fa
Feedback
Diyorjon | Dasturlash & AI

Diyorjon | Dasturlash & AI

رفتن به کانال در Telegram
309
مشترکین
+224 ساعت
+117 روز
+12930 روز
آرشیو پست ها

No comment

Men na ahmoq, na iqtidor­siz ekanman. Balki, oddiy bir qo‘rqoq ekanman. Qo‘rqibman — boshlashdan. Qo‘rqibman — xato qilishdan. Qo‘rqibman — odamlar nima deyishidan. Qo‘rqibman — urinib ko‘rishdan. Va eng yomoni — qo‘rquvimni «menga buning keragi yo‘q» degan bahonalar bilan yashirib kelibman. Ba’zida bizni qobiliyatsizligimiz emas, qo‘rquvimiz ortga tortadi. Shuni anglashning o‘zi ham o‘zgarishning boshlanishi ekan. Telegram |Youtube

🎙 Yangi suhbat chiqdi! Bu safar dasturchilik, startup va AI haqida ancha ochiq gaplashdik. 🤖 AI dasturchilarni almashtiradi
🎙 Yangi suhbat chiqdi! Bu safar dasturchilik, startup va AI haqida ancha ochiq gaplashdik. 🤖 AI dasturchilarni almashtiradimi? 💰 $100.000 ga yetgan startup qanday qurildi? 🧠 AI-first thinking nima? 🚀 Dasturchi uchun soft skillar qanchalik muhim? ⚡️ AI atrofidagi hype ortida aslida nima bor? Va eng qiziq savollardan biri: kelajakda qaysi dasturchilar qadrlanadi? 🎬 To‘liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling: 👉 Youtube Fikringizni kommentariyada yozib qoldiring: 👇

#yumor Agar faqat bittasini tanlash kerak bo‘lsa, qaysi birini tanlardingiz? 👀

Telegram |Youtube

24/90 — Kutilmagan muammo chiqdi 🚧 Instagram akkauntimning yangi auditoriyaga chiqishini cheklab qo‘ydi. Ya’ni, kontentlarim
24/90 — Kutilmagan muammo chiqdi 🚧 Instagram akkauntimning yangi auditoriyaga chiqishini cheklab qo‘ydi. Ya’ni, kontentlarim meni hali kuzatmaydigan odamlarga Explore, Reels va feed orqali tavsiya qilinmayapti. Eng qizig‘i — sabab aniq emas. Cheklov qachongacha davom etishi ham noma’lum. Shu 24 kun ichida biror kun ham qoldirmasdan har kuni kontent joyladim. 🎯 Natija: 46 → 2 837 obunachi. Lekin men har kuni kontent chiqarishda davom etaman. Chunki bu challenge’ni faqat follower yoki views uchun boshlamagandim. Maqsadim — 90 kun davomida kontent yaratishni amalda o‘rganish, tajriba qilish va o‘rganganlarimni boshqalar bilan bo‘lishish.

Bilasizmi, nima uchun Xitoyda choy piyolalarining dastasi bo‘lmaydi? Bu shunchaki o‘ylab topilgan odat emas. Buning o‘ziga xos falsafasi bor. Agar choyni qo‘lingizda ushlab turolmaydigan darajada qaynoq bo‘lsa, demak, u ichish uchun ham hali juda issiq. Men bu falsafa haqida qanchalik ko‘p o‘ylasam, shunchalik hayratga tushaman. Chunki biz hayotda ko‘pincha hali biroz vaqt talab qiladigan, pishib yetilmagan narsalar uchun sun’iy “dastalar” yaratishga urinib qolamiz. Imkoniyatlar hali tayyor bo‘lmasidan turib, ularni tezlashtirishni, vaqtni quvib o‘tish uchun qandaydir aylanma yo‘llar topishni xohlaymiz. Lekin haqiqat shundaki, ba’zi narsalar bizni to‘xtashga va kutishga majbur qilish uchun yaratilgan. Ba’zida bu to‘xtash bizga nima uchun kerakligini tushunmaymiz. Ammo vaqt o‘tib, ortga qaraganimizda, o‘sha tanaffus naqadar zarur bo‘lganini anglab yetamiz. Ba’zi narsalarni tezlashtirish emas, ularga yetarlicha vaqt berish kerak. 🍵 Telegram |Youtube

Investor sizga nega pul beradi? | Startup Suhbatlari. To’liq suhbat: Youtube

+1
#automation Ko'pchilik Instagram'dagi komment va DM'larga bot javob berishini bilmas ekan. Videodagi inson ham odam bo'lsa kerak, so'rasam yuborib qo'ysa kerak, deb o'yladi shekilli. Lekin bilmadiki, bu bot va uning limiti tugamaydi. P.S. Hammasi nazoratim ostida. 😎

#ThinkingTime #FreedomMatters Telegram |Youtube
#ThinkingTime #FreedomMatters Telegram |Youtube

Telegram |Youtube

Telegram |Youtube

Telegram |Youtube

Day of an Engineer these days

🚀 90 kunlik challenge boshlayman! Bugundan boshlab 90 kun davomida har kuni bitta video kontentni YouTube va Instagram’ga joylayman. Mavzular: 💻 Dasturlash 🤖 Sun’iy intellekt (AI) 📈 Shaxsiy rivojlanish 🧠 Qanday qilib samarali o’rganish 📚 Ta’lim 💡 Startuplar Shu doiradan chiqmaslikka harakat qilaman. Maqsadim ikkita: kontent yaratishni har kuni amaliyot qilib o’rganish va bu sohalarni chuqurroq o’zlashtirib, o’rganganlarimni qolganlarga ham ulashish. 90 kun muvaffaqiyatli yakunlangach, butun jarayonni ochiq ulashaman — mavzularni qanday tanlaganim, kontentni qanday rejalashtirganim va montajda nimalardan foydalanganim haqida. Kuzatib boring — 1/90 tez orada! 🎯 Diyorjon Allanazarov 03.12.2025

🧠 Boshda fikr ko'p, tartib yo'q — mind map (Mind mapping) Yangi loyiha yoki katta reja boshlayapsiz. Boshingizda o'nlab fikr aylanadi: "bu ham kerak, u ham muhim... xo'sh, nimadan boshlayman?" Ro'yxat yozib ko'rasiz — uzun chiqadi, umumiy manzara baribir ko'rinmaydi. Tanish holatmi? Shunday paytda eng qo'l keladigan usul — mind map, ya'ni fikrlar xaritasi. Mohiyati juda oddiy: varaq o'rtasiga asosiy mavzuni yozasiz, undan katta yo'nalishlarni shox qilib chiqarasiz, har bir shoxni esa mayda bo'laklarga bo'lasiz. Xuddi daraxtga o'xshaydi. Gap shundaki, miyamiz ham ma'lumotni ro'yxat shaklida emas, aynan shunday bog'lanishlar orqali saqlaydi. Tadqiqotlarga ko'ra, mind map bilan o'rganilgan ma'lumot oradan bir hafta o'tganda ham odatiy usullarga qaraganda 10% ga yaxshiroq esda qolarkan. Xo'sh, qanday chiziladi? 4 ta oddiy qadam 👇 1️⃣ Markazga asosiy mavzuni yozing. Bitta so'z yoki qisqa ibora yetadi: "Kurs", "Imtihon", "Yangi loyiha". Yoniga kichik rasm chizib qo'ysangiz — yanada yaxshi, miya rasmni tezroq eslab qoladi. 2️⃣ Undan 3–5 ta katta shox chiqaring. Bular mavzuning asosiy yo'nalishlari. Ko'paytirib yubormang: shoxlar ko'p bo'lsa, xarita ham boshingizdagi kabi chalkashib ketadi. 3️⃣ Har bir shoxni mayda bo'laklarga bo'ling. Shu yerda bitta sir bor: uzun gaplar emas, kalit so'zlar yozing. "React'ni o'rganish kerak bo'ladi" emas, shunchaki "React". 4️⃣ Har bir yo'nalishga o'z rangini bering. Rang chiroyi uchun emas — bir qarashda qaysi fikr qaysi yo'nalishga tegishli ekanini ko'rsatib turadi. Yaqinda o'zim ham shu usuldan foydalandim. Yangi Full-Stack .NET + AI kursim ustida ishlaganimda boshda hammasi aralash edi: C# darslari, React, AI, o'qitish tartibi... Hammasini bitta xaritaga tushirdim: markazda kurs, atrofida 4 ta yo'nalish — va 5 oylik reja bitta varaqga sig'di. Natijani yuqoridagi rasmda ko'rishingiz mumkin 👆 P.S. Mind map uchun maxsus dastur shart emas — oddiy qog'oz va ruchka ham bo'laveradi. Keyingi safar boshingiz qotib qolsa, ro'yxat emas, xarita chizib ko'ring — farqini o'zingiz sezasiz. Telegram |Youtube