cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

METODIK XIZMAT KO'RSATISH BO'LIMI (Jizzax viloyati PM)

Jizzax viloyati pedagoglarining savollariga javob beramiz, murojaat uchun: @metodistga_murojaat_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 794
مشترکین
-524 ساعت
-247 روز
-11430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#xushxabar ⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515) Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
👍 2
06:09
Video unavailableShow in Telegram
#Zamonamiz qahramoni Zamonamiz qahramoni Marinina Irina Viktorovna 📚Marinina Irina Viktorovna 29 yillik stajiga ega oliy toifali rus tili va adabiyot o'qituvchisi.2005-yildan buyon Jizzax shahar 5-sonli maktabida pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. 📖2016-yilda "Л.Н.Толстой.Обзор жизни и творчества русского писателя"mavzusida metodik tavsiya yaratgan. 2017-yildan Jizzax viloyat rus tili fani treneri. 🌟2017-2018-yillarda "Yil o'qituvchisi" ko'rik tanlovi shahar g'olibi,viloyat bosqichida 2-o'rin sohibi. Pedagogika markazi rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram 💻YouTube 🪩Facebook ♻️ Website
نمایش همه...
⚡️Oʻqituvchilarning yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilan. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori. 💰Oylik bot Ta'limga oid barcha hujjatlar shu kanalda! 👇👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/talimiy_hujjatlar https://t.me/talimiy_hujjatlar
نمایش همه...
👍 1
⚡️Ўқитувчиларга ойлик устама белгилаш бўйича баҳолаш мезонлари Педагог ходимларнинг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўплаган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади: 65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз; 71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз; 76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз; 81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз; 86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз; 91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз; 96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз. Ойлик ҳисоблаш учун бот Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇 https://t.me/+KzysPSHcaRVlMGQy
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
✨ 2023-2024-OʻQUV YILI SARHISOBI... 📗Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. 📝 Har qanday muammoning yechimi-taʼlim. ⚡️Sifatli taʼlimni tashkil etish orqali ajdodlarga munosib avlodni kamol toptirishda mahoratli ustozlarning hissasi beqiyos. ✍ 2024-yil 25-may sanasida Jizzax viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi tomonidan fanlar kesimida viloyatning bir qancha fidoiy ustozlari eʼtirof etildi. 🧑‍🎓 "Amaliy fanlar" yo'nalishida: ✅ 1.Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi musiqa madaniyati fani oʼqituvchisi-Diyor Tursunov; ✅ 2.Sharof Rashidov tumanidagi 23-maktab musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi Shahnoza Berdiyeva; ✅ 3.Jizzax shahridagi 10-maktab musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi Nargiza Zubaydullayeva; ✅ 4.Jizzax shahridagi 26- maktab musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi Roʼziqul Xudoynazarovlar ham "Yilning mahoratli oʼqituvchisi" sifatida eʼtirof etildi. 🎼 Muvaffaqiyatingiz bardavom boʻlsin, qadrli ustozlar!
نمایش همه...
👍 3👎 2
01:28
Video unavailableShow in Telegram
❗️ Ўзбекистонда 2024/2025-ўқув йилидан бошлаб ўқитиш ва билимни баҳолашнинг янги тартибини самарали жорий этган мактаб раҳбарлари ва ўқитувчилар маошига 40% гача қўшимча устама бериладиган бўлди. Батафсил 👉🏽 Дунё🌐Уз
نمایش همه...
🌐 METODIST SOATI 📚 Joriy yilning 25-may sanasida Jizzax viloyati Pedagogika markazi ona tili va adabiyot kursi tinglovchilari uchun "Tillarni o'qitish metodikasi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Shohqadam Haydarov bilan hamkorlikda Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari Go'zal Kamoljonova hamda Nigora Xasanovalar tomonidan Metodist soati tashkil etildi. 📖 Metodist soatida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug'iga asosan metodik yordamni tashkil etish hamda 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug'iga asosan ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish ishlari yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. 📝 Shuningdek, kurs tinglovchilari ishtirokida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan "Kayfiyat haqida axborot", "Cracodile", "Rasmlar orasidagi bog'liqlik", "3,4,5,6,7 metodi" kabi interfaol metodlar va Enerjayzer mashqlari o'tkazildi 🌏Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram 💻Facebook   📨Bot
نمایش همه...
Repost from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
نمایش همه...
Repost from Pedkadr.tdi.uz
Педагог ходимлар учун йиллик узайтирилган меҳнат таътили бўйича кўрсатма хат Педагогларнинг ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътилларини режа-жадвалга асосан (навбат билан) ўз вақтида ва қонунчилик талаблари асосида (тўғри) амалга оширилишини таъминлаш юзасидан Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг хати
نمایش همه...
نمایش همه...
Jizzax viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi

BIZ TA'LIMNING RIVOJLANISHIGA HISSA QO'SHAMIZ. Joriy yilning 20-may sanasida Jizzax shahridagi 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida Jizzax viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi bilan hamkorlikda "Biz ta'limning rivojlanishiga hissa qo'shamiz" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi. Seminarda Jizzax viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari F.Xudoyberdiyeva, G.Kamoljonova, N.Xasanova, K.Bekmuratova, M.Eryigitova hamda boshlang'ich ta'lim kursi…

👍 1