cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TATU IQTIDORLI TALABALARI

TATU IQTIDORLI TALABALAR KANALI

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
421
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#fotolavha #tashrif 🖼️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrifidan fotolavha. ✈️@tuituz_official
نمایش همه...
👍 1
#fotolavha2 🖼️ "TUIT Bright future week" haftaligi g'oliblarini taqdirlash marosimidan fotolavha ✈️@tuituz_official
نمایش همه...
👍 1
01:57
Video unavailableShow in Telegram
#Bright_future_week #videolavha ✅ Joriy yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sovrin jamg'armasi 1,2 mlrd. so'mga teng bo'lgan "TUIT Bright Future Week" haftaligi bo'lib o'tdi. 🎓 Haftalik o'zida 31 ta Respublikamiz OTMlari, TATU hamda uning hududiy filiallaridan 3000 dan ziyod iqtidorli talaba-yoshlarni o'zida jamladi. 🎁 Haftalik yakunida 200 nafar g'oliblar Raqamli texnologiyalar vaziri hamda TATU rektori tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. ✈️@tuituz_official
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#TATU_talabalari #muvaffaqiyat 👥 Xushxabar!!! 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Televizion texnologiyalari" fakulteti 3-bosqich talabasi Vahhobov Sardor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan va joriy yil 20-24 may kunlari o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g'olibi bo'ldi. 🎉 Talabamizga ilmiy faoliyatida yanada yuqori cho’qqilarni zabd etishida omad va zafarlar tilaymiz. ✈️@tuituz_official
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat!!! Aloqabank bilan hamkorlikda Start-up va biznes g'oyalarni moliyalashtirishga qaratilgan uchrashuv. Sizda biznes g'oya yoki mavjud Start-up ishingiz bor va uni amalga oshirishga mablag' yo'qmi? Unda bu siz uchun zo'r imkoniyat. Barcha o'z biznes g'oyasiga ega bo'lgan professor-o’qituvchilar, talaba va tadqiqotchilar ishtirok eta oladi. 📍Bugun, 2024-yil 16-may kuni soat 14.00da taqdimotingiz bilan "TUIT Incubation center"ga kelishingiz so'raladi. Bog'lanish uchun: 71-238-64-39 Telegram: @ahadjon1505
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#hakaton #UCC 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 21-23-may kunlari "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni bo'lib o'tadi. 🇺🇿 Ushbu hakatonda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassalarining talabalari jamoa bo’lib qatnashishi mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a’zo bo’lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi talab etiladi. 🪧 Hakaton o’tkazish bosqichlari: 1-bosqich. Ishtirokchilar va jamolarni ro’yhatdan o’tkazish, 2024-yil 20-maygacha. Online ro'yhatdan o'tish ushbu havolaga o'ting (https://forms.gle/QgPLytPoGWY8zYrj6) 2-bosqich. Ishtirokchilar tekshiruv ro’yhatini shakllantirish, jamoalar va g’oyalar tanishuvi, 21-may (offline). 3-bosqich. Jamolar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash. 🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda "Clean code" tamoyillariga alohida e'tibor beriladi. 📍 Hakaton o'tkazish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Mo'ljal: Bodomzor metrosi. 💬 Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_community ga qo’shiling 📞Qo'shimcha savollar uchun telefon: +998 33 100 22 75 ✈️@tuit_official
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 📣Hurmatli talabalar! Poytaxtimiz OTMlari o‘rtasida kibersportning “Counter Strike 2” va “Dota 2” yoʻnalishi boʻyicha turnir o’tkaziladi‼️ 📌Shu sababli, universitetimizning "TUIT" jamoasiga qo’shilmoqchi bo’lgan talabalarni saralash bosqichiga taklif etamiz! 📍10-may soat 14:00 A-bino faollar zali. Do'stlaringizga ulashing ✈️ ——————————————————— 📣 Уважаемые студенты! В нашей столице среди ВУЗов проходит турнир по киберспорту в направлениях "Counter Strike 2" и "Dota 2" ‼️ 📌 Поэтому предлагаем присоединиться к команде университета "TUIT" и пройти этап отбора! 📍 10 мая в 14:00 А-блок активный зал. Поделитесь друзьями ✈️
نمایش همه...
Repost from Grantlar.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Yandex sunʼiy intellekt sohasidagi eng yaxshi yosh tadqiqotchilarni tanlab oladi Yandex kompaniyasi Yandex ML Prize xalqaro ilmiy mukofoti uchun аrizalarni qabul qilishni boshladi. Gʻoliblar 70 mln soʻm, ilmiy rahbarlar esa 140 mln soʻm miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanishadi. Shuningdek, Yandex Cloud gʻoliblarga grantlar taqdim etadi, bu esa ularga platformada bulutli hisoblashlarni amalga oshirish, tajribalarning maʼlumotlarini qayta ishlash va ML-modellarini oʻqitish imkonini beradi. 2024-yilda mukofot 5 ta nominatsiyada taqdim etiladi: – Birinchi nashr – Tadqiqotchilar – Yosh ilmiy rahbarlar – Ilmiy rahbarlar – ML oʻqituvchilari Arizalarni qabul qilish 2024-yil 6-maydan 21-iyungacha davom etadi. Yandex ML Prize mukofotini topshirish marosimi 2024-yil kuzida boʻlib oʻtadi. Mukofot ekspertlar kengashiga xalqaro darajadagi sunʼiy intellekt tadqiqotchilari va mutaxassislar kiradi.
نمایش همه...
Batafsil
Photo unavailableShow in Telegram
#startap_loyihalar ⭕️⭕️⭕️ 🚀Startap loyihalar egalari diqqatiga! Siz g'oya yoki loyihalaringiz uchun investitsiya izlab yuribsizmi? Bugun, 8-may kuni soat 14:30 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida mahalliy investorlar ishtirokida "Investment day" o'tkaziladi. ☎️Murojaat uchun: (97) 401-95-45
Keling, taqdimot qiling va loyihangizga investitsiya jalb qiling!
Rasmiy sahifalarimiz⬇️ 🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 “Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi ! ✔️Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. 🌐Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop. 📣Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi. OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar) [email protected] elektron pochtasiga taqdim etish zarur. ✅2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha. 21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi. 🎓Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi: 🇺🇿 o‘zbek 🇷🇺 rus 🇬🇧 ingliz  📄Tanlov nizomi 📄Axborot xati 🔗Murojaat uchun tel +998935205255 ⚡️Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz !
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
نمایش همه...