KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
کانال KQBB Andijon viloyati boshqarmasi (@bandlikpress) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 46 129 مشترک است و جایگاه 5 617 را در دسته اخبار و رسانهها و رتبه 1 623 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 46 129 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 09 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -16 155 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -33 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 6.14% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 2.53% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 2 861 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 178 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 8 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 10 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 10 سپتامبر | 0 | |||
| 09 سپتامبر | 0 | |||
| 08 سپتامبر | 0 | |||
| 07 سپتامبر | 0 | |||
| 06 سپتامبر | 0 | |||
| 05 سپتامبر | 0 | |||
| 04 سپتامبر | 0 | |||
| 03 سپتامبر | 0 | |||
| 02 سپتامبر | 0 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | Andijonda tadbirkorlar e’tibor markazida!
Viloyat hokimi Andijon viloyatdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuv davomida Prezident tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda faoliyatini kengaytirish bo‘yicha amaliy yordam va ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.
Maqsad — tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish.
Telegram | Instagram | Facebook | 1 006 |
| 3 | Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
☑️Yangi tizimga muvofiq, har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etilib, bandlik idoralari va iqtisodiy kompleks tashkilotlari odamlarni ish bilan taʼminlash va daromadini oshirish masalalarini joyning oʻzida hal qilishi lozim.
☑️Hokimlar kambagʻallik masalasiga faqat ijtimoiy reyestr nuqtayi nazaridan qaramasligi zarurligi qayd etildi. Ijtimoiy reyestr aholini qoʻllab-quvvatlash vositasi, kambagʻallikni qisqartirish esa oilani barqaror daromad manbaiga bogʻlash, ish oʻrni, infratuzilma hamda sharoit yaratish bilan bogʻliq kompleks vazifadir.
Yigʻilishda har bir tumanda tayyor imkoniyatlarni ishga solish orqali bandlikni oshirish mumkinligi aniq misollar asosida koʻrsatib oʻtildi.
Telegram | Instagram | Facebook | 1 215 |
| 4 | “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak.” Sh. Mirziyoyev
Telegram | Instagram | Facebook | 2 686 |
| 5 | Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar
Ishsiz aholini barqaror daromad manbai va doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | 1 682 |
| 6 | O‘zgarish — qog‘ozda emas, odamlar hayotida.
Telegram | Instagram | Facebook | 3 235 |
| 7 | YANGI IMKONIYATLAR!
Endi mablag‘lar tumanlarning o‘zida aniq loyihalar, yangi ish o‘rinlari va barqaror daromad yaratishga yo‘naltiriladi.
💰 Garovsiz kreditlar
🏠 Oilaviy tadbirkorlik uchun imkoniyatlar
👩👧 Ishlaydigan onalar uchun qo‘llab-quvvatlash
📚 12 oylik vaucher tizimi
💼 Minglab fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlari
🎯 Maqsad bitta: har bir mahallada — loyiha, har bir oilada — daromad!
▶️ Batafsil videoda.
Telegram | Instagram | Facebook | 2 745 |
| 8 | Hayotidan rozi bo‘layotgan andijonliklar…
O‘zgarish — qog‘ozda emas, odamlar hayotida.
Bugun Andijonning eng chekka mahallalarida ham bunyodkorlik, obodonlashtirish va aholi farovonligi yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | 1 796 |
| 9 | Barqaror daromad sari
———
Viloyat hokimi topshirig‘iga asosan, boshqarma boshlig‘i Boburmirzo Mamayusupov Shahrixon tumanidagi “Yangi” mahallasida ijtimoiy reyestrda bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | 3 513 |
| 10 | Prezident topshiriqlari — amalda
Prezident raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Boburmirzo Mamayusupov boshchiligidagi ishchi guruh Shahrixon tumanida amaliy ishlarni boshladi.
Ishchi guruh tomonidan mahallalardagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan birma-bir uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammolari, ehtiyojlari va takliflari o‘rganilmoqda.
Asosiy e’tibor fuqarolarni doimiy daromad manbai va munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda har bir murojaat bo‘yicha amaliy yechim topishga qaratilmoqda.
Bu boradagi ishlar mahallabay va xonadonbay yondashuv asosida davom ettiriladi.
Telegram | Instagram | Facebook | 4 378 |
| 11 | Tadbirkorning yangi loyihalari bir mavsumda 500 dan ortiq aholini ishli qilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | 2 262 |
| 12 | Ehtiyojmand aholini Ijtimoiy reyestrga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 313 |
| 13 | Mahallalardagi hokim yordamchilari loyihabay ishlash tizimiga o‘tkaziladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 197 |
| 14 | Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkaziladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 837 |
| 15 | Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar Xorazm viloyati misolida ko‘rsatib berildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 710 |
| 16 | Prezidentimiz kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish ishlarining holatini tanqidiy tahlil qildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 688 |
| 17 | Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X | 1 662 |
| 18 | Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
Facebook|Instagram|X | 1 352 |
| 19 | Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 1 230 |
| 20 | Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.
Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.
Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X | 1 192 |
