cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Faqohat

Sababsiz, shartsiz va manfaatsiz doim yonimizda boʻlganlarga salom boʻlsin.. 2: @faqohat_ru Murojaat uchun: @faqohat_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
192
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-67 روز
-1530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Birinchi bo'lib... - Sahobalardan jannatga birinchi boʻlib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kiradilar. - Jannatga birinchi kiradigan jamoa faqir muhojirlar. - Boy sahoblardan birinchi boʻlib jannatga Abdurrahmon ibn Avf kiradi. - Jannat ahli birinchi boʻlib “salsabil” bulogʻidan suv ichadi. - Qiyomatda birinchi boʻlib insonga ahli va bolalari osiladi. Ular “Ey Robbimiz. Bu bizga bilmaganlarimizni oʻrgatmagan va bizga harom yedirgan. Bundan bizning haqqimizni olib ber” deydilar. - Doʻzaxda birinchi boʻlib Iblisga oʻtdan kiyim kiydiriladi. - Yer yuzidan birinchi boʻlib omonat koʻtariladi. 👍@faqohat
نمایش همه...
❤‍🔥 15🔥 4👍 2 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
#ogohlik🚫 Yuqoridagi shaxlar kabi bir necha insonlar ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek tilida shialikni targ'ib qilib sodda odamlarning savollariga o'zlarini botil e'tiqodidan kelib chiqib javoblar berib yotishibdi, afsuski bunga ishonib olqishlab yurganlar ham bor. Hadis deb o'zlarini foydasiga gapiradigan, kerak bo'lsa to'qima rivoyat ham yasab qo'yadigan bu kabi o'zini "qo'y" qilib ko'rsatuvchi, sahobalarni va Oisha onamizni so'kib, oyatlar va ittifoq qilingan sahih asarlarni inkor qilivchi toifadan ogohlantiramiz. Imom Ibn Kasir "Al bidaya va al nihaya" kitobida ahli sunnaning ustuni bo'lmish Imom Boqiloniydan keltirib aytadilar: "Ularning (Shialar) mazhablari kufr yo'lidir, e'tiqodlaridan esa (ahli sunna tomonidan) qaytarilgandir". Imom Molik va Ahmad rohimahumallohdan shu ma'noda gap naql qilingan: " Ushbu toifaning Islomga aloqasi yo'qdir". Bular yuqoriga ko'taradigan Aliy va Ja'far Sodiq roziyallohu anhular ham bu toifaning fitnasidan Alloh taolodan panoh so'ragan. 👍@faqohat
نمایش همه...
🔥 9 7👍 3💯 1
#fiqh #eslatma Uzrsiz zakotni kechiktirish Pul, tillo, kumush va boshqa zakot vojib boʻladigan narsalarda bir yil toʻlsa, zakot beradigan kun kelsa, oʻsha kuni zakotni berish vojib boʻladi. Uzrsiz zakotni kechiktirish baʼzi qavlga koʻra kabira gunohdir. Imom Karxiy rohmatullohi alayh: Zakotni uzrsiz kechiktirgan odamning guvohligi (fosiqligi sababli) qabul qilinmaydi, rad qilinadi, deganlar. 🌘@faqohat
نمایش همه...
❤‍🔥 10👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shayh Abdulloh Sirojiddin Husayniy rohmatullohi alayh o'zlarining "As-siyom" nomli kitobida: "Albatta, Alloh taolo farishtalariga ro'zador bandasini maqtaydi", deb turib, odatlariga ko'ra so'zlarini bir nechta hadisi shariflar bilan quvvatlaydilar. Qanday baxt arafasida turganimizni his qiling, aziz do'stlarim. Agar iymon va ixlos bilan ro'za tutsak Robbimiz biz gunohkor qullarini muqarrab farishtalar oldida maqtaydi. Bir tasavvar qilib ko'ring, biz kimmiz-u, butun olamlarni Yaratuvchisi Kim? Yana biz kimmiz-u, muqarrab farishtalar kim? Kim bizni kimlarga maqtaydi? 🌘@faqohat
نمایش همه...
❤‍🔥 11 4👍 2🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik🟡 Dunyo sahrosidagi qum zarralari sonini, dunyo o'rmonidagi daraxtlarning barglari sonini, dunyo yomg'irining tomchilari sonini biladigan farishtalar ham uning ro'zasi savobi qanchaligini bilmaydigan oy kirib kelmoqda. Mo'minlarga buyuk imkoniyat, ulug' marhamat, tengsiz baraka oyi kirib kelmoqda. Tog'dek-tog'dek gunohlar ham pista po'chog'idek uchib ketadigan, ozgina amal uchun olam-olam mukofotlar beriladigan oy kirib kelmoqda. Qoraygan qalblarni yuvgani, qotib qolgan qalblarni yumshatgani, g'amgin qalblarga orom bergani, haddidan oshgan nafslarga tarbiya bergani, og'irlashib ketgan gunohlar daftarini yengillatgani, yengillashib ketgan savoblar daftarini to'ldirgani, oylarning sultoni, muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda! Seni bizlarga ne'mat qilib yuborgan Zotga cheksiz hamd-u sanolar bo'lsin! Qibla ahli bo'lmish barcha iymondosh birodarlarimizga ushbu Ramazon oyi muborak bo'lsin! 🌘 ✍🏻Sayyid Akbar Mirzo Abdulaziz 🌘@faqohat
نمایش همه...
11❤‍🔥 6👍 2 2🕊 1
#fiqh #ròza Ramazon oyida musofir kishining ro'za tutishi, muqimning ro'zasidan mashaqqatliroq bo'lgani sababli, sunnat bo'lishiga qaramasdan, farzdan afzaldir. *Xuddi shunday jum'a namoziga azondan oldin borish sunnat va azondan keyin borish esa farz bo'lishiga qaramasdan, azondan oldin borish ( ya'ni sunnat ), azondan keyin borishdan (ya'ni farzdan) afzaldir. "Roddul muxtor, 1-jild" @faqohat
نمایش همه...
10❤‍🔥 5💯 2👍 1🔥 1😍 1🫡 1 1
Qoʻlidan kelgan bajaradi, oz bilgan aql oʻrgatadi, bilmaydigan tanqid qiladi, qilolmagan esa loy chaplaydi. @faqohat
نمایش همه...
❤‍🔥 12 3🔥 2🕊 2💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qachon yaxshi gumon qilsang, Alloh seni holatingni yaxshilaydi. O'zingdan boshqaga yaxshilik bo'lishini so'rar ekansan, senga o'zing o'ylamagan joyingdan yaxshilik keladi. @faqohat
نمایش همه...
🔥 11👍 4 4💯 3❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Surat Uhud togʻining hajmi, markazdagi masjidun nabiyga solishtirish orqali naqadar ulkan ekanini koʻrish va bilish imkonini beradi. Uni bilish nima uchun kerak degan savolizga javobni quyida bilib olasiz. Hadisda: "Bir mo'minning janozasi va dafn etilishida ishtirok etgan mo'min uchun ikki qiyrot ajr beriladi. Har bir qiyrot Uhud togʻidek. Agar janoza oʻqish bilan kifoyalansa bir qiyrot ajrga ega boʻladi" deyilgan. @faqohat
نمایش همه...
👍 8🔥 5❤‍🔥 4 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Toshlar orasidan gul o‘sib chiqadi, mashaqqatlar orasidan yengilliklar.. @faqohat
نمایش همه...
6💯 3👍 2🔥 2