fa
Feedback
Kitob Javoni

Kitob Javoni

رفتن به کانال در Telegram

Har bir hikoya — yolg‘iz tunning yoritgichi. Kitobjavoni — men yozgan, men sezgan, men yashagan voqealar majmuasi. Murojat uchun @Xayotadmin_bot

نمایش بیشتر
1 143
مشترکین
-324 ساعت
-187 روز
-5830 روز
آرشیو پست ها
Dunyodagi eng katta qamoqxona — bu odamlar nima deydi degan qo‘rquvdir. Lao-Szi. Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya
Dunyodagi eng katta qamoqxona — bu odamlar nima deydi degan qo‘rquvdir.
Lao-Szi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Sohalar bir-biridan ayri holda rivojlana olmaydi, deymiz ammo bunga bir misol keltir deyishsa keltira olmay qolamiz. Bugun futbolchilar yutqazmabdi. O'zbek ilm-fani yutqaizibdi. Terma jamoamizning bugungi o'yinida futbolchilarimiz jarima va burchak to'plarini juda baland tepishdi. Olisdan yo'llangan paslar ham stadion tashqarisiga chiqib ketdi. Bir marta tasodif, ikki marta omadsizlik, uchinchi martasi buning bir sababi bo'lishi kerak. Sababi bu videoda keltirilibdi. Ko'p savollarning javobi ilm-fanda ekanini shu videodan ham bilish mumkin. manba_futbolda instagram sahifasi @kitobjavoni_KJ

🎟 "Sunk cost fallacy" (Sarflangan xarajat xatosi): Nega to‘xtashni bilish kerak? ​Iqtisodiyotda va hayotda insonlar ko‘pincha mantiqsiz qaror qabul qilishadi: "Men bu narsaga allaqachon shuncha pul (yoki vaqt) sarfladim, oxirigacha yetkazishim kerak". ​📌 Tasavvur qiling, siz mazasiz ovqatga pul to‘ladingiz. Uni oxirigacha yeyish — pulingizni qaytarmaydi, aksincha, sog‘lig‘ingizga ham zarar yetkazadi. ​Iqtisodiy haqiqat: Sarflab bo‘lingan pul (yoki vaqt) — bu endi yo‘q narsa. ​Xato: O‘tgan xarajatlarni oqlash uchun kelajakdagi yangi resurslarni ham samarasiz loyihaga tikishda davom etish. ​❗️Muvaffaqiyatli investor yoki tadbirkor — bu faqat foydani hisoblaydigan emas, balki "zararni o‘z vaqtida to‘xtata oladigan" insondir. Agar kema cho‘kayotgan bo‘lsa, unga yangi motor o‘rnatish uni qutqarmaydi, shunchaki ko‘proq pulingizni suvga oqizadi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Hissiyotlarni tarjima qilishga hojat yo'q. Umuminsoniy til. Columbiyaning bu muxlislariga bravo deymiz
Bektosh Xatamovning ajoyib videosi bilan tugatmoqchiman. Videoda uning oʻgʻli Isfandiyorbek bizning darvozaga urilgan goldan keyin yigʻlab yuborganini koʻrishimiz mumkin. Lekin yon-atrofdagi Kolumbiya muhlislari bolakayni yupatish uchun “Oʻzbekiston!” “Oʻzbekiston!” deb baqirishyapti. Bu videoda ramziy maʼno koʻrdim. “Oq boʻrilar” — yosh jamoa, xuddi Isfandiyordek. Lekin kun kelib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham Jahon chempionati kubogini qoʻllarida mahkam ushlaydi, xuddi Isfandiyordek... Oq boʻrilar, biz siz bilan birga! Olgʻa, Oʻzbekiston! 🇺🇿❤️⚽️
@kitobjavoni_KJ

Kambag‘allik — bu taqdir emas, bu kundalik mayda qarorlar yig‘indisidir. Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing,
Kambag‘allik — bu taqdir emas, bu kundalik mayda qarorlar yig‘indisidir.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

💰Boylik nima: Aktivlar to‘plamimi yoki erkinlik? ​Ko‘pchilik boylikni ko‘chmas mulk, avtomobillar va qimmatbaho buyumlar soni bilan o‘lchaydi. Lekin iqtisodiy nuqtayi nazardan: ​Egalik qilish — bu harajat va javobgarlik (soliqlar, ta’mirlash, eskirish). ​Foydalanish — bu natija va samaradorlik. ​Zamonaviy iqtisodiyot (Sharing economy) bizga shuni o‘rgatmoqda: Mashinaga ega bo‘lish shart emas, manzilingizga yetib borsangiz bas. Uyga ega bo‘lish shart emas, unda yashash imkoningiz bo‘lsa bas.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Eh… Urdirib qo‘ydigu… 😔😔😔

GOOOOOOOOOOOOL! 🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Kolumbiya 🇨🇴 60’ | Abbosbek Fayzullayev gol kiritdi. Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Ўзбегим жон ўзбегим.🇺🇿

Pul topish xohishi qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik uni topish qiyinlashib boraveradi. Faqatgina jamiyat foydasini ko‘zlab
Pul topish xohishi qanchalik kuchli bo‘lsa, shunchalik uni topish qiyinlashib boraveradi. Faqatgina jamiyat foydasini ko‘zlab to‘g‘ri maqsadlar sari odimlasangiz, o‘z ishingizdan zavq olsangiz, pul o‘zi oqib kelaveradi. Zavq bag‘ishlamaydigan ishlar bilan shug‘ullanishga hayot juda qisqalik qiladi, qaysidir ishda o‘zingiz zavq olmayapsizmi, demak siz hayotni bekorga sovurmoqdasiz.
Genri Ford.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Iffat Jazoirga Fransuz armiyasi bostirib kirgan paytdagi askarlardan biri o‘zining xotiralarida quyidagilarni yozadi: «Biz tozalash amaliyotlarini olib borish ilinjida, Jazoirning qishloq va tog‘li mintaqalarida mujohidlarni qidirar edik. Bizni ko‘rgan qishloq ayollari yashin tezligida molxona va qo‘ralar tomon ko‘chishar va tanalariga tezak va hayvon chiqindilarini surib, kelayotgan sassiq hid tufayli bizning tajovuz qilishimizdan saqlanmoqchi bo‘lishar edi. Haqiqatan ham, kelayotgan sassiq hidlar sababli biz ularga yaqinlasha olmas edik...»
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Muz bo‘lagi. Tasavvur qiling, xonada harorat -5 daraja. Stol ustida esa bir bo‘lak muz turibdi. Siz xonani isitishni boshladi
Muz bo‘lagi. Tasavvur qiling, xonada harorat -5 daraja. Stol ustida esa bir bo‘lak muz turibdi. Siz xonani isitishni boshladingiz. 📎 Harorat -4 darajaga ko‘tarildi. Muzda hech qanday o‘zgarish yo‘q. 📎 Harorat -3 darajaga chiqdi. Muz hali ham qattiq. 📎 -2 daraja, so‘ng -1 daraja... Siz energiya sarflayapsiz, xona isiyapti, lekin natija nol — muz hali ham erimadi. Atrofingizdagilar: "Buncha harakat qilyapsan, lekin muz joyidan jilmayapti-ku", deyishlari mumkin. Lekin harorat 0 dan +1 darajaga o‘tishi bilan mo‘jiza yuz beradi: muz eriy boshlaydi! ❗️Iqtisodiyotda “muzlash” davrini boshdan kechirish muqarrar. Bu davrda sarf-xarajatlar bor, lekin foyda yo‘qdek ko‘rinadi. Aslida esa bu — potensial energiyaning yig‘ilishi. Muz erishi kutilmaganda va shiddat bilan sodir bo‘ladi. Muhimi — isitish tizimini (investitsiya va harakatni) o‘chirib qo‘ymaslik.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

O‘zimiz ham baxtsiz bo‘lganda o‘zgalarning baxtsizligini kuchliroq his etamiz; tuyg‘u sinmaydi, andarmon qilinadi... Fyodor D
O‘zimiz ham baxtsiz bo‘lganda o‘zgalarning baxtsizligini kuchliroq his etamiz; tuyg‘u sinmaydi, andarmon qilinadi...
Fyodor Dostoyevskiy.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

🇹🇷Turkiyada bir erkak o‘zi bilmagan holda dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi. Turkiyaning Van provinsiyasida yash
🇹🇷Turkiyada bir erkak o‘zi bilmagan holda dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi. Turkiyaning Van provinsiyasida yashovchi 32 yoshli Ahmad Jahangard Takaloning bank hisobvaraqlari tekshirilmoqda. Bunga uning hisobiga 1 trillion lira (21,8 milliard dollar) kelib tushgani sabab bo‘ldi. Takalo bir oydan beri o‘z hisoblaridan foydalana olmayapti. Xabar berilishicha, asli ozarboyjonlik bo‘lgan va qariyb 10 yildan beri Turkiyada yashab kelayotgan Takalo supermarketda xarid uchun bank kartasi orqali pul to‘lay olmagan. Shundan so‘ng u nima bo‘layotganini bilish uchun bank filialiga borgan. Uning hisobvaraqlari tekshirilganda, unda naqd 999 milliard 999 million 999 ming 999 lira va 99 qurush mablag‘ borligi aniqlangan. Takalo bu pullar uning hisobiga qanday kelib qolgani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Favqulodda vaziyat tufayli uning hisoblari muzlatib qo‘yildi va surishtiruv boshlandi.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Boylik — yashash uchun vosita bo‘lishi kerak, yashashdan maqsad emas. Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'
Boylik — yashash uchun vosita bo‘lishi kerak, yashashdan maqsad emas.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Yolgʻiz qolgan ota Bu voqeani bir insondan eshitganimda butun vujudim zirqirab ketdi. Nahotki shunday farzandlar bor? Ota-ona o‘nta bolani boqa olar ekan, o‘nta bola bitta ota-onani boqolmas ekan... Mahallamizda Azimjon ota degan mo‘ysafid bo‘lar edilar. Ko‘rimsizgina, devorlari nurab qolgan uyda yolg‘iz yashardilar. Osh-ovqatlarini ham, kirlarini ham, supur-sidirni ham o‘zlari qilardilar. Qo‘shnilar ahilmiz. Bir kun unimiz, bir kun bunimiz, degandek xabar olib turamiz. Farzandlari yo‘qdirda deb o‘ylayotgandirsiz-a? Yo‘q, farzandlari bor. Besh o‘g‘li, bir qizi bor. O‘g‘ li bir haftada bir kelib bozorlik
tashlab ketadi. Qizi esa chet elda.

Azim ota har doim ham qo‘ni-qo‘shnilarni xabar olishini yoqtiravermaydilar. Qarchilikda odam ko‘pchilikni yoqtirmaydi-da, desak, o‘g‘lim urishadi, kirmanglar, deydilar. Mahalla raisi o‘g‘illarini topib gapirdi ham foydasi bo‘lmadi.

Bir kuni Azim ota ko‘chaga chiqib: – Meni ertaga o‘g‘lim do‘xtirga olib borar ekan. Ovqat olib chiqib yurmanglar, – deb hammaga aytib chiqdilar.
Ertasi kuni qarasak darvozalariga qulf osilgan. Rostdan ham o‘g‘li olib ketibdi-da, inson o‘tirgani rost bo‘lsin, deb hammamiz quvondik.

Ikki kun o‘tdi... Otaning hovlisidan qo‘lansa hid kela boshladi. O‘tgan-ketgan burnini berkitib o‘tadi. Qo‘shnilar hayron bo‘lib, otaning darvozasini buzib kirdik... Kirib ne ko‘z bilan ko‘raylik. Azim ota o‘z jonini bog‘lab narigi dunyoga rihlat qilgan ekanlar.

Qo‘ni-qo‘shnilar yugur-yugur qilib qoldik. Birimiz mahallaga, birimiz qabristonga, birimiz tez yordamga... O‘g‘lini ham bir amallab topib keldik. Hullas, otani yerga qo‘ydik...

Bu voqeaga ham mana ikki yil bo‘ldi. Hozir o‘sha nurab yotgan uyning o‘rnida qasr paydo bo‘ldi. Ishni ko‘pligidan, tirikchilik vajidan bo‘sha olmayotgan o‘g‘il har kuni shu yerda.

Daraxt voqeasi Bir odamning to‘rtta o‘g‘li bor edi. Shoshilib qaror chiqarmaslik, fikrlar yuzaki bo‘lib qolmaslik borasida hayotiy dars o‘rgatish uchun ota ularni uzoq vodiyda joylashgan katta daraxtni ko‘rib kelishga yubordi. To‘ng‘ich o‘g‘il qish faslida, ikkinchisi bahorda, uchinchi o‘g‘il yozda, kenja esa kuzda bordi. Barchalari daraxtni ko‘rib kelishgach, otalari ulardqn “Qani, har biringiz ko‘rgan daraxtingizni birma-bir sharhlab beringchi” dedi. To‘ng‘ich o‘g‘il “Daraxt juda hunuk va qurigan ekan”, dedi. Keyingisi “Daraxt yam-yashil bargli ekan” dedi. Uchinchisi “Daraxt xushbo‘y gullar bilan qoplangan ekan” dedi. Kenja esa “Daraxtning mevalari ko‘p ekan” dedi. Bularni eshitgan ota “Har biringiz to‘g‘ri gapirdingiz. Chunki sizlar turli fasllarda bordingiz. Ammo shuni bilinglarki, bitta daraxtga bir faslning o‘zi bilan hukm chiqarmaslik kerak. Agar qishdagi ko‘rinishiga suyanib, “Daraxt faqat quruq” desangiz, uning bahordagi yashilligini, yozdagi go‘zalligini, kuzdagi shirin mevalarni bekor qilgan bo‘lib qolasiz”.
“Xuddi shuningdek, bir shaxs haqida ham bitta vaziyatdan, bitta burchakdan turib, birgina odamning gapi bilan hukm chiqarmanglar. Uning hamma tomonini o‘rganib chiqib, keyin xulosa chiqaringlar”, – dedi ota.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀 @kitobjavoni_KJ

Har kim ham xato qilishi mumkin, faqat telba odamlargina xatosini tan olgisi kelmaydi. Jyul Vern. Kanalimiz rivoji uchun like
Har kim ham xato qilishi mumkin, faqat telba odamlargina xatosini tan olgisi kelmaydi.
Jyul Vern.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Qadimda bir ayolning ikkita ko‘zasi bor ekan. Ularning birini cheti yorilgan, birini esa hamma joyi butun ekan. Ayol har kuni shu ikki ko‘zasida uyiga suv tashir va uyiga yetib kelgunicha yoriq ko‘zadagi suvning yarmi yo‘lga oqib ketarkan. Yoriq ko‘za suvni to‘liq olib kelolmaganiga juda xijolat bo‘larkan. Butun ko‘za esa o‘z ishidan suvni hech qayerga to‘kmay keltirganidan mag‘rurlanarkan. Bir kuni yoriq ko‘za o‘z xijolatchiligini ayolga bildirdi. Shunda ayol jilmaygancha javob beribdi: Sen xijolat bo‘lma! Hatto shu nuqsoningni ham kim uchundir bir xayri borligini unutma! E’tibor ber, yo‘lakning sen keladigan tomonida maysa va gullar bir qator bo‘lib unib chiqqan. Boshqa tomoni esa qup-quruq... Har safar shu yo‘lakdan yurganimda sening suving tomchib ungan gullarni ko‘rib ko‘zim quvonadi, ko‘nglim ko‘tariladi... Uyimga terib keltiraman, xonam va uyim bezagi ular... Sen shunday bo‘lmaganingda menda bu quvonch bo‘lmasdi... Qissadan hissa shuki, biroz o‘ylasak, biz yomon deb o‘ylagan narsalar ortida ham qandaydir hikmat borligini bilamiz. Fikr qilish insongagina xos, o‘ylang-hikmatini topasiz!
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ

Ahmoq undan so‘ralmagan narsalar haqida ko‘p gapiradi. Aflotun. Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarg
Ahmoq undan so‘ralmagan narsalar haqida ko‘p gapiradi.
Aflotun.
Kanalimiz rivoji uchun like va kommentariya yozing, do'stlarga ham ulashing! 🚀
@kitobjavoni_KJ