fa
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

رفتن به کانال در Telegram

📌 Kuchli ustoz | 2020-yildan boshlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli o‘quvchilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy oʻquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

نمایش بیشتر
556
مشترکین
-124 ساعت
-77 روز
-2830 روز
آرشیو پست ها
Repost from N/a
Yakuniy mandat natijalari qachon e’lon qilinadi? 2026–2027-o‘quv yili qabuli uchun qonunchilikda belgilangan tartibda 14–23-iyul — test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 25-iyuldan 8-avgustgacha — abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydi. 8–17-avgust — mandatni shakllantirish jarayoni amalga oshiriladi. 17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda. 18–27-avgust — oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi. Joriy yilda ham natijalar belgilangan sanadan oldinroq e’lon qilinishi mumkin. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
❗️Akademik litseylarga kirish testlari uchun ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent Abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin: 1️⃣ my.edu.uz hamda my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi; 2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1,5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qish
⚡️Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmb1bot 👉 @mandat_uzbmb2bot 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 TO‘RTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan davlat
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026
TO‘RTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2026-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 UCHINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan davlat ol
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026
UCHINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
+2
#Kvota #Kunduzgi #Qabul2026 Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
#Kvota #Qabul2026 ⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️2025-yil 14-15-16-iyul kunlari imtihonda tushgan savollar to'plami 14-15-16-iyul kunlari imtihonda tushgan savolar blok qilingan holatda yigʻildi ➡️ 1-smena 90 talik 5ta fan ➡️ 2-smena 90 talik 5ta fan ✅ 1-smena to'g'ri javoblari
1a 2c 3a 4d 5a 6a 7c 8b 9c 10a 11b 12a 13d 14c 15a 16a 17a 18c 19b 20d 21a 22c 23d 24c 25a 26b 27c 28d 29c 30c 31a 32b 33c 34d 35b 36b 37b 38c 39d 40b 41c 42c 43a 44d 45a 46d 47b 48a 49c 50b 51c 52d 53a 54b 55b 56d 57d 58b 59b 60a 61b 62a 63a 64a 65c 66b 67c 68c 69a 70d 71a 72c 73d 74a 75a 76d 77c 78b 79a 80b 81a 82b 83b 84a 85a 86a 87b 88c 89d 90d
✅ 2-smena to'g'ri javoblari
1b 2d 3a 4c 5b 6b 7b 8d 9d 10a 11a 12c 13b 14a 15b 16d 17c 18c 19d 20b 21c 22d 23a 24d 25b 26c 27a 28c 29a 30c 31c 32d 33c 34c 35c 36b 37b 38a 39b 40a 41c 42b 43a 44c 45b 46c 47d 48d 49b 50a 51a 52b 53d 54d 55a 56d 57c 58c 59a 60a 61a 62a 63a 64c 65c 66d 67b 68c 69c 70a 71a 72a 73a 74b 75a 76c 77d 78b 79a 80a 81c 82b 83b 84c 85b 86c 87a 88b 89b 90b
 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️O‘qishni ko‘chirishda kutilmagan yangilik! Endi nodavlat oliygohdan boshqa nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish uchun ham
+1
⚡️O‘qishni ko‘chirishda kutilmagan yangilik! Endi nodavlat oliygohdan boshqa nodavlat oliygohga o‘qishni ko‘chirish uchun ham uzrli sabab talab etiladi (birinchi rasmda). Nodavlat OTMlar o‘rtasidagi o‘qishni ko‘chirish nazoratini ham vazirlik qo‘lga oldi. Endilikda ushbu jarayon davlat OTMlari o‘rtasidagi o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi amalga oshiriladi (ikkinchi rasmda). 📌 Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda nodavlat OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish o‘sha OTMning ichki qabul tartibi asosida amalga oshirilar, bunga vazirlik aralashmas edi. P.S. Yaqin kelajakda abituriyentlarni qabul qilish ham yangi qoidalar asosida bo’lishi mumkin. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
Davlat OTMlarida super kontrakt narxlari e’lon qilish boshlandi Ma’lum bo‘lishicha, 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va
Davlat OTMlarida super kontrakt narxlari e’lon qilish boshlandi Ma’lum bo‘lishicha, 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilangan. Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan. IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan. ➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; ➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari; ➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari; ➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari. 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda natijani bilish mumkin: 👉 @bmba_natijabot 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Rasman: Abituriyentlar imtihonlar toʻliq tugagach 5 ta yoʻnalish tanlaydi! Faqat...❗️ Abituriyentlar hujjat topshirayotganda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasini tanladi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgiladingiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent
🔗 @talim_eduuz

Bu uzumdan yegan odam matematikani tezroq örganadiganga öxçaydi 😂

Kim necha ball toʻpladi?

Repost from N/a
⚡️Rasman: Birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmbbot 4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali: Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud). 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
#Tezkor #Natijalar ❗️Natijasini kutayotganlarga tarqatamiz Kecha imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari bugun 23:59
#Tezkor #Natijalar ❗️Natijasini kutayotganlarga tarqatamiz Kecha imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari bugun 23:59 ga qadar e’lon qilinadi. Natijalarni bot orqali ko'rish mumkin Quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamini yuborgan holda natijalarni olishingiz mumkin: 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmbbot 👉 @mandat_uzbmbbot Abituriyent ruxsatnomasi va Abituriyent qayd varaqasida ko'rsatilgan ID raqamini botgа yuboring! 🔗 @talim_eduuz

Repost from N/a
⚡️Rasman: 2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari umumiy soni e’lon qilindi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, yangi o’quv yilida davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan. Bakalavriat ta’lim bosqichining kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha miqdori: 2024-yili: 127 ming 995 ta; 2025-yili: 148 ming 400 ta; 2026-yili: 234 mingdan ortiq. 🔗 @talim_eduuz