cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sevgi haqida maʼnoli sheʼrlar

omad1215

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
408
مشترکین
+224 ساعت
+117 روز
+5630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:07
Video unavailableShow in Telegram
⭐️🌙 Xayrli tun,🌟 qadrdonlarim!🌟 Niyatim xolisdir sogʻ boʻling doim, Istagan baxtlarga yeting iloxim. Bu dunyoda qoqilmang, gʻam chekmang aslo, Sizga panox boʻlsin yolgʻiz Alloxim. ✨🌺✨Barchamizni Allohim doimo Oʻz panohida asrasin! ✨🌺✨Shirin tushlar hamroxingiz boʻlsin!
نمایش همه...
1.09 MB
00:08
Video unavailableShow in Telegram
#янгиси Энди сендан яхшилари сира бўлмайди, Минг бора суйсалар жон фидо бўлиб. Аммо озорларинг хам унут бўлмайди, Қалбимни бир бурчагин куйиб куйдириб. Юрагим қулфига хеч калит тушмас, Умрбод ишқ занжирига махкум асира. Хижронинг жон олар жаллод мисоли, Қиличин қайрашдан тўймайди сира. Азоблар сахросида тентирайман жим, Бемажол, бесабаб сарсон саргардон. Хатто тонгларим хам тим қора тим тим, Бир садо келмайди сен бор тамондан. Сени соғиняпман шунчалар билсанг, Аммо энди етмас  сенга охларим. Қоқ иккига ажралиб кетгандек замин, Чақирсам хам етмас сенга зорларим. Энди сендан яхшилари сира бўлмайди, Ишон гапларимга ёлғон эмас рост! Бир пайтлар сени деб кулган кўзларим, Қувончдан порламас кулмайди ишон! © Инобат Рузибоева      •┈┈┈•✿︎✦✿︎ 🌺 ✿︎✦✿︎•┈┈┈•       
نمایش همه...
animation.gif.mp41.51 KB
SEVAR EMISHSAN! Eshitdim dunyoni bir chetga surib, Derazang yonida turar emishsan, Suratimni quchib, hayollar surib, Jimgina ovozsiz, yig'lar emishsan. Ey meni tentagim, qaysarginam, Go'dakdek beg'uborim, o'jarginam, Sevmayman deysanu, ko'rinmay qolsam, Kimlardandir meni so'rar emishsan. Pardozlar qilarsan, aksinga qarab, Menga yoqqan uzun sochlaring tarab, Joningdaney degan so'zlarim eslab, Oynaga bir qarab, kular emishsan. Qancha dillar zor, bitta so'zimga, Ming afsus, ko'rinmas ular ko'zimga, Sevgingni aytolmay, sen ham o'zimga, Tushlaringda meni, ko'rar emishsan. Ishq maydon, tikilgan armonni dori, Ne qilay, sen endi birovning yori, Qiyomatga qolgan, yurakning zori, Sevgim gunoxligin bilar emishsan. Derazang oldida shivirlar yomg'ir, Lablaring taftidan, parlanar oyna. YOringni ismi qolib bir chetda, Mening ismimni yozar emishsan. Ey meni qaytib kelmas baxorim, Men yashab yurgan zaminda borim. Qaysarim, o'jarim, yulduzim, oyim, Sen meni haliyam, sevar emishsan. ISHQNING OLOVIDA KUYAR EMISHSAN. ✍Kamronbek Ismoilov.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Maqsadim ishq degan manzilga bormoq, Uzukni xohlaydi to'rtinchi barmoq. Menga qizartirish vakolatin ber, Yuzingga yarashar gulim qizarmoq! Mening qo'lim oqmi,sening qo'ling oq? Nasib ayladiku dardingni yormoq.. Qanday ilinganim bilmay qoldimay, Hissiyotim uchun tashlading qarmoq.. Sen mensiz toq o'tma,men ham sensiz toq..) Doim kulib yurgin solmagin qovoq. Bu juftlik nomini oila deyishar Ikkimiz bir umr ishqiy hamtovoq.. Fikrimiz shundayin niyatlaring oq. Tabassumni boshlar axir sevinmoq. Ming shukur aytamiz berildi gulim, Menga sevish, baxti senga sevilmoq. ✍Faxriyor Baxtiyorov 18.06.2024
نمایش همه...
Malol olmaysizmi, oʻzimdan oʻtib, Oʻzim bilaversam boʻlganlarimni. Ishqning huzuridan jimgina ketib, Koʻnglimga faryoddek toʻlganlarimni! Malol olmaysizmi, Xudodan mudom, Sizning tinchingizni tilanaversam. Azaliy dard boʻlib etsamu davom, Unga boshdan oyoq belanaversam. Malol olmaysizmi, sukutda, sokin, Isyon qilaversam tuygʻularimga. Sizni oniyga ham hamroh qilmasam, Siz deb boshga kelgan qaygʻularimga! Malol olmaysizmi, kelmaysizmi bas, Isxor etilmagan ishqim etib rad. Men sizga toʻgʻrisi, qilaman havas, Men sizga toʻgʻrisi hamdardman, hamdard! Malol olmaysizda endi qachondir, Baxt boʻlib, baxtlarga toʻlmaganimga. Siznimi yo meni siylamay taqdir, Azizim, sizga yor boʻlmaganimga. Malol olmaysizmi... .. Malika Tavfiq
نمایش همه...
Begona bo‘ldingiz endi. Ketdingiz boqmasdan ko‘zimni yoshlab. Tunda oyday to‘lin bo‘ldingiz endi. O‘zganing yorisiz bugundan boshlab, Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Sevgimni kuy qilib kuylashim gunoh Ismingiz pichirlab so‘ylashim gunoh. Hatto sizni endi o‘ylashim gunoh Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Kechagi kun o‘tmish ko‘zimni yoshlab Alvido dedingiz ko‘zimni yoshlab. Bizning ertamiz yo‘q bugundan boshlab Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Boysizda tillo-zar sizda bor endi. Sizga keng bu dunyo bizga tor endi. Erkalab quchadi o‘zga yor endi. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Erkalab o‘zimni derdim yomonim. Zulmat sari chorlar to‘rtta tomonim. Eng buyuk o‘shalmas mangu armonim. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Chindan sevgan edim bo‘lib devona. Bugun xiyonatdan yurak g‘amxona. Men ham endi sizga mangu begona. Siz menga begona bo‘ldingiz endi. Oq libosda oydek to‘ldingiz endi. Xazon bo‘lib guldek so‘ldingiz endi. Endi siz bevafo o‘zganing yori, Siz menga begona bo‘ldingiz endi. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 06.2024.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
"𝗛𝗮𝘆𝗼𝘁𝗶𝗺 𝗺𝗮𝘇𝗺𝘂𝗻𝗶 𝗼ʻ𝘇𝗶𝗻𝗴..." 𝗕𝗮𝗵𝗼𝗿𝗱𝗲𝗸 𝗱𝘂𝘃 𝗸𝗲𝗹𝗶𝗯, 𝘁𝗮𝗸𝗿𝗼𝗿 𝗸𝗲𝗹𝗺𝗮𝘀𝗮𝗻𝗴, 𝗠𝘂𝗵𝗮𝗯𝗯𝗮𝘁 𝗻𝗲𝗹𝗶𝗴𝗶𝗻 𝗵𝗲𝗰𝗵𝗱𝗮 𝗯𝗶𝗹𝗺𝗮𝘀𝗮𝗻𝗴, 𝗦𝗼ʻ𝗻𝗴 𝗲𝘀𝗮, 𝘆𝗼𝗹𝗴ʻ𝗶𝘇𝗹𝗶𝗸 𝗯𝗮𝘆𝗿𝗼𝗴ʻ𝗶𝗻 𝗶𝗹𝘀𝗮𝗻𝗴, 𝗦𝗵𝘂𝗻𝗱𝗮 𝗵𝗮𝗺 𝘁𝘂𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺 𝗺𝗮𝘇𝗺𝘂𝗻𝗶 𝗼ʻ𝘇𝗶𝗻𝗴. 𝗞𝗼ʻ𝘇𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺 𝗾𝗮𝗺𝗮𝘀𝗵𝗮𝗿, 𝗻𝗶𝗴𝗼𝗵𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗱𝗮𝗻. 𝗦𝗵𝗮𝗯𝗻𝗮𝗺𝗱𝗲𝗸 𝗼ʻ𝗽𝗺𝗮𝗱𝗶𝗺, 𝗱𝘂𝗱𝗼𝗾𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗱𝗮𝗻. 𝗝𝗮𝘃𝗼𝗯𝗶𝗺 𝘁𝗼𝗽𝗺𝗮𝗱𝗶𝗺, 𝘀𝗼ʻ𝗿𝗼𝗾𝗹𝗮𝗿𝗶𝗻𝗴𝗱𝗮𝗻. 𝗦𝗵𝘂𝗻𝗱𝗮 𝗵𝗮𝗺 𝗵𝗮𝘆𝗼𝗹𝗶𝗺 𝗲𝗴𝗮𝘀𝗶 𝗼ʻ𝘇𝗶𝗻𝗴. 𝗞𝗼ʻ𝗻𝗴𝗹𝗶𝗺𝗱𝗮 𝗮𝘇𝗼𝗯𝗹𝗮𝗿 𝗯𝗶𝗻𝗼𝘀𝗶 𝘂𝗹𝗸𝗮𝗻, 𝗥𝘂𝗵𝗶𝗺𝗻𝗶 𝘆𝗼𝗹𝗴ʻ𝗶𝘇𝗹𝗶𝗸 𝗾𝘂𝗺𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗸𝗼ʻ𝗺𝗴𝗮𝗻, 𝗩𝗶𝘀𝗼𝗹 𝗱𝘂𝘀𝗵𝗺𝗮𝗻 𝗸𝗮𝗯𝗶, 𝗸𝗼ʻ𝗸𝘀𝗶𝗺𝗻𝗶 𝘁𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻, 𝗦𝗵𝘂𝗻𝗱𝗮 𝗵𝗮𝗺 𝗵𝗮𝘆𝗼𝘁𝗶𝗺 𝗺𝗮𝘇𝗺𝘂𝗻𝗶 𝗼ʻ𝘇𝗶𝗻𝗴. 𝗦𝗼𝗴ʻ𝗶𝗻𝗰𝗵𝗶𝗻𝗴 𝗷𝗶𝗹𝗺𝗮𝘆𝗶𝗯 𝘀𝗲𝗸𝗶𝗻 𝗺𝗼ʻ𝗿𝗮𝗹𝗮𝗯, 𝗛𝗼𝗹𝗶𝗺𝗻𝗶 𝗵𝗮𝗿 𝗸𝘂𝗻𝗶 𝘀𝗼ʻ𝗿𝗮𝗯 𝘁𝘂𝗿𝗶𝗯𝗱𝗶. 𝗤𝗮𝗹𝗮𝗺𝗹𝗮𝗿 𝘁𝗶𝗻𝗺𝗮𝘆𝗶𝗻 𝗾𝗼𝗴ʻ𝗼𝘇 𝗾𝗼𝗿𝗮𝗹𝗮𝗯, 𝗦𝗲𝗻 𝗵𝗮𝗾𝗱𝗮 𝘀𝗮𝘁𝗿𝗹𝗮𝗿 𝘆𝗼𝘇𝗶𝗯 𝘁𝘂𝗿𝗶𝗯𝗱𝗶. 𝗕𝘂 𝗵𝗼𝗹𝗴𝗮 𝗸𝗼ʻ𝗻𝗺𝗮𝘆𝗶𝗻 𝗯𝗲𝗰𝗵𝗼𝗿𝗮 𝗸𝗼ʻ𝗻𝗴𝗹𝗶𝗺, 𝗬𝗼𝗱𝗶𝗻𝗴𝗻𝗶 𝘀𝗵𝗲ʼ𝗿 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗯, 𝗮𝘆𝘁𝗶𝗯 𝘆𝘂𝗿𝗶𝗯𝗱𝗶. 𝗠𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳: ✍️ 𝗘𝗹𝗱𝗼𝗿𝗯𝗲𝗸. ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
نمایش همه...
Eng shirin hislarim senga atalgan, Yuragingga kirsam so'zlarim bilan, Ismingni takrorlab charchamaydigan, So'zlarim uchun ham sog'indim seni! Ko'zlarim o'rgatib ko'zlaringga sen, O'rgatib qo'ygansan o'zginangga sen, Bugun muzlab muzlab sensizlikda men, Ko'zlarim uchun ham sog'indim seni! Jonimga ishq bo'lib kirgansan netay, Bu darddan bosh olib qayga ham qochay? Seni ham ishq degan o'tlarda yoqay Shu ishqim uchun ham sog'indim seni! Tonglarni kutardim bo'lib intizor Seni bir ko'rmoqlik umidiga zor Tong kutib, tunlarni o'tkazib bedor Tonglarim uchun sog'indim seni! Seni armon uchun sevgan edimmi, Hijronlarga solding bir so'z dedimmi?! Shuncha chekkan ohim bekormi, kammi, Ohlarim uchun ham sog'indim seni! Mohsanki qalbimda ohlar chekaman, Yo'qsanki o'zimdan butkul tonaman, Sensiz dunyolarda qanday qolaman, Sevgan ruhim xaqqi sog'indim seni! Umrim o'tib borar daryo misoli, Bir zum tark etmaydi diydor xayoli, Nima bo'lsa hamki ko'narman mayli, Qolgan umrim xaqqi sog'indim seni
نمایش همه...
Yuragim og'rig'iga ming davo izlab Yugurib tinmayman yashab, kulyabman Tananing og'rig'in menga so'zlamang Bedavo dardimni ichga yutyabman So'zingiz befavo yordan noliydi Bundayin rishtalarga hayron qolyabman Nahotki dunyolarcha dardingiz shumi Bedavo dardimni ichga yutyabman Ko'zimga emas siz qalbimga qarang Ma'yuslikni yuzimdan asta yulyabman Kulyabman jilmayib yana kulyabman Bedavo dardimni ichga yutyabman
نمایش همه...
9.14 MB
2.61 MB