cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ulamolar hikmatlari حكمات علما ء

Saodatga yetaklovchi hikmatlar kanali📜 Admin bilan bog'lanish; @Ulamolar_hikmatlari_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
979
مشترکین
-424 ساعت
-277 روز
-15030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman! 2-Baqara: 148 - Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o‘shanga boqadi. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo‘lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydi. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 2💯 2
Miya o‘smasi hastaligidan azoblanayotgan ayolni kasalxonaga yotqizishdi. Uning o‘g‘li va qarindoshlari ham shu yerda edi. Ayol bir necha soat o‘tib vafot etdi. Uning o‘g‘li kun bo‘yi, toki ovozi qolmaguncha yig‘ladi. Ertasiga tobi qochgan holda uyiga qaytgach onasining yotoqxonasidagi stol ustida qoldirilgan maktubni ku‌rdi. Shuningdek, stol ustida bir nechta tabletkalar ham bor edi. Qo‘li titrab xatni o‘qidi: “Bu dorilarni ichib ol, bilaman shuncha yig‘laganingdan keyin tomog‘ing og‘riyotgan bo‘lsa kerak" Onang! @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
😢 4🕊 1
O‘lsangiz kim yig‘laydi....? Tasavvur qiling vafot etdingiz... Qanchalik sovuq eshitilmasin, bu bir kun barchamiz boshimizdan o‘tkizadigan va muddatini Alloh taologina biladigan holat... Vafot etdingiz, sizni olib ketishyapti... Sizni vafot etganizni eshitgan borki, keldi... Uyingiz odamga, qadrdonlaringizga limmo-lim to‘ldi...Hamma sizni qanday inson ekanizi eslab ko‘z yosh to‘kmoqda...Va sizni olib borib so‘ngi manzilga kuzatib kelishdi... Siz duolarga istig‘for va Qur’on tilovatiga har doimgidanda ortiqroq, ko‘proq muhtoj bo‘ladigan maskanga... Hamma o‘z uyiga tarqab ketti... Juda og‘ir eshitilsada juda ko‘p insonlar yo‘qligingizga osongina ko‘nikdi va o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lib ketdi... Do‘stlaringiz.. ular sizni ancha vaqtgacha eslab yurishdi... Va hayot... Afsus hayot davom etadi, umr ummoniga, o‘z muammolari va shaxsiy hayotlariga sho‘ng‘ib ketishdi...Endi ular sizni faqat tug‘ilgan kunizda, bayramlarda, suhbat ustida va tushlarida  ko‘rishgandagina eslashadi... Suyganingiz... U ancha vaqtgacha azob chekdi, siz sabab... Ammo hayot, taqdir ...U ham o‘z juftini topib ketdi... Uni shirin xortiralarida qoldingiz... Juda achiq bo‘lsa ham shunday... Siz ketdingiz, hayot davom etaveradi... Faqat, faqat ba’zi insonlar uchun hayot o‘z manosini yo‘qotib qo‘ydi ... Onangiz... siz sabab ko‘z yosh to‘kmagan, yuragi o‘rtamagan kun qolmadi... Alamdan uyqusiz o‘tgan kunlari kamdek, ozgina, bir lahzagina ko‘zi ilinsa, tushlarida ham sizni ko‘rib,yostig‘i nam bo‘lmagan tunlari qolmadi... Atrofida shuncha farzandlari bor... Lekin 10 ta bo‘lsa ham hech biri sizni o‘rningizni u uchun bosa olmaydi, Kiyimlaringizni quchib hidingizni tuygandek bo‘ladi..Kòchadan o‘tib ketayotgan do‘stlaringizni ko‘rib sizni ko‘rgandek bo‘ladi... Bir kunda bir lahzada qarib, sochlari oppoq bo‘lib qoldi... Otangizni ham onangizni ham... Butun umr yuragida kemtik bilan, azob bilan yashaydi endi... Butun umr duolariga ismingizni qo‘shib o‘tadi endi... Faqat ular emas... Akangiz, ukangiz opa singlingiz... Dasturxon ustida sizni o‘rningiz bo‘sh ekanligini ko‘rib, ko‘z yoshini qanday yashirishni bilmay qiynaladigan jigarlaringiz... Urushsangiz qattiq gapirganizda ham sog‘inib yashaydigon qondoshlaringiz... Sizni hech kimga hech qachon alishmaydigan oilangiz... Tasavvur qildingizmi? Balki siz ham men kabi ko‘z yoshlaringizni tiya olmagandirsiz.. Endi o‘zingizga keling, siz hayotsiz (siz tiriksiz) sizda yana bir kun yana bir imkon bor... Sizdan keyin o‘rningizni hechkimga alishmaydiganlarni va unutmaydiganlarni qadrlang... Otangiz... Onangiz.. Jigarlaringizni avaylang..ularni o‘rinlarini va qiymatlarini alishtirib qo‘ymang... Yaqinlaringiz baxtiga umringiz uzoq bo‘lsin... Hozir meni gaplarimdan kimningdir jahli chiqqandir kimgadir ta’sir qildimi bilmadimu, lekin bu gaplardan keyin kimdir o‘z yaqinlarini yoniga borib ularga menga keraksizlar deya ayta olar balki.. @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 3😢 3 1
☺️Tashvish va mahzunlikda o‘qiladigan #duo : ( اللهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ، ابْنُ عَبْدِكَ، ابْنُ أَمَتِكَ، نَاصِيَتِي بِيَدِكَ، مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ، عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ، أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ، سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ، أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ، أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَداً مِنْ خَلْقِكَ، أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ، أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجَلاءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي ) . Ey Allohim! Albatta, men Sening qulingdirman. Qulingni o‘g‘liman. Cho‘ringni o‘g‘liman. Peshonam qo‘lingda (ya’ni men Sening saltanating-hukming ostidaman). Hukming mening ustimda joriydir. Mening ustimdagi qazo (amr-hukming) adolatdir. Sening uchun bo‘lgan har bir ism bilan Sendan so‘rayman. U ism bilan O‘zingni nomlagan eding yoki biron kitobingda nozil qilgan eding yoki uni biron bandangga bildirgan eding yoki O‘z oldingdagi g‘ayb ilmida olib qo‘ygan eding. Shu ismlarning hammasi bilan so‘rayman. Qur’onni kalbimning bahori, ko‘nglimning nuri, mahzunligimni ketishi (ketkazuvchi) va tashvishimni ketishi (arituvchi) qil. (Ahmad rivoyati. Alboniy sahih degan). @ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 1
☝️Ramazon ro‘zasining inson uchun foydalari: 1. Ro‘za tutgan kishining taqvodorligi oshadi. 2. Ro‘za tufayli ro‘zador sog‘ligini tiklab oladi. 3. Ro‘za havoi nafsni sindiradi. 4. Ro‘za tufayli inson shaytonga qahr ko‘rsatadi. 5. Ro‘za bilan ro‘zadorning qalbi musaffo bo‘ladi. 6. Ro‘za tufayli ro‘zadorning gunohlari mag‘firat qilinadi. 7. Ro‘zador ro‘zasi tufayli farishtalar sifati bilan sifatlanadi. 8. Ro‘zador ro‘za tufayli sabr bardoshli kishi sifatiga ega bo‘ladi. 9. Ro‘za ro‘zadorda rahm shafqat sifatini shakllantirishga yordam beradi. @Manfaatli_sizga
نمایش همه...
👍 4🔥 2
O'zi kanalga narsa tashlamoqchi emasdim lekin bugun tongda antiqa tush ko'ribman shuni sizlarga ham ilingim keldi... Hullas men Oilam bilan O'zbekiston maxallasiga Sovchilikka boribmiz Tushimda xamma rozi bo'libti, bir qiz bilan Unashtirilibmiz 😌🤦🏻‍♂ Jin ursin Hursadchiligimdan uyg'onib ketibman 🫢🤕 Karochi tushimga ham kirib chiqyapsan eyy Soliham, qaydasan o'zi...  😁🥰 #admindan
نمایش همه...
🤣 5
Photo unavailableShow in Telegram
Aql bilan til o'rtasida shunday qarama-qarshilik bor: aql kichraygan sari til uzunlashib boraveradi. @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 4
#duo 🍃GUNOHLARNI TAKR ETISHGA YORDAM BO‘LUVCHI DUO اللّهمّ مغفرتك أوسع من ذنوب و رحمتك أرجي عندي من عملي. 📖O‘qilishi: Alloohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy. 🔖Ma’nosi: Ey Alloh! Sening mag‘firating mening gunohlarimdan kengroqdir va Sening rahmating mening nazdimda amalimdan umidliroqdir. @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 3
#duo 🍃Bosh og‘rig‘i, isitma va boshqa og‘riqlarda o‘qiladigan duo 📔Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida: بِسْمِ اللهِ الكَبِيرِ نَعُوذُ بِاللهِ العَظِيمِ مِنْ شَرِّ عِرْقٍ نَعَّارٍ وَمِنْ شَرِّ حَرِّ النَّارِ 📖O‘qilishi: «Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ’aziym, min sharri ’irqin na’’ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o‘rgatar edilar. 🔖Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug‘ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do‘zax o‘tining yomonidan panoh tilayman. ©Ibn Sunniy rivoyatlari @Ulamolar_hikmatlari
نمایش همه...
👍 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.