cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Aniq fanlar fakulteti | Rasmiy kanali

Andijon davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti Telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi Telegram bot:@Aniq_fanlar_tanlov_bot ☎️Murojaat uchun: +998940684060 https://t.me/adpi_aniqfanlar

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
380
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Qabul2024 ❓Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi? Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: ©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; 🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; 🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
⚡️ Stipendiya berish tartibi ham aniq bo'ldi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Unga ko'ra: a) ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi; b) ta’lim granti davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan talabalar uchun ajratiladi; v) 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 2
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin. Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
#Qabul2024 ⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bilimli va salohiyatli yoshlar, qadrli bitiruvchilar! 🎊 Bugun, 25-may - yurtimizning barcha maktablarida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tmoqda.  O'z oldiga ulkan va ezgu maqsadlarni qo'ygan yoshlar, qadrdon maktablari bilan xayrlashib, katta hayot sari qadam qo'ymoqda.  🇺🇿 Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi barchangizga yangi marralarni zabt etishingizda tuganmas shijoat tilaymiz, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek o'rganish, izlanish va intilishdan aslo to'xtamang deymiz! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 25-may 2024-yil, shanba. 📆 Bugun: 🔔 MDH davlatlari va O‘zbekistonda so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni. 🇺🇳 BMT — Afrika ozodligi kuni. 🌍 Sochiqlar kuni. 🇺🇳 BMT - Xalqaro bedarak ketgan bolalar kuni. 🌏 Butunjahon qalqonsimon bez kuni. 🇬🇷 Argentina — May inqilobi kuni. 🇵🇸 Iordaniya — Ozodlik kuni (Mustaqillik kuni). 🇷🇺 Rossiya — Filologlar kuni. 🇸🇩 Sudan — Inqilob kuni. 🇹🇲 Turkmaniston — Ashxobod shahri kuni. 🇺🇦 Ukraina — Kiyev shahri kuni. ⏳ Tarixiy  voqealar: 🔰 1787 - AQSh Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun Jorj Vashington raisligida Filadelfiyada Konstitutsiyaviy Konvent yig'ildi. ❇️ 1833 - Chili konstitutsiyasi qabul qilindi. 🏛 1869 - Vena opera teatri binosi ochildi. ⚔️ 1895 - Oscar Uayld ikki yil katorgaga hukm qilindi. 🎗 1935 - Jessie Ouens yengil atletika boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. 🏢 1957 - SSSRdagi eng yirik mehmonxona - "Ukraina" ochildi. ❗️ 1994 - Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 🎉 Bugun tug''ilganlar: 🧑‍🔬 1865 - Piter Zeyeman (1943) - golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1902). 🤵‍♂️ 1865 - Jon Rayli Mott (1955) - amerikalik jamoat va diniy arbob, Nobel mukofoti sohibi (1946). 🤵🏻 1892 - Iosip Broz Tito (1980) - taniqli siyosatchi, sobiq Yugoslaviya Xalq Federativ Respublikasi Prezidenti. 🤵🏻‍♀️ 1926 - Farogʻat Rahmatova (2014) - aktrisa va xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 🧑🏻‍💼 1939 - Sir Ian Murray McKellen - britaniyalik aktyor.  👩‍💼 1971 - Kristina Orbakayte - Rus estrada xonandasi. 👨‍💼 1971 - Jastin Genri - amerikalik kinoaktyor. ⚽️ 1985 - Demba Ba - Senegallik futbolchi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 Joriy yilning 15-may kuni soat 16:00da Andijon shahridagi Nodirabegim nomli istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkaziladi. Andijon davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida, "Milliy qadriyatlar sayli" doirasida, "Tosh koʻtarish", "Arqon tortish" boʻyicha oʻtkaziladigan sport musobaqalariga taklif etamiz. Eslatib oʻtamiz: Ushbu saylga 15-may kuni soat 16:00da boshlanadi. Qatnashmoqchi boʻlgan ishtirokchilar fakultet yoshlar ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariga murojaat qilishingiz mumkin. “Milliy qadriyatlar sayli”ga tashrif buyuring va jonli tomosha qiling! 🔔𝐀𝐧𝐝𝐢𝐣𝐨𝐧 𝐝𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐩𝐞𝐝𝐚𝐠𝐨𝐠𝐢𝐤𝐚 𝐢𝐧𝐬𝐭𝐢𝐭𝐮𝐭𝐢, 𝐉𝐢𝐬𝐦𝐨𝐧𝐢𝐲 𝐦𝐚𝐝𝐚𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢 𝐦𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢 🌐𝑹𝒂𝒔𝒎𝒊𝒚 𝒔𝒂𝒉𝒊𝒇𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒌𝒖𝒛𝒂𝒕𝒊𝒃 𝒃𝒐𝒓𝒊𝒏𝒈👇🏻 ✅ Telegram 🌐 Instagram
نمایش همه...
01:09
Video unavailableShow in Telegram
#live Andijon davlat pedagogika institutida oʻtkazilayotgan "Kareyra kuni" ishtirokchilari institutda yaratilgan shart-sharoitlar va dars jarayonlari bilan bevosita tanishmoqdalar. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
01:13
Video unavailableShow in Telegram
#live Ayni daqiqalarda Andijon davlat pedagogika institutida "Kareyra kuni" oʻtkazilmoqda. Ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari koʻtarinki ruhda kutib olinmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Andijon viloyati bo‘limi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan onlayn viktorinaga start berdi!Tanlovning 1 bosqichi, 15 may kuni 23:59 ga qadar davom etadi. 🔅Tanlov shartlari: 🔹Tanlovda ishtirokchilarga Muhammad Yusuf  ijodi haqida 50 ta tеst savoli taqdim qilinadi. Har bir savol uchun esa 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Javob bеrishni barcha ishtirokchilar bir xil vaqtda boshlashlari va bеlgilangan muddatda tugatishlari kеrak bo'ladi. Bеlgilangan muddatda tеst ishlamagan ishtirokchilarning natijalari inobatga olinmaydi ✅Tanlovning 2-bosqichi Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limining hududiy bo'linmalarida bo'lib o'tadi. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin – Artel Smart TV 32 hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari; 🥈2-o‘rin – Duxovaya pеchi hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari; 🥉3-o‘rin – Tеrmopot hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari; 🎗4-10-o‘rinlar – Elketrochoynak hamda bir donadan “Xamsa”,“Boburnoma” kitoblari; ⌚️Tanlov targ'ibotida faol ishtirok etib eng ko'p rеfеral to'plagan 5 nafar ishtirokchi ham “Eng faol loyiha targ'ibotchisi” nominasiyasi g'olibi dеb topiladi va har biri “Tеrmos” va bir donadan “Xamsa”, “Boburnoma” kitoblari bilan taqdirlanadi. Tanlov davomida har bir ishtirokchi faqat bitta akkauntdan qatnashishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq akkauntlar orqali ishtirok etish holatlari aniqlansa, o‘sha ishtirokchining natijasi bekor qilinadi va o‘zi tanlovdan chetlatiladi. 👉 Tanlov nizomini o‘qish ❓Tanlov yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, @tanlovsorovnoma orqali javob olishingiz mumkin! Tanlovda ishtirok etish 👇 https://t.me/tanlovsorovnoma_bot?start=5935503528
نمایش همه...
👍 1