Karyera markazi | Profi University
رفتن به کانال در Telegram
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
نمایش بیشتر1 066
مشترکین
+124 ساعت
-87 روز
-3830 روز
آرشیو پست ها
#vakansiya
Spring o`quv markaziga Arab tili va Ingliz tili ustozi kerak
📌 Talablar:
— Cefr C1 (arab tili) va Ielts 8.0 +
— Tajribasi bo`lsa ustunlik;
— General English va IELTS yo‘nalishlarini parallel ravishda professional olib borish;
— O‘quvchilarning kuchli va ojiz tomonlarini aniqlab, sifatli ta`lim bera olish;
— Mas’uliyatlilik, qat’iy intizom va natijaga sodiqlik.
📌 Vazifalar:
– Dars jarayonini metodikaga asoslangan holda olib borish;
– O‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini monitoring qilish;
– O‘quv rejalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
– Akademiyaning ta’lim standartlariga rioya qilish;
🕘 Ish vaqti:
— kelishiladi
💰 Maosh:
— 6 mln dan - 10-12 mln gacha
📍 Manzil:
— Surxondaryo viloyati, Denov (Sariosiyo,Uzun)
📩 Telegram: @HR_Recruiter4732
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya
Qizlar uchun biznes-maktab jamoasiga Support Manager qidirmoqdamiz!
Agar siz mas’uliyatli, tezkor va online platformalar bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz — sizni jamoamizda kutamiz ✨
Ayollar tadbirkorligi va rivojlanishiga qiziqsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun bo‘lishi mumkin.
Murojaat qilish uchun: Telegram 📩 @amaliyot_ofisi_menejer
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Repost from Karyera markazi | Profi University
Ish beruvchilar Profi University bitiruvchilari faoliyatidan qoniqadimi?
Profi University ta'lim sifatini muntazam takomillashtirib borish va bitiruvchilarimizning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini baholash maqsadida ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Agar tashkilotingizda Profi University bitiruvchilari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va ish faoliyati haqidagi fikrlaringiz biz uchun muhim.
Sizning ishtirokingiz: ✅ o'quv dasturlarini takomillashtirishga; ✅ mehnat bozori talablarini chuqurroq o‘rganishga; ✅ kelgusida yanada malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.So'rovnomani to'ldirishga atigi bir daqiqa vaqtingiz ketadi. Fikr va mulohazalaringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz. So'rovnoma — https://forms.gle/pd5T1JbJZfPRG3nN6 Telegram l Veb-sayt l YouTube
#stajirovka
📣 Omonatlarni kafolatlash agentligi stajyorlik dasturiga qabul boshlandi!
👉 Moliya, iqtisod, huquq, IT, analitika yoki boshqaruv sohasida tahsil olyapsizmi? Davlat moliya tizimi faoliyatini amalda o‘rganish va professional tajriba orttirishni istaysizmi? Unda O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash agentligining stajyorlik dasturiga taklif etamiz!
📌 Taklif etiladi:
🟢 davlat ahamiyatiga ega moliyaviy institutda amaliy tajriba;
🟢 bank tizimi va moliyaviy barqarorlik mexanizmlarini o‘rganish;
🟢 moliyaviy tahlil va risk-menejment sohasida bilimlarni mustahkamlash;
🟢 Data Analytics va korporativ kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🟢 sertifikat olish imkoniyati;
🟢 eng yaxshi ishtirokchilar uchun kelgusidagi vakant lavozimlar bo‘yicha talantlar zaxirasiga kirish imkoniyati.
📌 Talablar:
🟣 3–4-kurs talabasi bo‘lish;
🟣 moliya, iqtisod, huquq, IT, analitika, boshqaruv yoki turdosh yo‘nalishlarda tahsil olish;
🟣 analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
🟣 yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish;
🟣 mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lish;
🟣 zamonaviy texnologiyalar va moliya sohasiga qiziqish.
📌 Dastur haqida:
🟢 saralash bosqichlari asosida qabul qilinadi;
🟢 oflayn yoki gibrid formatda tashkil etilishi mumkin;
🟢 davomiyligi yo‘nalishga qarab belgilanadi;
🟢 tanlab olingan nomzodlar bilan alohida bog‘laniladi.
📩 Ariza topshirish — https://forms.gle/k5sdCAfShdXa3MPQ9
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
🎓 Oliygohni bitirgandan keyin nima qilaman, deb hali ham o‘ylanib yuribsizmi?
Unda Talaba Expo–2026 kasblar ko'rgazmasiga keling. Bu oddiy ko‘rgazma emas. Bu yerda siz haqiqiy ish beruvchilar bilan uchrashasiz, suhbatlashib ko'rasiz, amaliyot va bo‘sh ish o‘rinlarini topasiz, biznes va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma'lumot olasiz.
Bu ko'rgazmaga kelib, yaxshi ish topib, o'zingizni ish beruvchiga ko'rsatib qo'yishni uddalasangiz, ishga joylashdim deb hisoblayvering.
Ish bormi, deb murojaat qilish juda ham oson, aslida ish topish uchun mana shunday ko'rgazmalarda faol qatnashish kerak. Bir kun kelib ish qidirarman deyish o‘rniga, bugunoq shu imkoniyatdan foydalanib qoling.
📅 23–25-iyun
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududi (Talabalar shaharchasi).
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Birinchi ish maosh uchunmi yoki tajriba uchun?
Birinchi ish tanlashda yoshlar odatda ikki xil tanlov orasida qoladi: ko‘proq maosh beradigan ishni tanlash kerakmi yoki kamroq pul to‘lansa ham tajriba beradigan ishni tanlash kerakmi? Bu savolning yagona va hamma uchun mos javobi yo‘q.
Lekin mehnat bozori haqidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faoliyatning dastlabki 2-3 yilida tajriba va ko‘nikmalar ko‘pincha maoshdan muhimroq bo‘ladi. Chunki aynan birinchi ish keyingi maosh, lavozim va karyeraga bevosita ta’sir qiladi.
Yoshlar birinchi ishini tanlayotganda nimalarga e’tibor berishi kerak, qachon yuqori maosh ustuvor bo‘lishi mumkin, qachon esa tajriba va o‘sish imkoniyati muhimroq bo‘ladi?
Bugungi maqolamizda aynan shu savollarga javob izlaymiz.
Batafsil — https://profikaryera.uz/meeting/29
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya
📝 Position: HR Specialist (Females only)
🏗 Department: Human Resources / HR Department (Females only)
🕒 Working Hours: 1:00 PM – 8:00 PM (5/2), offline in the office
📍 Location: City center
We are looking for an инициативный and ambitious specialist for the position of HR and Operations Manager who will help build an effective teamwork system and HR processes, while also contributing to business development and strategic management.
Responsibilities
• At the initial stage, implement and organize the full HR function: recruitment, onboarding, and employee development.
• Gradually build and manage the HR department.
• Monitor employee progress and work efficiency, conduct regular discussions and evaluations.
• Participate in company strategy development together with management.
• Improve internal processes and organize effective teamwork.
• Maintain a strong corporate culture and support employee growth.
• Contribute to business development and team scaling.
Career Growth
At the beginning, you will be responsible for HR functions.
Within 6 months, you are expected to transition into a managerial role with full control over the HR department and expanded responsibilities.
Requirements
• English level C1 or higher (strong spoken and business communication skills)
• Experience in management, leadership, or organizing people
• Professional work experience is not required — experience leading university organizations, student projects, communities, or startups is also considered.
• Strong communication skills
• Initiative, openness, and willingness to grow
• Ability to take responsibility and actively participate in process development
Conditions
• Fixed salary: 600/900 USD + high starting bonus
• Opportunity for rapid career growth
• With increased responsibilities, the income level will grow significantly
• Participation in business development and scaling
• Work in a dynamic environment with direct interaction with management
📩 Apply now: @recuro_hiring_bot
Telegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya
We are currently looking for an active and sociable Customer Service Manager who is ready to grow with us.
What you have to do:
• Consult clients by phone (work only with a ready—made database - you don't need to look for anyone);
• Conduct consultations in the format of a "dialogue", talk about the company's products and help customers choose the best solution.;
• Maintain constant contact with clients and build long-term relationships;
• Work with KPIs and demonstrate results.
We offer:
• Salary from $800 to $1,200 + bonuses + KPIs — a transparent motivation system that allows you to earn significantly more when you are active;
• Career and growth: we have no "ceiling" — the company is expanding, and we are growing leaders inside.
• Modern office in city center;
• Schedule: from 16:00 to 00:00, 5/2 (work only from the office);
• Paid training before the start (5 days at the expense of the company);
• Continuous development: workshops, trainings, team events and team building;
• Mentoring from experienced colleagues and career development in the field of sales.
We are looking for someone who:
• English language proficiency — Upper-Intermediate and higher (for communication with clients);
• Has a competent speech and is able to build a trusting dialogue;
• Active, ambitious and result-oriented;
• Experience in sales or consulting will be an advantage, but not required — we teach.
Why it's worth a try:
• You will already have your own customer base;
• The company is international, you will work in the FinTech field with real growth prospects;
• We invest in the team: training, development, team atmosphere and mentor support;
• Transparent motivation system: fix + bonuses + KPIs
📩 Apply now: @recuro_hiring_bot
Telegram l Veb-sayt l YouTube
2025-yilda oliygoh bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni qayd etdi
Bitiruvchilar sifati indeksi doirasida 114 ta oliy ta'lim tashkilotining 242,6 ming nafar bitiruvchisi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki modellash natijalariga ko‘ra:
➖ Bandlik darajasi – 75% ➖ O‘rtacha oylik ish haqi – 5,1 mln so‘m ➖ O‘rtacha ishga joylashish muddati – 2 oy 1 kun ➖ Bitiruvchilarning 60,1% qismi kamida 4 oy davomida barqaror ish bilan ta'minlanganEng yuqori o‘rtacha ish haqi quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan: ➖ Biznes va boshqaruv – 8,5 mln so‘m ➖ Huquq – 7,3 mln so‘m ➖ AKT – 6,8 mln so‘m Eng yuqori Bitiruvchilar sifati indeksi quyidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan: ➖ Matematika va statistika: 69,6 ball ➖ Ta’lim: 66,7 ball ➖ Biznes va boshqaruv: 63,9 ball Indeks natijalariga ko’ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan Top-20 OTM kariyera markazlari: 500 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi Ushbu natijalar 8 oylik kuzatuv davri asosidagi dastlabki modellashtirish hisoblanadi. Yakuniy indeks natijalari 12 oylik ma’lumotlar asosida joriy yil avgust oyida e’lon qilinadi.
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
🎯 20 yoshgacha shu 3 narsaga e’tibor bersangiz, tengdoshlaringizdan bir necha qadam oldinda bo‘lasiz:
✅ Tajriba orttiring — stajirovka, volontyorlik va loyihalarda qatnashing. ✅ Ingliz tilini o‘rganing — bu sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. ✅ CV’ingizda natijalarni yozing — vazifalarni emas, erishgan yutuqlaringizni ko‘rsating.💬 Siz hozir qaysi biriga ko‘proq e’tibor beryapsiz? Karyera maktabi
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
👀 HR rezyumeni ochganida birinchi bo‘lib nimaga qaraydi?
Bu savolning javobi ko‘pchilik o‘ylagandek emas.
📹 Ushbu videoda HRlar eng ko‘p e’tibor beradigan jihatlar haqida gaplashdik. Videoni tomosha qiling!
Amaliyot ofisi
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
AYOL ASOSCHILARNI IZLAYAPMIZ!
Startup Garage tomonidan ayol startup asoschilari uchun ONLINE DEMO DAY tashkil qilinmoqda!
💡 Sizda startup g‘oya bormi?
🔥 Jamoa yig‘ayapsizmi?
📈 Investor va hamkorlar oldida chiqish qilishni xohlaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
Demo Day’da siz:
— Startup g‘oyangizni taqdim qilasiz
— Kuchli founderlar bilan networking qilasiz
— Mentor va hamkorlar topishingiz mumkin
— Keyingi bosqich Startup Garage Grand Demo Day uchun saralab olinishingiz mumkin
🎯 Asosiy maqsad:
Texnologiya va tadbirkorlik sohasidagi yetakchi ayollarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kuchli ayollar startup ekotizimini yaratish.
📅 Sana: 20.06.2026
🌐 Format: Online
📍 Qamrov: Butun O‘zbekiston bo‘ylab
Ro'yhatdan o'tish uchun: @SGWomendemodaybot
Startup founder do‘stlaringizga ham yuboring 🚀
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Diplom bor, ish yo‘q: muammoning yechimi amaliyotmi?
Amaliyot (stajirovka) haqida gap ketganda, ko‘pchilikning hayoliga oddiy, kam haq to‘lanadigan yoki umuman haq to‘lanmaydigan, mayda ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar keladi. Aniqrog‘i, ko‘pchilikda mana shunday stereotip shakllanib qolgan.
Xo'sh, aslida ham shundaymi? Amaliyot ish topishga qanchalik yordam beroladi? Uning foydali jihatlari nimalardan iborat? Bugungi maqolamizda shu haqida so'z boradi.
Batafsil — https://profikaryera.uz/meeting/28
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Ish beruvchilar Profi University bitiruvchilari faoliyatidan qoniqadimi?
Profi University ta'lim sifatini muntazam takomillashtirib borish va bitiruvchilarimizning mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini baholash maqsadida ish beruvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Agar tashkilotingizda Profi University bitiruvchilari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va ish faoliyati haqidagi fikrlaringiz biz uchun muhim.
Sizning ishtirokingiz: ✅ o'quv dasturlarini takomillashtirishga; ✅ mehnat bozori talablarini chuqurroq o‘rganishga; ✅ kelgusida yanada malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.So'rovnomani to'ldirishga atigi bir daqiqa vaqtingiz ketadi. Fikr va mulohazalaringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz. So'rovnoma — https://forms.gle/pd5T1JbJZfPRG3nN6 Telegram l Veb-sayt l YouTube
Endi barcha oliygohlarda yuqori salohiyatli mutaxassislarga ega karyera markazlari faoliyati tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan bitiruvchilar bandligini ta'minlashga oid taqdimotda oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini professional darajada tashkil etish taklifi bildirildi.
Endilikda karyera markazlari xodimlarining kasbiy standartlari ishlab chiqilib, shu asosda ularni malakasini oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.Faoliyati ularning shunchaki mavjudligi bilan emas, balki bitiruvchilarni ishga joylashtirishdagi aniq natijalari bilan baholanadi. Asosiy maqsad esa diplom va ish o‘rtasidagi masofani qisqartirish bo‘ladi. Oliygohlarni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida karyera markazining faoliyati ham baholanadi. Bunda markazning mavjudligi, xodimlarning sertifikatlanganligi va eng muhimi — bitiruvchilarni ishga joylashtirishga qo‘shgan amaliy hissasi inobatga olinadi.
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Ish topishda eng ko‘p uchraydigan xatolar
Bugungi raqobatbardosh mehnat bozorida, bitta vakansiya uchun 250 dan ortiq arizalar kelib tushadi, ba’zan bu raqam 386 taga ham yetadi. Bu raqamlar ko‘plab ish izlovchilarning boshqa nomzodlar orasida yo‘qolib qolish xavfini yanada oshiradi.
Xo‘sh, bunday bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ish topishda eng ko‘p uchraydigan xatolar qaysi? Bugun mana shular haqida gaplashamiz.
Batafsil — https://profikaryera.uz/meeting/26
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
#Rezyume
Rezyumeda bo‘lishi shart bo‘lgan 3 ta jihat
Zamonaviy mehnat bozorida rezyume oddiy hujjat emas, balki bu sizni ish beruvchiga reklama qiladigan strategik marketing vositasi hisoblanadi.
Ko‘pchilik nomzodlar rezyumega faqat o‘z vazifalarini yozishadi. Biroq, ish beruvchilar siz nima qilganingizni emas, nimalarga erishganingizni ko‘rmoqchi bo‘ladi.
So‘nggi yillardagi HR tadqiqotlari, sun’iy intellekt yordamidagi saralash tizimlari va ish beruvchilar xatti-harakatlarini o‘rgangan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rezyumening muvaffaqiyati ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lsa-da, 3 ta asosiy komponent bor.
Xo'sh, ular qaysilar deysizmi? Unda quyidagi maqola aynan siz uchun. Atigi 3 daqiqa vaqt ajratib, muhim ma'lumotlar bilan tanishib chiqing!
Batafsil — https://profikaryera.uz/meeting/24
Telegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya
Anorbank jamoasiga qo'shiling
“ANORBANK” AJ banki jamoasi o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish hamda mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan holda iqtidorli va tashabbuskor mutaxassislarni ishga taklif etadi.
🔎 Hozirda Monitoring va undiruv bo‘limi uchun bo‘sh ish o‘rni mavjud. Vakansiya Anorbankning barcha savdo ofislarida ochiq!
📩 Qiziqishingiz bo‘lsa, rezyumelaringizni quyidagi Telegram profiliga yuborishingiz mumkin:
Farg’ona @anorbankfargona
Namangan @Akbar_Abduvoxidov
Andijon +998982799400
Qo’qon @Hamdam_B
Angren @DavRan_KhDR
Chirchiq +998950646069
Qarshi +998977996676
Termiz +998902263744
Jizzax @xaliyev
Sirdaryo @Umid_Sadmanov
Buxoro @Bobur_Hayitovv
Navoiy @farruxjonabdiyev
Samarqand +998979105885
Nukus @mirzaxmetpolatov
Xorazm +998975165858
Toshkent @Muhriddin_Abduraxmonovich
Markaziy @oybek084
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
#vakansiya
Deep AI sun’iy intellekt kurslariga Sotuv menejeri kerak
Biz faol va muloqotga kirishuvchan yoshlarni jamoamizga taklif etamiz.
Vazifalar:
• Mijozlar bilan aloqa
• Kurs haqida to‘liq tushuntirish
• Sotuv jarayonini boshqarish
Talablar:
• 18–25 yosh
• O‘z fikrini ravon ifoda etish
• Faol, o‘rganishga tayyor, maqsadga intilgan
Sharoitlar:
• Oylik (3 mln – 15 mln so‘mgacha) + bonuslar
• Treninglar
• O‘sish imkoniyati
• Qiziqarli jamoaviy tadbirlar
Ish vaqti:
9:00–18:00
📍 Manzil: Darxon
📩 Aloqa: @HR_Recruiter4732
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasiTelegram l Veb-sayt l YouTube
Talaba va yoshlarga biznes qilishi uchun 2 mlrd so‘mgacha kredit beriladi
Prezident qaroriga ko‘ra, “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshgacha bo‘lganlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar beriladi.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan 31 yoshga to‘lmagan talaba va yoshlarga 2 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. Xususan:
o‘zini o‘zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo‘ymoqchi bo‘lganlarga 6 oylik imtiyozli davr bilan 18 oygacha garovsiz 20 mln so‘mgacha;
zarur biznes ko‘nikmaga ega bo‘lib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 300 mln so‘mgacha;
tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 2 mlrd so‘mgacha.
Ushbu tartibning to'liq tafsilotlari bilan saytimizda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin..
Batafsil — https://profikaryera.uz/meeting/34
Telegram l Veb-sayt l YouTube
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
