fa
Feedback
NUN NASHR

NUN NASHR

رفتن به کانال در Telegram
302
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ay
Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qo‘ygan ishlardan boshqa narsa bo‘lmas. Barcha ishlaringni Allohga topshir. Alloh eringni hidoyat qilishini, sen uchun solih er qilib berishini duo qilib so‘ra. Eng muhimi keyinchalik afsuslanmaslik uchun bugun totuv yasha! ©️ Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📖 «Oila — saodat maskani» kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Oilaviy xabarlar doskasi Oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, muomalalari juda go‘zal bo‘lmog‘i, ayniqsa, k
Oilaviy xabarlar doskasi Oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, muomalalari juda go‘zal bo‘lmog‘i, ayniqsa, kattalar kichiklarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Mana shundagina oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘ladi. Shuningdek, oila a’zolari o’zaro har bir holatlaridan xabardor bo‘lishlari, masalan, ishxonadagi yoki ta’lim olish jarayonidagi o‘zgarishlardan, moddiy va ma’naviy ahvollaridan, hatto ichki kechinmalaridan ham boxabar bo‘lib turishlari kerak. Shuning uchun ham men farzandlarimga oilada bir-birlari bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lishlari hamda har bir holatlaridan xabardor bo‘lib turishlari zaruratini o‘rgatmoqchi bo‘lib, uyga bir doska o‘rnatdim va uning nomini “Oilaviy xabarlar doskasi” deb atadim. Farzandlarimni chaqirdim-da, ularga o‘zlarining shaxsiy hayotlarida qandaydir o‘zgarish yoki yangilik bo‘lsa, mana shu doskaga yozib qo‘yishlarini aytdim. Ularga bu ishni dadasi ham, men ham qilishimizni ma’lum qilib qo‘ydim. Qarabsizki, xabarlar birin-ketin yozila boshladi. 🔹Masalan, “Dadam bugun oylik oldilar, hammangiz tayyor bo‘lib turinglar!”, “Onam betoblar, jiddiy e’tibor qaratmog‘imiz lozim”, “Bozorlik qilib kelish kerak”, “Bugun Muhammad jamoasi musobaqada yutqazdi, Muhammad tasalliga muhtoj”, “Hind bugun mahzun, biroz muddat o‘zi yolg‘iz qolmoqchi, ikki soat hech kim bezovta qilmasin”, “Buvimiz ertaga mehmonga keladilar”, “Tog‘angiz kasal bo‘lib qolibdi, xabar olish kerak”... Biz doskadagi yozuvlar bilan tanishib, tezda chorasini ko‘rdik va ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. Mana, farzandlarimiz bolalik paytlarida qo‘llashni boshlagan bu tadbirimiz hozirgacha davom etib kelmoqda. Men aniq ishonib ayta olamanki, biz qo‘llagan aynan mana shu tadbir sabab farzandlarimiz oilali bo‘lib, alohida yashab ketgan bo‘lsalar ham, hali-hanuz o‘zaro munosabatlari mustahkam va bir-birlaridan doimo boxabar bo‘lib turadilar. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasidan 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Bugun u ota… Ertaga sen ota bo‘lasan Ota-onaga yaxshilik qilish - shunday qissaki, uni sen yozasan, bolalaring senga hikoya q
Bugun u ota… Ertaga sen ota bo‘lasan Ota-onaga yaxshilik qilish - shunday qissaki, uni sen yozasan, bolalaring senga hikoya qilib beradi! Hech kim otalarning fazlini inkor qila olmagay, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Robning roziligi otaning roziligidadir, Robning g‘azabi otaning g‘azabidadir”. Boshqa bir hadisda: “Robning roziligi ota-onaning roziligidadir, Robning g‘azabi ota-onaning g‘azabidadir”, deyilgan. Ota go‘yo chodirning tirgagiga o‘xshaydi, u qulasa, chodir butunlay qulab tushadi! Gohida biz farzandlar otalarimizning bizga aytgan ba’zi buyruqlaridan malollanamiz, jahlimiz chiqadi, yuragimiz torlik qiladi, “uf”laymiz ham, ular aytgan gap yoshimizga munosibmasdek, mayda-chuyda narsadek tuyuladi. Lekin ular buni bizga qayg‘urganlaridan aytgan bo‘lishadi... 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Amalingizni Allohga xolis qiling: Dovud ibn Abu Hind rohimahulloh qirq yil ro‘zador bo‘lgan va bu haqida oilasi hech nima bil
Amalingizni Allohga xolis qiling: Dovud ibn Abu Hind rohimahulloh qirq yil ro‘zador bo‘lgan va bu haqida oilasi hech nima bilmagan. Yana bir zot yigirma yil kechasi qoim bo‘lgan va bu haqida biror kishi bilmagan. U zotlar mana shunday ixloslari va solih amallarini maxfiy qilganliklari tufayli yuksaldilar. Bugungi kunda ba’zi qilgan amallari haqida gapirib yuradigan musulmonlarning u zotlar oldida o‘rni qayerda: Agar tunning bir qismida turib qolsa bormi, yaqinlari va qo‘shnilari bundan xabar topadi. Agar sadaqa berib qolsa bormi, bu haqida sharq-u g‘arb xabardor bo‘ladi! Agar Alloh taoloning muhabbatiga erishishni xohlasangiz, qiladigan sadaqalaringizni maxfiy qiling. O‘n qo‘lingiz berganini chap qo‘lingiz bilmasin! O‘qiydigan namozlaringizda imomingiz xushu’ va yo‘lboshchingiz ixlos bo‘lsin! Tunning qorong‘u vaqtlarida ruku’ qilganingizda Allohdan boshqa sizni hech kim ko‘rmasin va odamlardan birortasi xabar topmasin! U zotlar amallarini maxfiy qilganlarida Alloh taolo faqat O‘zi biladigan ajr-mukofotlarni ular uchun berkitib qo‘yadi: "Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, Oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas" (Sajda surasi 17-oyat). © Hasson Shamsi Posho 📖 "Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

O‘zingiz va atrofingizdagilar birdek baxtli bo‘lishi uchun ularning har birini baxtiyor qilishga harakat qiling! Yig‘i orasid
O‘zingiz va atrofingizdagilar birdek baxtli bo‘lishi uchun ularning har birini baxtiyor qilishga harakat qiling! Yig‘i orasida kula olmaganingizdek atrofingizdagilar zulmat qa’rida bo‘lgan bir holda, siz tong yog‘dusi ichra tura olmaysiz. Axir, insonning baxti uning ko‘magi sabab muvaffaqiyatga erishganlarning adadi bilan belgilanadi. O‘ziga to‘q kishilardan bo‘lsangiz, davlatingizdan ozroq berish ila boshqalarning saodatiga hissangizni qo‘shing. Bordi-yu qo‘lingiz kaltalik qilsa, bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham bu jarayonda ishtirok eting ! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bir to‘rg‘am nonga ham Allohga hamd ayting, shukr qiling. Har kuni ham to‘kin-sochinlik soya solavermaydi. Shuning uchun ham
Bir to‘rg‘am nonga ham Allohga hamd ayting, shukr qiling. Har kuni ham to‘kin-sochinlik soya solavermaydi. Shuning uchun ham o‘tayotgan kunlarga lanat o‘qimang, aksincha qanoatli bo‘ling! Hasad qilishdan saqlaning! Zero, Alloh taolo odamlarni O‘zi siylagan ne’matlar bilan xoslab qo‘ygan. Shuning uchun ham boshqalardan o‘sha ne’matlarning ketib qolishiga orzumand bo‘lmang, undan ko‘ra Alloh sizga ham O‘z fazlidan ato etishini so‘rab qoling! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Gʻaflatda qolmang Qizim bolaligida men bilan yaqin munosabatda bo‘lganiga qaramay, o‘smirlik davriga kelib oramiz xiyla uzoql
Gʻaflatda qolmang Qizim bolaligida men bilan yaqin munosabatda bo‘lganiga qaramay, o‘smirlik davriga kelib oramiz xiyla uzoqlashganini his qildim. Ora-orada bir-birimizni tushunmay, gapimiz kelishmay qoladigan bo‘ldi. Buning sababi haqida o‘ylab ko‘rdim va bildimki, qizim bilan yetarlicha muloqotda bo‘lib, unga yetarlicha vaqt ajratibman-u, lekin unga yetarlicha mehr bermayotgan ekanman. Qizim bilan o‘tirib gaplashib olmoqchi bo‘ldim. Lekin yaxshilab o‘ylab ko‘rib, bu fikrimdan qaytdim va unga avvalgidan ko‘ra mehrli, samimiy, yaxshi munosabatda bo‘laman, deb o‘z-o‘zimga qaror qildim. Har safar biror joyga ketayotganimda yoki uyga qaytganimda tabassum bilan uning yuzlaridan o‘pib qo‘yadigan bo‘ldim. U maktabdan kelganida kayfiyatim qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ochiq chehra bilan kutib olishni odat qildim. “Sen bo‘lmasang uyimiz huvillab qoladi”, “Seni sog‘inib qoldim, qizim” degan gaplarni aytishni kanda qilmadim. Ikkimiz oshxonada ish qilsak: “Yaxshiyam sen borsan, qizim, sensiz qiynalib qolardim”, deya uni xursand qildim.  Bunday muomalamdan keyin qizimning menga nisbatan munosabati sezilarli darajada o‘zgardi. Endi u mening har bir gapimni jon qulog‘i bilan eshitadigan, buyurgan ishlarimni vaqtida bajaradigan xushmuomala qizchaga aylandi-qoldi. Hatto ichidagi gaplarini, dugonalariga ham aytmaydigan sirlarini birinchi bo‘lib menga aytadigan bo‘ldi. Men qilgan ishimdan juda-juda xursand bo‘ldim... © Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📖" Farzand tarbiyasidan 700  saboq" kitobidan ✔️ 👉https://t.me/nunnashr

Alloh taologa yaxshi gumonda bo‘ling: Muhammad ibn Munkadir roziyallohu anhu aytadilar: "Qalbimda Alloh taoloning rahmati men
Alloh taologa yaxshi gumonda bo‘ling: Muhammad ibn Munkadir roziyallohu anhu aytadilar: "Qalbimda Alloh taoloning rahmati mendan yiroqdir, degan gumon bo'lishidan hayo qilaman". Alloh taologa yaxshi gumonda bo‘laylik. Alloh jalla jalaluhu hadisi qudsiyda aytadi: "Men bandamning uning Menga qilgan gumoniga ko‘ra muomala qilaman. Agar yaxshilikni gumon qilsa, unga yaxshilik yetadi. Agar yomonlikni gumon qilsa, yomonlik yetadi". Sizning Alloh taologa yaxshi gumonda bo‘lishingiz amalingizda ham yaxshi bo‘lishingizni va undan Allohning roziligini ko‘zlashingizni talab qiladi. Hasan Basriy roziyallohu anhu aytadilar: "Albatta, mo‘min kishi gumonini chiroyli qiladi va amali ham shunga muvofiq bo‘ladi. Munofiq kimsa esa, gumonini ham yomon qiladi va amali ham yomon bo‘ladi". 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari " kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Ey oqila ayol! Tilingizdan faqat shirin va yoqimli so‘zlar chiqsin. Oilaviy hayotingizning har oniga baxt tarovatini berib tu
Ey oqila ayol! Tilingizdan faqat shirin va yoqimli so‘zlar chiqsin. Oilaviy hayotingizning har oniga baxt tarovatini berib turadigan gaplar gapiring. Azamat va himmatni o‘ldiradigan, oilani orqaga ketkazadigan suhbatlarni imkoni boricha chetlab o‘ting. © Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📖 "Oila - saodat maskani" kitobidan. ‼️Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉https://t.me/nunnashr

Ona suti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Kimni Alloh subhanahu va taolo bir taom bilan tao
Ona suti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Kimni Alloh subhanahu va taolo bir taom bilan taomlantirsa, “Allohim, bu taomni biz uchun barakali qilgin va undan yaxshirog‘i bilan bizni rizqlantirgin”, deb duo qilsin va kimni Alloh subhanahu va taolo sut bilan chanqog‘ini qondirsa, “Allohim, bizlarga uni barakali qil va undan bizga ziyoda qilib ber”, desin. Zero, men ham taom va ham ichimlikning o‘rnini bosadigan sutdan boshqa narsani bilmayman».  ✅Mana shu hadisga muvofiq men har safar bolamga ko‘krak tutsam “Bismillah”ni va, albatta,  mazkur duoni aytdim. Bu amalni  sustkashlik qilmasdan muntazam qilib bordim. Natijani qarangki,  vaqt o‘tib farzandim Allohning fazli ila har taom yeganda yoki suv ichganda birov o‘rgatmasa-da, “Bismillah” deydigan,  Allohning ismini zikr qiladigan va doim takrorlaydigan bola bo‘ldi.  (Tarix va tazkira kitoblaridan avvalgi o‘tgan ulamolar, ulug‘ zotlarning bolalik davrlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularning onalari bolalarini betahorat emizmaganlarini, bebismillah ko‘krak tutmaganlarini, ba’zilari, hatto bolalarini “Yosin” va boshqa suralarni tilovat qilgan holda emizganlarini va shu orqali farzandlariga sut bilan birga ilohiy nurning ham kirishiga sababchi bo‘lganlarini anglaymiz. Bugungi kunda yosh onalar ham mana shu amalga ahamiyatli bo‘lishlari lozimki, kelajakda farzandlarining buyuk insonlar bo‘lib yetishishlarida asosiy sabablardan bo‘lsa, ajab emas. 📖© Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti "Farzand tarbiyasidan 700  saboq" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! ✅👉https://t.me/nunnashr

MUHABBAT HAQIDA BIR OGʻIZ SO‘Z Muhabbat sado kabidir. Uni atrofingizga tarqating, o‘zingizga qaytib keladi! Uni atrofingizga
MUHABBAT HAQIDA BIR OGʻIZ SO‘Z Muhabbat sado kabidir. Uni atrofingizga tarqating, o‘zingizga qaytib keladi! Uni atrofingizga yoying, bag‘ringizda topasiz. Boshqalarda ko‘rayotgan narsangizni o‘zingizda ko‘rasiz. Boshqalarning sizga his-tuyg‘ularini izhor qilayotganini sezasiz. Odamlarning sizga qanday muomala qilish yo‘lini o‘zingiz chizasiz. Ularga yaxshilik qilib, yaxshi ko‘rsangiz, sizni ham yaxshi ko‘radilar. Ularga foyda bersangiz, sizga ham foyda keltiradilar. Muhabbatingiz va his-tuyg‘ularingizga eng birinchi haqdorlar oilangiz va farzandlaringizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Sizlarning eng yaxshingiz oilasiga yaxshi bo‘lganidir. Men orangizda oilasiga yaxshi bo‘lganiman". 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Alloh yo‘lidagi do‘stlari bor inson yolg‘iz bo‘lmas... Kimniki tili Allohning zikri bilan band bo‘lsa, g‘amnok qolmas... Allo
Alloh yo‘lidagi do‘stlari bor inson yolg‘iz bo‘lmas... Kimniki tili Allohning zikri bilan band bo‘lsa, g‘amnok qolmas... Allohning huzuridagi mukofotdan ko‘ngli to‘q kishi mahzun bo‘lmas... Dunyo torlik qilib, ro‘parangizdagi barcha yo‘llar berkdek ko‘ringan vaqtda shuni yodda tutingki, saodat aslida qo‘lga kiritganlaringiz, ega chiqqan yutuqlaringizda emasligini, haqiqiy saodat Allohga yaqinligingiz miqdori bilan o‘lchanadi! Shundagina qalbingiz taskin topadi... Shundagina g‘amlar ariydi... Uchta narsani yodingizdan chiqarmang: Sizga biror ne’mat tuhfa etilsa Allohga hamd ayting; Rizqingiz ozaysa Allohga istig‘for ayting; Biror qiyinchilikka duch kelsangiz, "La havla va la quvvata illa billah" ("Kuch-quvvat faqat Allohdadir"), deb ayting. Har kuni Allohdan afv va ofiyat so‘rashni unutmang, zotan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohdan afv va ofiyat so‘ranglar, chunki, hech kimga iymondan keyin ofiyatdan yaxshiroq ne’mat berilmagan" deganlar. (Termiziy rivoyati) Salaflar doim uchta gapni nasihat qilishgan, ular tillo bilan taroziga tortiladigan bo‘lsa tillodan og‘ir keladigan gaplardir: ✅Birinchisi: Kimki o‘zi va Alloh o‘rtasini isloh qilsa, Alloh u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi; ✅Ikkinchisi: Kimki ichini, qalbini isloh qilsa, Alloh uning zohirini isloh qiladi; ✅Uchinchisi: Kimki oxirat ishi bilan mashg‘ul bo‘lsa, Alloh uning dunyo va oxirat ishini O‘zi o‘nglab qo‘yadi. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Doim Allohdan taqvoda bo‘l! Doim Allohdan taqvo qil, zero bu eng yaxshi zaxira va eng kerakli nasihatdir. Alloh taolo aytadik
Doim Allohdan taqvoda bo‘l! Doim Allohdan taqvo qil, zero bu eng yaxshi zaxira va eng kerakli nasihatdir. Alloh taolo aytadiki: "Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur". (Taloq surasi 2-3 oyatlar) Keyingi oyatda: "Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko‘paytirib berur",  (Taloq surasi 4-oyat) deya marhamat qilgan. Qalbingizni Alloh va Rasuliga bo‘lgan muhabbat bilan, ota-onangiz va atrofingizdagi odamlarga bo‘lgan muhabbat bilan to‘ldiring! Zotan, yaxshi ko‘rish insonni yoshartiradi, umrni uzaytiradi, xotirjamlikni tuhfa etadi. Yomon ko‘rish esa qalblarni baxtsizlikka to‘ldiradi. Uyingizda qalbingizni yoritishga va isitishga yetgulik oilaviy muhabbat quyoshi porlasin! Avvalo, Alloh taologa ishoning, so‘ng o‘zingizga, ya’ni, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni Allohga bo‘lgan ishonchdan muqaddam qo‘ymang. Barchamiz vafot etgach Allohga borishimiz muqarrar. Biroq baxtli inson hayotdalik vaqtida Allohga yuzlangan insondir. Muhlat o‘tib ketmasdan Alloh tomon shoshilaylik! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Odamlarga asliy holatingizdan ham insofliroq muomala qiling. Zero, zulm umrni kemiradi, ko‘zdan uyquyingizni uchirib tashlayd
Odamlarga asliy holatingizdan ham insofliroq muomala qiling. Zero, zulm umrni kemiradi, ko‘zdan uyquyingizni uchirib tashlaydi. Biz atrofimizdagi kishilarimizga zulm qilib, haqlariga rioya qilmaganimiz uchun ham ularni yo‘qotamiz. O‘z hisob-kitoblarimizni ularning xatolari ustiga quramiz-u, ulardagi oliyjanob fazilatlarni unutamiz. Ularni batamom aybsiz bo‘lishlariga talabgormiz, biroq “odam bolasi xatodan xoli bo‘lmaydi” degan gapni dalil qilib o‘zimizni doimo oqlaymiz. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

O‘tgan ishlarga yig‘lamang! Nohushliklarga ko‘z yosh to‘kuvchilarga dunyo hech kulib boqmagan. Birovlarning musibatlaridan xu
O‘tgan ishlarga yig‘lamang! Nohushliklarga ko‘z yosh to‘kuvchilarga dunyo hech kulib boqmagan. Birovlarning musibatlaridan xursand bo'ladiganlarga hayot ham beshafqat muomalada bo‘ladi. Ko‘zadagi to‘kilgan sutga ayyuhannos solgandan ko‘ra, o‘sha sutning o‘rnini to'ldirish payida bo‘ling! Bu borada hazrat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu muborak so‘zlarini doimo yodda tuting: "Basharti senga biror musibat yetsa, agar bunday qilganimda, mana bunday bo‘lardi-da, deya ko‘rma, faqatgina Alloh taqdir qilgan ekan, O‘zi xohlagani bo‘ldi”, deb aytgin. Chunki “agarda” shaytonga yo‘l ochib beradi”. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bismillahir rohmanir rohim Alloh taologa hamdu sanolar, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin! Alloh taoloning inoyati bilan, Uning o‘zidan yordam so‘ragan holda Nun nashriyotimizning kitoblarida keltirilgan qiziqarli va foydali ma'lumotlarni siz azizlarga yetkazish maqsadida ushbu telegram kanalini ochdik. Alloh taolo barchamizni ikki dunyo saodatiga musharraf qilsin va ezgu maqsad yo‘lidagi ishlarimizni O‘zi oson qilsin. Amin! Shiorimiz: Rasulimiz keltirgan ta’limotni xalqimizga yetkazishdir. رب يسر ولا تعسر رب تمم بالخير وبك نستعين يا فتاح Robbi yassir va laa tu’assir Robbi tammim bil xayr va bika nasta’iyn, ya Fattah! ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!👇 👉 t.me/nunnashr