cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

BADIIY TA'LIM

Mazkur kanalda Badiiy ta'lim (Tasviriy va amaliy san'at, dizayn, san'atshunoslik va muzeyshunoslik, musiqa) sohasiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalar, tahlillar, dolzarb muammolar hamda ularning yechimlari to'g'risida axborotlar berib boriladi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 182
مشترکین
-524 ساعت
-97 روز
-5730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#tashrif Bugun,14-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Sirdaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Badiiy akademiya tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
#anons #korgazma Ertaga, 15-may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Koreya Respublikasi bir guruh rassomlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. San'at ixlosmandlarini , Koreya Respublikasi tasviriy san’ati muxlislarini ko'rgazmaga taklif qilamiz! 🌐Lokatsiya Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
Sirdaryo ISMI direktori B.Bobonazarov hamda masʼullar xamrohligida maktab-internat o‘quvchilari ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Sirdaryo ISMIda sanʼatga mehr qo‘ygan isteʼdodli yoshlar tasviriy sanʼat sir-asrorlaridan bilim olmoqda, maktab o‘quvchilari orasida viloyat, Respublika va xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda qatnashib, sovrinlarni qo‘lga kiritganlar ko‘plab topiladi. Badiiy akademiya raisi o‘quvchilarning ertangi kamoloti taʼlim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari jonkuyarligiga ham bog‘liqligini taʼkidlab, mutasaddilarga maslahat va tavsiyalar berdi. Shu bilan O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisining Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga xizmat safari yakuniga etdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35 facebook.com/badiiy.akademiya instagram.com/badiiy_akademiya art-academy.uz youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi

#tashrif #ijodiy_uchrashuv Guliston shahridagi «Yoshlar markazi»da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va  yosh ijodkorlar uchrashuvi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
#tashrif #ijodiy_uchrashuv Bugun,14-may kuni Guliston shahar hokimligi «Yoshlar markazi» binosida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur  yosh ijodkorlar bilan uchrashdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
🔥 1
Tadbirda Badiiy akademiya tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati hamda Guliston davlat universiteti o‘quvchi va talabalari, sanʼat ixlosmandlari ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan Badiiy akademiya raisi boy va rang-barang tasviriy sanʼatimiz borligi, agar yoshlar qalbiga  tasviriy sanʼatga mehr va muhabbat hissi chuqurroq singdirilsa, ularni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda katta natijalarga erishilishini, shuning uchun yoshlarni  sanʼatga oshno qilish, yosh ijodkorlarning sohada iqtidorini namoyon etishiga ko‘maklashish bo‘yicha Badiiy akademiya tomonidan alohida chora-tadbirlar belgilanganini taʼkidladi. Xususan, Badiiy akademiya tashabbusi bilan respublikamizda o‘tkazilayotgan tasviriy va amaliy sanʼat festivali, amaliy, zamonaviy sanʼat biyennalelari, shu kabi boshqa  ijodiy loyihalar isteʼdodli yoshlarni tarbiyalashda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Bu saʼy-harakatlar natijasida yoshlarimiz nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosdagi turli ijodiy tanlovlarda ishtirok etib, o‘zbek tasviriy sanʼati yutuqlarini tanitib kelishmoqda. Uchrashuv savol-javoblarga boy kechdi. Yoshlar, ishtirokchilar akademik-rassom Akmal Nur ijodi bilan qiziqishdi. O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur ijod sirlari bilan o‘rtoqlashar ekan, tinimsiz mehnat har qanday muvaffaqiyat garovi ekanligini taʼkidladi, kerakli maslahat va tasviyalar berdi, yoshlarga ijodda omad tiladi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisiga Guliston davlat universitetining estalik sovg‘alari topshirildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
👍 2
#tashrif Guliston shahrida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va yoshlar  uchrashuvi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
🔥 1
#tashrif Guliston shahrida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va yoshlar uchrashuvi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
👍 2🎉 1
#tashrif Bugun,14-may, kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Sirdaryo viloyati, Guliston shahriga yetib keldi. Ayni paytda Guliston shahar hokimligi «Yoshlar markazi» binosida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda. Tashrifdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son, Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida" 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son Qarorlarida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlashdan iborat. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...
👍 1🎉 1
#tashrif O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Badiiy akademiya tasarrufidagi Jizzax ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida yosh ijodkorlar davrasida. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
نمایش همه...