fa
Feedback
Jasur - IT Blog

Jasur - IT Blog

رفتن به کانال در Telegram

- @jasurkhaitov Bilganlarim va foydali bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarini ulashib boraman. - github.com/jasurkhaitov - jasurkhaitov.uz

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استفناوری و برنامه‌ها59 258
96
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-330 روز
آرشیو پست ها
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure)
🗂 Linked List (1- qism) Linked List - bir-biriga bog‘langan node'lardan iborat chiziqli ma'lumot tuzilmasi (Data Structure) hisoblanadi. node - bu Linked List'ning qismlari, ya'ni elementlari.
Linked List insertion (yangi element qo'shish) yoki deletion (mavjud elementni olib tashlash) uchun Array'ga nisbatan osonroq va samaraliroq hisoblanadi
Linked List element'lari 2 ta qismga bo'linadi: data vs address data qismi haqiqiy ma’lumotlarni saqlaydi, address qismi esa keyingi ulangan node'ni manzilini saqlaydi. Node - bu Linked List'ning asosiy tuzilmasi. U ma'lumotlar'ni va keyingi node manzilini saqlaydi. Node kamida bitta address'ga ega bo‘lishi kerak. Oxirgi node'ning manzil qismida null qiymati bo‘ladi, bu ro‘yxatning tugashini bildiradi. *Xotiradagi O'zgaruvchi Butun 15 sonini myNumber o‘zgaruvchiga saqlamoqchimiz va bu son ikki bayt (16 bit) ko‘rinishida saqlanadi. myNumber xotirasidagi manzil 0x7F30 deb faraz qilaylik. 0x7F30 aslida myNumber butun son qiymati saqlanadigan xotiraning ikkita baytining birinchisining manzilidir. Kompyuter butun sonli qiymatni o‘qish uchun 0x7F30 manzil'ga borganida, u birinchi baytni ham, ikkinchi baytni ham o‘qiydi.
⚠️ Kompyuter o'zining arxitekturasiga va o'zgaruvchini e'lon qilgan dastur tiliga qarab, qoidalar va bit'lar o'zgarishi mumkin.
*Xotiradagi massivlar Array'dagi elementlar xotirada ketma-ket saqlanadi. Shuning uchun, har bir element oldingi elementdan keyin saqlanadi. myArray = [3,5,13,2] array'ni xotiraga saqlaymiz. myNumber xotiradagi manzil 0x7F28 deb faraz qilaylik. Kompyuter'da faqat myArray ning birinchi baytining manzili bor, shuning uchun myArray[2] kodi bilan 3-elementga kirish uchun birinchi ikkita butun sondan sakrab o‘tadi. Butun son ikki baytda saqlanadi, shuning uchun u 0x7F28 dan 2x2 bayt oldinga o‘tadi va 0x7F32 manzilidan boshlab 13 qiymatni o‘qiydi.
Address Value ----------------------- 0x7F28 - 3 0x7F29 0x7F30 - 5 0x7F31 0x7F32 - 13 0x7F33
Massivdagi elementlarni olib tashlash yoki qo‘shishda, undan keyin keladigan har bir elementni yangi element uchun joy ochish uchun yuqoriga siljitish yoki olib tashlangan elementning o‘rnini egallash uchun pastga siljitish kerak. Bunday siljish operatsiyalari ko‘p vaqt talab qiladi.
⚠️ Bu real vaqt tizimlarida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
*Xotiradagi Linked List Linked List'lardan foydalanishning afzalligi shundaki, node'lar xotirada har qanday bo‘sh joyda saqlanadi, elementlar massivlarda saqlangani kabi node'lar bir-birining ortidan ketma-ket saqlanishi shart emas. node'larni qo‘shish yoki olib tashlashda ro‘yxatdagi qolgan node'larni siljitish shart emas. Har bir node 4 baytni egallaydi. Butun sonli qiymatni saqlash uchun 2 bayt, ro‘yxatning keyingi node manzilini saqlash uchun esa 2 bayt ishlatiladi. Linked List'ni birinchi elementi Head, oxirgi elementi Tail deb ataladi. Linked List'ni yomon taraflari shundaki, biz array'dan foydalanganimizdek, myArray[5] deb yozish orqali node ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaymiz. Linked List dagi 5-th node ga o‘tish uchun biz head deb nomlangan birinchi node dan boshlashimiz, keyingi node ga o‘tish uchun o‘sha node ning pointer idan foydalanishimiz kerak. Linked List'ning asosiy 3 ta turi mavjud *Singly Linked Lists: Bu eng keng tarqalgan. Har bir node'da ma’lumotlar va keyingi node manzili mavjud. *Doubly Linked Lists: Har bir node'ga oldingi node manzilini qo'shamiz. Shunday qilib, biz istalgan yo‘nalishda: oldinga yoki orqaga yurishimiz mumkin. *Circular Linked Lists: Bu oxirgi element birinchi element bilan bog‘langan bo'ladi.
Linked List Array'ga nisbatan 2 marta ko'proq xotira egallaydi. Chunki, Linked List har bir node uchun qo‘shimcha pointer (yoki reference) saqlaydi, bu esa qo‘shimcha xotira talab qiladi.
🔗 w3schools.com/dsa/dsa_theory_linkedlists_memory.php 📹 youtu.be/N6dOwBde7-M?si=jEpM9F6RUZjMhs0L 📹 youtube.com/watch?v=WqrbIUggEXQ&t=6155s #algorithm #linkedList ✅ @JasXDev

Console'ga nima chiqadi ?
Anonymous voting

photo content

Yaxshi dam olinglar try { // Some error message } catch (e) { window.open(`https://stackoverflow.com/search?q=[js]+${e}`, '_b
Yaxshi dam olinglar
try {
  // Some error message
} catch (e) {
  window.open(`https://stackoverflow.com/search?q=[js]+${e}`, '_blank');
}
Rasm@JasXDev

🗂 404 - Not Found Page Qachonki web sahifa (page) yangilanganda, 404 NOT FOUND error qaytaradi. Bu holat deployment'dan ( Ve
🗂 404 - Not Found Page Qachonki web sahifa (page) yangilanganda, 404 NOT FOUND error qaytaradi. Bu holat deployment'dan ( Vercel, Netlify va h.k ) keyin sodir bo'ladi.
Menimcha ko'pchilik bu muommo'ga duch kelgan !
Bu error saytingiz React asosida ishlab chiqilgan SPA (Single Page Application) bo'lgani uchun sodir bo'ladi. Agar saytga root (asosiy) / orqali tashrif buyurilsa, avtomatik ravishda index.html yuklanadi. Keyinchalik boshqa sahifalarga o'zgarganda, index.html sahifasi o'zgarmaydi (faqat tashqi ko‘rinishda sahifa almashadi). Ammo, agar siz to'g'ridan-to'g'ri shu root sahifalardan birini ochsangiz yoki shu sahifada bo'lganingizda "refresh" qilsangiz (qayta yuklasangiz), web-serverdan ushbu faylni taqdim etishni so'raydi… ammo bu fayl aslida mavjud emas. Shuning uchun siz 404 xatosini olasiz. * Vercel Deployment Bu muommoni hal qilish uchun vercel.json yaratib rule configuration yozish kerak
{
    "rewrites": [
        {"source": "/(.*)", "destination": "/"}
    ]
}
Bu kod Vercel serveriga har qanday kiruvchi URL manzilini asosiy root yo‘nalishga qayta yozishni buyuradi. Agar ichki sahifaga o‘tish amalga oshirilsa, Vercel bu so‘rovni root manzilga yo‘naltiradi va xatolikni oldini oladi. "rewrites" - Bu Vercelda so‘rovlarni qayta yozish qoidalari ro‘yxati "source": "/(.*) - Bu qism har qanday URL yo‘nalishini anglatadi "destination": "/" - Har qanday URL so‘rovi asosiy root (index.html) ga yo‘naltiriladi. * Netlify Deployment Bu muommoni Netlify deployment'da hal qilish uchun _redirects file yaratib rule configuration yozish kerak
/*    /index.html   200 
* / - barcha URL-larni bildiradi (masalan, /recipeDetails/... yoki boshqa ichki sahifalar). * Har qanday so‘rov /index.html ga yo‘naltiriladi. * 200 kodi brauzerga so‘rov muvaffaqiyatli qayta ishlanganini bildiradi. 🔗 https://dev.to/stanlisberg/resolving-the-vercel-404-page-not-found-error-after-page-refresh-9b9 🔗 https://answers.netlify.com/t/support-guide-i-ve-deployed-my-site-but-i-still-see-page-not-found/125?utm_source=404page&utm_campaign=community_tracking 🔗 https://docs.netlify.com/routing/redirects P.S: Share the post or Before this night over, I will be in your home #react #spa #notFound ✅ @JasXDev