cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BuxDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi

Buxoro davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi Rasmiy kanali. BuxDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.L.Umedjanova

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
223
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchilari S.D.Niyazova, D.S.Toyirova, D.M.Urunova va 3MTK-22 talabalari tomonidan 15-may Xalqaro oila kuniga atab ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda kafedraning professor o'qituvchilari oila, oilada ayol kishing o'rni haqida o'zlarining qimmatli fikrlarini bildirdilar. Talabalar tomonidan oila haqida she'r va ibratli o'gitlar aytildi.
نمایش همه...
#BuxDPI  #Oilaga_kitob_ulash 15-may Xalqaro oila kuni! Buxoro davlat pedagogika institutida15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oilaga kitob ulash" chellenjida faol ishtirok etmoqda.
✨ Xalqimiz azaldan oilani muqaddas, muborak dargoh sifatida e’zozlagan, bu qo‘rg‘onni asrab-avaylagan. Chunki oila — ma'rifat maskani!
🔺 Shunday ekan, siz ham chellenjda faol ishtirok eting. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
نمایش همه...
#BuxDPI O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-apreldagi 3/15-2/9-13-sonli xati ijrosi yuzasidan ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash maqsadida “Islom-ma’rifatdini”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Ma’rifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi” mavzularida turkum tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlarni o‘tkazish vazifasini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi davra suhbati o‘tkazdi. Muxtorova Faridabonu lavhasi Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
نمایش همه...
#BuxDPI #mobil_lavha Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Sh.I. Bahronova boshchiligidagi "Texnologik ta'lim" yo'nalishi talaba qizlari "Nafosat-2024" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichiga qatnashib faxrli 2- o'rinni egallashdi. Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
نمایش همه...
👍 1
#BuxDPI #Muloqot Ayol – jamiyat gultoji, borliq koʻzgusi, millat tarbiyachisi. Ayolning mehr-muhabbati navnihollarning, ertamiz egalarining unib-oʻsishiga, kamol topishiga sabab boʻladi. Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi. Xotin-qizlarni eʼzozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi farovondir. 2024-yil 24-aprel kuni Institutda “Ayol baxti” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida bu kabi fikrlar haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda BuxDPI xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.L.Umedjanova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari F.Ramazonova, Sh.Baxronova, institut "Qizlarjon klubi" a'zolari, Ahmad Donish MFY faollari, Mahalla "Buvijonlar maktabi" a'zolari ishtirok etdilar. Muloqot davomida yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar eʼtirof etildi. Ayniqsa, taʼlim sohasidagi yangilanishlar tahlil qilindi.
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
نمایش همه...
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Қизлар билим олишга ҳаммадан кўпроқ интилишлари лозим, зеро, бу билимлар билан улар келажак авлодни тарбиялайдилар. Абдулла Авлоний
نمایش همه...
👍 3
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi 06/1-525-sonli topshirigʻi bilan “Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun, 13-aprel kuni Buxoro davlat pedagogika institutida psixolog Sh Zuxurova , xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Umedjanova hamda talaba qizlar ishtirokida "Munosib hayot formulasi" mavzusida trening o'tkazildi. Trening davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda hayotiy formulani yaratish haqida amaliy tavsiyalar va texnikalarga ega bo'lishdi.
نمایش همه...
🔰 Joriy yilning 19-aprel kuni Buxoro davlat pedagogika instituti Psixologi Shoxida Zuhurova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Sh.I.Bahronova hamda "Qizlarjon" klubi a'zosi D.Jòrayeva tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Tengdoshga tengdosh" tamoyili asosida hamda "Tazyiq va zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida seminar treyning tashkil etildi. ⚡️ Mazkur seminar treningda talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan bir qator savollarga javob olishdi.
نمایش همه...
#BuxDPI Buxoroda “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari hamda Forum bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda Buxoro davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Umedjanova ham faol ishtirok etdi.
Telegram | Veb-sayt | Facebook | Instagram
نمایش همه...
👍 1
آرشیو پست ها