MSR Aka - uka matematiklar
رفتن به کانال در Telegram
📌 Kuchli ustoz | 2020-yildan boshlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli o‘quvchilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy oʻquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
نمایش بیشتر558
مشترکین
+224 ساعت
-67 روز
-2730 روز
آرشیو پست ها
Repost from N/a
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#Ikkinchi_bosqich_tanlov
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
📆 Tanlovning 2-bosqichi yakunlanishiga 4️⃣ kun qoldi.
✅ Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashda faol bo‘lishlarini so‘raymiz.
🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ayni vaqtda abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish ("Kengaytirilgan qidiruv") imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yordamchi ma’lumot sifatida undan keng foydalanish mumkin.
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha videoqo'llanma mavjud.
Eslatma: ushbu bosqich 8-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Endi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin
✔️ Endi chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning toʻlovi kuyib ketmaydi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi Javlonbek Nurmatov maʼlum qildi.
📌 Maʼlum bo‘lishicha, chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihonlarida uzrli sabab bilan ishtirok eta olmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etiladi.
Unga koʻra, imtihonga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorlar keyingi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz qatnashishi yoki to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishi mumkin.
🔍 Mazkur tartib kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila aʼzosining vafoti kabi uzrli sabablarga ega boʻlgan talabgorlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi talab etiladi.
Shu bilan birga, imtihonga uzrsiz kelmagan, belgilangan vaqtdan kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilgan talabgorlarga ushbu tartib tatbiq etilmaydi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Abituriyentlar uchun o‘z o‘rnini ko‘rish imkoniyati ishga tushdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan xizmat ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin.
Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini ko‘ra olishadi.
Havola: mandat.uzbmb.uz/Bakalavr
✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
❓Nima o‘zgardi?
Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.
Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi
Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak.
Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.
ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.edu.uz va my.gov.uz saytlari orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
❗️Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan balli asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya berish huquqiga ega.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
✍️ SAT imtihon sanalari rasman e’lon qilindi!
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi College Board tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari quyidagi sanalarda tashkil etiladi.
🗓 2026-yil
🔹 22-avgust
🔹 12-sentabr
🔹 3-oktabr
🔹 7-noyabr
🔹 5-dekabr
🗓 2027-yil
🔹 6-mart
🔹 1-may
🔹 5-iyun
🎓 SAT imtihonida ishtirok etishni rejalashtirayotgan abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish muddatlarini diqqat bilan kuzatib borishlari so‘raladi.
📍 SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉 MANZILLAR
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibda 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball, yakuniy nazorat uchun esa 50 ball beriladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida ballar alohida tartibda taqsimlanadi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar talabani baholashda har bir savol bo‘yicha kamida ikki-uch gapdan iborat izoh, ya’ni feedback yozishi talab etiladi.
Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Imtihon jarayonining videoyozuvlari kamida bir yil saqlanadi.
Bundan tashqari, yakuniy imtihonlarni oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda oliy ta’lim tashkilotlari ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar ham o‘tkaziladi.
Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etilishi rejalashtirilgan.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Rasman: 2025-yil o‘tish ballari eʼlon qilindi!
Ko‘pchilik mening balim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi, deb so‘rayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos.
Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.
🎓 @dtmstat_bot orqali maʼlumot olishning 2 ta qulay usuli:
1️⃣ Abituriyent ID raqamingizni yuboring.; 2️⃣ Ruxsatnomani rasm yoki PDF ko'rinishida yuboring.Ruxsatnomadagi QR KOD bot tomonidan avtomatik o'qiladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi.
Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi. Diqqat! joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Endi 3- va 4-kurs talabalari maktablarga diplomsiz ishga ariza topshirishi mumkin
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga qabul qilish uchun ariza topshirayotgan oliy ta'lim muassasalarining 3- va 4-kurs talabalari endilikda diplom nusxasini yuklamasdan ariza yuborishlari mumkin.
"Pedagog" platformasida ariza to‘ldirish jarayonida "Diplomlar" bosqichiga o‘tilganda tizim foydalanuvchining talaba maqomini aniqlaydi va maxsus ruxsatnoma oynasini taqdim etadi. Shundan so‘ng talabalar hech qanday diplom hujjatini yuklamasdan "Keyingisi" tugmasini bosib, ariza topshirishni davom ettirishlari mumkin.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
❓GPA nima va nega u muhim?
Ko‘pchilik GPA haqida faqat grant tanlovi boshlanganda eslaydi. Aslida esa GPA — talabalik davridagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri.
🎓 GPA (Grade Point Average) — bu siz barcha fanlardan olgan baholaringizning o‘rtacha reytingi. U odatda 4 ballik tizim asosida hisoblanadi.
Masalan:
🔹 4.0 — a’lo natija;
🔹 3.5+ — juda yaxshi;
🔹 3.0 — yaxshi;
🔹 3.0 dan past — ko‘plab imkoniyatlarni cheklashi mumkin.
📌 GPA nima uchun muhim?
✅ Davlat granti va grant-kontrakt tanlovlarida ishtirok etish uchun; ✅ Magistratura va doktoranturaga qabulda; ✅ Xorijiy universitetlarga o‘qishga topshirishda; ✅ Turli stipendiya va akademik almashinuv dasturlarida; ✅ Ayrim ish beruvchilar tomonidan nomzodlarni baholashda.⚠️ Esda tuting: Bir semestrdagi past baholar GPA’NI tushirib yuborishi va kelajakdagi ko‘plab imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin. 🎯 Shuning uchun GPA haqida faqat bitiruv oldidan emas, 1-kursdan boshlab qayg‘urish kerak. Bugungi baholaringiz ertangi imkoniyatlaringizni belgilaydi. 🔗 @talim_eduuz
❗️Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi.
📝 Tanlov tartibi:
🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi);
🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi;
🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.
Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi.
ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from N/a
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚡️Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi
💠Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari:
🔺Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
🔺Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili
🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili
🔺Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili
🔺Davlat auditi
🔺Islomiy moliya
🔺Islom iqtisodiyoti va moliyasi
🔺Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
🔺Raqamli huquq
🔺Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
🔺Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
💡Yodda tuting! Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
⚠️ Abituriyentlarning 90%i hozir aynan bitta xatoni qilmoqda!
Yo’nalishni taxmin bilan tanlash.
“Kirarman…”
“Bir gap bo’lar…”
“Shu to’g’ri kelsa kerak…”
❌ Taxmin bilan emas.
📊 Statistikaga qarab tanlang.
🤖 @DTMSTAT_BOT AI yordamida istalgan OTM va yo’nalish bo’yicha o’tish ballarini topib beradi.
Siz esa ma’lumotga asoslanib qaror qilasiz!
📌 Bir daqiqalik tekshiruv sizni bir yillik afsusdan saqlashi mumkin.
🔗 @talim_eduuz
Repost from N/a
➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
🔗 @talim_eduuz
