PT_Engineering⚡️
رفتن به کانال در Telegram
📲 @dean_get_info_bot 👈 ✅ Dars jadvali va baholarni ko‘rish ✅ Hujjat yuklash va olish ✅ To‘lov chekini topshirish ✅ Talabalik holatini tekshirish ✅ Dekanatga murojaat yuborish ✅ Yangiliklar va foydali havolalarni olish
نمایش بیشتر1 084
مشترکین
+124 ساعت
-37 روز
-3130 روز
آرشیو پست ها
1 083
📢 BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!
Doimiy yashash manzili Toshkent shahrida bo‘lgan va ish izlayotgan bitiruvchilar uchun bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etilmoqda.
📅 Sana: 2026-yil 5-avgust
🕘 Vaqt: soat 09:00
📍 Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi
🗺 Manzilni xaritada ko‘rish
Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi, prokuratura hamda bank tashkilotlari vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatlari bo‘yicha suhbat va maslahatlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ishlash istagi yuqori bo‘lgan va ayni paytda ish izlayotgan bitiruvchilardan mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishlari so‘raladi.
Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar Telegram orqali bog‘lanishi mumkin: @aakamol
——————————————
📢 ВНИМАНИЮ ВЫПУСКНИКОВ!
Для выпускников, постоянно проживающих в городе Ташкенте и находящихся в активном поиске работы, проводится встреча по вопросам трудоустройства.
📅 Дата: 5 августа 2026 года
🕘 Время: 09:00
📍 Место: Ташкентский городской молодёжный центр
🗺 Посмотреть местоположение на карте
Во встрече планируется участие представителей хокимията города Ташкента, прокуратуры и банковских организаций. Участникам предоставят информацию о возможностях трудоустройства и проведут соответствующие консультации.
Выпускникам, заинтересованным в трудоустройстве и активно ищущим работу, рекомендуется принять участие в данной встрече.
Желающие принять участие могут связаться через Telegram: @aakamol
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
🇷🇺#Вниманию выпускников!
Выпускная церемония Ташкентского международного университета Кимё 2026 года состоится 10, 11 и 12 августа в фойе блока А.
10 августа — выпускники очной, вечерней и заочной форм обучения, окончившие университет с дипломом с отличием, а также выпускники магистратуры
• Встреча выпускников — с 10:00
• Начало церемонии — в 11:00
11 августа — выпускники очной и вечерней форм обучения (обладатели дипломов обычного образца)
• Начало церемонии — в 10:00
12 августа — выпускники заочной формы обучения
Выпускники заочной формы обучения будут распределены по группам. Список с указанием времени прибытия каждого выпускника будет опубликован в ближайшее время.
В течение всех трёх дней для выпускников будет организована концертная программа с участием известных артистов.
Примечание: Просим выпускников прибыть на церемонию без опозданий. В связи с ограниченным количеством мест от каждой семьи просим пригласить одного гостя.
🔗 Адрес: Ташкентский международный университет Кимё, фойе блока А.
🇺🇿🇬🇧⬆️
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
🇬🇧 #Attention, graduates!
The 2026 Graduation Ceremony of Kimyo International University in Tashkent will take place on 10, 11 and 12 August in the foyer of Block A.
10 August — master’s graduates and full-time, evening and part-time graduates receiving honours diplomas
• Welcome for graduates — from 10:00
• Ceremony begins — at 11:00
11 August — full-time and evening graduates (standard diploma recipients)
• Ceremony begins — at 10:00
12 August — part-time graduates
Part-time graduates will be divided into groups. A list indicating the arrival time for each graduate will be announced shortly.
A concert programme featuring popular artists will be held for graduates on all three days.
Note: Graduates are requested to arrive on time. As seating is limited, each family is kindly asked to bring only one guest.
🔗 Venue: Kimyo International University in Tashkent, foyer of Block A.
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
🇺🇿 #Bitiruvchilar diqqatiga!
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2026-yilgi bitiruv marosimi 10, 11 va 12-avgust kunlari A blok foyesida bo‘lib o‘tadi.
10-avgust — kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar hamda magistratura bitiruvchilari
• Bitiruvchilarni kutib olish — soat 10:00 dan
• Marosim boshlanishi — soat 11:00 da
11-avgust — kunduzgi va kechki ta’lim shaklini tamomlagan bitiruvchilar (ko‘k diplom sohiblari)
• Marosim boshlanishi — soat 10:00 da
12-avgust — sirtqi ta’lim shaklini tamomlagan bitiruvchilar
Sirtqi ta’lim bitiruvchilari guruhlarga bo‘linadi. Har bir bitiruvchining qaysi vaqtda kelishi lozimligi ko‘rsatilgan ro‘yxat tez orada e’lon qilinadi.
Har uch kuni bitiruvchilar uchun konsert dasturi tashkil etiladi va mashhur san’atkorlar ishtirok etadi.
Izoh: Bitiruvchilardan marosimga kechikmasdan kelishlari hamda joylar cheklanganligi sababli har bir oiladan bir nafar mehmon ishtirok etishi so‘raladi.
🔗Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, A blok foyesi.
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
#ОтличнаяНовость: в KIUT открыты новые направления!
С 2026/2027 учебного года в Ташкентском международном университете Кимё начнётся обучение по 10 новым направлениям бакалавриата и 12 специальностям магистратуры.
Новые направления бакалавриата:
🔹Информационные системы и технологии
🔹Устойчивый транспорт
🔹Биотехнология
🔹Программная инженерия
🔹Физическая культура
🔹Компьютерная инженерия
🔹Промышленная инженерия и менеджмент
🔹Искусственный интеллект
🔹Филология и преподавание языков (японский язык)
🔹Международные отношения
Кроме того, изменены названия двух действующих направлений бакалавриата:
Эстетика красоты — Косметология
Русская филология — Филология и преподавание языков (русский язык)
Новые специальности магистратуры:
🔸Прикладная математика
🔸История и теория архитектуры
🔸Инженерия окружающей среды
🔸Программная инженерия
🔸Мировая экономика
🔸Компьютерные системы и их программное обеспечение
🔸Сравнительное языкознание и лингвистическое переводоведение (английский язык)
🔸Сравнительное языкознание и лингвистическое переводоведение (китайский язык)
🔸Специальная педагогика (сурдопедагогика)
🔸Живопись
🔸История
🔸Безопасность движения и её организация
💡 Подробная информация о стоимости обучения и условиях поступления будет опубликована в ближайшее время.
🇺🇿🔼
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
#Ajoyib yangilik: KIUTda yangi yo‘nalishlar ochildi!
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 10 ta yangi bakalavriat yo‘nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi bakalavriat yo‘nalishlari:
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Barqaror transport
🔹Biotexnologiya
🔹Dasturiy injiniring
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Kompyuter injiniringi
🔹Sanoat muhandisligi va menejmenti
🔹Sun’iy intellekt
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
🔹Xalqaro munosabatlar
Shuningdek, mavjud ikkita bakalavriat yo‘nalishining nomi o‘zgartirildi:
Chiroy estetikasi — Kosmetologiya
Rus filologiyasi — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
Yangi magistratura mutaxassisliklari:
🔸Amaliy matematika
🔸Arxitektura tarixi va nazariyasi
🔸Atrof-muhit muhandisligi
🔸Dasturiy injiniring
🔸Jahon iqtisodiyoti
🔸Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (xitoy tili)
🔸Maxsus pedagogika (surdopedagogika)
🔸Rangtasvir
🔸Tarix
🔸Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
💡 Shartnoma narxlari va qabul shartlari haqida batafsil ma’lumot tez orada e’lon qilinadi.
1 083
📢 HURMATLI BITIRUVCHILAR!
Sizdan quyidagi so‘rovnomani to‘liq va aniq ma’lumotlar asosida to‘ldirishingizni so‘raymiz.
So‘rovnomada shaxsiy ma’lumotlar, yashash manzili, telefon raqamlari, ta’lim yo‘nalishi va hozirgi bandlik holati haqidagi savollar mavjud.
🔗 So‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/uPPmzTDvAAea1REEA
Ma’lumotlarni kiritishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka va barcha savollarga to‘liq javob berishga e’tibor qarating.
—————————————-
📢 УВАЖАЕМЫЕ ВЫПУСКНИКИ!
Просим вас заполнить анкету, указав полную и достоверную информацию.
Анкета содержит вопросы о личных данных, месте проживания, контактных номерах, направлении образования и текущей занятости.
🔗 Ссылка на анкету:
https://forms.gle/uPPmzTDvAAea1REEA
Пожалуйста, внимательно заполняйте все поля, не допускайте ошибок и ответьте на все вопросы.
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
🇷🇺 Поступайте в университет Кимё по результатам тестирования ГТЦ
Абитуриенты могут подать документы в Ташкентский международный университет Кимё, а также в его Самаркандский или Наманганский филиал, используя баллы, полученные на тестовых испытаниях Агентства по оценке знаний и квалификаций (ГТЦ).
С 22 июля необходимо лично обратиться в приёмную комиссию и предоставить следующие документы:🔸Паспорт или ID-карту; 🔸Диплом академического лицея или профессионального колледжа либо аттестат об общем среднем образовании; 🔸Сертификат с результатами тестирования ГТЦ. Регистрация проводится только в офлайн-формате в приёмной комиссии университета. 📍 Ташкентский кампус: г. Ташкент, ул. Шота Руставели, 156 📍 Самаркандский филиал: г. Самарканд, ул. Х. Абдуллаева, 63 📍 Наманганский филиал: г. Наманган, ул. Чартак, 75А #Admission2026 🇺🇿🔼
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
🇺🇿 DTM ballari bilan KIUT talabasi bo‘lish imkoniyati
Abituriyentlar UZBMB (DTM) test sinovlarida to‘plagan ballari asosida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Toshkent kampusi, Samarqand yoki Namangan filialiga hujjat topshirishlari mumkin.
22-iyuldan boshlab qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiling:🔹Pasport yoki ID-karta; 🔹Akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji diplomi yoxud umumiy o‘rta ta’lim maktabi attestati; 🔹UZBMB (DTM) test natijasi ko‘rsatilgan sertifikat. Ro‘yxatdan o‘tish faqat oflayn tarzda, universitet qabul komissiyasida amalga oshiriladi. 📍 Toshkent kampusi: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy 📍 Samarqand filiali: Samarqand shahri, H. Abdullayev ko‘chasi, 63-uy 📍 Namangan filiali: Namangan shahri, Chortoq ko‘chasi, 75A-uy #Admission2026
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
KIUTga o‘qishga kiring va 100 foizgacha grant yutib oling
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, KIUT talabasi bo‘lishga tavsiya etilgan abituriyentlar birinchi o‘quv yili uchun grant tanlovida qatnashishi mumkin:
🔸1-o‘rin — kontrakt to‘lovining 100 foizi;
🔸2-o‘rin — kontrakt to‘lovining 75 foizi;
🔸3-o‘rin — kontrakt to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.
Grant imtihonlari 14, 15 va 16-avgust kunlari test shaklida o‘tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi va vaqti admission.kiut.uz saytidagi shaxsiy kabinetda ko‘rsatiladi.
Tanlovda qatnashish uchun 10-avgustga qadar suhbatdan o‘tish lozim. Suhbatlar har hafta seshanba va payshanba kunlari o‘tkaziladi.
⚠️Muhim: 11 va 13-avgust kunlari suhbatlar bo‘lmaydi. Suhbat jarayoni grant imtihonlaridan so‘ng, 17-avgustdan davom ettiriladi.
🔗Har bir yo‘nalish bo‘yicha test fanlari ilova qilingan rasmda ko‘rsatilgan.
“Arxitektura va shaharsozlik”, “Interyer dizayni”, “Liboslar dizayni” hamda “Rangtasvir” yo‘nalishlariga test o‘tkazilmaydi. Ushbu yo‘nalishlarga qabul ijodiy imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi.Grant tanlovida qatnashish uchun hujjatlaringizni topshiring va 10-avgustga qadar suhbatdan o‘ting. admission.kiut.uz +998 78 129 40 40 #KIUT #Qabul2026 #Grant
1 083
📣 MUHIM E’LON! 1-, 2- VA 3-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
2025/2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, o‘quv rejasida belgilangan kreditlarning 50 foizi yoki undan ko‘pini to‘plagan, ammo kontrakt to‘lovidan qarzdorligi sababli keyingi kursga o‘tkazilmagan talabalar 2026-yil 17-iyulga qadar mavjud qarzdorlikni to‘liq bartaraf etishlari shart.
✅ Kontrakt bo‘yicha qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgach va to‘lov tasdiqlangach, talabalar belgilangan tartibda keyingi kursga o‘tkaziladi.
To‘lov qilgan talabalar uchun
Agar kontrakt to‘lovini allaqachon amalga oshirgan bo‘lsangiz, to‘lovni tasdiqlash va kursdan kursga o‘tkazish jarayonini tezlashtirish uchun kvitansiyani @dean_get_info_bot orqali yuboring:
1️⃣ “Fayl yuborish” tugmasini bosing.
2️⃣ “To‘lov chekini” bandini tanlang.
3️⃣ To‘lov kvitansiyasini fayl ko‘rinishida yuboring.
📌 Dekanatga bormasdan to‘lovingiz hisobga olinganini va talabalik maqomingizni tekshirishingiz mumkin. Buning uchun @dean_get_info_bot botidagi “Talaba statusi” tugmasini bosing.
❗️ Agar @dean_get_info_bot ishlamasa:
1️⃣ “Start” tugmasini bosib, ma’lumotlaringizni qaytadan kiriting.
2️⃣ Muammo hal bo‘lmasa, zudlik bilan dekanatga — B-711-xonaga murojaat qiling.
⚠️ 2026-yil 17-iyulga qadar kontrakt bo‘yicha qarzdorligini to‘liq bartaraf etmagan talabalar amaldagi tartibga muvofiq universitet talabalari safidan chetlashtiriladi.
———————————————-
📣 ВАЖНОЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ! ВНИМАНИЮ СТУДЕНТОВ 1, 2 И 3 КУРСОВ!
Студенты, которые по итогам 2025/2026 учебного года набрали 50% и более кредитов, предусмотренных учебным планом, но не были переведены на следующий курс из-за задолженности по оплате контракта, обязаны до 17 июля 2026 года полностью погасить имеющуюся задолженность.
✅ После полного погашения задолженности и подтверждения оплаты студенты будут переведены на следующий курс в установленном порядке.
Для студентов, уже оплативших контракт
Если вы уже произвели оплату, отправьте квитанцию через @dean_get_info_bot для подтверждения платежа и ускорения процедуры перевода:
1️⃣ Нажмите кнопку «Отправить файл».
2️⃣ Выберите пункт «Квитанция об оплате».
3️⃣ Отправьте файл с квитанцией.
📌 Проверить, учтена ли оплата, а также уточнить свой студенческий статус можно без посещения деканата. Для этого нажмите кнопку «Статус студента» в боте @dean_get_info_bot.
❗️ Если бот @dean_get_info_bot не работает:
1️⃣ Нажмите кнопку «Start» и повторно введите свои данные.
2️⃣ Если проблема не решилась, незамедлительно обратитесь в деканат — кабинет B-711.
⚠️ Студенты, не погасившие задолженность по оплате контракта в полном объёме до 17 июля 2026 года, будут отчислены из числа студентов университета в соответствии с действующим порядком.
🔗 @pt_engineering_kiut
1 083
GL CLEAN MChJ ishga taklif qiladi!
Elektrotexnika mahsulotlari, xususan MAGNA brendi ostida changyutgich ishlab chiqaruvchi GL CLEAN kompaniyasi yosh mutaxassislarni ishga qabul qilmoqda.
Vakansiyalar:
1. Changyutgich ishlab chiqarish bo‘yicha injener-mexanik
2. Xorijiy va mahalliy ta’minotchi / ta’minot bo‘yicha menejer
Talablar:
- 18-25 yosh
- Talabalar va yosh mutaxassislar uchun mos
- Kompyuterda ishlay olish: MS Word, Excel
- Ish staji: 1 yil, ish o‘rgatish imkoniyati mavjud
- Ta’minot yo‘nalishi uchun: ingliz va rus tillarini bilish, xitoy tili bo‘lsa afzallik
Oylik maosh: 7 000 000 so‘mdan boshlanadi
Ish joyi: Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Tut MFY
Imkoniyatlar: doimiy ish, amaliy tajriba, kasbiy o‘sish va tezkor karyera rivoji
Murojaat uchun:
1) +998 97 604 80 81,
2) +998 90 904 33 33.
GL CLEAN elektrotexnika ishlab chiqarish sohasiga qiziqqan, o‘sishga tayyor talabalar va yosh mutaxassislarni jamoaga taklif qiladi.
1 083
🇺🇿 BITIRUVCHILAR DIQQATIGA! 🎓
Diplomingiz va uning ilovasining elektron (PDF) shakli tayyorlandi.
📲 Bot: @KIUT_diplom_va_ilova_bot 👈
Botga murojaat qilib:
✅ Diplom va ilova fayllarini yuklab oling;
✅ F.I.Sh. hamda boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring;
✅ Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa — «✅ Ma’lumotlar to‘g‘ri» tugmasini bosing;
✅ Xatolik aniqlansa — «❌ Xato bor» tugmasini bosing.
⚠️ MUHIM!
Diplom va ilovadagi ma’lumotlaringizni 2026-yil 6-iyul kuni soat 12:00 ga qadar tekshirib, tasdiqlashingiz shart.
❗️ Belgilangan muddatdan keyin aniqlangan xatolarni tuzatish imkoniyati bo‘lmaydi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🇷🇺 ВНИМАНИЮ ВЫПУСКНИКОВ! 🎓
Электронные версии вашего диплома и приложения к нему готовы в формате PDF.
📲 Бот: @KIUT_diplom_va_ilova_bot 👈
Вам необходимо:
✅ Скачать файлы диплома и приложения;
✅ Внимательно проверить Ф.И.О. и остальные персональные данные;
✅ Если все данные указаны верно, нажать «✅ Ma’lumotlar to‘g‘ri»;
✅ При обнаружении ошибки нажать «❌ Xato bor».
⚠️ ВАЖНО!
Проверить и подтвердить данные в дипломе и приложении необходимо до 12:00 6 июля 2026 года.
❗️ После указанного срока исправить обнаруженные ошибки будет невозможно.
👉 @pt_engineering_kiut
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
#Admission2026
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida OFFLINE qabul davom etmoqda
Universitetga tashrif buyurib, hujjatlaringizni joyida topshirishingiz va mutaxassislardan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
🔹 Pasport yoki ID karta (rangli)
🔹 Litsey/kollej diplomi yoki maktab attestati (rangli) yoki 11-sinfni bitirayotgani haqidagi ma’lumotnoma
🔹 3,5 × 4,5 sm hajmdagi foto (oxirgi 3 oy ichida tushirilgan)
Mavjud bo‘lsa, xalqaro til sertifikatlari: IELTS 5.5, CEFR B1, Duolingo 85, TOEFL 58, TOPIK 3, TOMER va undan yuqori
Yo‘nalishlar va shartnoma narxlari bilan tanishing:
https://www.kiut.uz/uz/admission/tashkent-admission/
📍 Manzil:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy
+998 78 129 40 40
1 083
📣 Kompyuteringiz bormi? 6 oy ichida kreativ va IT sohasida xalqaro darajadagi mutaxassisga aylaning!
🚀 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda "Mirzo Ulugʻbek vorislari" grant dasturi doirasida CreativeTech loyihasiga qabul boshlandi.
🎓 Ta'lim yo‘nalishlari:
🎮 Game Development
🎬 VFX Compositing
🎨 Digital Art
🎞 Animatsiya
🧱 3D Modellashtirish
💥 FX Simulation
🎥 Video Editing
🎬 Cinema 4D
🕹 Unreal Engine
✏️ Anime
Sizni nimalar kutmoqda?
✅Xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturi
✅Tajribali mentorlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✅Portfolio yaratish va real loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
✅ Zamonaviy dastur va texnologiyalarni amaliy o‘rganish
✅ Xalqaro kompaniyalarda ishlash uchun zarur ko‘nikmalar
📍 Ta'lim shakli: Toshkent shahrida oflayn va onlayn
🗓 Davomiyligi: 4 oy ta'lim + 2 oy amaliyot
💼 Bugun o‘qishni boshlang. To‘lovni esa ishga joylashib daromad topishni boshlaganingizdan keyin amalga oshiring.
‼️ Joylar cheklangan! Arizalarni qabul qilish boshlandi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish: CreativeTech.uz
📢 Yangiliklar: @creative_tech_official
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
KIUT muhandis qizlari uchun ajoyib yangilik!
Yangi o‘quv yilidan boshlab Prezidentimiz tashabbusi bilan "Muhandis qizlar" stipendiyasi joriy etiladi.
Ushbu stipendiya xususiy oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ham amal qiladi.
🔗www.kiut.uz
#MuhandisQizlar #Engineering #WomenInSTEM
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda. Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor. Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir! Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”,– dedi Prezidentimiz.
1 083
Repost from KIUT | Rasmiy kanal
#YoshlarKuni #YouthDay #KIUT
🇺🇿 Aziz yoshlar, qadrli talabalar,
Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklayman.
Yoshlik — orzu qilish, izlanish va o‘z ustida tinimsiz ishlash davri. Shu imkoniyatlarni qadrlang, bilim olishdan, yangi marralarni zabt etishdan hech qachon to‘xtamang.
Har biringizga mustahkam sog‘liq, omad, oilaviy baxt va tanlagan yo‘lingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Ertangi kunimiz aynan sizlarning bilim va mehnatingiz bilan yanada yorqin bo‘lishiga ishonaman.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, professor A. Allakuliyev
1 083
E’LON
Hurmatli talabalar!
30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etiladigan gala-konsert dasturida faol talabalar ishtiroki rejalashtirilgan.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar bugun, 24-iyun kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
https://yoshlar.gov.uz/uz?banner=gala-concert
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng F.I.O. va ID raqamingizni quyidagi botga yuboring:
@EngineeringSchool_helpbot
