cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Advokat Tanbayev

📨 instagram.com/nurman_legal 📨 konsalting xizmati: @anonim_alien ☎️ +998 90 983-01-21 ☎️ +998 97 022-22-71 Ushbu kanalda advokat Bekzod Tanbayevning muloxazalari va huquqiy maslahatlari berib boriladi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
315
مشترکین
-224 ساعت
+37 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish vakolati beriladi: Quyidagilar boʻyicha sanksiyalar:
➖qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq iltimosnoma; ➖qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma; ➖pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma; ➖murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma; ➖pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma; ➖tintuv oʻtkazish haqidagi iltimosnoma; ➖telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma; ➖mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma; Quyidagilar boʻyicha majburlov choralari: ➖ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma; ➖shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma; ➖ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi; ➖ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma; Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
Kanalga ulanish: @nurman_legal
نمایش همه...
Kuni kecha Prezident Farmoni qabul qilingan bo'lib, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Tergov Sudyasi lavozimi tashkil etilib bir qator vakolatlar ularning zimmasiga yuklanmoqda, hattoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish ham. Bundan kelib chiqib hulosa qilishimiz mumkin-ki, endilikda sodir etgan mayda huquqbuzarlik uchun kuni bo'yi sudlarda yoki IIO da sarg'ayib turish shart emas, albatta shtat birliklari aholi soni va kriminagen holatlarga mos ravishda yaratilib berilsa. Kanalga ulanish: @nurman_legal
نمایش همه...
ПФ-89.pdf1.71 MB
👍 1🔥 1
Maʼmuriy sudga ariza topshirganingizdan soʻng necha kunda ish yuritishga berilishi kerak❓️ Maʼmuriy sudga ariza topshirganingizdan soʻng necha kunda ish yuritishga berilishi kerak? Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun maʼmuriy sudga murojaat qilishga haqli. Bu borada sudlar orqali murojaatlar vaqtida koʻrib berilishi muhim masala hisoblanadi. – Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ish yurituvi toʻgʻrisidagi kodeksining 131-moddasiga asosan, agar ushbu kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya arizani, yaʼni shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza yoki shikoyat sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qilishi lozim. Arizani ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra, boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. Sudga taalluqliligiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza, shikoyat yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza ushbu kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi. Unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi. Kanalga ulanish: @nurman_legal
نمایش همه...

Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyundan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ✔️ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ● 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ● O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ➖ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ➖ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍 Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. Kanalga ulanish:@nurman_legal
نمایش همه...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Lirik_chekinish Mana oxiri do'konlarda haqiqiy manikenlar paydo bo'la boshlapti 😁 @nurman_legal
نمایش همه...
👍 6😁 2🔥 1
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Fuqarosi qanday hollarda, fuqaroligini yo'qotishi mumkinligini bilarmidingiz❓️ 📃 Oʻzbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi OʻRQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:
❗️shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida; ❗️agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan boʻlsa; ❗️agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolgʻon maʼlumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa; ❗️agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan boʻlsa; ❗️agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa; ❗️agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoxud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.
Shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligi oilaning boshqa aʼzolarini fuqaroligi oʻzgarishiga sabab boʻlmaydi. Kanalga ulanish:@nurman_legal
نمایش همه...
👍 1🔥 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
##Lirik_chekinish Qadimiy Toshkent haqida qisqacha. Bilib qo'ygan yoxud eslab takrorlab qo'ygan albatta yaxshi. @nurman_legal
نمایش همه...
17.40 MB
👍 1🔥 1
Xalq tilida aytilganda qamalgan shaxs qayerlarda saqlanishi mumkin. Keling! Sizga bu haqda qisqacha tasniflab o'tsam. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi (Jazoni ijro etish muassasalari) JIEMlar tomonidan amalga oshiriladi. JIEMlarga quyidagilar kiradi:
*jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar; *tarbiya koloniyalari; *turmalar; *mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan JIEMlar vazifasini bajaradi. Jazoni ijro etish koloniyalari voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:
*manzil-koloniyalar; *umumiy tartibli koloniyalar; *qattiq tartibli koloniyalar; *maxsus tartibli koloniyalar.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Kanalga ulanish: @nurman_legal
نمایش همه...
👍 3🔥 1
Ishdan boʻshayotgan xodim 14 kun ichida oʻz arizasini bemalol qaytarib olishga haqli Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga koʻra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilgan boʻlishidan qatʼi nazar arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning oʻrniga boshqasini taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos boʻlmaydi, chunki ish beruvchi faqat avvalgi xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilganidan keyingina, bu ish (lavozim)ga boshqa xodimni taklif qilishga haqli. Oliy sud plenumidagi mazkur norma ishdan oʻz arizasiga koʻra boʻshatilgan xodimlarga juda qoʻl keladi va sudda xodimning “qoʻli” baland kelishini taʼminlaydi. Shunday holatlar boʻladiki, xodim oʻz arizasiga koʻra majburan ariza yozdiriladi va bu arizasini xarakatsiz qoldirish toʻgʻrisidagi arizasiga qaramasdan ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Kanalga ulanish:@nurman_legal
نمایش همه...
👍 3🔥 1
01:19
Video unavailableShow in Telegram
##nocomment Izox o'zizdan. Agar siz 102 Ishonch raqamiga qo'ng'iroq qilgan bo'lsangiz-usizning murojaatingiz o'z vaqtida hal etilmayotgan yoxud sizga kerak bo'lgan xodim qayerda ekanligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lmasangiz, ular shu yerda bo'lishi, bo'lmasam xizmat vazifasiga kirmaydigan boshqa ishlar bilan BAND qilingan bo'lishi mumkin. Kanalga ulanish:@nurman_legal
نمایش همه...
4.16 MB
😁 1