cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qamashi tumani ixtisoslashtirilgan maktab

پست‌های تبلیغاتی
1 315
مشترکین
+224 ساعت
+9787 روز
+1 09530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ Birozdan so’ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jonli muloqot boshlanadi! Unda: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqida so’z yuritiladi. ✔️ Savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
👍 1
01:31
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi #10july #uzbekiston24 00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
1.mp418.64 MB
👍 1
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👏 4👍 2💅 1
#imtihon_2024 #Ijod_maktablari ⚡️IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BARCHA HUDUDLARDA BOʻLIB OʻTDI Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi. 📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkazildi. ⌛️ Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt berildi. 📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 512 tasi ijod maktablari hissasiga to‘g‘ri keladi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1👏 1💅 1
01:25
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
sd_new.mp423.35 MB
👍 1👏 1💅 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ijod_maktablari ❓IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 3-BOSQICHI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 4👏 1💅 1
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari uchun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan suratlar.
Ma'lumot o‘rnida, bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 3💅 1
آرشیو پست ها
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.