cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

« ИНСОН »

Angren shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Мурожаат учун @usernametgme Центр социальных услуг г. Ангрен @inson_markazi_bot

نمایش بیشتر
أوزبكستان49 854ازبکی29 013دسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
299
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Uzum Market” milliy marketpleysi tashabbusi bilan muhtoj shaxslarga respublika bo‘ylab joylashgan istalgan yetkazib berish punktlari orqali reabilitatsiya vositalarini buyurtma qilish imkoniyati yaratildi. 🍇 Muhtoj shaxslar subsidiya olish uchun murojaat qilganida, Uzum Market’da RTV mahsulotlarini sotib olish uchun maxsus promo-kodni qo‘lga kiritadilar. Xizmat hozirda test rejimida Toshkent shahri va Samarqand viloyatining bir qancha tumanlarida mavjud bo‘lib, muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng, respublikaning barcha viloyatlari aholisi zarur reabilitatsiya uskunalarini sotib olish uchun yo‘llanmalar olishlari mumkin bo‘ladi.
“Bizning vazifamiz nogironlarning to‘laqonli hayot kechirishiga ko‘maklashish, ularni reabilitatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar: qo‘ltiqtayoq, nogironlik aravachasi va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlashdan iborat”, – dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov. — Uzum Market bilan hamkorligimiz tufayli biz butun mamlakat bo‘ylab eng zamonaviy texnologik yechimlar va ulkan infratuzilmadan foydalanishimiz mumkin. Demak, minglab O‘zbekiston fuqarolari uchun kundalik muammolarni hal qilish, odatdagi turmush tarziga qaytish va sevimli mashg'uloti bilan shug‘ullanish ham osonlashadi.
✅ Muhtoj shaxslar uchun barcha promo-kodlari telefon raqamlariga bog‘langan va faqat ishonchli sotuvchilarning mahsulotlari uchun amal qiladi. Promo-kod yordamida O‘zbekiston fuqarolari ma’lum toifadagi tovarlarni xarid qilishda chegirma olishlari mumkin bo‘ladi. Promo-kodda esa IHMA ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga bog‘langan akkaunt orqali bir marta foydalanishi mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#МОТИВАЦИЯ ✍️ Бамбук фалсафаси ▫️Хитойда бир турдаги бамбук дарахти бор. Бу дарахт экилгандан кейин 5 йил давомида ҳеч қанақа ўсишсиз, бир хил сақланиб туради. Ташқаридан қараганда ўсиш бўлмаяпти, деб ўйлайди киши. Лекин бамбук шу вақт давомида пастга қараб илдиз отаётган бўлади ва беш йилдан кейин шунақа тез ўсиб кетади-ки, 60 кунда 50-60 метргача ўсиш ҳолати бўлади. Инсондаям шунақа. Бирор ишга киришган пайт аввалига ҳеч қандай натижа кўрмайди. Бу инсон ўсмаяпти, дегани эмас. Ўсяпти, фақат ўзига шу даврда пойдевор қураётган бўлади. Асос яхши қуриб олинса, кейин ўсиш тезлашиб кетади. Шундай экан, пойдеворни қуришдан тўхтаманг. Бир кун келиб, албатта, баландга кўтариласиз!
نمایش همه...
🔥 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#savol_javob ❓ Savol: Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oila tarkibi qanday aniqlanadi? Bir xonadonda yashovchi ota-onasi ham kiritiladimi? ✅ Javob: Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda oila tarkibi FHDYO organidan olingan elektron ma’lumotlar aniqlab beradi. Oila tarkibiga FHDYO organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin va ular bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), shuningdek, ota-onalari bilan birga yashaydigan va o‘z oilasiga ega bo‘lmagan 18 yoshdan katta bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), yolg‘iz onalar (otalar) kiritiladi. Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan toʼplangan maʼlumotlar dasturga kiritiladi va dastur tomonidan avtomatik tartibda oilaning iqtisodiy ahvoli oʼrganiladi. 📝 Telegram | 💻 Instagram 📝 Facebook | 🎞 Youtube
نمایش همه...
👍 1
Harakat qilyapsizmi, demak natija bo'ladi. Faqat to'xtab qolmang. O'zingizni boshqalarga solishtirmang. Ular siz, siz ular emassiz. Har bir insonda o'zi bosib o'tayotgan yo'l bo'ladi. Ularning sharoiti, oiladagi muhiti, modddiy-ma'naviy holati boshqami, demak sizdagi natija ham boshqacha bo'lishi tabiiy.
Faqat, bir narsa, ENG QATTIQ ISHLASH deganda nimani tushunasiz, shunday ishlang!!!
Nafsni qiynamasangiz, natijaga erishish qiyin kechadi. @Angren_inson_markazi
نمایش همه...
👍 2
​​Mashhur yozuvchi Deyl Karnegi'dan eng yaxshi maslahatlar ketma-ketligi. — O'zingizni boshqa odam o'rniga qo'yib ko'rish orqali sizga undan nima kerakligini emas, uni sizdan nima istashini bilib olishni o'rganing. Buni uddalay olgan inson dunyolarni zabt etadi. — Agar odam sizdan o'z maqsadlari yo'lida foydalanayotganini sezsangiz, uni tanishlaringiz ro'yxatidan o'chirib tashlang. — Agar taqdir sizga limonni ravo ko'rgan bo'lsa, undan limonad tayyorlang. — Band bo'ling. Bu g'amga qarshi dunyodagi eng arzon va samarali dori. — O'zingizni baxtga erishib bo'lganday tuting va chindan ham baxtga erishasiz. @liderlar1
نمایش همه...

Қимматли кадрларни топиш қийин, лекин уларни йўқотмаслик ундан ҳам қийин ☝️ Aйниқса, раҳбар 6 та асосий хатодан 1 ёки бир нечтасига мунтазам равишда йўл қўйса: 1️⃣ Ҳаддан ортиқ иш юклаш Ҳаддан ортиқ иш юкланган ходим тезда ишдан совийди. Кўнгли совиб борар экан, иш унумдорлиги ҳам йўқолади. Ишдан совиганини сезганда, нафақат жаҳли чиқади, балки ишларини жуда ёмон бажараётганини ҳам сезади. Натижа битта — ишдан кетиш. 2️⃣Яхши бажарилган иш учун эътироф ва мукофотларнинг йўқлиги Ҳеч ким барча ҳаракатлари «ўзи шундай бўлиши керак» деб қабул қилинишини ва раҳбариятнинг эътиборига лойиқ эмаслигини ҳис қилишни хоҳламайди. Эътибордан четда қолган меҳнаткашлар ўз ҳаракатлари учун ҳеч бўлмаганда илиқ сўз айтиладиган жойдан кетишмайди. 3️⃣ Инсонийлик ва ғамхўрликнинг йўқлиги Ҳаётда ҳар хил вазиятлар бўлади: касаллик, жароҳат, уйда муаммолар. Буларнинг барчаси иш унумдорлигига таъсир қилади. Бундай вазиятда ғамхўр раҳбар қўл остидагиларнинг аҳволи, ёрдам керакми ёки йўқлиги ҳақида қайғурса, бефарқ раҳбар эса бепарво ўтиб кетади. Ходимнинг эса кўнгли оғрийди. 4️⃣ Мажбуриятларни бажармаслик. Март ойида меҳнат таътили ваъда қилдингиз ва бермадингизми? Маошга бонуслар бўлади деб, унутиб қўйдингизми? Буларнинг барчаси ходимлар раҳбарга бўлган ҳурмат ҳиссини йўқотишлари ва тез орада эшикни тарс ёпиб, кетиб қолишларига сабаб бўлади. 5️⃣ Номақбул мутахассисларни ёллаш — чин дилдан меҳнат қилаётган ходим четда қолиб, раҳбар ўз ўринбосари лавозимига мутлақо тўғри келмайдиган одамни ёки ҳатто қариндошни таклиф қилишини кўриш ёқимсиз ҳолат. 6️⃣ Ўқитишларнинг йўқлиги — ўсиш йўқ, янги вазифалар йўқ, янги билимлар йўқ бўлса, иш тезда зерикарли машғулот ва қочиб кетиш истагини уйғотадиган омонат ботқоққа айланади. @liderlar1
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
👨🏻‍🦽II гуруҳ ногиронлиги белгиланган бўлса, пенсиянинг таянч миқдори ўртача иш ҳақининг 55 фоизида ҳисобланадими ёки 75 фоизиданми? “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонуннинг 26-моддасига мувофиқ, пенсиянинг таянч миқдори I ва II гуруҳ ногиронларига ногиронлик пенсияси учун — пенсияни ҳисоблаб чиқариш учун олинадиган ўртача ойлик иш ҳақининг 55 фоизи, лекин ёшга доир энг кам пенсиянинг камида 100 фоизи миқдоридан аниқланади. @bilimingnioshir
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi! Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi. ⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim yo‘nalishi; - Imkon yo‘nalishi; - Madaniyat va san’at yo‘nalishi; - Ekologiya yo‘nalishi; - Media yo‘nalishi; - Sport yo‘nalishi; - Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi; - IT yo‘nalishi. 📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
نمایش همه...
👍 1
⚡️Ijtimoiy himoyaga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangi Farmoni qabul qilindi. @bilimingnioshir
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 🫥Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан my.gov.uz порталида йўлга қўйилган онлайн хизматлар ⏺Кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси ва моддий ёрдам тайинлашга ариза беришКексалар ва ногиронлиги бўлган шахсларга санаторийларда даволаниш учун йўлланмалар бериш Санаторияга навбатни текшириш Нафақа тайинлаш 🗣 Маълумот учун, мазкур хизматлардан my.gov.uz порталида рўйхатдан ўтгандан сўнг фойдаланиш мумкин. 🟢 Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги Наманган вилояти бошқармаси Расмий саҳифаларимиз👇 Telegram | Facebook | Instagram‌‌ | Youtube
نمایش همه...