cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

"EKOSAN" fondi

Oʻzbekiston Respublikasi "EKOSAN" fondining Surxondaryo viloyati hududiy tashkilotining telegramdagi rasmiy sahifasi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
335
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
1992 yil 2 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan. Barcha yurtdoshdarimizni ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz! ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
نمایش همه...
01:35
Video unavailableShow in Telegram
❗️ Endi chiqindi uchun aholiga pul to‘lanadi. 🔷 Buning uchun chiqindi saralab tashlanishi kerak. 🔷 Yangi amaliyot Toshkent viloyatining Angren shahrida joriy etildi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
10.88 MB
"O'zbekiston-2030" strategiyasida quyidagi beshta ustuvor yo'nalishning uchinchi yo'nalishining nomlanishi qanday?Anonymous voting
  • A) Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlarni yaratish
  • B) Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish
  • C) Barqaroq iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash
  • D) Qonun ustuvorligini ta'minlash
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin – tadqiqot Xitoylik olimlar quyoshda turib qolgan plastik suv idishlari saratonga sabab bo‘ladigan moddalarni chiqarishi mumkinligini aytmoqda. Tadqiqotchi Doktor Huase Ouning ta’kidlashicha, bunday idishlardan tez-tez foydalanish xavfli o‘smalarga olib kelishi mumkin. “Tadqiqotimiz plastik suv idishlari quyosh nuri ta’sirida sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi zaharli birikmalarni chiqarishi haqida ishonchli dalillar beradi. Iste’molchilar bu xavflardan xabardor bo‘lishlari kerak”, – deydi. Tadqiqotchilar ichimlik suv xavfsizligini kafolatlash uchun saqlash sharoitlarini jiddiy nazoratga olish va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida ishlash kerakligini tavsiya qilyapti. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
02:25
Video unavailableShow in Telegram
O‘tgan hafta davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida haftalik dayjest.Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
نمایش همه...
0525 (1)(3).mov31.33 MB
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha yoshlarni muborakbod etaman. Bugun mamlakatimiz ekologik siyosiyatini yuritish, qulay atrof-muhit yaratishda o‘zining tashabbuskorligi va faolligi bilan ilg‘orlar safida borayotgan yoshlarimizning soni tobora ortib borayotgani biz, ekologlarni juda quvontiradi. Aziz yoshlar, Vatanimizning ertangi kuni, taraqqiyoti, porloq kelajagi bevosita sizga bog‘liq ekanligini his qilgan holda bir soniya bo‘lsada olg‘a intilishdan to‘xtamang. Yana bir bor bayram muborak! Abdushukur Xamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi
نمایش همه...
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Suv jumragi buzilib, suv oqib turgan holat yuzasidan "Kelajak avlodlarga suvni qanday  yetkazamiz"  mazmunidagi xabarlar tarqaldi.   Videoda aks etgan ushbu holat  Angor tumani Navshahar mahallasi "Markaz" ko'chasidagi mahalla idorasining yonida joylashgan  holat ekanligi aniqlandi. O'zbekiston Ekologik patiyasi Angor tuman partiya tashkiloti, tuman "Suv ta'minot" bo'limi hamkorligida o'rganish ishlari olib borildi. Natijada ushbu ichimlik suvi linyasi  hech kimning hisobida emasligi  va behudaga suvlar yopilmasdan isrof bo'lib yotganligi, hamda hisoblagich o'rnatilmaganligi aniqlandi. O'raganish natijasida tuman "suvta'minoti" xodimlari tomonidan suv jumragi batamom yopib qo'yildi. Shu o'rinda tabiiy resurslarimizga e'tiborsiz bo'lmagan tarmoq faollariga o'z minnaddorchiligimizni bildiramiz! ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
01:08
Video unavailableShow in Telegram
O'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan barpo etilgan “Yashil bog‘lar” bo‘yicha 26.06.2024 yil kungi holati. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
نمایش همه...
ko'chat 1.mp483.98 MB
01:10
Video unavailableShow in Telegram
O’RMON, Adbulla Oripov she’ri O’rmon xo’jaligi agentligi boshqarma boshlig’i O’ktam Davronov o’qidi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
نمایش همه...
C0001_11.mp482.76 MB
RASMIY MUNOSABAT Itimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida joylashgan "To'palang" daryosi bo'yida noqonuniy to'kib ketilayotgan qurilish chiqindilar to'planib qolganligi yuzasidan O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi Matbuot xizmati quydagilarni ma'lum qiladi: Murojaatni O'zbekiston Ekologik partiyasi Sariosiyo tuman partiya tashkiloti raisi T.Mamadaminov boshchiligida shuningdek Sariosiyo tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarish bo'limi, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda o'rganish ishlari olib borildi. O'rganishlar natijasida Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasining kanalizatsiya quvirlarining suvlari To'palang daryosiga kelib quyilayotganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda ushbu quvurlardan kelayotgan suv vaqtinchalik yopilib qo'yildi hamda tuman hokimining ishtirokida Sariosiyo tumanida barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivi uchun o'tkazilayotgan kanalizatsiya tarmog'iga ulanadigan bo'ldi. Aholi va tadbirkorlar tomonidan daryo bo'yiga tashlab ketilgan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida to'liq tozalandi. ✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.