cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

JAMIYAT UZ | rasmiy kanal ️

🖇O‘zbekiston Respublikasi "Yoshlar olami" gazetasining rasmiy telegram kanali. 📅Tahririyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 09-36 raqam bilan 2022-yil 15-iyunda qayta ro‘yxatga olingan 📩 Murojaat: @a_tuxtayev

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
5 235
مشترکین
-224 ساعت
+9067 روز
+81530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
‼️BOLALAR BILAN BOG‘LIQ SALBIY HODISALARNI OLDINI OLAYLIK! Samarqand tumani IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarni oldini olish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida muloqot tashkil etildi Umumta’lim maktabida voyaga yetmagan bolalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida sodir bo‘lgan YTHlar hamda ularning kelib chiqish omillari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi va ushbu hodisalarni oldini olishda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Seminar yakunida bolalar bilan bog‘liq salbiy hodisalar va ularning ayanchli oqibatlarini o‘zida aks ettirgan maxsus film namoyish etildi. Xushvaxt HAKIMOV, Samarqand tumani IIB JXX YHXB inspektori 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
BOLALAR BILAN BOG‘LIQ SALBIY HODISALARNI OLDINI OLAYLIK! Samarqand tumani IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarni oldini olish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida muloqot tashkil etildi Umumta’lim maktabida voyaga yetmagan bolalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish borasida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida sodir bo‘lgan YTHlar hamda ularning kelib chiqish omillari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi va ushbu hodisalarni oldini olishda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Seminar yakunida bolalar bilan bog‘liq salbiy hodisalar va ularning ayanchli oqibatlarini o‘zida aks ettirgan maxsus film namoyish etildi. Xushvaxt HAKIMOV, Samarqand tumani IIB JXX YHXB inspektori 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
‼️Jomboy tumani FHDYO bo‘limi jamoasi yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazmoqda. Bunda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. “Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish, aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish kuzatilmoqda. Go‘zal BAXRIDDINOVA, Jomboy tumani FHDYO bo‘limi mudirasi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida»gi nizomning 11-bandiga ko‘ra, pasport quyidagi hollarda ID-kartaga almashtiriladi. Jumladan, pasportning amal qilish muddati tugaganda, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, pasportdagi yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda, sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda, pasport blankasi yaroqsiz holga kelganda hamda pasport yo‘qotib qo‘yilganida ID-kartaga almashtiriladi. Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti 1 oy muddatda ID-kartaga almashtirilishi lozim. Aziz MAMADAMINOV, Past Darg’om tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutaxassisi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, ro‘yxatdan chiqarish tartibini, shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand shahridagi Geofiziklar mahallasi idorasi yonida joylashgan “PORORO KIDS” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizning tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Qisqa fursat ichida aholining farzandlarini o‘ziga qamrab oldi. Va belgilangan muddatda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Ayni paytda yaratilgan yangi ish o‘rinlarida ishchi xodimlar mehnat qilishmoqda. Asosiysi, muassasamizda bolajonlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan, rus, ingliz tillari va gimnastika, taekvando to‘garaklari, televizor va radio apparatlarining barchasi bolajonlarimizning ta’lim-tarbiyasi uchun qaratilgan e’tiborning yorqin namunasidir. Zarnigor TOHIROVA, mazkur NMTT direktori 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Bugun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur holatga munosabat bildirilib holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. “Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, "O‘zenergoinspeksiya", O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ vakillari jalb qilingan. Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lib o‘z yechimini topmayotganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz!” deyiladi Qo‘mitaning rasmiy sahifasida Bekzod NURIDDINOV, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB boʻlinma boshligʻi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️Elektr energiyasi ortiqcha hisoblanyaptimi? Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu bo‘yicha tezkor ishchi guruh tuzildi
نمایش همه...
Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.Shu bois iyul oyi viloyatda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi deb e'lon qilindi. Mazkur oylik doirasida viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan tashkilot rahbarlari, mahallalar yettiliklari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan bo‘lgan ayni masalani jamoatchilikka, mahalla fuqarolariga yetkazish haqida so‘z bordi. Shuningdek, internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi bu kabi targ‘ibot tadbirlarini viloyat bo‘ylab “mahallabay” va “xonadonbay”, ta’lim dargohlari hamda barcha hududlarda o‘tkazish haqida so‘z bordi. Kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan videotaqdimotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi. Murodullo KATTAKULOV, viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari 🌐 @JAMIYAT_UUZ
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH -DAVR TALABI
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.