cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Arab tilini o‘rganamiz

Arab tilini 0 dan o‘rganing. Darslar mundarijasi: t.me/arabtili_arabcha/6 Reklama joylashtirish uchun:️ @reklama_servis

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
21 964
مشترکین
-1524 ساعت
+177 روز
+29330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

O‘rganish kerak bo‘lgan xorijiy tillar Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. O‘rganish foydali bo‘lgan chet tillar: Arab tili; Ingliz tili; Turk tili; Fors tili; Rus tili; Bu tillar nafaqat foydali, balki juda go‘zal tillar. Arab tilini mukammal bilish diniy adabiyotlarni asliyatdan o‘rganishga zamin yaratadi. Tafsir, Hadis va uning sharhlari, fiqh va uning asoslari, Qur’on bilimlarini o‘rganish, shuningdek, olimlarning ijtimoiy masalalarga bag‘ishlab yozgan ommabop asarlarini mutolaa qilishda asqotadi. Shar’iy bilimlar ma’lum marhalaga qadar ustoz bilan o‘rganilishi shart. Ammo, buning uchun ham avval arab tilini yaxshi bilish lozim. Ijtimoiy ahamiyatga molik asarlarni esa ustozsiz mutolaa qilsa ham bo‘ladi. Zero, bunday asarlar zotan tushunarli va ommabop ruhda yoziladi.  Bu sanaganlarimiz arab tilining uxroviy va tarbiyaviy foydalari. Dunyoviy ma’noda esa arab tilini bilish arablar bilan muloqot qilish, ushbu tilning balog‘atu fasohatidan bahramand bo‘lish uchun kerak. Shuningdek, arab tilidan biror qiymatli asar tarjima qilib yoxud arab tili o‘rgatib tirikchilik qilish ham mumkin. Ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganish uxroviy manfaatlarga vasila bo‘lmasa-da, bu tilning dunyoviy sohalarda muhimligi barchaga ma’lum. Inglizchangiz bo‘lsa, dunyoning ko‘p joylarida odamlar bilan anglashib ketaverasiz. Agar chuqurroq bilsangiz dunyoga mashhur asarlarni asliyatdan o‘qib tushunish imkoniga ega bo‘lasiz. Bordiyu ilg‘or texnologiyalar sohasida ishlasangiz ingliz tilisiz qiyin. Zero, barcha texnik atamalar inglizcha yoki inglizlashgan lotincha so‘zlardan iborat. Nafaqat IT sohasi balki, ko‘plab dunyoviy sohalarda ingliz tilini bilish olqishlanadi. Yuqorida aytganimizdek, zikr qilingan tillar uxroviy yoki dunyoviy ahamiyatidan tashqari, davrlar o‘tishi bilan rivojlanib, go‘zallashib qolgan tillardir. Masalan, sof adabiy arab tilida biror parchani o‘qish yoxud eshitish insonga zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi olimlar bor, mavzu fiqhiy yoki ilmiy bo‘lsa-da, ishlatgan jumlalari g‘oyat pishiq, fasohatu balog‘atga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shunday kitoblarni o‘qisangiz ham ilm, ham adabiy zavq olasiz.  Turk tili endi o‘zbeklar uchun begona til emas. Lekin, masofalar uzoqligi va uzoq muddat bordi-keldi bo‘lmagani tufayli Turkiya turkchasi o‘zicha rivojlanib, ko‘p so‘zlarni fransuzchadan olib, yon-atrofidagi davlatlardan ta’sirlanib, bizning tilimiz bilan oradagi tafovut jari kattalashib qoldi. O‘z navbatida dunyoda so‘zlashuvchilar soni jihatidan ikkinchi buyuk turkiy til bo‘lgan o‘zbek tili ham mustabid tuzum davrida o‘zicha, mustaqil ravishda rivojlana olmadi. Go‘yoki qafasga tushib qoldi. Dunyo sohasida nimaiki, yangilik chiqsa, uning nomi va atamasini ruslardan olishga majbur bo‘ldi. Va shu tufayli qaysidir ma’noda tilimiz rivojlanishdan to‘xtab qoldi. Turk tili arab, fors va yevropa tillaridan ta’sirlanganligi uchun ham bag‘oyat go‘zallashib, mukammallik kasb etgan. Turkcha asarlarni o‘qisangiz o‘zgacha zavq olasiz. Fors tilining jozibadorligi, go‘zalligi ham bejiz emas. U ham qadim imperiyalar va sivilizatsiyalardan meros bo‘lib qolgan tildir. Shuningdek, juda ko‘p ilmiy-adabiy asarlar ham ushbu tilda bitilgan. «Forsiy shakar ast» (Fors tili shakardek shirin) degan mashhur ibora ham bejiz paydo bo‘lmagan. Forslarning so‘zlashuviga quloq solsangiz xuddi ashula aytayotgandek, tasavvur paydo bo‘ladi. Chunki, so‘zlari chiroyli va oddiy so‘zlashuv ham ma’lum ohang va ritmlarga tushib qoladi, istar-istamas. Rus tili doimiy ravishda yangilanib, rivojlanib boruvchi til bo‘lganligi uchun hamda Rossiya imperiyasi ham qaysidir ma’noda Britaniya imperiyasi bilan raqobatlashib, ko‘p joylarni mustamlaka qilganligi ortidan rus tili juda boyib ketdi. Boz ustiga, Rossiyada ilm-fanga e’tibor juda kuchli. Qayerda ilm-fanga e’tibor bo‘lsa, o‘sha yerning tili albatta kuchayadi. Ushbu omillar ta’sirida rus tilining fasohatu balog‘ati ham rivojlanib, yoqimli tilga aylandi. Alisher Sultonxodjayev 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
👍 17 3👏 1
📎 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 💡 Arab tili darslariga qabul ochildi ! 🧕 Ustoza : – O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi; – CEFR (C1) sertifikatiga ega. 📚O'qiladigan kitoblar : ➡️ Miftahul-arobiyya A1 ; A2 ; B1 kitoblarining 2tadan : eshitish-gapirish va o'qish-yozish qismlari ; ✅ Umumiy hisobda 6ta kitob o'qiladi. 📌Miftahul-arobiyya B2 qismi ham o'quvchilar xohishiga ko'ra o'qilishi mumkin. ➕ "Fahmul-maqru'" kitobidan o'qish mahoratini rivojlantirish uchun ba'zi matnlar; ➕" Dalil ash-shiroka al-lug'oviyya" kitobidan ham gapirish mahoratini oshirish uchun foydalaniladi. ⏳Kurs muddati : – 8 oy(±) 🔴 O'quvchilar soni (eng ko'pi) : — 7 ta 🗓 Dars kunlari haftada 3 kun: ➡ Dushanba; ➡ Chorshanba; ➡ Juma. ⏰Dars vaqti( 1.5± soat) :         06:00 - 7.30 💰Kurs narxi : 330 ming ⏰Boshlanish sanasi: 03.06.2024 📌Kurs kimlar uchun: – Arab tilida qiynalmasdan o'qib, yoza oladigan; Arab tilini o'rganishni endi boshlagan; – CEFR sertifikatiga tayyorlanmoqchi bo'lgan; – Yengil grammatika (nahv) o'rganishni xohlagan ayol-qizlar qatnashishi mumkin. 📩Murojaat uchun: @Madina_Umid
نمایش همه...
👍 5 3
Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat: Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi: 1. Iltijo. 2. Ixlos. 3. Taqvo. 4. Allohdan qo‘rqish. 5. Allohning Kitobiga amal qilish. 6. Besh vaqt namozga rioya qilish. Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor. Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat: • Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish. • Hifz amaliyotiga xos daftar tutish. Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish. • Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik. • Yodlash uchun munosib joy tanlash. • Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish. • Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish. • Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish. • Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish. • Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish. • Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr. • Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish. • Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish. • Kundalik vazifani tayyorlash. • Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish. • Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash. • Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish. • Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish. • Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish. • Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish. • Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi. • Nafl namozlarda yoddan o‘qish. • Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish. • Vaqtni tartibga solish. • O‘tirish holati. • Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish. • Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish. • Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash. • Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish. • Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish. • Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish. • Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash. • Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi. • Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik. • Alloh taoloning Kitobiga amal qilish. • Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchidir. • Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish. • Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish. • Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik. • Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish. • Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish. © Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
👍 28 7🤩 3🔥 2
Ham zamonaviy ham klassik arab tilini bosqichma bosqich sifatli oʻrganish mumkinmi? Albatta mumkin. Buning uchun CEFR C1 sertifikatiga ega, Islom Akademiyasi bitiruvchilarining Arabic Zone kanalida berib boriladigan 💭محادثة soʻzlashuv 📝كتابة yozish 📚قراءة oʻqish 🎧استماع tinglash koʻnikmalari sizga yordam beradi. Ilmni olishda قليل دائم خير من كثير منقطع yaʼni Uzluksiz olingan oz narsa uzuq-yuluq olingan koʻp narsadan afzaldir, shunga koʻra ushbu sahifa sizga manfaatli boʻladi degan umiddamiz. Obuna boʻlish: @arabic_zoneuz
نمایش همه...
👍 14🥰 9 4
Asliyatimizni anglaymiz!
نمایش همه...
🤯 1
Asliyat
1:06:08
Video unavailableShow in Telegram
#Videodars 📚 Arab tili fonetikasi 📹 8-dars. Til va undagi maxrajlar Dars mundarijasi: - Til va undagi maxrajlar; - Tilning harflar talaffuzidagi qismlari; - Tish va unga bog'liq ma'lumotlar; - Harflarning bir-biridan ajratib turuvchi sifatlari. 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
👍 16
Qur’onni tez yodlash usuli va odobi Qur’oni Karimga bo‘lgan odob, Alloh subhanahu va taologa nisbatan odob hisoblanadi. Ana shunday odoblardan deb quyidagilarni eslash mumkin: – Qur’on o‘qishda Alloh taoloning roziligini qasd qilishimiz, undan boshqa narsani istamasligimiz. Mana shu Alloh taolo qabul qiladigan qiroat hisoblanadi; – har tomonlama pok, tahoratli bo‘lishimiz; – Qur’on tilovat qilgan vaqtimizda pok, toza joyda o‘tirishimiz; – o‘qishni boshlashda «a’uzu» aytishimiz. Bunda suraning boshi bo‘ladimi, o‘rtasi bo‘ladimi, baribir. Bunga dalil Alloh taoloning quyidagi oyatidir: «Qur’on o‘qigan chog‘ingda Allohdan quvilgan shayton(sharri)dan panoh so‘ragin»;  – Tavba surasidan boshqa suralarning boshida «basmala» aytish; – Qur’oni Karimga hurmatan xushu’ va diqqat-e’tibor bilan tilovat qilishimiz; – o‘qiganlarimizning ma’nolarini o‘rganishga harakat qilishimiz va uning mag‘zini chaqib, tafakkur qilishimiz; – tajvid ahkomlariga rioya qilishimiz, tilovat asnosida ovozimizni chiroyli qilishimiz va mashaqqatsiz dona-dona qilib, tartil bilan o‘qishimiz;  – shuningdek, eshitayotgan kishi ham bevosita qoridan yoki biror jihoz orqali tinglaganida Qur’oni Karim oyatlariga jim quloq tutishi va tafakkur qilishi lozim; – esnoq kelganida to u batamom ketgunicha tilovatni to‘xtatib turishimiz; – qiroatni tamomlashda «Sodaqollohul ’aziym», deyishimiz va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning omonatni yetkazganliklariga guvohlik berishimiz; – tilovatni gap bilan bo‘lmaslik. Faqat zarurat yuzasidan bo‘lsa, joiz. Masalan, salomga alik olish kabi; – rahmat oyatlarida Allohdan fazlu marhamatini so‘rab, qo‘rqituv oyatlarida U zotdan panoh tilashimiz; – Qur’onni yod olishda bardavom bo‘lishimiz va yod olganlarimizni unutib yubormasligimiz uchun doimo takror qilib turishimiz; – Qur’oni Karimning amrlari va qaytariqlariga qat’iy rioya qilishimiz; – Qur’oni Karim bilan xulqlanishmiz va unga doimo amal qilishimiz. Men sizlarga Qur’on yodlash sirlari haqida ustozimdan eshitgan va o‘z tajribamda sinagan ayrim narsalarni ham aytib beraymi? Undoq bo‘lsa, marhamat: – yuqorida aytilgan tilovat odoblariga rioya qilish; – Alloh taolodan yordam so‘rab duo qilish; – ota-ona va ustozning duosini olish; – odobsizliklardan, yomon ishlardan uzoq bo‘lish; – astoydil qasd qilish va yod olishga qodirligiga ishonish; – havosi toza, hayolni chalg‘itadigan, rang-barang bo‘lmagan, tinch, xoli joyda yod olish; – munosib vaqt tanlash. Yodlash uchun eng afzal vaqt tong sahar va namozdan keyingi ertalabki soatlardir. Buning uchun yotishdan oldin darsni ma’lum adad o‘qib, chala yodlab olsangiz, ertalab turganingizda 3-4ta o‘qishingiz bilan dars yodlanib qoladi. Shundan so‘ng yoddan 100-150ta sanoq qilsangiz, qarabsizki, dars tayyor; – yodlashga kirishishdan oldin to‘g‘ri o‘qishni o‘zlashtirib olish; – dona-dona qilib, shoshilmay, ohang bilan o‘qish – doimo bir mus'hafda o‘qish; – yod olgan suralarni takror qilib turish; – tartibli ravishda har kuni ma’lum hajmda yodlash. Darsni ko‘paytirganda ham asta-sekin, bir qator-ikki qatordan ko‘paytirish; – oyatlarning ma’nolarini o‘rganib amal qilish; – agar dars ko‘p bo‘lsa, bo‘lib yodlash va bir qismi tayyor bo‘lgandan so‘ng 20-30 daqiqa dam olish. Manba: Quran.uz 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
👍 51🥰 8 5🔥 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oyiga 3 mln topaman, 5 mln ishlataman... Odamlarga doim aytaman: ko‘p pul topishning o‘zi sizni boy qilib qo‘ymaydi. Uni saqlay bilish, to‘g‘ri boshqarish va ko‘paytirish muhimroq. Bu ilm esa moliyaviy savodxonlik deyiladi. Ayni shu masala sodda tilda tushuntirib boriladigan kanalni tavsiya qilaman. Obuna boʻling, foydali va sifatli kanal. Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji https://t.me/+ToFWA46bG68zN2Ji
نمایش همه...
4🔥 4👍 3
10:26
Video unavailableShow in Telegram
📹 Arab alifbosining to’g’ri talaffuz qilinishi 🎙 Shayx Alijon qori 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
12👍 3🤔 1
Quroni tilovatining 20 odobini o‘rganamiz! Bandalarini O‘zining muqaddas, mo‘jiz Kalomini o‘qishni o‘rganish baxtiga musharraf etgan Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin. O‘z ummatlariga: "Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir" deya, ularni ushbu Kalomi Rabboniyning ta’limiga targ‘ib qilgan va bunda o‘zi eng go‘zal namuna bo‘lgan Nabiyimiz Muhammad mustafoga Allohnig salotu salomlari bo‘lsin. Ulamolarimiz Qur’oni Karim qiroati odobi haqidagi barcha dalillarni va mulohazalarni o‘rganib chiqqanlaridan keyin xulosa qilib, bu odoblarni quyidagicha tartibga soladilar: 1. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi tahoratli bo‘lishi lozim. 2. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi odobli bo‘lishi kerak. 3. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi cho‘kka tushib, tavozu’ bilan o‘tirishi kerak. 4. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi chordana qurib, yonboshlab yoki mutakabbir sifatda o‘tirmasligi kerak. 5. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi uchun eng afzal holat tik turgan holida namozda va masjidda o‘qimoqlikdir. 6. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi o‘zining muhim ishlarini tashlamasligi kerak. Ishdan bo‘shaganda qiroat qiladi. 7. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi uchun qiroat ko‘payib badaniga zarar yetkazadigan bo‘lmasligi kerak. 8. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi o‘ta shoshilib tartil va tajvidni buzmasligi kerak. Tilovatdan vaqtni qizg‘anib yoki boshqa sabablar bilan shoshilib o‘qimaslik. 9. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi oddiy kishi bo‘lsa, har kuni bir poradan o‘qib, bir oyda bir marta xatm qilib turishi kerak. 10. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi qiroatni ko‘p qilmoqchi bo‘lsa, uch kundan kam bo‘lmasligi kerak. 11. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi xatm qilganidan keyin Alloh taologa duo qilishi marg‘ubdir. 12. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi imkoni boricha tilovatni chiroyli qilishga harakat qilmog‘i mustahabdir. 13. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi qiroatni ichida qilmog‘i mustahabdir. Bu o‘ziga eshitiladigan qiroatdir. 14. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi ba’zi maqsadlar uchun ovozini baland qilib qiroat qilsa ham joiz. 15. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchining mushafi bo‘lsa, o‘sha mushaf qarovsiz qolmasligi uchun har kuni ma’lum oyatlarni bo‘lsa ham unga qarab o‘qib turmog‘i lozim. 16. Qur’oni Karimni qiroat qiluvchi doimo o‘zi o‘qiyotgan kalom basharning emas, Alloh taoloning kalomi ekanini va U zotning ulug‘ligini his qilib turmog‘i lozim. 17. Tilovatga kirishishdan oldin aqlni mashg‘ul qiladigan turli omillardan zehnni xoli qilish. 18. Har gal tilovatga kirishish oldidan Alloh taolodan uni oson etishini chin dildan so‘rash va U Zotdan doimo g‘ayrat, kuch-quvvat va imkoniyatlar so‘rab duoyu iltijoda bo‘lish. Zotan Allohdan o‘zga hech kimdan quvvat va yordam yo‘qdir. 19. Bu o‘rinda oddiy matnni emas, balki, buyuk ilohiy kitob, lafzi ham, ma’nosi ham Alloh tomonidan bo‘lgan, U Zotning qadiym kalomi bo‘lmish Qur’oni karimni, ilohiy vahiyni o‘qiyotganini unutmaslik, bu haqiqatni doimo his qilib turish. 20. Bu yo‘lda to‘g‘ri niyat bilan qilingan har bir harakat va mashg‘ulot ibodat hisoblanishini doimo yodda tutish. 📖 @arabtili_tv
نمایش همه...
👍 23 19🔥 4