cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

NAVBAHOR FIDOYILARI

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
794
مشترکین
-1324 ساعت
-587 روز
+13830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Assalomu alaykum, Yaxshilar! Yangi tong, yangi kun, yangi ish haftasi muborak boʻlsin. Ko'nglimizdagi arazu ginalarni unutib dushanbadan yaxshi kayfiyatda ish boshlaylik, toki bizni dangasalik, yalqovlik yengib qo'ymasin. Hafta davomida rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun Allohim barchamizga kuch-quvvat va sabr-bardosh bersin.
نمایش همه...
Repost from Navoiy kundaligi
#kitobdan_parcha📖 Jubron Xalil dan so‘rashibdi: - Insondagi eng dahshatli narsa nima? U shunday javob beribdi: - Inson bolalikdan zerikadi. Tezroq katta bo‘lishni orzu qiladi. Katta bo‘lganidan so‘ngra yana yosh bola bo‘lib qolishni orzu qiladi. Mol yig‘ish uchun salomatligidan judo bo‘ladi. So‘ngra topgan molini o‘zini davolatish uchun ishlatadi. Kelajagi uchun qayg‘urib bugunini ham boy beradi. Hech o‘lmaydigandek yashaydi. Xuddi hech yashamagandek o‘ladi! Cheksiz yoʻqotishlarimizning eng katta va asl sababi, yozilgan satrlar satrligicha, aytilgan gaplar gapligicha, qilingan nasihatlar nasihatligicha qolib ketishidir... Sen bilan birga kulgan insonni kun kelib unutishing mumkin, ammo birgalashib yigʼlagan insonni hech qachon unutolmaysan... Behuda umr Bir kishi tush ko‘rdi va uyg‘onganidan so‘ng tushining ta'birini bilish uchun ta'birchining yoniga bordi. Ta'birchi u kishiga "Avval uyqudan uyg‘on" deb javob berdi. ✍️ Jubron Xalil 📕 "Kesik qanotlar" kitobidan Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
Repost from Navoiy kundaligi
#Bayram_muborak💐 12-may - Xalqaro hamshiralar kuni! Hurmatli hamshiralar, sizlarni bugungi Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Barchangizga mustahkam sog‘liq, saodatli hayot, uzoq va mazmunli umr, sharafli va mashaqqatli kasb faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, tilaymiz. Qo‘lingiz dard, oq libosingiz gard ko‘rmasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin, oq libos egalari! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
🕊 1
SHAXMAT USTIDA AYTILGAN SHE’R Men erkak o‘rnida turishim kerak, Yo xotin izmiga yurishim kerak. Xotinning, to‘y, lozim omadasi ko‘p, Ha, desa labbay, deb turishim kerak. Ha, desa labbay, deb turishim uchun, Uyimda pul zavod qurishim kerak. Uyimda pul zavod qura olmasam, Eng katta bankani urishim kerak. Eng katta banka ham qo‘ldan kelmasa, Ha, desa shalvirab turishim kerak. Shalvirab turuvchi erkak bo‘lgandan Yo‘q bo‘lib dunyodan, qurishim kerak. Dunyodan yo‘q bo‘lib ketmaslik uchun Men erkak o‘rnida turishim kerak. Ya’ni erkaklarning ishini qilib, Mazza qilib shaxmat surishim kerak. ✍️Erkin VOHIDOV Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
👍 1
Repost from Navoiy kundaligi
#kitobdan_parcha📖 Bolani o'yin o'ynashdan to'sish va tinimsiz ta'lim olishga majburlash bolaning qalbini o'ldiradi, zehnini pasaytiradi, hayotini zaharlaydi. ✍️ Abu Homid G'azzoliy 📚"Ihyoyu ulumid din" kitobidan Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
Repost from Navoiy kundaligi
#Mutolaa_uchun📖 ⚡️Ezgulik yodi Bir kuni kemada ketayotsak, ortimizdagi qayiq ag‘darilib, ikki odam girdobga tushib cho‘ka boshladi. Kemadagi badavlat kishi kemachiga “Cho‘kayotganlarni qutqarsang, yuz tillo beraman”, dedi. Kemachi rozi bo‘lib, cho‘kayotganlardan birini kemaga olib chiqdi. Ortiga qaytgunicha ikkinchisi cho‘kib ketdi. – Attang, umri qisqa ekan, – dedi badavlat odam. – Ehtimol, gapingiz rostdir. Ammo bu ishning boshqa sababi ham bor. Omon qolgan odam bir kuni piyoda ketayotganimda meni tuyasiga mindirgan. Halok bo‘lgani esa yoshligimda qamchilab urgandi. Suvga tushganimda shu ishlar yodimga tushib, avval menga yaxshilik qilganini qutqarishga shoshildim. Ikkinchisiga, taqdiri ekan, ulgurmadim. Allohning so‘zi rostdir. Kim yaxshilik qilsa ham, yomonlik qilsa ham o‘zi uchundir. ✍️Sa’diy Sheroziyning 📚“Guliston”idan. Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Repost from Navoiy kundaligi
#Biznikilar🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Navoiylik RAYHONA MAJIDOVA NASIBA ABDULLAYEVAning "BAXT O‘ZI NIMADIR" qo‘shig‘i bilan "Ovoz" loyihasida... Juda ajoyib ijro, shunday emasmi? Gap yo‘q, qoyil!👍👍👍 Rayhonaning kelgusi ijodiga ulkan parvozlar tilaymiz!👏👏👏 Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
Repost from Navoiy kundaligi
#Kayfiyat😊 -Baxtning siri nimada? -Axmoqlar bilan tortishmaslikda. -Gaping notoʻgʻri. -Seniki toʻgʻri. 😊 Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!🥰 Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
Repost from Navoiy kundaligi
#Biznikilar🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Navoiylik RAYHONA MAJIDOVA NASIBA ABDULLAYEVAning "BAXT O‘ZI NIMADIR" qo‘shig‘i bilan "Ovoz" loyihasida... Juda ajoyib ijro, shunday emasmi? Gap yo‘q, qoyil!👍👍👍 Rayhonaning kelgusi ijodiga ulkan parvozlar tilaymiz!👏👏👏 Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
نمایش همه...
👍 1👏 1
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰TARBIYA – avlodlararo ijtimoiy-tarixiy va hayotiy tajribani uzatishga xizmat qiladigan, oila, ta’lim muassasalari, ijtimoiy, siyosiy va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ta’siri ostida jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol insonni shakllantirish va takomillashtirish jarayonini anglatuvchi tushuncha. Ma’lumki, tarbiyaning asosiy turlari ikkita: oilaviy va ijtimoiy. Oila tarbiyasi oilada ota-onalar, bobo va buvilar, umuman katta yoshli qarindoshlar tomonidan bolalarni tarbiyalashdir. Azaliy o‘zbek udumiga binoan ota-onalar bilan birga bobo-buvilarning tarbiyaviy ta’siri kuchli. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...