cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan

İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
486
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+87 روز
+1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Berilgan gapda mazmun va grammatik jihatdan to’g’ri bog’langan birikmalarni aniqlang. O’tgan qisqa vaqt ichida ana shunday yigit-qizlarni qo’llab-quvvatlash, akademiya a’zolarini rag’batlantirish, istiqbolli ishlanmalarga ega yoshlarga motivatsiya berish maqsadida bir qator yo’nalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalar tanlovlari o’tkazib kelinyapti. A) ana shunday yigit-qizlar, istiqbolli yoshlarga B) yigit-qizlarni rag’batlantirish, motivatsiya berish maqsadida C) ishlanmalarga ega, o’tkazib kelinyapti D) amaliy va startap, tanlovlari o’tkazib kelinyapti
نمایش همه...
Qaysi gapda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud emas? A) Bu narsa uni nayrangboz, aldoqchi, tilyog’lama, maqtanchoq, va’dabozga aylantirib qo’yadi. B) Bolam, sen doimo to’g’riso’zli kishilar bilan do’st bo’lishga harakat qil, chunki ulargina seni saodatmand etadi. C) Jamiyatda har xil toifadagi insonlar yashashi mumkin, lekin g’arazgo’y maqsaddagi kishilar kabi xavfli dushman bo’lmaydi. D) Yangi bog’da, yuqorida yozganimizdek, haqiqatan shukuhli, xushmanzarali daraxtlar ekilgan edi. @h7milliysertifikat Doʻstlarga ulashing!!!
نمایش همه...
📝📝Test boshlandi. Test muallifi: Hayitoy Homidova Fan: 🐜🐜🐜 chumoli 🐜🐜🐜. Savollar soni: 5 ta Test kodi: 111091 Javoblaringizni @e_test1_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:
111091*abcdabcd...
yoki
111091*1a2b3c4d5a...
111091#abcdabcd...
yoki
111091#1a2b3c4d5a...
☝️ Eslatma! Javoblar aynan @e_test1_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
نمایش همه...
👍 1
Qani, bugungi ilmiy matn tahlilidan nimadir oʻrganibsizmi😊👆👆👆 ishlab koʻringlar!!!!
نمایش همه...
𝙀𝙨𝙨𝙚 𝙪𝙘𝙝𝙪𝙣 𝙛𝙤𝙮𝙙𝙖𝙡𝙞 𝙢𝙖𝙦𝙤𝙡, 𝙞𝙦𝙩𝙞𝙗𝙤𝙨, 𝙠𝙞𝙧𝙞𝙨𝙝 𝙨𝙤'𝙯𝙡𝙖𝙧: (𝙐𝙨𝙚𝙛𝙪𝙡 𝙡𝙖𝙣𝙜𝙪𝙖𝙜𝙚) —Guruch kurmaksiz bo'lmagani kabi —Insonga, avvalo, suv va havo zarur bo'lganidek. (bu masalaning ham avval negizini ko'rib chiqsak) —So'ngso'z o'rnida bir so'z deganlaridek (xulosa uchun) —Jism kasal bo'lganida unga yeyish va ichish kor qilmaganidek —Har ishni xayrlisidan boshlagan afzal bo'lganidek —Tomchida quyosh aks etganidek —Ilm-fan asrida ... ning keskin darajada ommalashuvi oqibatida... —Chiroq ko'targan kishi ergashganga qaraganda ko'proq qoqiladi —O'qigan - yaxshi, uqqan - undan yaxshi. —Har kishining didi boshqa, har gulning - hidi. —Har so'zni bilib ayt, ko'pga ma'qul qilib ayt. —Ishni ko'rib ustaga baho ber, ustani ko'rib - shogirdiga. —Osmondan nam tushmasa,giyoh unmas. —Sholining bahonasida kurmak suv ichar. —Gul tufayli tikan suv ichar —Har yumushning fasli bor, har bir ishning asli bor. —Oltin,kumush tosh bo'lar. tomoqdan o'tsa,osh bo'lar. —Yolg'on gap bo'lsa ham, nishonga tegsin. —Hayot daryosini kechib o'tayotganingda,sayoz joyini tanlama —Tong otmog'i uchun Quyosh botmog'i darkor. davomi bor... (so'ralsa) Sertifikat uchun
نمایش همه...
Inson jismonan sogʻlom va tetik boʻlishi uchun ovqatlanish meʼyorlariga toʻgʻri amal qilib yashamogʻi darkor. Notoʻgʻri qilingan tanavvul inson organizimiga vaqt oʻtgan sari oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmasligi hech kimga sir emas albatta.Ovqatlanish — har bir tirik organizmning fiziologik jihatdan hayot faoliyatini ta'minlaydigan zaruriy jarayonlardan biridir. Hozirgi kunda notoʻgʻri ovqatlanishdan kelib chiqadigan turli kasalliklar haqida ommaviy axborot vositalarining turli reklama va maʼlumotlariga koʻzimiz tushadi. Bugungi rivojlangan zamonda restoran va kafelarning taomnomalari turli tezpishar yeguliklar bilan boyib bormoqda. Bir tomondan bu xildagi taomlarning tez tayyor boʻlishi va moliyaviy tomondan hamyonbopligi barchaga birdek qulaylik tugʻdiradi. Ammo, masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Gap shundaki, odamlarning turli fast food ovqatlaridan zaxarlanib qolish holatlari hech kimga sir emas albatta. Bu esa oʻz navbatida bu turdagi taomlarning retseptiga ishonchsizlik hissini uygʻotadi. Ovqatlanish stendlarida tayyorlanadigan bu kabi taomlar kuchli gigiyenik tozalikni talab qiladi. Besh qoʻl baravar emas deganlaridek yurtimizda faoliyat yuritayotgan ovqatlanish markazlari bu kabi nuqsonlarni chetlab oʻtolmaydi. Hozirgi vaqtda odamlar vaqtni tejash uchun ham asosan, ovqatlanish joylariga shoshilishadi. Balki bugungi kun odamlari faoliyat yuritayotgan ishlari yuzasidan ham shu yoʻlni tanlashayotgandir? Bu esa oʻz navbatida uyda ovqat tayyorlash kabi ishlardan chekinishga sabab boʻlmoqda. Uyda tayyorlanadigan taomlarining tayyor boʻlishida bor ehtiyot choralari koʻriladi. Bazi insonlar koʻcha ovqtlarini yaxshi desa, boshqa turdagi insolar uchun uyda oila aʼzolari davrasida tanavvul qilingan taomlar maʼquldir. Bu masalada oʻz fikrimga kelsak, men har ikkalasini yoqlagan boʻlar edim. Negaki, biz kundalik turmush ishlaridan va turli vaziyatlardan kelib chiqib vaqt kabi nisbiy tushunchalarda muqobil boʻla olmaymiz. Bu kabi sabablar har ikkala yoʻlni tadbiq etadi. Ortiqcha ehtiyot ziyon qilmaydi deganlaridek, inson oʻz sogʻligʻiga eng avvalo oʻzi javobgardir. Toʻgʻri taomlanishning tag zamirida inson sogʻligʻi kabi yuksak tushuncha yotadi. Xulosa qilib shuni aytamanki, yuqoridagi fikrlarga asoslanib xoh koʻchada ovqatlanaylik, xoh uyda boʻlsin, inson salomatligi eng avvalo oʻzining qoʻlidadir. Ota bobolarimizdan qolgan bir hikmatli soʻzlar bilan fikrimni yakunlasam:"sogʻlikning qadriga yetaylik xasta boʻlmasdan burun." Bu kabi soʻzlar bejizga emas albatta. Mustafoqulov
نمایش همه...
Tilimizda "tenglik" tushunchasi ko'plab so‘zlar,xususan,"gender"so‘zi bilan ham birika oladi.O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab ushbu jumla butun dunyo ko'rsatkichlari qatorida qo‘llanila boshlandi.Xo‘sh,mamlakatimizda gender tengligi tushunchasi yaqin yillarda qanchalik sayqallandi,uning ijobiy va salbiy tomonlari nimada yoxud o‘z o‘rnini tengsizlik ziddiga bo'shatib berganmi? Har ishni xayrlisidan boshlagan afzal deganlaridek,yurtimizda gender tengligining ijobiy tomonlari haqida to'xtalib o‘tsam: -jamiyat va davlat ishlarida ayollar va erkaklarning huquqlari tenglashtirildi; -ayollarga nisbatan bo‘lgan zo‘ravonliklar qonuniy hal qilinadigan bo‘ldi.Statistikaga qaraganda,2019-yil holatiga ko‘ra,O'zbekistonda har 100000dan 29 ayol zo'ravonlik sabab vafot etgani aniqlangan; -ta'lim,ijtimoiy-siyosiy sohalarda ayollar imtiyozlari ko‘paytirildi.Tadqiqotlarga ko‘ra,davlatimizda parlament a'zolarining 22 foizini ayollar tashkil qilmoqda va bu ko‘rsatkich yigirma yildan so‘ng 50 foizni qayd etishi mumkin; -gender tenglik bo'yicha alohida Komisssiya ish olib borayotganligi. Tanganing ikkinchi tomoni bo‘lganidek,gender tenglik o‘zi bilan ayrim qusurlarni ham olib keldi.Chunonchi,ayrim oilalarda tenglik so‘zi murosa,teng huquqlilik ma'nosini anglatish o‘rniga itoatsizlik degan mazmunda tushunildi.Zero, "Erkaklar ayollarga rahbardirlar"(Niso surasi 34-oyat).Boshqa tomondan,ba‘zi sohalarda ayollarga berilgan imtiyozlar ta'sirida ko'rsatkichlar pasaydi.Masalan,ta'lim sohasida ayollar o‘z bilimidan ko‘ra,ularga berilgan turli imtiyozlar(xotin-qizlar uchun 4 foizli kvota,qo‘shimcha 2000ta davlat granti,besh yillik stajyorlik)ga suyanib qoldi.Ma‘lum ma'noda bu omil ham O‘zbekistonda bakalavriat kirish ballarini tushurib yubordi. Mening fikrimcha,hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekistonda gender tengligining asl mohiyatini doimiy saqlab qolishga yo'naltirilgan.Har qanday sohada ayollar ham,erkaklar ham o‘z imkoniyatlarini sinamog‘i maqsadga muvofiq. Ibtidoning intihosi bo‘lganidek,xulosa qilib aytadigan bo‘lsam:har kim o‘z burchini,qadr-qimmatini va hayotini "jins" tushunchasi bilan emas,eng avvalo,oliy yaratiq "inson" ekanligini unutmagan holda belgilasin.Har qachonki,inson huquqlari eng oliy qadriyatdir.
نمایش همه...
Barchamizga yaxshi ma'lumki, bugungi kunda o'smirlar o'rtasida turli xildagi jinoyatlar ko'payib bormoqda. Ba'zi insonlar jamiyatimizda chuqur ildiz otayotgan bu og'riqli muammo uchun ota-onalarni mas'ul deb hisoblashsa, ayrimlar bunday ko'ngilsiz holatni bartaraf etish davlatning vazifasi deb e'tirof etishadi. Xo'sh, aslida yoshlarimiz orasida sodir etilayotgan bu kabi jinoyatlarning oldini olishda kim ko'proq javobgar?                  Biz yashab turgan hozirgi davrda  o'smirlar o'rtasida jinoyatchilikning ko'payib borayotganligi hech kimga sir emas. Buning o'ziga yarasha sabablari bor, albatta.  Birinchidan, ota-onalarning o'z farzandlari tarbiyasiga eng ko'p e'tibor va nazorat talab etiladigan o'smirlik davrida bola bilan qat'iy shug'ullana olmasliklari natijasida bola jinoyatga qo'l urmoqda. Farzandlar tarbiyasi uchun vaqt ajrata olmaslik, tirikchilik tashvishlari ortidan quvib, ularning qiziqishlari, maqsadlari, kelajak haqidagi orzulariga befarq bo'lish tufayli yoshlar o'z yo'lini yo'qotib qo'ymoqda. Ayrim ota-onalar o'z farzandining qayerga borishi, kimlar bilan do'stlashishi, maktabda, ko'cha-ko'yda o'zini qanday tutishi bilan qiziqishmaydi. Statistikaga ko'ra, jinoyatga qo'l urgan aksar o'smirlarning ota-onalari yo ajrashishgan, yo farzandi tashlab chet elga ketib qolgan yoki o'zi ham jinoyatga moyilligi bo'lgan kishilar sanaladi.          Yoshlarimiz orasida jinoyatchilikning oldini olishda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni, albatta, e'tirof etishimiz kerak. Xususan, bugungi kunda maktab, kollej, hatto oliy o'quv yurtlarida ham profilaktika ishlari yo'lga qo'yilgan. Mahalla, IIB, prokuratura, hokimiyat, DXX kabi davlatning muhim tashkilotlari tarkibida yoshlar bilan shug'ullanishga mas'ul lavozimlar tashkil etilgan. Ammo, guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, ba'zida ayrim o'smirlarning jinyat qilishi, bu jinoyatchilik esa keyinggi yillarda yana-da ko'payganligini ko'rishimiz mumkin.   Statistik ma'lumotlarga qaraganda, ro'y berayotgan jinoyatlarning 30-40 % qismi yoshlarimiz o'rtasida kuzatilayotganligi juda achinarli holat sanaladi.                Mening fikrimcha, o'smirlar o'rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda ota-onalarning mas'uliyati doim ustun turadi. Farzandni nazorat qilish, tarbiyalash, yaxshi-yomon, oq-qorani ajratishni o'rgatish, bolaning huquqiy bilimini oshirish, jinoyat qilishning oqibatini tushuntirish, avvalo, ota-onaning zimmasidagi vazifadir. Zero, bizning yurtimizda azal-azaldan farzandga yaxshi tarbiya berish, pand-nasihat ruhida tarbiyalash hamisha yetakchilik qilib kelgan. Xususan, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston"  kabi asarlarida farzand va uning tarbiyasiga oid didaktik fikrlar berib o'tilgan. Shuningdek, davlatimiz ham jinoyatchilik va uning oqibatlari haqida videoraliklar, filmlar yaratishda bosh-qosh bo'lishi, ta'lim dargohlarida yoshlarni hushyorlikka chorlovchi tashviqotlarni kuchaytirishi kerak. Jadid bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek: "Har bir millatning saodati, tinchligi, rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir".         Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki,  davlat ham, ota -onalar ham, shuningdek jamiyat(!) ham o'smirlar o'rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda birdek mas'ul sanaladi. Ular o'zaro uyg'unlikda harakat qilishsa, o'ylaymanki, o'smirlar o'rtasidagi jinoyatlar ancha kamayadi. Esse namunasi.
نمایش همه...
2
🎉🎉🎉🎉🎉Darslarimiz seshanba, payshanba, shanba, yakshanba kunlari boʻladi, shunga qarab, harakatingizni qiling, inshaalloh, ilk darsimiz shu kanalda boʻladi, yoqsa, istalgan kursingizga yozilasiz, dars vaqti 21:00 da maʼqulmi??? Izohlarda kutaman 😊❤️
نمایش همه...
2