cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Geek Gang

Geek olamiga xush kelibsiz! «When you play Game of Thrones you win or you die», — Jorj Martin. Taklif va shikoyatlar uchun: @geekgang_adminlar Donat qilmoqchi boʻlganlar uchun: @geekgang_donaters

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
461
مشترکین
+1824 ساعت
+1477 روز
+13330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Muallif Martin Tyrion obraziga qanchalik kuchli mehr qo'yganiga yana bir isbot😁 - Bosh vaziringiz sifatida kimni tanlagan bo'lardingiz, Tywin Lannister yoki Otto Hightower ? - Kechirasiz, lekin Tyrion Lannisterni o'zimga olsam bo'ladimi) Sizning bosh vazir tanlovingiz kim ?
نمایش همه...
🔥 9🤣 5❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Muallif G.R.R Martin "Ajdar Xonadoni" serialining 2 mavsumida, Haelena Targaryen rolini ijro etayotgan aktrisa Phia Sabanning mahoratidan hayratda qolganini tan oldi. "Kitobda, Haelena to'ladan kelgan, quvnoq, baxtli yosh ayol edi, 12 yoshidan boshlab ajdar chavandoziga aylangan Haelenaning eng katta quvonchi - sevimli ajdari Dreamfyrening osmonda parvoz qilishi edi. Serialda uning xarakteridagi noodatiylik kitobda deyarli ochiqlanmagan, bashorat qilish qobiliyati haqida esa deyarli so'z bormagan edi, Haelena serial mualliflarining ijod mahsuliga o'xshab qolgan, ammo men bu bo'yicha hech qanday muammo ko'rmayabman. Phia Sabanning Haelenasi mening Haelenamdan ko'ra jozibaliroq va qiziqarliroqdir. 2 mavsum boshlangandan buyon uning ijro mahoratidan lol qolmoqdaman. 1 mavsumda, Martin Vizeris 1 aktyori Paddy Considine ijrosini yuqori baholagan va shaxsan aktyorning o'ziga "sening Vizerising menikidan yaxshiroq" degan xabar yo'llagan edi. Sizga 2 mavsumda qaysi obraz ijrosi ko'proq yoqyabdi ?
نمایش همه...
13🔥 4❤‍🔥 3 2
Deni Vilnyovning uchta filmini tomosha qilganman. Uchchovi ham vizualizatsiya, arxitektura va ranglar boʻyicha bir-biridan qolishmaydigan darajada kuchli. Grafika tomonidan xato topish deyarli imkonsiz, barchasi oʻz maromida. Rassomlarning ishini tomosha qilib turib ham filmni qanday qilib tugatib qoʻyganingni sezmay qolasan. Simmetrik kadrlar xayolingni oʻgʻirlab qoʻyadi, vujudingni egallab, oʻz dunyosiga olib ketadi. Tasvirlar va kinematografiya borasida Vilnyov eng yaxshi rejissorlardan biri, balki eng yaxshi hamdir. Aql-u hushingni oʻgʻirlab qoʻyadigan operatorlik ishi uchun 2017-yil Oskariga davogar boshqa film boʻlmagan deb oʻylayman, aksariyati hatto yaqiniga ham kela olmaydi. Boshqa tomondan kelajakka oid filmlarni yaratish oson, boʻlishi mumkin boʻlgan voqealarni tahmin qilib ishlayverasan deyishinglar mumkin va bu oʻrinli tanqid. Ammo, bu loyihada chizmalar shu darajada ideallashgan-ki, arxitektura maktablari uchun darslik sifatida ishlatsa boʻladi. Agar soham arxitektorlik boʻlganida, hech oʻylamay Vilnyovning filmlaridan andozalar olgan boʻlardim. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham mavjud. Yuqoridagi gaplarim Vilnyovning fenomeniga hurmatimni ifoda etish uchun edi. Ammo, rejissorning men koʻrgan uchta filmida bir nuqson bor va u har doim koʻnglimni yarimta qiladi. Hammaga birdek yoqishning yoki barchasini birdek mukammal yaratish mushkul. Har bir insonning kimgadir yoqmaydigan tomoni boʻladi, hattoki eng yaqin doʻstingni yoki simpatiyang bor qizni ham gʻashingni keltiradigan odati boʻlishi mumkin. Lekin sen ularni katta-kichik xatolariga qaramay sevaverasan. Xuddi shunday har bir rejissorning ham oʻziga yarasha ixtisoslashgan sohasi bor. Tarantino syujetni oʻziga xos yaratishi va aktyorlarni xarizmatik tomondan chiroyli yoritib berishi sababli katta-yu kichik avlod uchun mos rejissor. Undan fantastik janrdagi loyihaning tasavvur qilish sal erish tuyuladi, lekin shunaqa film ishlasa juda bir menbop boʻlardi. Vilnyov esa gʻirt fantast rejissor. Undan Tarantinodaka jangari mahsulotni tasavvur qilolmayman, ammo shunaqasi chiqib qolsa-yu, ilk seansiga bormasam butunlay yigʻishtirib qoʻyay kino koʻrishni. Ikkisi ikki olam, lekin Tarantinoni fantast boʻlmagani uchun ayblay olmaysan. Vilnyovni esa oʻziga xos boʻlmagan syujeti uchun tanqid qilsa boʻladi. “Blade Runner”dagi chizmalar va vizualistik ishlarni odatiy fantastik filmlar darajasiga tushirib tasavvur qilib koʻrsa, filmda nima qolishini bir oʻylab koʻrish kerak. Mashhur aktyorlar ijrosi ham yordam bera olmaydi tanqidlarni kamaytirishga. Deyarli uch soat ekran qarshisida zerikmagan boʻlsam, buning hammasiga vizualistik topqirliklar sababchi. Dialoglar xuddi momentlardagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun atayin sekin gapirilayotgandek tuyuldi. Film sahnalarini choʻzgandan koʻra boshqa obrazlarga ham ekran vaqti berib, ularni kengroq ochib bersa syujet bir oz boʻlsayam qiziqroq boʻlardi. Uni oʻrniga esa biz bir nechta aktyorlar atrofida aylanadigan syujetni koʻramiz. Filmni bitta personajga bogʻlab qoʻyish, voqeani sun'iy ravishda choʻzishga olib kelishligini “Blade Runner” misolida koʻrsa boʻladi. Vilnyov bir intervyusida oʻzi ham aytgan:
“Dialoglarga unchalik ham eʼtibor bermayman, men uchun tasvirlar va musiqa birinchi darajali”, deb.
Filmni yaratib qoʻyib, oʻzing tushunib ol degandek gap bu. Kino yaxshginia piar boʻlgan. Instagramimda uchta rilsdan bittasida shu filmdan qaysidir sahna chiqib keladi. Agar shunaqa videolar chiqaverib, hiqildogʻimga kelmaganida, shunchaki parvo qilmasligim ham mumkin edi. Yillar oʻtavergani sayin, tobora oʻzining vizual ishlariga mahliyo boʻlib borayotgan rejissor ulgʻayyapti. #film #BladeRunner ©️Kenobi ​​. @geek_gang
نمایش همه...

❤‍🔥 3👍 2 2👏 2🔥 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#trailer #HOTD 🖤 "Ajdar Xonadoni" seriali 2-fasli 4-qismining rasmiy treyleri HBO Max rasmiy saytida e’lon qilindi. 💚 Ushbu qismda bizni katta voqealar kutib turibdi: vanihoyat biz uzoq kutgan “Ajdarlar Raqsi” boshlanmoqda. Reynera ajdarlarni urushga yuborishga qaror qildi. 🙂Bizni Trident yaqinidagi olovli jang kutib turibdi. 😍Yakshanba kuni chiqadigan bu 4-qism nafaqat 2-faslning, balki hozirgacha boʻlgan serialning eng kulminatsion nuqtasi boʻlishi kutilmoqda. Xullas kuzatamiz! Siz qaysi tomondasiz? 🦖 — 🧝‍♀ 🐍 — 🐉 @geek_gang
نمایش همه...
1.46 MB
32 8 3👍 1❤‍🔥 1🔥 1
Besh Qirol (Robb, Renly, Stannis, Balon va Joffrey) qanday yo'l tutishganda taqdirlaridan qochishi mumkin edi yoxud ular yoʻl qoʻygan eng katta xatolari qaysilar? #GOT #ASOIAF @geek_gang
نمایش همه...
Besh Qirol (Robb, Renly, Stannis, Balon va Joffrey) qanday yo'l tutishganda taqdirlaridan qochishi mumkin edi yoxud ularning eng katta xatolari

"Taxtlar o'yini" serialining 2-3-fasli va Jorj Martinning "Muz va Olov Qo'shig'i" turkumiga kiruvchi "Qirollar To'qnashuvi" kitobida 5 qirol urushi voqealari yoritilingan. Ushbu postda yuqorida ismlari keltirilgan qirollarning eng katta xatolari yoki qanday yo'l tutishganda balki 'maqsadiga' erishi mumkinligini ko'rib chiqamiz. Robb Stark

❤‍🔥 12🔥 3 3👏 2💯 2 1🤯 1🆒 1
Jigarlar 4 soat vaqtim ketdi bu postni tayyorlashga (kitoblardan ma’lumot olishim va yozishimga), repost, layk, komment: qoʻlizdan nima kelsa kutaman. 🤩
نمایش همه...
❤‍🔥 28👏 11🆒 5 4🔥 2 2
«Taxtlar oʻyini» olamidagi afsonaviy va noyob jonzotlar haqida 💅 Har bir hayvonni rasmlari bilan koʻrib, tushunishinglar uchun shunday turdagi post tayyorladim! 🐉 @geek_gang
نمایش همه...
"Taxtlar o'yini" olamida ajdarlardan boshqa yana afsonaviy va hayoliy mavjudotlar haqida bilasizmi? 

Ajdarlardan tashqari, faqat yovvoyi bo'ri va manticore serialda koʻrsatilgan. Kitoblarda yana ko'plab boshqa mavjudotlar bor. Ba'zilarini ko'ramiz, ba'zilari haqida faqat eshitamiz. Ba'zilari yo'q bo'lib ketgan, chunki ular ilgari Valeriyada yashagan yoki shunchaki g'oyib bo'lgan. Ushbu postda barcha shunday jonzotlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtamiz: AUROCH

❤‍🔥 33 20👏 8👍 5🤯 5🔥 3 2🎉 1🌚 1
Jaime Lannister aytishi bo'yicha, butun boshli Westeros o'lkasida, faqatgina 2 jangchi uni yengishga yaqin kela olishi mumkin. Xo'sh, ular kim edi. Bugun shu haqida gaplashamiz. Jaime bu 2 jangchi ismini oshkor qilmagan, ammo bizda 3 ta kandidat bor. Birinchisi, shubhasiz Barristan "Jasur" Selmy. Hatto 60 yoshdan oshgan bo'lsa ham, Barristan haligacha monstr jangchi darajasini saqlab qolgandi, uning Daenerys oldiga borganidan keyin qanday karomatlar ko'rsatgani bunga yaqqol misol bo'ladi. + Jaime har doim Aerys gvardiyachilariga boshqacha havas bilan qaragan, Dayne uning qahramoni, Gerald ustozi bo'lsa, Barristan uning nazarida eng daxshatli va mohir jangchilardan edi. Ammo, biz Jaime qanchalik takabbur yigit ekanligini bilamiz. Katta ehtimol bilan Jaime, o'zi va Barristan o'rtasidagi yosh farqini unutmaydi. Va aynan shu yosh farqi, Barristandagi tajriba ustunligini yopib ketishiga ishonadi. Ikkinchi nomzod. Sandor "Ko'ppak" Clegan. Nega bu nomzodni aytishi mumkin, chunki Jaime Sandorning qanchalik kuchli ekanligiga guvoh bo'lgan. Ikkalasi turnirda uchrashganda, Sandor Jaimeni qulata olganligi, muxlislar yodida bo'lsa kerak. Boshqa tarafdan olib qaraganda, Jaime Sandorning qanchalik daxshatli xavf ekanligini biladi. Katta ehtimol bilan ilk nomzod Barristan yoki Sandor. Uchinchi kandidat - Gregor "Qoya" Clegan. Shubhasiz, 2 jangchi Gregor, agar Jaime uni xavf deb hisoblamasa uni takabbur axmoq deyish mumkin. Gregor haqida ortiqcha gapirish shart emas, albatta. Bu ro'yxatga Dayneni kirita olmaymiz, chunki u o'lgandi. Va Oberyn, chunki biz Oberynning haqiqiy jangdagi mahoratini ko'rmaganmiz. Siz ham shu 3 nomzodni kutganmidingiz, unday bo'lmasa, sizningcha kim Jaimeni "balki" yenga olishi mumkin edi.
نمایش همه...
8🔥 4👍 2❤‍🔥 1 1
Kitoblarda Jaime "Butun Westerosda unga bas kelishi mumkin bo'lgan faqat 2 ta jangchi borligini" aytgandi. Xo'sh, bu 2 ehtimoliy jangchilar kim edi ? Soon.. Tahminingizni bildirishingiz mumkin.
نمایش همه...
🔥 6 4❤‍🔥 1 1
9-oʻrin: CRISTON COLE 🙂 Ser Criston Cole “Cole Xonadoni” dan boʻlgan. U Qirollik Gvardiyasi Lord Qoʻmondoni, keyinchalik Qirolning Oʻng Qoʻli lavozimlarini egallagan. Qirol Aegon II yosh boʻlganligi va unga oʻz maslahatlarini berib, ‘addushi’ yordam bergani uchun “Kingmaker” nomini olgan. Yashillardan. 💚 😶 Serialni shu paytgacha (2-fasl 3-qism) koʻrgan tomoshabinlar nega u 9-oʻrinda deb savol berishi mumkin. Buning javobini keyingi qismlarda va fasllarda bilib olasizlar. Tan olish kerak u duelda juda kuchli boʻlgan. Uni yengish juda qiyin edi. Daemon bilan boʻlgan jang sahnasini eslasangiz kerak. Lekin bu top-10 reyting shaxslarning qoʻmondonlik mahoratiga qarab beriladi. Koul esa janglar davomida va jang oldi juda katta strategik xatolarni qilgan. Kelinglar dastavval shularni koʻrib chiqamiz: 1. Asosiy ittifoqchilarni begonalashtirish: Koulning qattiq siyosati va shafqatsiz taktikasi potentsial tarafdorlarini begonalashtirdi va ba'zilarini Aegon II o'rniga Rhaenyra tomoniga olib chiqdi. 2. Qoralarning dengiz kuchini past baholagan: Koul Velaryon flotining dengiz ustunligiga yetarlicha qarshi tura olmadi, bu esa Reynera kuchlariga muhim ta'minot liniyalari saqlab qolish imkonini berdi. 3. Honeywine jangidagi yomon strategik qarorlar: Koulning to'g'ri razvedkasiz agressiv hujum uyushtirish qarori, qora tanlilar yuqori joylashuv va erni bilish bilan samarali kurash olib borganlarida katta yo'qotishlarga olib keldi. 4. Diplomatiyani e'tiborsiz qoldirish: Koulning diplomatiyaga emas, balki harbiy qudratga tayanishi ko'plab zodagonlarni va oʻrta-kichik oilalarni muzokaralar va rag'batlantirish orqali Qoralarni qo'llab-quvvatlashga ko'ndirish mumkin edi. Va shunday boʻladiyam. 5. Kingsroad jangi: Koul Kingsroad bo'ylab yomon rejalashtirilgan va shunday amalga oshirilgan yurishni olib bordi, bu esa qoralar kuchlari tomonidan halokatli pistirmaga olib keldi va yashillarning harbiy imkoniyatlarini jiddiy ravishda buzdi. Shu jangdan keyin yashillar deyarli tiklanolmaydi. Katta imkoniyatlar berib boʻlingandi.
🤌 Ushbu xatolar “Fuqarolar urushi” davrida Aegon II hokimiyatining qulashiga katta hissa qo'shdi.
😶 U bilan qoʻmondonlikda yaxshi taassurotlar ham qolgan. Shuning uchun ushbu oʻrinda turibdi. Masalan, Rook’s Restdagi jangda u Yashillar armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. Bu jang “Ajdarlar raqsi” davridagi eng katta, shiddatli va ikkala tomongayam koʻplab qurbonliklar olib kelgan jangdir. Ushbu jangdan soʻng Rook’s Restni Yashillar egallaydi (vaqtinchaga boʻlsayam) va Qoralarga “oʻrnini bosib boʻlmas” zarar yetkazadi. U zarar haqida keyinroq bilib olasizlar… . #HOTD #top10 @geek_gang
نمایش همه...

❤‍🔥 4👍 2 2 2🔥 1🆒 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.