Bizning vazifamiz esa shu o‘rinda tanqid qiluvchi ota-onani qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona egosiga o‘zgartirish. Doimiy tanqid qilingan inson ma‘naviy kemtik bo‘lishga,ruhiy bir qancha muammolarga uchrashiga, hayoti davomida doim o‘zini ayblab yashashiga, mustaqil qaror qabul qila olmasligiga olib keladi.Qo‘llab-quvvatlovchi ota-onaning farzandi qat‘iyatli,o‘ziga ishongan,mas'uliyatli bo‘ladi. Islomiy e‘tiqod jihatida qarasak ,bu nafsul lavvomaning holatiga ,vijdon uyg‘ongan holatga to‘g‘ri keladi. Bu ota-ona egosi ham o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona va tanqid qiluvchi ota-ona. Qo‘llab quvvatlovchi ota-ona bolasiga g‘amxo‘rlik qiladi, qayg‘uradi unga maslahat beradi. Tanqid qiluvchi ota-ona esa bolani jazolaydi, undan talab qiladi, unga bosim o‘tkazadi, tanqid qiladi.
Voyaga yetgan shaxs ego holat esa "Hozir va shu yerda"prinsipi bo‘yicha ish tutadi. O‘sha yerning o‘zida muammoga yechim topishga harakat qiladi, vaziyatni obyektiv baholaydi, o‘z manfaati bilan birga boshqalarning manfaatini ham birdek ko‘radi, aniq faktlarga asoslanib xulosa qiladi. Voyaga yetgan shaxs bizni o‘tmishimiz bilan bog‘liq emas, u bizni hozir va shu yerda mustaqil qaror qabul qilishimizni o‘rgatadi.
Bola ego holati hamma istaklar qondirishni xohlaydi, impulsivlik, erkinlik,hissiyotlarning ochiq namoyon bo‘lishi, yoki adaptirovannik, bo‘ysunuvchan, erkin bo‘lmagan holda bo‘ladi.
Farzand tarbiyasiga uzviy bog‘liq bo‘lgan ota-ona ego holatining farqini ko'rib chiqishimiz kerak. Tanqid qiluvchi ota-ona:"Nega doim kech qolasan, doim aytaman senga kech qolma deb". Qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona esa:"Bolam, bugun ertaroq kelsang juda yaxshi bo‘lardi, seni juda sog‘inib qolyapman". Bu ikki misolni ko‘rib tahlil qiladigan bo‘lsak, tanqid qiluvchi ota-onaning farzandi o‘ziga nisbatan ishonchsiz, irodasiz va aybdorlik hissi bilan ulg‘ayadi. Bizning jamiyatida aksar insonlar tanqid qiluvchi ota-ona ego holatida. Bizning vazifamiz esa shu o‘rinda tanqid qiluvchi ota-onani qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona egosiga o‘zgartirish. Doimiy tanqid qilingan inson ma‘naviy kemtik bo‘lishga,ruhiy bir qancha muammolarga uchrashiga, hayoti davomida doim o‘zini ayblab yashashiga, mustaqil qaror qabul qila olmasligiga olib keladi.Qo‘llab-quvvatlovchi ota-onaning farzandi qat‘iyatli,o‘ziga ishongan, mas'uliyatli bo‘ladi.
Davomi bor…