkaga kimlar boradi? Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan xorijiy ilmiy stajirovka tanlovlari natijalari bilan tanishing. ✅ G‘oliblar ro‘yxati Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga kelgusi ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
125
13
#Startap ✔️ Samarqand davlat texnika universiteti talabalari ilm-fan va innovatsion g‘oyalarda o‘z salohiyatini namoyon etmoq
#Startap ✔️ Samarqand davlat texnika universiteti talabalari ilm-fan va innovatsion g‘oyalarda o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. 👮‍♂️ Qurilish fakulteti “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nomozboyeva Xurshida Aziz qizi universitetimizda o‘tkazilgan “Youth Innovation 2026” konferensiyasi hamda Mehnat yarmarkasi ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi. 🏅 U sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha “Oliy ta’lim innovatsion hamkorlik platformasi” loyihasi bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. ↗️ Xurshidaning ushbu yutug‘i yoshlarning zamonaviy texnologiyalar, innovatsion fikrlash va amaliy loyihalar orqali kelajak kasblariga tayyorlanayotganining yorqin namunasidir. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram  I ✅Instagram ✅Facebook  I ✅YouTube
355
14
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining en
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
134
15
Ўзбекистон аҳолисининг ҳудудлар кесимидаги сони Самарқанд етакчи. 👉 #ТАРҚАТИНГ САМАРҚАНДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!👇🏼 ➥https://t
Ўзбекистон аҳолисининг ҳудудлар кесимидаги сони Самарқанд етакчи. 👉 #ТАРҚАТИНГ САМАРҚАНДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!👇🏼 ➥https://t.me/+qsQUySt2I9A3YzIx
166
16
#life Ayni damda Innovatsion rivojlanish agentligida “Akademik harakatchanlik” tanlovi (2026-1) g‘oliblariga sertifikatlarni
#life Ayni damda Innovatsion rivojlanish agentligida “Akademik harakatchanlik” tanlovi (2026-1) g‘oliblariga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
144
17
#sana Qadrli yoshlar, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligi nomidan barchangizni samimiy
#sana Qadrli yoshlar, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Innovatsion rivojlanish agentligi nomidan barchangizni samimiy muborakbod etamiz! Yoshlar — kelajak emas, bugunning bunyodkor kuchidir. Sizning bilimga chanqoqligingiz, yangicha fikrlashingiz va tashabbuskorligingiz mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim tayanchidir. Bugun dunyoni imkoniyatlar emas, ulardan foydalana oladigan insonlar o‘zgartirmoqda. Shunday ekan, izlanishdan to‘xtamang, katta maqsadlar sari dadil intiling, har bir g‘oyangizni amaliy natijaga aylantirishga harakat qiling. Chunki innovatsiya aynan jasoratli fikr va qat’iy harakatdan boshlanadi. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — Yangi O‘zbekistonning yutug‘i, har bir kashfiyotingiz esa kelajak taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir. Barchangizga mustahkam sog‘liq, ulkan marralar va yangi zafarlar tilaymiz! Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
143
18
#diqqat_tanlov ‼️‼️‼️ ➡️ Agar siz Yoshlar texnoparkida muvaffaqiyatli startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz bu e’lon aynan si
#diqqat_tanlov ‼️‼️‼️ ➡️ Agar siz Yoshlar texnoparkida muvaffaqiyatli startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz bu e’lon aynan siz uchun! Yoshlar texnoparklarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan startap loyiha mualliflari “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasidagi xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etishlari mumkin. 📌 Stajirovka yo‘nalishlari: • Muhandislik; • Robototexnika; • Sun’iy intellekt; • Elektronika; • Raqamli texnologiyalar; • Ilg‘or materiallar va biomanufacturing; • Kosmik texnologiyalar; • Transport va logistika; • Barqaror energetika; • Molekulyar biologiya; • Genomika; • Immunologiya; • Yuqumli kasalliklar; • Bioinformatika; • Oziq-ovqat fanlari; • Nutritsiologiya; • Bioprotsessing va boshqa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar. 🔵Stajirovka tili: ingliz tili 🔵Davomiyligi: 3 oy 🔵Stajirovka muddati: 2026–2027-yillar ➡️Hujjatlar internship.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 30-iyul kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. 🤖 Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot ➡️ Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
125
19
🟦🟦🟦🟦🟦 Xorijiy stajirovkaga oid tanlovlar: 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jali
🟦🟦🟦🟦🟦 Xorijiy stajirovkaga oid tanlovlar: 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥“Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
144
20
#FikrLab Ko‘pchilik innovatsiya deganda, avvalo, robotlar yoki sunʼiy intellektni tasavvur qiladi. Yaqinda jurnalistlardan bi+4
#FikrLab Ko‘pchilik innovatsiya deganda, avvalo, robotlar yoki sunʼiy intellektni tasavvur qiladi. Yaqinda jurnalistlardan biri: “Nega bizda robotlar yo‘q?” deb so‘rab qoldi. Shunda tushuntirdim: innovatsiya — bu faqat robot yaratish degani emas. Innovatsiya — mavjud ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini yangicha yondashuv asosida takomillashtirish, samaradorlikni oshirish va bozor talabiga mos yangi mahsulot yaratish hamdir. Quyidagi misol aynan bozor ehtiyojidan kelib chiqqan innovatsion yechimlardan biri hisoblanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan mamlakatimiz temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish doirasida “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJda zamonaviy ko‘rinishga ega yangi avlod yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, avval bunday vagonlar Rossiya va Qozog‘istondan import qilingan bo‘lsa, endilikda ular mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” turkumidagi mazkur vagonlar nafaqat zamonaviy dizayni, balki ilg‘or texnologik imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Shuningdek, korxonada yo‘lovchi vagonlarining ichki jihozlari va mustahkamligini sinovdan o‘tkazish uchun vibrostend ishlab chiqish ishlari ham olib borilmoqda. Zavod o‘z oldiga ulkan eksport maqsadlarini qo‘ygan. Xususan, 2026-yil yakuniga qadar Rossiya Federatsiyasi bozoriga 42 ta yo‘lovchi-yuk (bagaj) vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha aniq rejalarga ega. Bu esa “Made in Uzbekistan” brendining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. Xulosa qilib aytganda innovatsiya — bu faqatgina Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan robotlar yasalishiga urg‘u qaratish emas. Innovatsion ekotizim ancha keng tushuncha bo‘lib, ilm-fan, iqtisodiyot rivoji va texnologik mustaqillik uchun xizmat qiladi.
172