Pivot.uz | Startap va texnologiya
رفتن به کانال در Telegram
Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari 👉🏻 English: @pivotglobaal 👉🏻 Hamkorlik va reklama: @pivotuzmedia
نمایش بیشتر9 391
مشترکین
-1124 ساعت
-537 روز
-14730 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+17
در 3 کانالها
اوت '26
+135
در 13 کانالها
Get PRO
ژوئیه '26
+294
در 26 کانالها
Get PRO
ژوئن '26
+443
در 33 کانالها
Get PRO
مه '26
+156
در 13 کانالها
Get PRO
آوریل '26
+139
در 30 کانالها
Get PRO
مارس '26
+191
در 33 کانالها
Get PRO
فوریه '26
+337
در 52 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+204
در 43 کانالها
Get PRO
دسامبر '25
+272
در 38 کانالها
Get PRO
نوامبر '25
+1 112
در 49 کانالها
Get PRO
اکتبر '25
+310
در 41 کانالها
Get PRO
سپتامبر '25
+667
در 18 کانالها
Get PRO
اوت '25
+649
در 18 کانالها
Get PRO
ژوئیه '25
+287
در 35 کانالها
Get PRO
ژوئن '25
+2 608
در 30 کانالها
Get PRO
مه '25
+1 042
در 30 کانالها
Get PRO
آوریل '25
+2 730
در 26 کانالها
Get PRO
مارس '25
+2 948
در 69 کانالها
Get PRO
فوریه '25
+189
در 15 کانالها
Get PRO
ژانویه '25
+526
در 30 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+2 396
در 45 کانالها
Get PRO
نوامبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '240
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '240
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '240
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '240
در 0 کانالها
Get PRO
مه '240
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '240
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '24
+49
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 06 سپتامبر | +1 | |||
| 05 سپتامبر | +1 | |||
| 04 سپتامبر | +5 | |||
| 03 سپتامبر | +1 | |||
| 02 سپتامبر | +8 | |||
| 01 سپتامبر | +1 |
پستهای کانال
Claude Code Mac’ni bir necha soatga ishdan chiqardi
iOS ilovasi ustida ishlayotgan dasturchi Mac’dagi vaqtni o‘zgartirish uchun Claude Opus 5dan yordam so‘ragan. Claude Code "sudo" huquqlari bilan bajariladigan buyruqni taklif qilgan, foydalanuvchi esa uni tekshirmasdan ishga tushirgan.
Natijada kompyuterning tizim sanasi 4026-yilga o‘zgargan. Shundan so‘ng Mac qora ekran va kursor bilan qolib, foydalanuvchi bir necha soat davomida kompyuterdan foydalana olmagan.
Reddit foydalanuvchisining aytishicha, u hatto bir haftalik ishini yo‘qotishidan xavotirlangan. Keyinchalik tizimni tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Voqea AI-kodlash vositalaridan foydalanishda terminal buyruqlarini ko‘r-ko‘rona ishga tushirmaslik kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi.
@pivotuzbekistan
| 2 | Janubiy Koreya barcha fuqarolar uchun bepul AI xizmatini ishga tushirmoqda
Janubiy Koreya hukumati “AI for All” dasturi orqali barcha fuqarolarga generativ sun’iy intellekt xizmatlaridan bepul va foydalanish limitisiz foydalanish imkonini beruvchi milliy xizmatni yo‘lga qo‘ymoqda.
Loyihani SK Telecom, Kakao va KT boshchiligidagi uchta konsorsium amalga oshiradi. Hukumat 2026-yilda ushbu kompaniyalarga jami 512 ta NVIDIA B200 GPU taqdim etishni rejalashtirgan.
Yangi AI xizmati nafaqat savollarga javob beruvchi chatbot, balki fuqarolarga davlat xizmatlari va turli imtiyozlardan foydalanishda yordam beruvchi AI agent sifatida ham ishlashi ko‘zda tutilgan.
Hukumat uzoq muddatda har bir fuqaro uchun shaxsiy AI agentidan foydalanish imkonini yaratishni maqsad qilgan. Dastlabki xizmatlar yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
@pivotuzbekistan | 1 473 |
| 3 | Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi
“Sanoat inqilobi insoniyat jamiyatini tubdan o‘zgartirish uchun butun bir asr sarfladi. Sun'iy umumiy intellekt (AGI) esa bundan 10 barobar kuchliroq ta'sirga ega bo‘ladi va bu o‘zgarishlar bor-yo‘g‘i 10 yil ichida yuz beradi.” — Demis Hassabis
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 488 |
| 4 | Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?
22–25-sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi dasturda texnologik tadbirkorlik, venchur bozori va xalqaro miqyosda kengayishga alohida e’tibor qaratiladi. Bir maydonda mahalliy va xorijiy founderlar, venchur fondlari, biznes farishtalar, global texnologik kompaniyalar vakillari hamda soha ekspertlari jamlanadi.
🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 543 |
| 5 | Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi
27-avgustda imzolangan prezident farmoniga koʻra, 2027-yil 1-yanvardan yagona bojxona toʻlovini tovar qiymatining 20 foizigacha pasaytiriladi, bunda eng kam toʻlov kilogrammiga $2 etib belgilanadi. Amaldagi stavka 30 foizni, eng kam toʻlov esa kilogrammiga $3 ni tashkil etadi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 464 |
| 6 | Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi
2026-yil 2-sentabr kuni tasdiqlangan yangi boshqaruv tarkibida markazning sobiq rahbari Amir Mardiyev maxsus huquqiy rejim bo‘yicha o‘rinbosar etib belgilandi. Shuningdek, Elyor Maqsudov, Bahodir Ayupov va Sardorjon Ahmedov ham boshqaruv raisi o‘rinbosarlari sifatida faoliyat olib boradi.
Farhod Ibragimov 2017-yildan texnoparkni (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsiya markazi) boshqargan, 2025-yil fevralidan esa IT Park Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi sifatida Enterprise Uzbekistan loyihasini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan | 1 603 |
| 7 | Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi?
Marketingga e'tibor qaratishdan oldin, avvalo muammo qayerda ekanini aniqlash kerak.
WP Engine asoschisi va 60 dan ortiq startaplar bilan ishlagan investor fikricha, mahsulot o‘sishining sekinlashishiga marketingdan ko‘ra boshqa omillar sabab bo‘lishi mumkin: mijozlarni ushlab qolishdagi muammolar yoki noto‘g‘ri belgilangan narx.
Masalan, kompaniya har oy 100 ta yangi mijoz jalb qilsa, lekin mijozlarning 5 foizini yo'qotsa, uning nazariy o‘sish chegarasi atigi 2 000 ta mijoz bo‘ladi.
Yana bir qiziq tomoni shundaki: narxni 12 baravar oshirish ham har doim sotuvlarni tushirib yubormaydi. Ba’zan yuqoriroq narx kompaniyaga shunchaki ko‘proq emas, to‘g‘ri mijozlarni olib keladi.
Xo‘sh, mahsulot o‘sishi to‘xtaganda founder nimalarga e'tibor qaratishi kerak?
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 622 |
| 8 | Imkon Ventures Dcard startapiga $20 000 investitsiya kiritdi
Platforma foydalanuvchilarga bitta ilova orqali barcha hamkor bizneslarning chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlaridan foydalanish imkonini beradi. Bizneslar uchun esa alohida merchant paneli taqdim etiladi — u orqali hamkorlar chegirma shartlarini mustaqil boshqarishi, savdo ma'lumotlarini real vaqt rejimida kuzatishi va mijozlar oqimini tahlil qilishi mumkin.
Dcard ikki tomonlama daromad modeli asosida ishlaydi: hamkor bizneslardan platforma orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo'yicha 5% komissiya olinadi, foydalanuvchilar esa oyiga 70 000 so'm miqdoridagi obuna orqali kengaytirilgan imtiyozlardan foydalanadi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan | 1 769 |
| 9 | Nvidia AI platformasi bitimi doirasida Hugging Faceʼni $12,93 milliardga sotib oldi
ensen Huang ishlab chiquvchilar Nvidia uskunasidan foydalanishi shart boʻlmagan holda modellar, bulutlar va hisoblash platformalarini tanlash imkoniyatini saqlab qolishini aytdi.
Nvidia Hugging Faceʼni $12,93 milliardga sotib oldi, deya maʼlum qildi chip ishlab chiqaruvchi kompaniya. Bitim orqali u modellar, ilovalar va maʼlumotlar toʻplamlarini ulashishga moʻljallangan AI platformasiga egalik qiladi.
Nvidia maʼlumotiga koʻra, Hugging Face uch million model, 18 milliondan ortiq ishlab chiquvchi foydalanadigan bir million ilova va 500 mingta maʼlumotlar toʻplamini joylashtiradi. Ishlab chiquvchilar platformadan AI modellarini va ular bilan bogʻliq vositalarni topish, yaratish hamda ishga tushirish uchun foydalanadi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan | 1 658 |
| 10 | O‘zbekistonda startaplar uchun yangi moliyalashtirish dasturi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda startaplarni moliyalashtirish va xususiy investorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu bo‘yicha chora-tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti yakunlari asosida imzolangan farmonda belgilangan.
Yangi chora-tadbirlar mamlakat startap ekotizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu ekotizimda IT Park Uzbekistan texnologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, venchur bozorini rivojlantirish hamda startaplar va investorlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga ko‘maklashadi.
Hujjatga ko‘ra, 2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida UzVC milliy venchur fondi 8 ta ustuvor yo‘nalishda ochiq tanlov asosida jami 30 tagacha startapni moliyalashtiradi.
Har bir loyiha 5 mlrd so‘mgacha investitsiya olishi mumkin. Moliyalashtirish 3 yil muddatga foizsiz va garovsiz konvertatsiyalanadigan qarz yoki SAFE shaklida amalga oshiriladi. Davlatning startapdagi ulushi 49 foizdan oshmaydi. Founderlar esa keyinchalik ushbu ulushni bozor qiymatida sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan | 1 761 |
| 11 | GRAND DEMO DAY ga saralash boshlandi !
Jonli efirda kuzatish uchun: havola
@pivotuzbekistan | 1 682 |
| 12 | Apple bitta raqamni ikki iPhone’da ishlatish imkonini beradi
Apple iOS 27’da iPhone Handoff funksiyasini joriy qilishi kutilmoqda. U orqali bitta telefon raqamini ikkita iPhone’da ishlatish mumkin bo‘ladi.
Buning uchun asosiy iPhone’da eSIM, ikkinchi qurilmada esa yordamchi eSIM ishlatiladi. Funksiya operator qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi va dastlab AQSh hamda Germaniyada ishga tushishi mumkin.
iOS 27 2026-yil kuzida foydalanuvchilarga taqdim etilishi kutilmoqda.
@pivotuzbekistan | 1 899 |
| 13 | Aziza AI’ning Xitoy bozoriga chiqishi bo‘yicha ilk PoC bosqichlari boshlandi
Startup Garage rezidenti Aziza AI loyihasi 26–29-avgust kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit doirasida Xitoyning HR va texnologiya ekotizimi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Sammit Aziza AI jamoasiga o‘zining sun’iy intellekt asosidagi HR yechimlarini xalqaro auditoriyaga, potensial mijozlar va texnologik hamkorlarga taqdim etish imkonini berdi.
Tadbir davomida Aziza AI bir qator yirik tashkilotlar bilan pilot rejimida hamkorlikni boshlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Telegram | Instagram | LinkedIn | 1 833 |
| 14 | $100 minglik bitimni yopish uchun mahsulotning o‘zi yetarli emas
Yirik kompaniyalarga mahsulot sotishda “bizda yaxshi mahsulot bor” deyish kamlik qiladi. Qaror qabul qiluvchilar kim? Mijozning asosiy muammosi nima? Demo qachon ko‘rsatilishi kerak?
Enterprise sales bo‘yicha mutaxassis Jen Abel yondashuvida $100 minglik va $1 millionlik bitimlarni yopishning asosiy tamoyillari bir-biriga o‘xshash.
• Founder nega sotuv jarayonining o‘zida bo‘lishi kerak?
• Nega birinchi uchrashuvda demo ko‘rsatish xato bo‘lishi mumkin?
• “Arzonroq” taklifi nega yirik mijoz uchun yetarli emas?
• Kompaniya ichidagi champion nima uchun muhim?
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 771 |
| 15 | Startapga investitsiyani qayerdan jalb qilish mumkin?
Startapingiz uchun investor qidiryapsizmi? O‘zbekistonda buning uchun venchur fondlar, angel investorlar, grantlar va akseleratorlar tobora ko‘paymoqda.
Ro‘yxatda UzVC, IT Park Ventures, Aloqa Ventures, Yoshlar Ventures, Sturgeon Capital, CS// Angels kabi fond va investorlar, shuningdek President Tech Award, MUNIS, Startup Garage, Plug and Play, Techstars kabi dasturlar bor.
Lekin investor topish — faqat kontakt topishdan iborat emas. Founder pitch, valuation, equity, due diligence va term sheet kabi jarayonlarga ham tayyor bo‘lishi kerak.
➡️ Startaplar uchun investitsiya manbalari va investorlar ro‘yxati
@pivotuzbekistan | 1 802 |
| 16 | Universitetlarga talaba startaplariga $20 ming investitsiya kiritishga ruxsat beradi
Oʻzbekistondagi universitetlar 2026-yilga moʻljallangan milliy qoʻllab-quvvatlash tizimi doirasida talabalar va ilmiy xodimlar ishtirokidagi alohida startaplarga oʻz mablagʻlari hisobidan $20 minggacha investitsiya kiritishi kutilmoqda.
“Universitetlar — startaplar generatori” deb nomlangan dastur 2026-yil 1-sentabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Universitetlar, IT Park Uzbekistan va venchur fondlari talaba akseleratorlarini tashkil etishi kutilmoqda; ularda startap menejerlari va trekerlar oʻz loyihalarini ishlab chiqayotgan jamoalarni qoʻllab-quvvatlaydi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 2 075 |
| 17 | Garovsiz 5 milliard so‘m va 3 yillik erkinlik: PF-175 farmoni biznesga nimalar beradi?
Startap asoschilari uchun:
• Garovsiz va foizsiz 5 mlrd so‘mgacha investitsiya: "Kelajak Tadbirkori" dasturi doirasida eng yaxshi loyihalarga 3 yil muddatga garov talab etilmasdan va foizsiz pul ajratiladi (SAFE yoki kelgusida ulushga almashtiriladigan qarz shaklida).
• Davlat ulushidan xavfsiz chiqish: Loyihadagi davlat ulushi 49 foizdan oshmaydi va kelajakda ushbu ulushni o‘zingiz sotib olishingiz mumkin.
• Maxsus "Sandbox" rejimi: 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha (robototexnika, agrotex, dronlar, energiyasamaradorlik va b.) 30 tagacha startap uchun ortiqcha cheklovlarsiz tajriba o‘tkazish imkoni yaratiladi.
• Bozorga kirishda yordam: Vazirlik va idoralar loyihalarni sinovdan o‘tkazish va ilk buyurtmalarni olishda ko‘maklashadi.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 900 |
| 18 | Smartup Plug and Play venchur fondidan investitsiya jalb qildi
Markaziy Osiyodagi B2B va SaaS yechimlari boʻyicha yetakchi loyihalardan biri boʻlgan Smartup AQSHning mashhur Plug and Play venchur fondidan investitsiya jalb qilganini eʼlon qildi.
15 yildan buyon B2B hamda FMCG sohasidagi distributsiya jarayonlarini (savdo vakilidan to retail raflarigacha) avtomatlashtirish boʻyicha ish olib borayotgan Smartup bugungi kunda:
• 11 ta mamlakatda 800 dan ortiq kompaniyalarga xizmat koʻrsatmoqda;
• 28 000 dan ortiq faol litsenziyaga ega;
• Markaziy Osiyo SFA (Sales Force Automation) bozorining taxminan 30 foizini egallab turibdi.
Kompaniya ushbu bosqichdan soʻng Smartup ekotizimini kengaytirish hamda MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) bozoriga chiqishni oʻzining navbatdagi strategik maqsadi sifatida belgilagan.
@pivotuzbekistan | 1 717 |
| 19 | Anthropic Claude Fable 5.1’ni taqdim etdi
Anthropic 1-sentabr kuni yangi Claude Fable 5.1 modelini chiqardi. Kompaniya uni murakkab reasoning, uzoq davom etuvchi agentic coding va ko‘p bosqichli research vazifalari uchun mo‘ljallagan.
Benchmarklarda:
— Terminal-Bench-Science: 52,6% — Fable 5’dagi 24,7%dan 2 barobardan ko‘proq yuqori;
— Terminal-Bench 4.0: 55,8% vs 42%;
— CursorBench: 73,4% vs 70,5%.
Model 1 mln tokenlik context window va 128 ming tokenlik maksimal outputni qo‘llab-quvvatlaydi.
Input narxi $10, output $50 / 1 mln token bo‘lib, Fable 5 bilan bir xil. Biroq cache read narxi 75% ga kamayib, $0,25 / 1 mln tokengacha tushirilgan. Anthropic’ga ko‘ra, bu agentic workloadlarda xarajatni 45% gacha kamaytirishi mumkin.
@pivotuzbekistan | 1 831 |
| 20 | 35 yil - 35 raqam
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pivot.uz mamlakat biznes va texnologiya sohasidagi o'zgarishlarni raqamlarda jamladi.
• 400 mingdan ortiq faol korxona, kichik biznesning YaIMdagi ulushi — 47,5%.
• IT Park eksporti 2017-yildagi 8 ta mamlakatdan 102 tagacha kengaydi, 1 050 ta eksportchi rezident kompaniya ishlamoqda.
• Startup ekotizimi $4,5 mlrdga baholanmoqda, $2 mlrd venture capital jalb qilish maqsad qilingan.
• Banklararo to'lovlar 7 279 trln so'mga yetdi, xorijdan P2P o'tkazmalar bir yilda 1,4 baravar oshdi.
• GameDev eksporti uch yilda 21 baravar o'sib, $200 mlnga yetdi.
• IT Park eksportining 54%i Shimoliy Amerikaga, 16%i Yevropaga, 8%i MENAga to'g'ri keladi.
Keyingi 35 yil — kompaniyalar sonidan ko'ra, global bozorda raqobatbardosh kompaniyalar yaratish haqida.
Pivot jamoasi barchani Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi bardavom bo'lsin!
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Instagram | LinkedIn | YouTube | 1 799 |
