cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Kitobxon jamiyat

Bo‘shliqni to‘ldirish uchun o‘qi, Ichingni bo‘shatib olish uchun yoz. Bloger ✍ Bookbloger📚 Kerak boʻlib qolsam: @adabiy_sarguzashtbot Bu kanalda Shaxsiy fikrlarim va sizlarga ilinishni istagan narsalarim bor...

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 267
مشترکین
-2024 ساعت
-2167 روز
-1 14230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Dunyodagi eng ko'rkam inson Bill Geyts: gazeta sotuvchisi mendan ham boyroq, mendan ham badavlatroq ekanini angladim Bill Geyts dunyodagi eng boy odam boʼlgan paytlar kimdir unga savol beribdi: – Dunyoda sizdan ham boyroq inson bormi? – Ha, – deb javob beradi Bill Geyts. – Mendan ham boyroq bir inson bor. U paytlar men hali mashhur yoki boy emasdim. Bir kuni NEW-York aeroportida gazeta sotayotgan kishini koʼrdim. Undan gazeta sotib olmoqchi boʼlib, hamyonimni ochsam, mayda pulim yoʼq ekan. Keyin gazetani sotuvchiga qaytarib berdim. Unga qarab “Mayda pulim qolmabdi, gazetangizni sotib ololmayman”, dedim. Shunda sotuvchi “Mayli, sizga tekinga beraman”, dedi. Men noiloj gazetani oldim. Oradan 2-3 oy oʼtib tasodifan men yana oʼsha aeroportga qoʼndim va bu safar ham gazeta sotib olish uchun mayda pulim yoʼq edi. Sotuvchi yana qoʼlimga gazeta tutdi. Men bu safar ham mayda pulim yoʼqligini aytib, gazetani rad qildim. U menga yana “Olavering, oʼzimning hisobimdan beryapman. Bu bilan men zarar koʼrmayman”, dedi. Men gazetani oldim. Oradan 19 yil oʼtib men mashhur boʼlib ketdim, butun dunyo meni taniy boshladi. Keyin toʼsatdan oʼsha sotuvchi esimga tushib qoldi. Uni rosa izladim va bir yarim oy deganda topdim. Undan “Meni taniyapsizmi?” deb soʼradim. – Ha, siz Bill Geytssiz, – dedi u. – Esingizdami, bir safar siz menga tekinga gazeta bergansiz? – dedim. – Esimda, ikki marta berganman, – dedi sotuvchi. – Oʼsha vaqt qilgan yordamingiz haqini toʼlamoqchiman. Tilang tilagingizni, meni uni ado etaman, – dedim shoshgancha. Sotuvchi menga qarab turdi-da, dedi: – Janob, siz shu bilan mening yaxshiligimga toʼla javob qaytara olaman, deb oʼylaysizmi? Bu bilan qarzingiz uzilib qolmaydi-ku. – Nega? – hayron boʼldim men. – Men sizga kambagʼal sotuvchi boʼlgan paytim yordam berganman, siz esa badavlat boʼlgachgina yordam bermoqchisiz. Dunyodagi eng boy odamga aylangach qiladigan yordamingiz mening nochor paytda qilgan yordamimga qanday qilib teng boʼladi? – dedi u. Oʼsha kuni gazeta sotuvchisi mendan ham boyroq, mendan ham badavlatroq ekanini angladim. Chunki u odamlarga yordam berish uchun boyib ketishni kutmagan. Haqiqiy boy odam bu – puli koʼp odam emas, balki yuragi boy odam hisoblanadi. Odamlar shuni tushunishi kerak: kimgadir mehribonlik qilsangiz, koʼrinishingiz qanday boʼlmasin, siz dunyodagi eng koʼrkam insonga aylanasiz. @Kitobxon_jamiyat
نمایش همه...
🔥 2❤‍🔥 1🕊 1
Sahifani Kitobxon jamiyat deb o'zgartirib qo'ydim. Negaki, Hozircha ko'pchilik tanimaydi. Uning ustiga familyangiz to'g'ri yozilganmi degan savollar ham ko'p keldi...
نمایش همه...
👏 3😁 2🌚 1
"Jimjitlik" asaridan iqtiboslar.
Seni nima qilgan, deb eslashsin? Bu yomon, oshnam. Yurtingda unutilsang, bundan dahshatlisi bo'lmaydi.
Bu yaxshilikni sizga qarzga berayotkanim yo'q, axir odammiz-ku, nahotki picha yaxshilikka ham minnat qilsak.
O'limni kutgan o'lmaydi, kutmagan o'ladi.
Belingdagi pichog'ingni, mingan otingni, nikohingdagi xotiningni birovga ishonma, bolam.
Dardning kelishi osson, ketishi qiyin.
Bolalarni kitobga o'rgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi bo'lib emas, ongli jamiyatning bilag'on a'zolari bo'lib yetishsin. Ularning hozirgi turish - turmushi faqat jismoniy mehnatdan boshqaga yaramaydigan qilib qo'yadi.
Dunyodagi xavfli dushmaning eng yaqin do'stingdir. Chunki ichingdagi sirni biladi. Albatta, bir kuni seni sotadi. Sotganda ham ulgurji qilib, ichak-chavoqlaring bilan qo'shib sotadi.
Dunyoda kutish yomon. Bir minutning qanchalik uzoq vaqt ekani kutish paytida bilinadi.
نمایش همه...
🌚 1
Jimjitlik Yovuzlik va ezgulikning adabiy kurashiga bag'ishlangan bu asar dastlab bolaligimni eslatdi. Lekin meni xafa qilgan tomoni to'g'rilikning yovuzlikdan oldin o'limi. Ya'ni asar bosh qahramonlaridan biri bo'lgan Tolibjon sal erta o'ldiriladi. Mirvalining qilgan ishlari-yu, hammasidan quruq chiqishi, ezgulik tarafdorlarini doim mag'lub etishi yovuzlik ustun degan xulosa beradi. Lekin oxirida hamma kutgandek u o'lmaydi, aksincha jar yoqasida daraxt shoxiga osilgancha qolib ketadi. U o'ldimi yoki yo'q noma'lum. Asar 1970-1980 yillarda Taxtaqoracha dovoni, Kitob va Shaxrisabz oralig'ida joylashgan Yetimqishloqdagi voqealarni yoritadi. Nega Jimjitlik?. Menimcha, asar qahramonlarining deyarli barchasi o'lim topgani bilan izohlasak bo'ladi. Men yovuzlik ham, yaxshilik ham abadiy jimjitlikka mahkum bo'ldi deb xulosa chiqardim. Faqat yakunda ham otasidan, ham onasidan ayrilgan, buvisi bilan yashab ro'zg'or uning bo'yniga qolgan, kaklik ovlab kun ko'rayotgan Azizbek bilan yakun yasaladi. U cho'ponning "bu tog'larga ko'p ham tikilaverma, mahliyo bo'laverma, bu tog'larda qashqirlar bor" degan gapiga "yo'q, bobojon, bu tog'da endi qashqir qolmadi. Eng oxirgisini o'ngir tepasiga osib qo'yganman" deya qo'lidagi miltiqni jarga uloqtiradi... Xullas, o'qishga arzigulik asar...
نمایش همه...
🔥 2
Repost from Otabek Umarov
02:46
Video unavailableShow in Telegram
«Энг муҳими, ёшларимизни янги-янги ғоялари кўп. Уларга фақат эътибор ва шароит керак». Ш.М. Мирзиёев 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 «Самое важное — у нашей молодежи много новых идей. Им нужны только внимание и условия». Ш.М. Мирзиёев
نمایش همه...
IMG_8159.MP460.66 MB
Dunyoni go'zallik qutqaradi(mi?) Qo'qon xoni Umarxon (1810-1822) o'z beklaridan birining uyida bekning hurliqo qizni ko'rib yoqtirib qoladi. Xon aytmasa ham bek buni tushunib o'z qizini xon haramiga yuboradi. Qizning ismi Podshohoyim bo'lib, u hali balog'atga yetmagan edi. Umarxon unga uylanishi uchun qizni voyaga yetishini kutadi, lekin to'satdan noma'lum kasallik bilan vafot etadi. Taxtga uning o'g'li Madalixon keladi. Madalixon otasining xaramidagi bu qizni koradi-yu unga uylanish payiga tushadi. Tabiiyki Shayxulislom bunga qarshi bo'ladi. Negaki, Madalixon o'z o'gay onasiga uylanayotkan hisoblanardi. Xon o'z tarafdorlarini diniy unvonlarga tayinlab ularga qiz bilan unashtirilishi uchun fatvo chiqartiradi. Fatvoda Umarxon kanizagi bilan aloqada bo'lmagani, va qiz xaramga kelgan bo'lsada hali voyaga yetmaganini aytib Madalixonga uni halol qiladi. Bu paytda qizga avval Umarxon, so'ng Madalixon oshiq bo'lgani, u bilan bog'liq gap so'zlar Buxorogacha yetib keladi. Amir Nasurulloxon bu qizni ko'rmasdan oshiq bo'lib qoladi. Lekin qanday qilib unga yetishni bilmaydi. Madalixon fatvo olgandan keyin Amir Qo'qonga "yurtni kofirlardan ozod qilish" bohonasi bilan urush qiladi. Sabab Madalixon o'z o'gay onasiga uylanayotkan edi. 1842 yillarda Amir Qo'qonni egallab, Madalixonni ham, uning onasi - mashxur Nodirabegimni ham ayab o‘tirmay boshini oladi. Qizga esa o'zi uylanadi. Buxoroda o'zaro tartibsizliklar, turli xil isyonlar qo'zg'alishni boshlaydi. Bunga sabab mamlakatdagi urug'chilik edi. Amir Nasurulloxon o'z yotog'ida kenegaslik xotini tomonidan qulog'iga qo'rg'oshin quyib o'ldiriladi. Podshoh oyim mashmashasi tufayli bir emas, uch xon o'lib ketganini bilgan ulamolar bu ayolni hosiyatsiz deb o'limga hukm qiladi... P. S: Bundan xulosa shuki, har doim ham go'zallik dunyoni qutqara olmas ekan.
نمایش همه...
3 2🔥 2
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Yig'lamay eshitinglar. Rostanam Abdulla Oripov she'riyat dahosi. Ayniqsa, dardli misralar bo'yicha...
نمایش همه...
AlFUN8m92C7VjLCX.mp48.61 MB
3
Nimanidir parolini, kodini esdan chiqarib qo'ymaslik uchun qayergadir yozib qo'yib, keyin qayerga yozib qo'yganingni o'zi esingdan chiqib ketib qolsa, bundan ortiq azob bormi)
نمایش همه...
😁 5
Photo unavailableShow in Telegram
Oz qoldi... Keyin chalg'imay Fikrlaydigan millat tanlovida qatnashamiz. Sizchi..?
نمایش همه...
🥰 3
*Shvesiyalik bir kishi kimoshdi savdosida juda qimmat narxga Napoleoon Bonapartning shaxmatini sotib oldi. Bir kuni u shaxmat donalaridan birining buralib ochilishini sezib qoldi. Dona ichidan qochish rejasi yozilgan maktub chiqadi. Ma’lum bo‘lishicha, 1816 yili imperator do‘stlaridan biri Napoleon jazo muddatini o‘tayotgan Muqaddas Yelena oroliga shaxmat yuboradi. Afsuski, Bonapart shaxmat donasidagi sirni fahmlamay, qochish rejasini bilolmay qolgan. *Sirakuzalik yovuz hukmdor Dionisiy (er. avv. 431 – 367 yy.) sartaroshga soch-soqolini qaychida oldirmagan, ustara ishlatishga yo‘l qo‘ymagan. Sartarosh uning sochlarini ko‘mir bilan kuydirib qisqartirgan. Gap shundaki, Dionisiy suiqasddan o‘lgudek qo‘rqar va o‘tkir narsalarni boshiga umuman yaqinlashtirmasdi. *X asrda yashab, ijod qilgan eronlik alloma, Abdul Qosim Ismoil kitoblarini hech kimga ishonmagan, shu sababli 117 ming jildlik kitobini qayerga borsa, o‘zi bilan olib yurgan. Buning uchun 400 ta tuyadan foydalangan. * Ilk pochta qutilari 400 yil muqaddam Florensiyada paydo bo‘lgan. Ularni cherkovlar darvozasiga ilib qo‘yishardi. Ular “iblis bilan aloqada bo‘lgan” olimlar, turli dunyoviy qarashlarni targ‘ib qiluvchi faylasuflar, vatanga xiyonatda gumon qilingan siyosatchilar ustidan anonim chaquvlarni yig‘ish uchun xizmat qilardi. * Insonga qon qo‘yish bo‘yicha ilk operasiya 1667 yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qo‘yning ikki pinta qonini quygan. *1767 yilda Birma va Siam (hozirgi Tailand) o‘rtasidagi urush juda original yakun topgan. Urushni Birma boshlagan. Uning qo‘shinlari qo‘shni davlat hududiga bostirib kirgan va Siamning Nan qal’asini qamal etgan. Qamal cho‘zilib ketgan. Har ikki tomon asta-sekin urushdan charchay boshlagan. Nihoyat, sog‘lom tafakkur g‘olib kelgan. Har ikki armiya delegasiyasining uchrashuvida urushni qurilish bo‘yicha musobaqa o‘tkazish bilan yakunlash kelishilgan. Har ikkala tomon ibodatxona qurishi lozim bo‘lgan. Qurilishni ertaroq yakunlagan armiya urushda g‘alaba qozongan hisoblanardi. Siam armiyasi qurilishni 7 kunda yakunlaydi. Birma esa mag‘lubiyatini tan oladi. *Silindr shlyapasining ixtirochisi shlyapa sotuvchisi Jon Gerington hisoblanadi. Uning o‘ylab topgan narsasi odamlarga nechog‘lik yoqmaganini 1797 yilning 26 yanvaridan chiqqan gazetadagi maqoladan ham bilib olish mumkin: “Jon Geterington sohildagi yo‘lakda sayr qila turib, boshiga ipakdan yasalgan va g‘alati yaltiraydigan quvur kiyib olgan edi. Uning xatti-harakatlari yo‘lovchilarda ajablanish va qo‘rqinch uyg‘otardi. Ko‘pgina ayollar uni ko‘rib hushidan ketishgan bo‘lsa, bolalar chinqirar, sovunpazning oldidan qaytayotgan bir yigit esa tiqilinchda yiqilib qo‘lini sindirib oldi. Bu yuzadan janob Gerington qurollangan polisiya otryadi qurshovida lord-mer oldiga keltirildi va so‘roqqa tutildi. Hibsga olingan Gerington o‘zining yangi ixtirosini londonliklarga namoyish etishga haqli, deb hisoblashini aytdi, biroq lord-mer bu fikrga qo‘shilmadi hamda yaltiroq quvur ixtirochisiga 500 funt-sterling jarima soldi”. * “Moskovskiye gubernskiye vedomosti” gazetasining 1848 yilda chiqqan sonlaridan birida shunday so‘zlarni o‘qish mumkin: “Nikifor Nikitin o‘zining Oyga uchish haqidagi ahmoqona qarashlari uchun Boyqo‘ng‘ir qishlog‘iga surgun qilindi”.
نمایش همه...
🔥 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.