cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Lestat

There is an innate anxiety which supplants in us both knowledge and intuition. © Emil Cioran https://t.me/lestat_here/18 Fonotekam https://t.me/musicmusicagainmusic

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
489
مشترکین
+324 ساعت
+257 روز
+5730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from Bobil Kutubxonasi
Stiven King? “It” ? 1200 bet? Zabarjad? Yana avvalgidek mingta ovoz yig’olarmikanmiz?)
نمایش همه...
12
Yanayam soddaroq tushuntirish uchun uzr, juda ham qoʻpol misol keltiraman. Bu hodisa menda boʻlmagan deb aytmang. "Oyim osh qilyaptilar. Oshning betiga qaynatilgan tuxum bossa mazzada. Tuxum yemaganimga ham ancha boʻlibdi. Oyimga aytaymikin bosvoring deb? Tinchroq turay, yana kechagiga oʻxshab soʻkib bermasin. Oʻzi haliyam xafa. Kecha bitta xrustal vazani sindirib qoʻygandim, juda jahllari chiqdi. Oʻzi unaqa qimmat vaza emas edi, dadam 2 yil avval Xitoydan olib kelgandi. Xitoyga borishni orzu qilganman, dadam men hali universitetda ekanligim uchun olib ketmagan. Dadam Xitoyga malaka oshirgani borgan, ishidan joʻnatishgan. 6 oy oʻsha yerlarda malaka oshirgan. Xitoy tili nega qiyin? Nimanidir boshqacharoq, yo sekiroq, yo balandroq aytib qoʻysang maʼno umuman oʻzgarib ketadi. Urgʻu muhim u tilda. Oʻzbek tilida nega urgʻu unaqa ahamiyatga ega emas? Rus tilida muhimku. Ukamni rus maktabga berishimiz kerak, dadam shunday dedi. Men jon-jon deyman, lekin oyim norozi. Tarbiyasi buzilib ketarmish. " Mana chala oʻlik holdagi 11 yosh bola tilidan aytilgan stream of consciousness) @lestat_here
نمایش همه...
1
Stream of Consciousness XIX asr adabiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, biz romantizmga(Aleksandr Dyuma bunga eng katta misol), sotsial realizmga(Balzak, Flober, Dikkens, Mopassan), naturalizmga(Emil Zolya haqida gapirish shart emas) va yana boshqa koʻplab adabiy oqimlarga guvoh boʻlamiz. U vaqtda yozilgan asarlarni oʻqiganmiz, sevganmiz, tahlil qilganmiz. Eslaydigan boʼlsak, asarlarda bir xil qolip hukmron. Juda tiniq, tushunarli, koʻpincha xronologik narrativ(voqealarni aytib berish) texnikasi, koʻproq insonlarning boshqa insonlar va ayni vaqtda butun boshli jamiyat bilan munosabatlari, qolipdagi lugʻat va grammatika, asosan tabiat tasvirlari, insonlarning juda uzoqdan-uzoq dialoglari vhk. XX asrning boshida esa adabiyotga butkul yangicha nafas kirib kelgan, anʼanaviy adabiyot tag-tugi bilan isloh qilingan. Modernist yozuvchilardan Jeyms Joys, Marsel Prust, Virjiniya Vulf, Uillyam Folknerlar yetishib chiqqan. Ular anʼanaviy adabiy qadriyatlarni soʻroq ostiga olishgan, asarlarini yozayotganda qoʻrqmasdan eksperimentlar qilishgan, yangiliklarni sinab koʻrishdan tap tortishmagan. Ular men sarlavhada yozgan, butkul avangard usuldan asarlarini yozishda foydalanishgan. Oʻzi stream of consciousness nima? Buni oʻzbek tiliga "ong oqimi" deb tarjima qilsa boʻladi. Bu shunday adabiy texnikaki, unda kishining ongidan oʻtadigan oʻylar va fikrlar ularning hayolidan qanday oʻtsa xuddi shunday tasvirlanadi. Uning maqsadi insonning aqliy jarayonini tabiiy oqimini qanday boʻlsa shunday aks ettirish. Unda hech qanaqa tartib boʻlmaydi, xuddi bizning hayollarimizdek, oʻylarimizdek, chiziqli ham, xronologik ham boʻlmaydi. Bu uslub yetilmagan oʻylar oʻrtasidagi koʻchib yurishlarni, qolipga solinmagan xayollarni, kishining ichki kechinmalarini tasvirlashga eʼtibor qaratadi. Va natijada adabiyot ijtimoiy hodisa emas, shaxsiy hodisaga aylanadi, shaxsiylashadi. Uni avangard qilgan qanday jihatlar bor? Bu texnika oldin yozilgan asarlarda koʻp uchraydigan narrativ uslubni isloh qilgan, kam dialoglar ishlatgan va koʻpincha fikrlar va hislarni parcha-parcha va nochiziqli shaklda namoyon etgan. Insonning ichki kechinmalariga fokus bergan, uning hislarini prioritet qilib olishi bilan chuqurroq psixologik realizmga yoʻl ochib bergan. Til, grammatika va punktuatsiya chegaralarini buzib tashlagan, faqat asar qahramonlari gapiradigan, yangidan yangi, lugʻatlarda mavjud boʻlmagan soʻzlar bilan yozilgan(Joysning "Finnigans Wake" asarini sinab koʻring). Joys "Uliss", "Musavvirning yoshlikdagi shamoyili", Vulf "Delouey xonim" "Mayoqqa tomon", Prust "Yoʻqotilgan vaqtni izlab", Folkner "Oʻlar chogʻimda", "Shovqin va qahr" asarlarida ong oqimidan juda ham sermahsul va ajoyib tarzda foydalangan. @lestat_here
نمایش همه...

🍓 7 2
Agar Jon Koltreynni tanimasangiz, jazz eshitganman demang. @lestat_here
نمایش همه...
In a Sentimental Mood - John Coltrane.m4a3.99 MB
🍓 8
Detektiv romanlarga "ozgina" ishqivozchiligim yoʻq emas. Oʻzimni iloji boricha detektiv oʻqishdan tiyaman, ayniqsa boshqa biror muhim ishim boʻlsa. Chunki nima qilayotgan boʻlsam ham, hayolim faqat kitobda boʻladi. Kim qotil ekan degan fikr kallamni tark etmaydi, oʻzimcha baʼzida kitobni qoʻyib qoʻyib, berilgan faktlarga asosan qotilni topmoqchi boʻlaman. Lekin kecha Agata Kristining "Убийство Роджера Экройда" romanini boshlab qoʻygandim. Yurgan yoʻlimda oʻqib yuribman, bir-ikki yiqilib ham tushdim. Oyim yaxshilab soʻkdilar buning uchun, oʻl, hoʻkizek bola, shunaqayam boʻladimi deb. Ovqatlanayotganimizda oʻqiyotganim uchun oyim shart tortib oldi, sekin epub oʻqishni boshladim. "Nima qilyapsan?" deb soʻragan edilar, "Siz op qoʻygan kitobni oʻqiyapman" dedim. Hayron qaradilar, ahmoqqa qaraganday qaradilar, keyin kitobni qaytarib berdilar. I win. Xullas, Agata Kristi oʻqinglar.
نمایش همه...
🍓 13 4
Photo unavailableShow in Telegram
Piano meme
نمایش همه...
17🍓 3
Shopenni his qilishinglarni kutmayman. Baribir juda koʻpchiligimiz qalbsizmiz.
نمایش همه...
🍓 6 5
Shopenga Sening kuying alamlarga lim, Yuragimni doim qilar gʻash. Xarob boʻlar mening ahvolim, Kuydiradi misli bir otash. Barmogʻingda sevgimas, aslo Ayriligʻ-u, hijronning valsi. Oq-u qora klavishlar aro Qaygʻu raqsi... Yigʻining raqsi. Pianino juda zabardast, Magʻrur turar qoshini kerib. Lekin kuying koʻrarolmay dast Qoʻl ostingda ketadi erib. Noktyurnlaring oʻlimdan xabar, Notalarning kemtik, tolesiz. Dunyo qora boʻlsa shu qadar Umrim essiz... Hayotim essiz... Nimalarni qilgansan sen his? Nega kuying bunchalar tilik? Boʻlisholmas bunchalik yolgʻiz. Mavjud emas shuncha baxtsizlik. Qogʻozingga tomadi siyoh Va shu zahot yonib ketar u. Noumidlik soyasi qalin, Tun adabiy... Zulumot mangu... Sening kuying alamlarga lim... Lestat. 2021. @lestat_here
نمایش همه...
7🍓 4
Shopen. Mi minordagi prelyud. Op.28 No.4 @lestat_here
نمایش همه...
Chopin - Prelude in E Minor (Op. 28 No. 4).mp33.00 MB
🍓 6
Сплин эшитилар)
نمایش همه...
2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.