cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Elektrotexnika | Rasmiy kanal

Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali siz, fakultetda kechayotgan barcha jarayonlar haqida to’liq axborotga ega bo’lasiz.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
257
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

03:21
Video unavailableShow in Telegram
Futbol bo’yicha Olimpiya terma jamoamiz Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanma olgani munosabati bilan Uzbekistan's club "Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba" loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida Olimpiya termamiz uchun rasmiy madhiya yaratilib, maxsus video ishlanibdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov ham o’tkazilmoqda. 20-iyulgacha #qonimdagalaba xalqaro chellenji o‘tkaziladi. Unda 50 million so‘m yutib olish mumkin. Sharti: “O‘zbekistonlik” qo’shig’iga 1 daqiqalik futbol mavzusida video olish va uni #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram'ga joylash kerak bo’ladi. Sportchilarimizga ham, tanlovda qatnashadiganlarga ham omad tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Telegram 2.mp455.25 MB
#yoshlarkuni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali bayram tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda. Jumladan, “Talaba” sport klubi hamda institut xodimlar va talabalar kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan yangi bunyod etilgan sport majmuasida sportning futbol, sahro voleyboli, shaxmat-shashka, kamondan oʻq otish, turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥⏺⏺#Qadrli_Yoshlar
Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!
💐 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlangʻich tashkiloti jamoasi nomidan bugungi sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz! 🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✍️ Ilhomjon Kabulov Turgunboyevich Andijon mashinasozlik instituti yoshlar yetakchisi, rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#yoshlarkuni ⚡️30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi.
Festival Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Tadbirda soʻzga chiqqan institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev soʻnggi yillarda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz yuritishib, barchani bayram bilan samimiy qutladi hamda ularga sogʻlik-salomatlik, oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan soʻng, barcha ishtirokida aholi oʻrtasida sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi. Maʼlumot uchun, festival doirasida bugun soat 7:00dan 21:00ga qadar yoshlar uchun turli koʻngil ochar shoular, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tadbirlari kun davomida boʻlib oʻtadi. Barcha yoshlarni ushbu koʻtarinki tadbirlarga taklif etamiz. Bayramni aʼlo kayfiyatda, biz bilan birga nishonlang! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
#yoshlarkuni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali bayram tadbirlari koʻtarinki ruhda davom etmoqda. https://youtu.be/s6SzjU9J5Co Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
Andijon mashinasozlik instituti “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” yoshlar festivali

#yoshlarkuni ⚡️30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Tadbirda soʻzga chiqqan institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev soʻnggi yillarda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz yuritishib, barchani bayram bilan samimiy qutladi hamda ularga sogʻlik-salomatlik, oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan soʻng, barcha ishtirokida aholi oʻrtasida sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi. Maʼlumot uchun, festival doirasida bugun soat 7:00dan 21:00ga qadar yoshlar uchun turli koʻngil ochar shoular, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tadbirlari kun davomida boʻlib oʻtadi. Barcha yoshlarni ushbu koʻtarinki tadbirlarga taklif etamiz. Bayramni aʼlo kayfiyatda, biz bilan birga nishonlang!#tezkor_xabar #янгиликлар #uzbekistan #тезкор #tezkor #расман #new #yangiliklar#uzbek #uzbekistan #andijon #yangiliklar #andijan #dollar #daryo #kunuz #qalampiruz #human #tashkent #tashkentcity #andijonmashinabozori #and #institute #university #talaba #student #mashinasozlik #mashina_narxlari #elektronik #iqtisodiyot #super #tezkor #intervyu #islam #shorts_video #xabarlar #xabarlaruz #namangan #fargona #fergana #vodiyuz #professor

👍 1
Repost from ANDIJON YOSHLARI
00:21
Video unavailableShow in Telegram
📢 Aziz andijonliklar, qadrli yoshlar, galakonsertga marhamat! ⚡️ 30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan barcha andijonliklarni yoshlar galakonsertiga taklif qilamiz! Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz.30-iyun soat 18:00da Andijon shahridagi universal sport majmuasida barchangizni kutamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling. ✅ Konsert mehmonlari: 😎"VIA Marokand" 😎Shaxriyor 😎Jaloliddin Ahmadaliyev 💯 Kirish mutlaqo bepul. Galakonsert manzili. Bizning sahifalarimiz: 📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
نمایش همه...
0630(2).mp49.65 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥⏺⏺#Qadrli_Yoshlar Hurmatli yigit va qizlar! Qadrli talaba-yoshlar! Sizlarni Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda nishonlanib kelinayotgan 30-iyun – Yoshlar kuni bilan Andijon mashinasozlik instituti jamoasi nomidan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Bu kun, nafaqat yoshlikni, balki yangicha fikrlashni, ijodkorlikni va gʻayratni nishonlash kunidir. Bu qutlugʻ ayyomda cheksiz umid, ishtiyoq va imkoniyatlar yoshlikning asosiy boyligi ekanini his etgan holda begʻubor yoshlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etaman. Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, oʻgʻil-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik Oʻzbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz. Ushbu qutlugʻ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va begʻubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Oʻz oldingizga qoʻygan ulkan va xayrli maqsadlardan chalgʻimay doimo olgʻa yurishingizga, yuqori marralarni zabt etib, mamlakatimiz va xalqmiz taraqqiyotiga oʻz hissangizni qoʻshishingizga tilakdoshmiz. Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman. Hayotingiz sermazmun va rang-barang, unda hamma narsa – oʻqish va ilm, boʻsh vaqt va jamoat ishlari, sevgi va doʻstlik uchun joy boʻlsin! Bayramingiz muborak boʻlsin!
✍️
Umid Turdialiyev, Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
📌 Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. ❓Kredit kimlarga beriladi? ➖ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari); ➖ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi? ➖ Kunduzgi; ➖ Sirtqi; ➖ Kechki. Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️ ❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti? Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.Toʻlash qachondan boshlanadi? Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. ❓Qanday hujjatlar kerak? ➖ bankka ariza; ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat; ➖ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi; ➖ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. ❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kanalga obuna bo’ling⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
نمایش همه...
Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 💰REKLAMA xizmati, taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti barcha Matbuot va ommaviy axborot vositari xodimlari kuni bilan qutlaydi.
1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi.
Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik va ezgulik xabarchisi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun o‘z bayramlarini nishonlayotgan barchani ushbu sana bilan tabriklaymiz va halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda tanlagan ishiga fidoyiligi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz! ⠀ Samarali ijodingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, barcha rejalaringiz va g‘oyalaringiz amalga oshsin. Xurmat bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti dekani D.Alijanov. Kanalni kuzatishda davom eting! https://t.me/elfakultet
نمایش همه...
👍 2
00:39
Video unavailableShow in Telegram
26 iyun - Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuni
BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga (№42/112). binoan har yili 26 iyunda Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuni (International Day against Drug Abuse and Illicit Trafficking) nishonlanadi. Har yitli oʻtkazilaldigan tadbirlarga aloxida nom beriladi. Bu yitlgi shoior “Avvalambor eshiting” deb nomlangan. Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab boʻladi. Jumladan, demografik fojyealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik koʻzga tashlanadi. Jahonda qayd qilinadigan oʻlimlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir boʻladigan oʻlim 19 oʻrinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. 1909 yilning fevral oyida 13ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida Shanxayda toʻplanishdi. Oʻshanda Shanxay komissiya tashkil etilgshan edi. BMT Bosh Assambleyasining tan olishicha, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi muammoligicha qolmoqda. Bu muammo hamon jiddiy tahdid sifatida koʻriladi. Maʼlumotlarga koʻra, 15 yoshdan 64 yoshgacha boʻlganlar orasida qayd etiladigan oʻlimlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 211 mingta oʻlim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropada giyohvandlik oqibatida halok boʻlayotganlarning oʻrtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning soʻzlariga qaraganda giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi VIChga mubtalo boʻladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi. Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo boʻlayotganlarga qarata bir ogʻiz gap aytish kerak. Hayot goʻzal, yashash yaxshi. Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Shu sababli oʻzingizni chohga tashlamang. Agar siz oʻlim suyuqligi solingan shpritsni qoʻlingizga olar ekansiz, kelajagingizni umrbod qorongʻulik qaʼriga tashlashingizni unutmang. Unutmang qoʻlingizga giyohvand modda berilar ekan, siz yoʻq degan qatiy soʻzni ayting. Shundagina tirik qolasiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
نمایش همه...
giyohvandlik.mp416.06 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.