cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

USAT LIFE

University of Science and Technologies rasmiy kanali. 📲 Onlayn ariza: admission.usat.uz 📲 Onlayn test: test.usat.uz ☎️ +99878 888 38 88 Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
272
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
+2530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Talaba va o'quvchilar uchun 500-700 so'zli insho yozib $1000 gacha pul mukofoti yutib olish imkoniyati Talablar — Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan litsey/kollej va universitet talabalari qatnashishlari mumkin; — Oʻqiyotganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi; — IvyPanda tanlovining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga obuna boʻlish kerak. Foydali tomonlari — 1-o'rin uchun - $1,000; — 2-o'rin uchun - $500; — Eng yaxshi insholardastur rasmiy saytida eʼlon qilinadi. Oxirgi muddat 30.06.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/74653 #tanlovlar #mukofot #AQSh Telegram | YouTube | Mentorlik
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Shogirdimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi o‘tkaziladi 21-may kuni Fan va texnologiyalar universitetida ustoz-shogird an’anasini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Shogirdimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya doirasida kutubxonaga kitob taqdim etilib, talabalarga o'qishga tavsiya qilinadi. Eng ko‘p kitob sovg‘a qilgan professor-o‘qituvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Professor-o‘qituvchilardan aksiyada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz. 📞 Call-markaz: +99878-888-38-88 📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71. 📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi 📍 Lokatsiya
نمایش همه...
👍 2
00:58
Video unavailableShow in Telegram
🤔 O‘zi haqiqiy buxgalter qanday bo‘lishi kerak? ✨Fan va texnologiyalar universitetida 16-may kuni "Haqiqiy buxgalter qanday bo‘lishi kerak" nomli master-klass bo‘lib o‘tdi.  ⚡️15 yillik tajribaga ega bo‘lgan Dialab medical, Nestone, Magnum kabi katta brendlarda faoliyat olib borgan mutaxassis Otabek Kadirov universitet mehmoni bo‘ldi.  💫 Uchrashuv davomida qimmatli maslahatlar, hamda tajribali hisobchi ko‘nikmalari to‘g‘risida zarur bilimlar mahorat darsi sifatida o‘tib berildi. 🔔 Tez kunda to'liq videoni youtube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin! 👨🏻‍💼Otabek Kadirovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Telegram | Instagram | Youtube 🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
نمایش همه...
👍 2
00:47
Video unavailableShow in Telegram
👨‍💻 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi kibersport musobaqasida ishtirok etmoqda! ⚡️Universitetlar o'rtasida o'tkazilayotgan yoshlar orasida mashhur bo'lgan o'sha CS2 (Counter-Strike 2) o'yini bo'yicha turnirda bizni jamoa ham ishtirok etmoqda! 💫 Fan va texnologiyalar universiteti jamoasiga omad tilab qolamiz! 🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
نمایش همه...
#MUZEYGA_TASHRIF 🔰2024-yilning 17-may kuni Fan va texnologiyalar universiteti Moliya fakulteti talabalari tyutorlari Sharipov Raximjon hamrohligida Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. ✔️Talabalar muzey zallarini aylanib Usmon Qur'onnining nusxasi, Amir Temur va temuriylar davriga oid qoʻlyozmalar, Amir Temur gerbi tasvirlangan kumush va mis tangalar, etnografik ahamiyatga ega boʻlgan buyumlar, harbiy boshliqlar va oddiy askarlarning qurol-yarogʻlari va kiyim-kechaklari, zargarlik buyumlari, cholgʻu asboblari, Mirzo Ulugʻbekning astronomik asboblari va temuriylar davriga oid boshqa koʻplab moddiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishdilar. 🏛Ma’lumot o‘rnida, Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash sharafiga Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan. 📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest Talablar — Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin; — Insholar ingliz tilida yozilgan bo'lishi lozim; — Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 so'zdan) oshmasligi kerak. Foydali tomonlari — Tanlov g'оlibi $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi; — Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi. Oxirgi muddat 31.07.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/57351 #tanlovlar #mukofot #AQSh Telegram | YouTube | Mentorlik
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Диққат ⚡️ Эртага Ўзбекистондаги барча музейларга кириш бепул бўлади. 18-май куни Халқаро музейлар куни нишонланади ва шу куни Ўзбекистон музейларида “Очиқ эшиклар куни” бўлиб ўтади, яъни кириш текин бўлади. Музейларда ўнлаб байрам дастурлари, янги кўргазмалар очилиши режалаштирилган. Канал👉 @YaxshiYomon
نمایش همه...
16-may kuni Moliya fakulteti Dasturiy injiniring yo'nalishi 1/23 DI guruh talabalari "Dasturlash" fanidan bilimlarini mustahkamlash va so‘ngi avlod kompyuter texnologiyalari bilan tanishish maqsadida O'zbekiston Milliy universitetining Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetiga tashrif buyurdilar. Talabalar ustozlari Bobur Allaberdiyev  ko'rsatmasi yordamida amaliy mashqlar bajardilar. Zamonaviy komyuter texnologiyalari yordamida bilimlarini amaliyotda sinash, talabalarni bilimlarini yanada yuksaltiradi. 🔵Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
ServiceScape insholar tanlovi — 300 so'zdan iborat insho yozib o'qish xarajatlari uchun $1000 pul mukofoti yutish imkoni Talablar — Rasmiy ro'yxatdan o'tgan maktab, kollej yoki universitetda o'qiyotgan bo'lishi; — Kamida 18 yosh bo'lishi kerak; — Insho 300 so'zdan ko'p bo'lmasligi va ingliz tilida yozilishi kerak. Foydali tomonlari — Tanlovga qatnashish hech qanday mablag' talab qilmaydi; — $1000 pul mukofoti; — G'olibning ismi, fotosurati, yozgan inshosi ServiceScape saytida namoyish etiladi. Oxirgi muddat 30.11.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/74345 Telegram | YouTube | Mentorlik
نمایش همه...
#ADIBLAR_XIYOBONIDA_TADBIRLAR 🔰2024-yilning 15-may kuni Fan va texnologiyalar universiteti jamoasi va talabalari ishtirokida Adiblar xiyobonidagi Abdulhamid Cho'lpon siymosi oldida adabiy-ma’rifiy va sport tadbirlari o'tkazildi. Tadbir davomida talabalar o'rtasida arqon tortish, armrestling va shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. 🥇Armrestling sport turidan Moliya fakulteti 137-MMT_s guruh talabasi Axrorov Odilxon mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
نمایش همه...
👍 1